5 daqiqada öqiladi

190 marta körilgan

Maqtovlarga işonmang…

Şahnoza Nazarova

Adabiyot haqida kimgadir nimanidir örgatib bölarmikin. Tuşuniş va his qiliş, tuşuntiriş va his qildiriş mutlaqo individual hodisa. Adabiyotşunoslikka oid bilimlar haqida gap ketsa, buning endi qoidalari bor, fikr darajasi bor. Agar adabiy tanqidning bizda ança oldin harakatdan töxtaganini hisobga olsak, ijodkorlarga endi har qanday tanqid, taklifning malol kelişi tayin. Ammo adabiy tanqidsiz adabiyotning posangisini töğrilab bölmaydi, ayniqsa, endi ijod qila boşlagan, ilk kitoblari naşrdan çiqayotgan yoşlar uçun bu bosib ötilişi zarur bölgan juda muhim jarayon. Avvalida juda yaxşi asarlar yaratgan yozuvçilarning bora-bora mahorat, adabiy did, dunyoqaraş borasida pastlab borişi ham adabiy tanqidning öz vazifasini bajarmayotganidandir.

Qölimda öqilişi kerak bölgan ançagina kitoblar, jurnallar töplanib qolgan. Yukni yengillatiş uçun yoşlar, ehtimol, tengdoşlar kitoblaridan boşladim. Ammo bu u qadar yengillik emas. Yana bu sovğa kitoblar qaçon öqib çiqasiz, degandek heç közini uzmaydi. Hozirgaça Gözaloy Solih qizining “Ğoliba”, Raxşona Ahmedovaning “Orzu va dengiz”, Rafiq Özturkning “Içingda bahor”, Nargiza Odinayevaning “Muallaq lahza” nomli turli naşriyotlarda çop qilingan kitoblarini öqib çiqdim va imkon qadar mualliflar könglini avaylagan holda hamda ularning yoşlik jasoratiga işonib, öqiş jarayonida tuğilgan ayrim mulohazalarim bilan bölişmoqçiman.

Gözaloy Solih qizining “Ğoliba” kitobi “Asrimiz umidlari” turkumi doirasida naşr qilingan bölib (Gözaloy Solih qizi. Ğoliba. – Toşkent: Ğafur Ğulom nomidagi NMIU, 2019), qissa va hikoyalar bilan tartib berilgan. Töplamdagi eng eʼtiborli asarlardan biri – “Soğiniş” qissasi bölib, qissada mutlaqo muallifning özini körasiz. Bu ayolning içki dunyosidagi heç tinmaydigan suhbat istagi, ming-ming tuslanişlar, ayyorliklar, öç va muhabbat, telbalik-erkalik istaklari haqidagi qissa. Narigi tarafdagi, göşak ortidagi yigit bölsa har birimizga juda-juda “taniş”. Qissadagi içki keçinmaning gözal ifodasi, dialoglar ayol tiynatiga, aniqroği, bir qiz dunyolariga olib kiradi: “Tilanib kutganimiz bahor yaqinlaşayotgandi”. Yana nimalarni tilandi ekan bu qiz, öziga baxt tilab yelvizakda yaproqdek titradimikan. Kökda körinmayotgan yulduzlar uning istaklariga qöşilib, közlarini yumib olgandek, uning istaklariga qöşilib eşik ingrab yopilayotgandek, eşik zulfini uvvos solib qulflanayotgandek böladi. Kim ham ayta olardi, bir ayol tegrasida koinot aylanmaydi, deya. Öz xayol dunyosida hayotini yaratadigan xayolçan qizlar ozmi. Uning birgina istagi bor – seviliş. Ammo nega bunça hammasini murakkablaştiradi, ayol tuyğularidan rang olmasa dunyo ğarib bölib qoladimi. Qissa öquvçida şunday fikr va keçinmalarni uyğotadi, bir nafasda öqiladi. Şu bilan birga, kitobdan joy olgan hikoyalarda ayrim tuzatilişi zarur bölgan örinlar bor.  Baʼzi misollar keltirib ötaman. “Çorrahadagi uy” hikoyasida “soç-soqoli ösgan”, “özining öyidan özi qörqib ketdi”, “özini panaga oldi” jumlalari asarning turli örinlarida takror-takror qöllanadi. Yoki “köça çiroqlari töliğiça yondirilmagandi” (“Çorrahadagi uy”), “u keskin harakat qilmasdan oldin şunday derdi” (“Ğoliba”), “ongim keça qarindoşinikiga ketgan dugonam ekanligini idrok etgaç”, “ammo endi nazarim derazalarda edi” (“Baxt”), “yuragimning bejolangani”, “nimadan bunça hadikayotganimni özim ham bilmasdim” (“Soğiniş”) kabi tahrirtalab ifodalar uçraydi. Umuman, Gözaloy Solih qizining yozganlarini öqir ekanman, bir qança tavsiyalarimiz bor. Ijodkorda aytiladigan fikrni pişitib, tayin qilib oliş, uslubiy taranglikka erişiş, maişiy mavzulardan, jönlikdan, eski ifoda uslubidan qoçiş; öquvçini işontirişning yangi yöllarini öylab topiş, ayniqsa, xarakter yaratiş, tahrir ustida işlaş, söz zaxirasini boyitiş zarurati bor. Bu masalalar, aslida, bugungi kun şoir-yozuvçilarining köpçiligini öylatişi zarur bölgan muammolardir. Men muallifga kitoblaringiz parvozi baland bölsin, deyman!

Raxşona Ahmedovaning “Orzu va dengiz” kitobi “Birinçi kitobim” turkumida naşr etilgan bölib (Raxşona Ahmedova. Orzu va dengiz. – Toşkent: Adabiyot, 2020), hikoyalardan iborat. Raxşonaning hikoyaga asos böladigan möjaz haqiqatlarni topa oladigan iqtidori bor ekan, şuningdek, anʼanaviy hikoyaçilikka, mentalitetga xos jihatlarga urğu bergan holda, yangiça xarakterlarni olib kirişga intiliş kuzatiladi. Bunga uning “Meni keçir, Kumiko!”, “Yukioning tanlovi”, “Onaizor qismati” hikoyalari misol böladi. Şu bilan birga ayrim nuqsonlarni aytib ötsak.

“Men, bobom va ona böri” hikoyasida “Yastanib yotgan qir oppoq qorga belanib yotardi…” kabi tahrirtalab örinlar bor. Asardagi yetti yoşli qahramon bir vaqtning özida böriga erkalangisi, quçoqlagisi keladi, uning qor kabi möynasi havas uyğotadi, ayni vaqtda ölim, qörquv haqida xayol qiladi. Hissiyotlar ifodasidagi tabiiy oqimni topa olmaslik bu tasvirga bölgan işonçni susaytiradi. Bu hikoya kabi “Öqituvçining sukuti” hikoyasida ham muallifning bizga aytar tayin gapi yöqdek tuyiladi, bayon yetakçilik qiladi. “Avi” hikoyasida bölsa uslubiy adaşişlar, sözlarni notöğri qöllaş holatlari ançagina: “qaddi biroz muk”, “ingiçka labi böyoqçan”, “yuzidagi ajinlarini yaşirolmaganidan sunʼiy bir qiyofa yasagandi”, “izğirin tarqab ulgurmagan”, “javranardi”, “astoydil bölişga urinardim”, “kiyim-keçaklarimni tartiblaş”, “böylari baland, kelişimli” kabi. “Nomaʼlum ayol”da bölsa “şataloq otib oqayotgan beğubor suv”, “oradan bir neça kunlar ötdi” kabi tahrirtalab joylar mavjud. Raxşonaning bu hikoyalarida avj yöqdek, ular yozuvçining kundaliklaridan köçirmalarga öxşaydi. “Seni yaxşi köraman, Mino!”, “Oxirgi keça” hikoyalarida ham taʼsir nuqtasi juda zaif. Raxşonada adabiy til bilan boğliq muammo bor, bir neça tillarni egallaş maʼlum bosqiçda şunday muammolarni yuzaga keltiradi, ammo yozuvçi bu tösiqlarni yengişi, yengib ötişi zarur.

“Orzu va dengiz” töplamdagi butun hikoya ekan. Bunda Raxşona qanotlarini keng yozib ijod qilgandek, tasvir imkoniyatlarini yetarliça işga solgandek tasavvur uyğotadi. Amangeldi ota, Xemingueyning Santyago çoli, Erkin Aʼzamning Orol bobosi kabi dengiz bilan sözlaşadi. U har kuni jon berayotgan Orolga kaftdek idişda suv olib boradi: “Senga suv olib keldim-da, Orolim”. Dengiz otaga boladek erkalanadi: “…köpikli suv otaning tizzalarini bir quçib qöygandek, yana ortga qaytadi”. Amangeldi ota haqdor qadrdondek öksinadi: “Men neça yilki, kanda qilmay qatnadim, Orol tobora kiçrayaverdi, suvi kamayaverdi, meni çorlagandek, ortga ketaverdi. Endi men bormayman, kampir, eşityapsanmi, endi özi keladi”. Öğilning Orolga qarata “Senga har kuni suv olib keladigan Xizring yöq”, degan iqrorlarida, muallifning “Ovozi böğilib, kuçi qolmay yuztuban yiqildi. Orol köpik tölqinlari bilan uning yuzini çayişga oşiqardi. Orol qoşida bir inson sajda qilib yotardi. Orol esa jim. Heç bir sado bermas, maʼyus kuzatardi, xolos” kabi tasvirlarida uning yana şunday butun asarlar yarata olişiga katta umid va işonç uyğonadi.

Yoşlar ijodi – bu ilk tajribalar, ilk izlanişlar demak. Öz uslubini yaratiş, öz ijodiy qiyofasiga ega böliş – katta isteʼdod, oğir va maşaqqatli mehnat evazigagina erişiladi. Biz adabiyotşunos olimlar yangi adabiyotşunoslikni orzu qilamiz. Ammo sizning yangi asarlaringizsiz bu yangi adabiyotşunoslikni oyoqqa qöyib bölmaydi. Eng muhimi, maqtovlarga örganib qolmang, maqtovlarga işonmang, yuragingiz kuraşiş istagidan heç qaçon voz keçmasin!

Şahnoza NAZAROVA,

filologiya fanlari doktori

 

1987-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

 “XX asr boşlari özbek şeʼriyatining yangilaniş tamoyillari”, “Ogahiy ijodiga yangiça bir nazar”, “Xayol va haqiqat folklor va teologiya kesimida” nomli kitoblari naşr etilgan.

 

2024/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)