* * *
Mangu Ozodlikday yastangan dala,
Kökka zinalarday kötarilgan toğ.
Oqparquv ortidan tuşgan maşʼala
Va yolğiz söqmoq…
heç kimsa, heç kimsa yetmagan xilvat,
Isomi,
Musomi taşlab ketgan ğor.
Odamzot közidan yaşringan xilqat,
haybat sukuniday quyuq örmonzor!…
Ariqça hatlagan köprik.
Yoğoç uy.
Kut, men borayapman köngil qatida.
Bir parça toş bölib yaşasam edi,
Uluğvor daraxtlar saltanatida!…
Toş bölsam!
Toş bölib tinglasam bir zum,
Koinot qöşiğin yuragim tölib.
Ilohiy çaşmadek yiğlardim yum-yum…
Va kelardim Muhabbat bölib!…
PORTRET: OVOZSIZ KADRLAR
Ayol çiqdi
Avtoulovga,
Çiqdi şoşib, çiqdi adaşib.
Boqmas edi birov birovga,
Ketar edi hamma gaplaşib…
Kimdir yonda,
Kim telefonda.
Kimda esa musiqa – şovqin.
Iylanganday bir tegirmonda
Aylanardi bir xilda oqim.
Boqmas edi birov-birovga,
hamma zada, asabiy, taşviş.
Töqnaşganday göyo yov-yovga,
Biroq unda sokin oroyiş?…
U judayam tinç edi. Çaqnoq
Közlarini uzmasdi yerdan.
haydovçiga ögrilib nogoh,
Işoralar qildi u birdan!
Barq urganday hamma tinç böldi!
… Ortda qoldi bir-ikki bekat…
Nogoh uni kimdir tuşundi,
Jon holatda dedi: “hoy, töxtat! ”
… Ayol kuldi. Va taʼzim qildi,
Uni topgan insonga rozi.
… Bu şovqinzor içida uning
Ğoyat gözal edi ovozi!…
ALPOMIŞSIZ OYBARÇIN
Yovlar bosib,
Qildilar vayron,
Toptadilar umrimni ğanim,
Yeru kökka yugurdim hayron,
Sen jim boqib turding, Sevganim.
Yuragimga böldilar qanot,
Kutganlarim, kutmaganlarim.
Xayolan ham bermading imdod,
Sen jim boqib turding, Sevganim.
Alpomişni kutgan Oybarçin
Kabi jangga taşlandi tanim.
Orim – taloş, könglim – yerparçin,
Sen jim boqib turding, Sevganim!
heç bölmasa, közlar uçun to,
Kelsang edi, yöq edi kamim!…
Kelar edi toğ bölsa hatto,
Sen jim boqib turding, Sevganim…
he-yey, Boyçibor, tirikmisan, ayt,
Yerga botib ketdi ömganim.
Men uçunmas, eling uçun qayt!…
Sen jim boqib turding, Sevganim…
he-yey, öldirgum Ulton bölsa ham,
Qölimda yoy – ölsam, ne ğamim?
Kelma endi Sulton bölsang ham,
Bu dunyoda mening Sevganim!…
MOMO HAVVO
Yuragimda qay sir yaşirin,
Gunohkorman,
Yiğlayman neçun?
Quvğin etding! Va lekin rahmat,
Meni Yerga berganing uçun!
Odam Atom,
Boşingni kötar,
Qilmadim deb kökni himoya,
Örtanma bas, sevmasaydi gar,
Taşlarmidi munavvar Soya?…
Jannat boği,
O, Boği Eram,
Aldamagin bizlarni bekor.
Sen orzusan bani başarga,
Lekin sendan gözalroq sir bor!
Şu sir haqqi,
Şu lahza haqqi,
Keçgan bölsam Mangulikdan men,
Solgandursan Ruhimga balqib,
Buyuk Işqning töfonlarin sen!…
Yaratguvçim,
Bilursan aslim,
Va dunyoga berganing neçun?
Keltiraman
men Odam naslin –
Seni sevib ötmoği uçun!…
HAZRATI XAYYOM
Dunyo degani bu – töntarilgan jom,
Dam bu damdir – asli eng gözal ayyom.
