Baxt
Baxt bu – sensan, baxtsizlik bu – men,
Ketmoqdaman, qoçoqqa yöyma.
Men özimni topib kelgunça
Sen özingni yöqotib qöyma.
* * *
Neki bepul bölsa, beqadr,
Neki arzon, demakki, beşon.
Sotiladi tap-taqir adir,
Pullanadi bir parça nişon.
Narxi bordir kerakli toşning,
Tekin narsa tovonsizdir – tul.
Bir çaqaga olmay quyoşni,
Xalajoyga tölaydilar pul.
Şafaq bepul – qadrsiz, demak,
Oyga mengzab, aldarlar yorni.
Sotiladi bir tişlam yemak,
Sotadilar hovuçlab orni.
Şamol tekin, bepuldir yellar,
Arzonbaho gullar ifori.
Beqadrdir ötajak yillar,
Beqadrdir quşlar izhori.
Şeʼr – beqadr, şoirlik şonmas,
Lek bahosi baland navoning.
Sotiladi, desa işonmas –
Narxi çiqarilgan havoning.
Narx-navo
Gerdayamiz, pul – qöl kiri, “xazon” deymiz,
Odam uçun odamiylik – mezon deymiz.
Imkon böldi degunça, lek sotilamiz,
Qança qimmat sörasalar, “arzon” deymiz.
* * *
Nuhdek ming yil yaşab, anglaganim şu –
Allohning har hukmi – bir odil qadam.
Qalam tingan, siyoh qurigan mangu,
Azizim, bemavrid tuğilmas odam.
Şaksiz Yaratganning şoh bitigisan,
Hijron sahrosida qum keçgansan-ku.
Azizim, ergaşib işq karvoniga,
Sirli quduqlardan suv içgansan-ku.
Dorbozmiz – közimiz tanğib boğlangan,
Yaşaymiz oq-qora arqon ustida.
Osmonga umidvor boqamiz – mubham,
Vaqt ilon öynatar dorning ostida.
Savol suvoriysi kelar bostirib,
Javob tabassumda – dunyoga tengsan.
Yurakka bir ism qöydim yozdirib –
Ehtimol, sensan…
Işonma
Sen menga işonma, işonma menga,
Bu işqda ne hikmat bölişi mumkin?
Sen menga işonma, menga işonma,
Yuraging zardobga tölişi mumkin.
Men yuz yil bayroqday eʼzozlab yurgan,
Muhabbat nima u – oddiy bir mato.
Yuz yilki köksimda gul deya urgan,
Yurak parça göşt-ku – qilmasmi xato?!
Gödak xayolidek havvoyi öylar,
Menga taskin bersa, qilma eʼtibor.
Seni çöçitmasin yovvoyi öylar,
U bir öy – na söngak va na eti bor.
Tilimda tasbehdek isming takrordir –
Lekin sen işonma, tasbeh – oddiy toş.
Mening ojizligim izohi bordir –
Bulutning ortida çorasiz quyoş.
Senga elitguvçi yöllarni yondir,
Öt qöy köpriklarga – qoraysin qirğoq.
Ehtimol, sevgisiz yaşaş osondir,
Balki, muhabbatsiz yaşaş yaxşiroq?
Qöllaringga intiq guldek qurisin,
Qayrilib qarama, qöllarim – yolğon.
Yalinsin, yolvorsin, itdek ulisin,
Ammo sen işonma, tillarim – yolğon.
Tuşlarimda kördim, desam entikib,
Tuşga nelar kirmas, de hissiz, sovuq.
Çorlasam nar quşday qalbga in tikib,
Bu inmas, – deb aytgin, – yolğon çirmovuq.
Har bir suvratingni közimga surtib,
Işonma asrasam asriy bitikday.
Suratlarimni soç maydalab, yirtib,
Söng topta suvoriy kiygan etikday.
Közimda yiltillar sönggi tomçi yoş,
Bu yolğon tomçidan köngling tölmaydi.
Taqdir qölidagi men bir şoşqol toş,
Haqsan, menga heç işonib bölmaydi.
* * *
Men Ibrohim emasman,
Omon çiqmaganman olovdan.
Har gal ötga otganlarida
Kul bölgunça yonganman tamom.
Men Ibrohim emasman,
Biroq seni Hojar singari
Yuragim tubiga taşlab kelganman
Çirqillatib gödaging bilan.
Safo-Marva aro yugurgan kabi
Yugurasan tomirlarimda.
Qahring kelganida qarğaysan meni,
Rahming kelganida duo qilasan.
Zam-zam istagandek, mana yuz yilki,
Söngsiz tepkilaysan köksimni.
Ehtimolki, sening tepking tufayli
Köksimda yuragim turibdi tepib.
Vohid LUQMON
1974-yili Samarqand viloyatining Payariq tumanida tuğilgan.
Samarqand davlat universitetining jurnalistika bölimini tamomlagan.
“Mujda” nomli şeʼriy kitobi naşr etilgan.
2024/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida