4 daqiqada öqiladi

147 marta körilgan

Mehrga yöğrilgan umr!

Bahodir Yöldoşev

Özbek teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qöşgan insonlardan biri, şubhasiz, Bahodir Yöldoşevdir. U yaratgan asarlar köngillarga qandaydir taskin-u sakinat berişi bilan bir qatorda, ğaflat uyqusidan uyğotadi, kuraşga çorlaydi, isyon paydo qiladi. Şunday isyonki: özni isloh etmakka çorlovçi.

Rejissyor 1945-yili Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida sanʼatkorlar oilasida tuğilgan. Toşkent teatr va rassomçilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi böyiça tahsil olgan.

 “Röyxatlarda yöq” (B. Vasilev), “Kelinlar qözğaloni”, “Farmonbibi arazladi” (S. Ahmad), “Nodirabegim” (T. Töla), “Yulduzli tunlar” (P. Qodirov), “Zebunniso” (Uyğun), “Maysaraning işi” (Hamza), “Qora kamar” (Ş. Xolmirzayev), “Iskandar” (A. Navoiy), “Arşin mal alan” (U. Hojibekov), “Malika” (Fotima Galer), “Buyuk ipak yöli” (M. Bafoyev musiqasi asosida), “Buxoroyi şarif” (S. Ayniy asari asosida), “Toğa-jiyanlar” (R. Bobojon) kabi ölmas, bebaho sahna asarlari uning özbek teatr sanʼatiga qöşgan behisob hissalaridandir.

Atoqli rejissyor, Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Xalq artisti Bahodir Yöldoşev 2021-yil 16-may kuni Toşkent şahrida vafot etdi.

 

Bahodir juda noziktabiat odam edi. Uning döstligi beqiyos – mehr-u şafqat ila yöğrilgan. Unga döst bölganimdan faxrlanaman.

Usmon Azim

Bahodir akani yaqindan bilgan odam biror-bir taʼrif aytişga qiynaladi. Bahodir aka uni har qança bilaman degan odamning taʼrifiga siğmaydi. U kişi buyuk bir hayot yölini bosib ötdi va buyuk işlar qila oldi.

Şuhrat Rizayev

Bahodir Yöldoşev şaxs sifatida juda murakkab inson. U heç narsani sanʼatçalik yaxşi körmagan. Umrining oxirigaça sanʼatga fidoyilik bilan xizmat qildi. Bundaylar kamdan-kam böladi.

Muhabbat Abdullayeva

Bahodir Yöldoşev özbek teatr sanʼati tarixida öçmas iz qoldirgan, rejissura borasida özining maktabini yaratgan buyuk sanʼatkorlardan biri.

U fidoyi sanʼatkor edi, teatr fidoyisi, sanʼat fidoyisi, alal-oqibat xalqimiz fidoyisi edi. Butun umrini, isteʼdodi va mahoratini şu ezgu maqsadlarga bağişladi.

Mamatqul Hazratqulov

Özbek teatri tarixida oxirgi ellik yil Yöldoşev davri böldi. U kişi teatrdagi eski va noörin stereotiplarni buza oldi. Özlari taʼkidlagandek, Bahodir akaning eng aşaddiy duşmani – işiga yomon munosabatda bölgan odam edi.

Elyor Nosirov

Bahodir aka öta talantli inson edi. Talant – xarakter bilan! Bahodir akada ham öşa xarakter bor edi.

Jahongir Qosimov

Bahodir Yöldoşev inson sifatida ham, sanʼatkor sifatida ham ulkanligini har bir yangi asari bilan isbotlagan betakror şaxs.

Erkin Aʼzam

Bahodir aka, tom maʼnoda, mening hayotdagi va ijoddagi maʼnaviy ustozlarimdan biri. Bizning munosabatlarimiz aka-ukaning munosabatiga aylanib ketgan. Bu ajoyib inson va isteʼdodli ijodkordan, talabçan akadan bir umr minnatdorman.

Xurşid Davron

Bahodir akaning naqadar tafakkuri keng, muşohadasi çuqur, donişmand Şaxs, haqiqiy sanʼat fidoyisi ekanligiga özim köp bora şohid bölganman. Bahodir aka bilan – u kişining qimmatli vaqtidan kelib çiqqan holda keçgan uzun-qisqa gurunglarimiz, asosan ijod, ijodkor, asarlar haqida bölardi. Ayniqsa, uluğ ingliz fizik-nazariyotçisi, öz iroda kuçi bilan dunyoni hayratda qoldirgan Stiven Xoking haqidagi suhbatlarimizni hamon soğinç bilan eslayman.

Abduqayum Yöldoşev

Bahodir hayotining sönggi yillarini ötkazgan “Diydor” teatr-studiyasida bugun sanʼatimizda yöqolib borayotgan aktyorlik ijro texnikasi bilan şuğullandi, yoşlarga asar mohiyatiga qanday kirişni örgatdi. Şarq-u ğarb adabiyotini tinimsiz öqigani bois aktyorga falsafiy ozuqa bera olardi.

Dilorom Karimova

Bahodir Yöldoşev saboqlaridan

***

Aktyorlikka örgatib bölmaydi, uni yaratib bölmaydi. Bu Allohning neʼmati. Talantga faqat texnikani örgatiş kerak, teatrga mehrini rivojlantiriş kerak.

***

Rol – kostyum. U aktyorga töğri kelişi kerak! Aktyor esa kostyumni repetitsiyada töğrilab olişi kerak.

***

Teatrga heç kim biror narsa izlab kelmaydi, hamma öz vaji bilan keladi. Faqatgina sahna çiroqlari öçgaçgina kim nima vaj bilan kelganini unutadi va teatrga hamdard böladi. Hamdard bölgan odam esa heç qaçon yomonlik qilmaydi. Çunki hamdard böliş dardning özini çekişdan qiyinroq.

 

***

Hayotdan nolib bölmaydi. Hayotni yaşaş kerak. Agar nolisangiz, yaşolmaysiz.

***

Tomoşabin böliş ham isteʼdod. Sahnani köradigan odam böladi, ammo hamma ham tomoşabin bölolmaydi. Spektakl öqiladi, körilmaydi. Yaxşi tomoşabin spektaklni öqiydi, körmaydi.

***

Bizning tuşunçamizdagi yaxşi spektakl dunyoda yöq. Bizga taʼsir qilgan spektakl bor. Bizni öylantirib qöygan va hamdard qila olgan spektakl bor.

***

Aktyor olgan roli haqida erta-yu keç tinimsiz öylaşi, izlanişi kerak. Rol uning xotirjam yaşaşiga xalaqit berişi lozim.

***

Rejissyor artistga heç narsani örgatolmaydi. Artistdan örganib, unga yordam bera oladi.

***

Kamdan-kam aktyorlarga nasib qiladigan baxt bu – öynagan rolidagi ism bilan narigi dunyoga ketişi va şunday eslanişidir.

***

Aktyorlarning boşqa insonlardan farqi uning spektakl paytida öz hayotini vaqtinça töxtatib qöyib, obraz hayoti bilan yaşaşi va yana öz hayotiga qaytişidir.

***

Aktyorlarning saviyasi tomoşabinnikidan balandroq bölişi kerak. Şuning uçun ham

sahna tomoşabin zalidan balandroq.

Sahifani Ozod Ravşan tayyorladi.

 

2023/9

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)