Yurak xumdonida ming yillik may bor,
Töyib içmaymizmi, hazrati Xayyom?
“Oh” ursam “oh”imda osmon çayqalur,
Jismimda olovli isyon çayqalur,
Endi oşkor quying bu mayi nobni,
Harçandki,
Dilda işq pinhon çayqalur.
Har lahza baxt degan boqiy kezmasmi,
Har nafas – işq bergan oliy izmasmi?
Mayxona örnida,
Majnun qabridan,
Maysalar unibdi – öşa bizmasmi?
Neça bor evrildi tevarak jahon,
Ne-ne qasru boğlar böldilar yakson.
Jannatdin çakillab bir tomçi tomar –
Maymi U? Dil qoni?
Bilolmay hayron…
Siz unda, men bunda çodir tikaylik,
Çoğir ila ğamu hasrat çekaylik.
Bu sahro Majnunsiz ğarib qolibdi,
Keling, könglimizni yerga ekaylik…
Bir qatim “his” ila “hirs”ning orasi,
Ajrata bilmoqning bormi çorasi?
his – Ruhning jilvasi,
hirs – nafsning mayli,
Lazzatdir qalbdagi Işqning yarasi!
Eng oğir jihoddur Jismu Jon jangi,
hamişa qon erur lolalar rangi.
Şu qadar aççiq bir xunga taşnamiz,
Nedir bizga asli qari tok zangi?
Iznsiz qoraymas har giyoh, gul deb,
Qalbdan Arşga ötar dözaxiy yöl deb,
Kufrona sözlasam, imladi hazrat,
Ilohiy sirni foş etma, jim böl, deb!…
Kimlar kelib ketdi çarx ayvonida,
Ruhimiz eng olis yulduz yonida.
Dunyoga kelmagan bir böydan mastmiz,
Yöqlik kutib turgan Vaqt poyonida!
Közagar qölida bir parça loyim,
Uning izmidadir ajru xatoyim.
Gunohkor tuproqdan qorigan bölsa,
Neçun pok Ruhiga qöşar Xudoyim?
Falakning çarxiday aylanadi çarx,
Yana bir ijodga şaylanadi çarx.
Dözax olovida kuydirib olib,
Pişsam, neçun yana öylanadi Çarx?
Ahli dil bu yerdan ötib ketibdi,
Izlarin qaro qum yutib ketibdi.
Endi çodirlarni yiğaylik, hazrat,
Biz kutgan Yor bizni kutib…
Ketibdi!…
* * *
Men sahnada yaşab ötaman…
Işq – “Yo hayot,
yo mamot! ” tamom.
Men köksimni ğamga tutaman,
Lek ortimdan otilar kamon!
Kim u – yozgan taqdir kitobin?
Dunyo, menga örgatmagin, bas!
Men Oşiqman, tayyor javobim,
Men notiq ham, aktyor ham emas!
Buyuk Sahna!
O, buyuk janggoh!
Yaratasan ne hiylalarni?
Yagolarni qöllab-ardoqlab,
Öldirasan Atillalarni!
Qasdu qasos, Nomusu Or deb,
Jaranglaydi qiliçlar jangi.
Çarçab ketar suflyorlar çetda,
Maşşoqlarning qoçadi rangi!
Yiqilaman söngbor yuztuban,
Yuragimni qölimga olib.
Sen çiqasan parda ortidan,
Sen çiqasan mağrur va ğolib!
Senmiding – U?
Nomaʼlum xattot?
Öylagansan aniq va puxta.
Sening şonli asaring uçun
Umrim bilan qöyaman nuqta.
Milyon kaptar uçar havoga –
Kaftdan uçar milyon qarsaklar.
Buyuk rejissyor,
O, buyuk qotil!
Senga olqiş, senga şaraflar!
Dunyo, dunyo aqldan ozib,
Peşvoz çiqar ekan bir baxtga.
Qahramonlar köksidan bosib,
Yosumanlar çiqadi taxtga!…
Zyebo Mirzayeva 1964-yilda Kitob tumanining Beşterak qişloğida tuğilgan. ToşDUning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1987). “Tun malikasi” (1990), “Ajr” (1997), “Nur kukunlari” (2004) kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida