Hayotim davomida kasb taqazosi bilan köp joylarda böldim, köplab yaxşi insonlarni uçratdim. Şunday joylardan biri, şubhasiz, “Yoşlik” jurnalidir. Bu jurnal hayotimga biz – yoş ijodkorlarni yöqlab kirib keldi. Saksoninçi yillarda faqat “Şarq yulduzi”, “Guliston” va “Saodat” jurnallari öz zarvaraqlarida taniqli rassomlarninggina asarlarini çop etardi. “Yoşlik” jurnali nafaqat isteʼdodli şoir va yozuvçi yoşlarga, balki hali talaba bölgan, endi kurs işlaridan öz mustaqil asarlari tomon qadam qöyayotgan rassomlarga ham öz bağrini oçgandi. Menga esa bu jurnalning ilk sonidayoq qatnaşiş nasib etdi. Hikoya muallifi va mazmuni yodimda qolmagan bölsa ham, işq dardida söqir bölib qolgan, daraxt ostida ötirib qöşiq kuylayotgan yigitning rasmini çizganimni yaxşi eslayman. Keyingi sonlarida yozuvçi Turob Maqsudning davomli çop etilgan “Hamid Olimjon” asariga illustratsiyalar işladim. Şunisi eʼtiborliki, öşa vaqtlarda har bir suratga beriladigan qalam haqi ellik söm bölib, bu olayotgan stipendiyamizdan ham köproq edi. Endi yemak-içmagidan tejab böyoq oladigan talaba rassom uçun bu juda katta moddiy imkoniyat ekanligini tasavvur qilavering. Institutda gazeta-jurnallarda çizgan rasmlari çop etilayotgan talaba sifatida obröyim kötarilib qoldi. Baʼzan jurnaldagi yozuvçi yigitlar rasmni yana qayerlarini işlaş kerakligi haqida fikr bildirişar va ikki, uç martalab qayta işlab topşirgan paytlarimiz ham bölgan. Ammo har safar çop etilib, mehnatimiz samarasini körganmiz. Jurnal asta-sekin faqat hikoya va şeʼrlarga çizilgan rasmlarimizni emas, erkin yaratilgan kompozitsiyalarimizni ham öz zarvaraqlarida çop eta boşladiki, bu öqişni endi bitirgan yoki hali talaba bölgan rassom uçun katta eʼtirof ham bölib, öziga bölgan işonçini ham şakllanişida yordam bergan, desam xato bölmas. Diplom asarim va bir neçta portretlarim institutni bitirgan yilim şu jurnal zarvaraqlari tufayli dunyo yuzini kördi.
“Yoşlik” jurnali biz intiladigan, soğinadigan, ruhan qanotlanadigan dargohga aylandi. Bu yerda işlaydigan yozuvçilarning asarlarini ularni tanişimizdan içki bir faxr tuyğusi bilan, astoydil öqir edik. Şu jurnalda bugungi kunda adabiyotimizning mustahkam ustunlari bölgan Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Döst, Xayriddin Sulton va Nurulloh Muhammad Raufxon singari adiblarimiz bilan tanişdim. Jurnal endi men çizgan rasmlar bilan birga tasviriy sanʼat haqida, rassomlar ijodi haqida yozgan maqolalarimni ham bosib çiqara boşladi. Şu jurnaldan mening jurnalistika va adabiyot olamiga oralaşim boşlandi. Asta-sekin boşqa jurnal va gazetalarda işlaydigan şoir, yozuvçi, jurnalist tengdoşlarim bilan tanişdim. Maʼlum yillar hayotning turli taşvişlari ortidan ijodiy jarayondan bir qadar uzoqlaşdim. Keyinçalik jurnalda Sobir Önar boş muharrir bölgaç, hamkorligimiz yana qaytadan boşlandi. Yana çizgan suratlarim, rangtasvir asarlarim çop etila boşladi. Ayniqsa, 2009-yilning 2-sonida “Hazrati ona qissasi” nomli essem va 2010-yilning 1-sonida “Sipohiylar xonadoni” nomli dramatik asarim çop etildiki, men buni hayotimdagi quvonçli voqealar sifatida eʼtirof etaman. Xullas, “Yoşlik” deyilsa, mening xayolimga birinçi bölib şu jurnal va özimning talabalik yillarim keladi. Bugungi kunda “Yoşlik” jurnalida Nurilla Çoriyev boş muharrirligida men yaratgan badiiy obrazlardan xalqimizning sevimli qöşiqçisi Botir Zokirovning, uluğ şoirlarimiz Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva va yozuvçi Omon Muxtorlar portretlarini birinçi muqovada çop etilişi ham men uçun nihoyatda quvonarli voqeadir.
“Yoşlik” jurnali ilk bor hayotimizga kirib kelganidan buyon qança suvlar oqib ötdi. Davr özgardi, bugungi yoşlar ham boşqaça. Qiziq, hozir ham yoş rassomlar matbuotga, xususan, bu jurnalga biz sevganday intiladimi? Biz şu jurnal tufayli zamondoş şoirlar Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Mirzo Kenjabek, Şavkat Rahmon va Usmon Qöçqor singari katta isteʼdod egalari bilan tanişdik. Grafik qizlarimiz bu şoirlarning şeʼrlariga bezaklar çizdilar. Biz şeʼriyatni, adabiyotni juda sevardik. Usmon Azimning “Yaşolmayman axir beosmon, uka, bering şu qanotimni” satrlarini jörovoz bölib aytardik. Biz bir tomondan, tört yillik boşlanğiç sanʼat maktablarini, keyin olti yillik tasviriy sanʼat oliy taʼlimini tugatganimiz va, ikkinçidan, bizni tasviriy sanʼatdan uzib olişi mumkin bölgan oilalarga kelin bölib qolişdan qörqqanimiz tufayli yoşimiz ulğayib borar va armon aralaş Mirzo Kenjabekning “Bu dunyoda bir qiz bor, yostiğining yarmi böş” satrlari bor şeʼrini yoddan aytib yurardik. Özlarini körmay, tanimay, şeʼriyatini sevgan şoir yigitlarni, şoira va yozuvçi dugonalarimizni şu “Yoşlik” jurnali tufayli tanidik, topdik, döstlaşdik. Va bu döstlik samimiy, umrboqiy böldi. Men bugungi kunda adabiyot olamidagi döstlarim va dugonalarimsiz hayotimni tasavvur qilolmayman. Umr oqar daryo ekan, biz keksaydik, “Yoşlik”, sen esa, sevimli jurnalimiz, abadiy navqiron bölib qol!
Gulnora Rahmon
1957-yili tuğilgan. Toşkent davlat Teatr sanʼati va rassomlik instituti (Hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI)ning rangtasvir bölimini tugatgan. “Marvarid şodasi”, “Umrning uç fasli” qissalari, “Yurak devoridagi suratlar” nomli hikoyalar töplami, “Sipohiylar xonadoni” dramatik asari çop etilgan. Dafna dyu Moryening “Rebekka”, “Reyçel”, Şekspirning “Romeo va Julyetta”, “Xatolar komediyasi” asarlarini tarjima qilgan.
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


