7 daqiqada öqiladi

133 marta körilgan

Azador ot

“Ot öğrisi”

(Hikoya)

– Dada, Qaldirğoç qaytib kelibdi!

Qizi Guloraning jaranglagan ovozi Rustamning mudroq közlarini oçişga majbur qildi. “Ikkinçi marta-ya!” ğudrandi u örnidan turmay. Otasining hadeganda köriniş beravermaganidan qizning yuragi siqildi. Ammo ovoz çiqarsa Qaldirğoç qörqib ketadigandek, tilini tişladi. Sekingina unga yaqinlaşdi. “Yana qaytib keldingmi? Boşqa joyga örganolmayapsan-da, a? Yoki oyimdan xavotir oldingmi?” Rustam egniga çoponini ilib hovliga çiqqanida qizi Qaldirğoçni quçoqlagança yiğlab ötirardi.

– Boşimga balo bölding-da, Qaldirğoç. Bir emas, ikki emas, uçinçi marotaba qaytib kelişing. Heç uyating qolmadi özi. Menga qolsa seni öşalarning qöliga topşirarmidim? Taqdir taqozosi. Bekangni mazasi yöqligini bilasan. Davolanişi uçun falon söm pul kerak ekan. Menda bunça mablağ bölmasa. Pul beradigan mard topilmagaç, noiloj qoldim-da, jonivor…

Rustam ham qizi kabi Qaldirğoçni juda soğingan ekan. Uni quçib oldi. Közlari namlandi. Ammo özidagi özgarişni sezdirmadi. Bölmasa Qaldirğoçi qiynalişini biladi. Axir uni mittiginaligidan boqib katta qildi, ulğaytirdi. Unga mehri tuşdi. Heç qaçon Qaldirğoçdan ajralmaslikka qasam içgandi. Afsus…

Rustamning qalbini örtayotgan azoblarni Qaldirğoç ham sezmay qolmadi. Xörsinib, boş qimtib unga hamdardligini bildirdi. Uçov­lon oğir jimlikka çömişdi. Bu ayançli sukunatni eşikning alamzada taraqlaşi buzdi.

– Özim ham aytgandim. Qaldirğoç şu yerga kelgan deb. Rustam otini sotişga sotdi-yu, tekinga qaytarib olmoqçi şekilli, – hovliga kirişi bilan ovozi boriça dörilladi Karim baqaloq.

– Bunday bölmabdi-da, oğayni. Otingizga işqimiz tuşib aytgan bahoyingizni berdim. Undan xotira bölsin deb yalinganingizga içim açib, egar-jabduqlariniyam taşlab ketgan bölsam. Bu nimasi endi?! Ot bilan tillaşa oli­şingizni körsatiş uçun uni uyga qaytişga yana örgatyapsizmi yoki Karim aytgandek… – endi gapiriş navbati Karimning otasi Naim akaga kelgandi.

– Bu nima deganingiz, Naim aka? Qal­dirğoçni bolaligidan boqib katta qilganman. Xuddi döstlardek sirlaşib ösganmiz. Lekin uni qaytişga örgatmadim. Köz oldingizda vaziyatni tuşuntirib, egasi siz ekanligingizni aytganimni kördingiz. Jonivor köngil uzolma­yapti, çoği. Yoki bekasidan xavotiri bormi?

Rustamning gaplaridan Naim akaning la­biga mazaxomuz kulgi yoyildi. Otning sav­dosini pişitgani kelgandagi voqeani esladi. Öşanda Rustamning ot bilan yiğlab xayrlaşgani, “Qaldirğoçim, bizni unutma” deya xuddi inson kabi silab-siypaşlaridan ğaşi kelgandi. Ammo bu antiqa manzara taʼsirida içidan kötarilgan kulgini zörğa bosuvdi. Bir ortiqça harakati bilan şundoq otdan ayrilib qolişi mumkinligini yaxşi bilardi-da. Ammo ketar çoği Rustamni mazax qiliş uçun zör bahona topila qoldi.

– Ha, bu döstingizga uni sotganingizni, endi egasi men ekanligimni ayting. Bizga örganolmay xunobimiz çiqmasin, – dedi masxaralab. Rustam esa xaridorning gaplarini töğri qabul qildi.

– Töğri aytasiz, Naim aka. Qaldirğoçga ikki-uç marotaba yaylovda adaşganida uyni topib kelişni, qoronğuda yöl qidirişni örgatgandim. Öşa hunarlarini işga solib qaytib kelib yurmasin tağin, – dedi. Naim aka ham, öğli Karim ham meşdek qornini silkita-silkita rosa kulişdi.

– Böyniga zanjirdan kişan solsam qayerga ham qoçardi? – dedi Karim.

