3 daqiqada öqiladi

75 marta körilgan

“Maqar”ni öqib…

Hayot – bebaho neʼmat. Çunki uning qiymati vaqt bilan ölçanadi. Vaqt esa agar uni bemaqsad sarflasangiz sizdan, albatta, öçini oladi. Vaqtning eng beşafqat öçi bu – ölim. Ölimga heç qanday izohingiz, isbotingiz ötmaydi. Endi unutişga, keçirişga imkoningiz qolmaganida sönggi sözingiz nima böladi, bilasizmi? Yöq, bilmaysiz. Çunki hali siz öşa nomsiz oğriqlarni his qilmadingiz, hali armon köllariga qarmoq taşlab alamlaringizni yeb ketguvçi baliqlarni ovlamadingiz, hali qum barxanlari oralab bepoyon çöllarda qadamlaringizni sanamadingiz. Hali siz ölmadingiz.

 Maqar ana şu haqiqatni eslatib qöydi menga. Men kelajak tomon orzularim qanotida ğiz-ğiz uçib borayotganimda aslida ölimga yaqinlaşayotganimni esladim. Esladim. Ha.

Unutib qöyganim – ölimni esladim. Va birdan befarqlik çöqqisida paydo böldi jasadim.

Qöşqavat uy, inomarka maşina, oltin-kumuş dardida özimni kemtik sezib yurganimni esladim. Hayotga emas, xayolga berilib ketganimni esladim. Tanamda son-sanoqsiz jarohatlar paydo bölganini esladim. Maqarning yölbarsga aytgan gapini esladim: “Yomon qisinibsan, it ham şunday qisinami? Quvri odam bolasi qisinmiymi, axir?”

Nahot, odam bolasi şu narsalar uçun şunçalik qisinsa? Men ham şu odam bolasiman-ku. Şunga şunça qisinamanmi?

Bundan ön beş yil oldin boşqaça inson bölganimni esladim. Umr luğatimda duşman sözining tagiga qora bilan çizib qöyganimda neça yoşda bölganimni esladim. Birinçi marta qaysi toşga qoqilib yiqilganimni esladim. Könglimni ilk bor örtagan tuyğularni esladim. Oradan atigi ön beş yil ötib ön beş million köyga tuşganimni esladim. Dunyoda eng yaxşisi menman deb işonib yurganimni esladim. Yomon emasligimga topgan sabablar-u, bahonalarimni esladim. Esladim-u…

Maqarning kenjasi Saʼdulla – Saşkaga öxşab, örtada beş tiyin tursa, yoşullimi, yoşkiççimi, oriqmi-semizmi, kuçlimi-kuçsizmi, musulmonmi-kofirmi tikka boraveradigan, kerak bölsa bir tiyin uçun arslon oğziga qöl soladigan, voğirdi, janjal sotib oladigan bemehr farzandga aylanib qolganimni esladim. Öşa birovning puli, moli bilan heç qiziqmagan otamning inson ekanligini keç bilganimni esladim. Hayot qadrimga yetmadi debman. Aslida özim umrni arzon narxlarda baholab yurganimni esladim. Osmonlarga köz tikib, oyoqlarim yerning qudratiga muhtoj ekanligini unutib qöyganimni esladim. Barçasini şu qissani öqigaç esladim.

Şuhrat Matkarimning boşqa asarlarini ham öqiganman. Ortiqça izohlarsiz, takrorlarsiz, sabab-u taʼriflarsiz keltirilgan kiçik voqealar içki dunyoyimni ostin-ustun qilib yuborgan bir söz bilan. Bir sözini öqidim-u toğlarga aylandi ğururim. Eng xavfli duşmanim özim ekanligimni bilib qoldim. Va bu olamda özimdan özga döstim yöqligiga işondim.

Muallif “Maqar”ning har satrida menga taʼrif berayotgandek edi. Qahramonning yoşi, hayot tarzi, kasbi-kori-yu feʼli tamoman mendan farqli bölsa-da, keçinmalari aynan qalbimda keçayotgandek tuyulaverardi. Maqardan ham köproq örtandim. Qattiq azoblandim. Bu qissa ana şu haqiqatlari bilan taʼsirli edi. Yaqinda uni öqib tamomladim. Yuragimga suqib qöyganim tikonlarni bir-bir suğurib otdim. Ular endi kerak emas. Yengil tortdim. Bizga şunday erkin hayot baxş etgan xudoyimning karomatiga qoyil qolişni örgandim. Barça yaxşiliklarni eslatgan, yomonliklarni qalbimdan yiroqlaştirgan “Maqar”ga rahmat degim keldi.

Qissada umri oxirlab borayotgan Maqar bilan kenja qizi Zuhraning şunday suhbati bor:

“– Aka-aa, siz ham qizlarni yaxşi körganmisiz?..

Maqar jilmayişga urindi… Qizi uning könglini kötarmoqçi…

– Ayting, ayting…

Maqar qizi tomon boşini burdi…

– Meen, “A” sinfda öqir edim. Sinfimizdagi hamma qizlarni yaxşi körar edim. Maktabimizda yana “B”, “V” sinflari ham bor edi. “B” sinfdagi qizlarni ham yaxşi körar edim, “V” sinfdagilarni ham. Maktabimizdagi hamma qizlarni yaxşi körar edim…”

Hayot ham maktab. Katta maktab. Maqar undan faqat yaxşi körişnigina örgandi. “Maqar”ni öqigaç men ham yaxşi körişni örgandim.

Hilola ĞAFFOROVA

 

1988-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

   “Dilim gulşani”, “Intiqlik isyoni” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.

2023/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)