– Endi, aytaman-da. Jonivorlar odamlardan köra sadoqatliroq bölişadi. Mehr bergan insonidan osonlikça ayrilmaydi. Yölini topadi. Tunov kuni yangangizni körgani kasalxonaga minib boruvdim. Reanimatsiyaga kirib çiqqunimgaça kişnab butun döxtirlarni oyoqqa turğizibdi. Neça bir bemor derazadan boşini çiqarib Qaldirğoçni tomoşa qilişdi. Boş şifokor “Olib keting, hammani tinçini buzdi. Bu yer sizga sirk emas, kasal­xona” deb urişdi. Ustiga minib niqtasam, jo­yidan qimirlamaydi deng. Qaysarligi tutib qolsa böladimi? Yarim soat yurgizişga urindim… Oyoqlari, böyinlariga tuşgan qamçi zarbidan badanlari titrab ketdiyam, yurmasa deng. Oxiri maqsadini angladim. Otning qiliğiga tu­şunmay turgan boş vraçga «Xotinimni heç bölmasa derazadan körsatinglar, bölmasa ketmaydi-yov” dedim. Öylaganimday böldi. Derazadan bekasi köriniş berişi bilan irğişlab öynoqladi-da, uyga jönadi.

– Qöysangiz-çi, Rustamjon. Gap deb har narsani aytaverasiz ekan-da. Kasalxonani hidimi, döxtirlarni oq kiyimimi yoqmagan. Begonasiragan. Keyin öziga kelgandir-da.

– Sizga yolğon, bizga çin, aka. Bir marta men yöğimda Qaldirğoçni oyoği sinib yotib qolgan. Yangangiz ertalabgaça tepasida qa­rab çiqqan-da. Ot yaxşilikni, yaxşi odamni ajratadi. Masalan, men uçun xuddi odamday bölib ketgan.

– Undan köra özim otday bölib ketganman. Har-har zamonda kişnab ham qöyaman deng, – hazil aralaş çaqib oldi Karim baqaloq. Rustam içidagi ğazabini bosdi. Ammo tilini tişlamadi.

– Baʼzi bir odamlarga rahmim keladi. Xudoyim hayvon qilib yaratganida boşqalarga köproq nafi tegarmidi?

Karim baqaloq bu kesatiqqa tuşunmadi. Hozirgina Rustamni otga mengzaganidan mast bölgança kulişda davom etdi. Ota-bola­ning ho-holaşib qiyqirgani Qaldirğoçning asabiga tegdi. Joyida old-orqa oyoğini kötarib ança qiyşangladi. Göyoki ular bilan ketgisi yöqligini bildirdi. Rustam uning dardini angladi, lekin boşqa çorasi yöq edi-da. Şu bois Qaldirğoçning yağrinini silab-siypagança, qöra yaqinidagi majnuntol soyasi tomon ketdi. Bu holatdan ota-bola xaridorlarning közlari qisilib “Uni qara! Uni qara!” deya battar hiringlaşga tuşişdi. Rustam hozir butun dunyoni unutgan bir köyda edi. Şu bois, bu kulgilar unga taʼsir qilmasdi. Qaldirğoçgayam vaziyatni tuşuntirdi.

– Ahvolni körib turibsan. Bekang tuzalişi uçun katta miqdorda pul kerak. Bizga şu mablağni Naim sudxördan boşqa birov berolmaydi. Seni şunaqa ablahlarning qöliga topşirayotganimdan xunobman. Lekin bekang… Özing bilasan, Gulora ham oyisini juda yaxşi köradi. U tuzalib bağrimizga qaytişini istaydi. Sen ham bekangni yaxşi körasan-ku, töğrimi?.. – Qaldirğoç xuddi hamma gapni tuşunayotgandek bir nuqtaga tikilgança jim qotdi. – Bisotimda pulga çaqsa arziydigan sendan bölak vaqoim yöq. Noilojman, meni töğri tuşun. Egalaringga sadoqat bilan xizmat qil. Bizga bölgan mehringni butuniça endi ularga bağişla. Ularning uyi biznikidan unça uzoq emas. Ötgan-qaytganda körişib turamiz. Meni uyatga qöyib qoçib kelib yurmagin.

Rustam otning boğiçini Naim akaga tutqazdi.

– Uni sotmang, aka. Köpaytiring. Özimizdan orttirolsak yo özini, yo bironta bolasini aytgan narxingizga sotib olaman. Xudo xohlasa, u bilan uyingizga baraka kirib boradi.

 Naim aka salafan paketga öroğliq pulni Rustamga uzatdi. Otni yetaklab taşqariga çiqişdi. Rustam ham, qizi Gulora ham közida yoş aylangança Qaldirğoç bilan xayrla­şişdi. 

Bu holatni tasvirlaş, köpçilikning unga işonişi juda qiyin. Ammo şunday bölgandi. Naim aka öşa kunni bir-bir köz öngidan ötkazdi. Işonib-işonmay Rustamdan Qal­dirğoçni koyib qöyişni iltimos qildi.

– Qöying, aka. Odamni kalaka qilmang. Sizga otni sotdim, pulingizni işlatdim. Uni tuşovini mahkam qiling-da, boğlab taşlang. Bir aytdim, gapimga kirmadimi, endi iloji yöq.

Ota-bola Qaldirğoçni yetaklagança uylariga qaytişdi. Rustam esa qizi bilan xotini­ning yoniga jönadi.

Öşa kundan eʼtiboran Naim aka Qal­dirğoçni bir yoqli qiliş tadorigiga tuşdi. Xuddi majburlab uzatilgan kelinçakdek yem yemasa, suv içmasa. Köpkariga oborib-ku, şarmandasi çiqdi. Olomonni içida yiqitib qoçdi. “Agar şunaqangi bemaza qiliqlaring takrorlansa, yo sotaman, yo söyaman” dedi otga öşqirib. Uyga qaytgaç mol-holiga qarab yuradigan işçisiga uni mitti tuynukli, temir eşikli qöraga mahkamlab taşlaşni buyurdi.

– Oldiga bir toğora yem bilan, bir çelakda suv ber. Yesa yer, yemasa özidan körsin, – keyin öğliga yuzlandi. – Otboqar, qassob tanişlaringga Qaldirğoçning xabarini ber. Biz­ga örganmasa nimayam qilardik. Bu ahvolda oriqlab, narxi pastlaydi. Heç qursa, göştga topşiramiz. Qazi qilib sotişadi.

Ota-bola gapni bir joyga qöyişganida Rustam bilan qizi operatsiya xonasi yonida ming bir öylar girdobida ötirişardi. Hozirgina boş vraçning qabuliga kirib çiqqan Rustam ikki dunyo oraliğida qoldi, göyo.

– Bu jarrohlik amaliyotiga kafolat berolmaymiz. Şuning uçun tilxat yozib qöl qöying. Avvalo Xudo. Biz bir sababçimiz, xolos. Şuning uçun…

– Agar operatsiya qilinmasa nima böladi?

– Rustamjon, ertaga nima bölişini faqat Tangri biladi. Men sizga heç narsa deyolmayman. Operatsiyasiz balki bir oy yaşar, balki bir yil, balki… Xotiningiz “operatsiya qilinglar” deb rosa yalindi. Agar fikrini özgartiraman desangiz…

– Xudoyim bizniyam duoga oçiq qöli­mizni quruq qöymas. Nasib, hammasi avvalgidek iziga tuşib ketar…

Rustam vraçdan xonasida ozroq ötirib turiş uçun ruxsat oldi.

– Juda ham yiğlagim kelyapti. Taşqarida qizim bor. Meni körib, ezilmasin, qörqib ketmasin…

Oradan uç soat ötdi hamki, operatsiya tugamadi. Ungaça Gulora dadasining ter hidi anqib turgan quçoğida bir uxlab turdi. Közi oçilişi bilan avval onasini, keyin “Men qoçib kelgan bölsa kerak, deb öyla­gandim” deya Qaldirğoçni söradi. Ammo Rustam unga javob bermadi. Közlari bir nuqtaga qadalgança karaxt bölib turaverdi.

– Dada, – Rustamning yuzini siladi qizi, – oyimning oldiga kiraylik. Bugun Qal­dirğoç yana qoçib kelganligini aytaylik.

– Mayli, qizim.

 Rustam xavotir içida boş şifokor­ning xonasiga jönadi. Zalga kirişi bilan yölakning narigi burçida ikki şifokor­ning boş çayqagan ayançli holatiga közi tuşdi va gap nimadaligini anglab bor ovozda “Zulfiza-a-aa-a-r” deya dodlab yubordi…

Gulora onasidan ayrildi. Ayolning sönggi vasiyatiga köra uni ota-onasi yoniga, qöşni qişloqdagi qabristonga qöyiş kerak edi. Şu sabab, Rustam qizini bağriga bosgança xotinining jasadini olib ketdi.

U barça maʼrakalarni ötkazib uyiga qayt­di. Yölda kelaturib Naim akani uçratdi.

– Qaldirğoç tuzukmi? – dedi közida yoş aylanib.

Sudxör bölsa-da, Naim aka ham odamiyligini yöqotmagan ekan. Xörsinib Rustamga yuzlandi.

– Qaldirğoçing bekasiga aza tutdimi, xotining ölgan kuni tonggaça kişnab çiqdi. Taşqariga çiqiş uçun özini temir darvozaga urgan çoği, boşi qonga belanib ölib qolgan ekan. Sizlarsiz yaşolmadi, beçora…

Dilbar ARALOVA

 

1981-yili tugilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…