(Novella)
Porto-Vekkodan[1] şimoli-ğarbga – orolning içkarisiga qarab yöl olsangiz, ança tik qiyaliklardan kötarilişga töğri keladi. Katta-katta xarsanglar qalaşib yotgan, baʼzi joylari öpirilib ketgan ilonizi söqmoqdan uç soatlar çamasi yursangiz, boş-keti körinmaydigan qalin makiga röpara bölasiz. Maki – korsikalik çöponlar bilan qonunga çap berib yurganlarning makoni. Aytiş kerakki, korsikalik dehqon dalani öğitlaş zahmatidan qoçib, örmonning bir çetiga öt qöyadi. Olov keragidan ortiqroq joyni yondirib yuborsa ham, parvoyiga kelmaydi. Nega deganda, yondirilgan daraxtlarning kuli tuşgan yerdan yaxşi hosil olişiga işonadi-da. Boşoqlar yiğib olinganidan keyin somoni qolaveradi, uni yiğib oliş – maşaqqat. Yer ostida omon qolgan daraxt ildizlaridan esa yanagi bahorda navqiron novdalar kökaradi. Bir neça yil ötib, ularning böyi yetti-sakkiz futga[2] yetadi. Mana şu qalin çakalakni maki deyişadi. Maki – bir-biri bilan ayqaş-uyqaş bölib ösgan har xil daraxtlardan iborat. Odam ularning orasidan qölida bolta bilangina yöl oçib yurişi mumkin. Baʼzan esa şunaqa qalin makilar böladiki, hatto olqorlar ham ularning orasidan ötolmaydi.
18…-yili Korsikaga borganimda Matteo Falkonening uyi ana şu makidan yarim çaqirimça berida edi. U öşa yerdagi öziga töq odamlardan edi. U podadan keladigan daromad hisobiga halol yaşardi. Uning podasini köçmançi podaçilar toğma-toğ yurib boqişardi. Men uni uçratganimda ellik yoşlar çamasida edi. Hozir men sizga aytib bermoqçi bölib turgan voqea esa undan ikki yil burun sodir bölgan ekan. Uni örta böyli, lekin baquvvat, jingalak soçlari qoramoyday tim qora, qirra burun, lablari yupqa, közlari tiyrak, yuzi oşlanmagan terining rangidagi bir odam deb tasavvur qilavering. Bu ölkada usta merganlar köp böladi. Ammo Matteo miltiqdan bexato otişda ularning hammasidan ötardi. Masalan, olqor ovlaganda heç qaçon soçma öq işlatmasdi, biroq uni bir yuz-u yigirma qadam naridan istasa boşidan, istasa kuragidan otib, yer tişlatardi. Kunduzi qançalik çapdast bölsa, zim-ziyo keçasi ham şunçalik bexato otardi. Menga uning merganligini körsatuvçi bir voqeani aytib berişgan. Korsikada bölmagan odamga bu mubolağadek tuyulişi mumkin. Undan sakson qadam nariga – likopçaday keladigan yaltiroq qoğoz ortiga şam yoqib qöyişipti, u möljalga olipti. Keyin şamni öçirib qöyişipti. Bir daqiqa ötgaç, qop-qoronği tunda öşa qoğozga qaratib öq otibdi. Şunda törtta öqdan uçtasini qoğozga tekkizibdi.
Ana şunaqa favqulodda mahorat Matteo Falkoneni maşhur qilib yubordi. Uni odamlar ham yaxşi döst, ham xavfli raqib hisoblaşardi. Biroq u döstlaridan jonini ham ayamas, faqirlarga mehr-u şafqat bilan qarar, Porto-Vekkoda hamma bilan inoq, tinç-totuv yaşar edi. Aytişlariga qaraganda, uning xotini kortelik[3] emiş, u yerda jangda şaddodlik, muhabbat bobida esa epçillik bilan nom çiqargan xavfli raqibiga qaqşatqiç zarba bergan ekan. Matteoning miltiğidan uzilgan öq uni deraza yonida osiğlik turgan közguga qarab turganida qulatgan emiş. Bu voqea bosdi-bosdi bölgaç, Matteo uylandi. Xotini Juzeppa unga avval uç nafar qiz tuğib berdi (bundan Matteo rosa darğazab bölgandi), keyin öğil tuğdi. Öğil farzandga Fortunato deb ism qöyişdi. Bu ismda oilaning umidi va uruğning davomçisi degan maʼno bor edi. Qizlarini u yaxşi joylarga uzatdi: biron xavf-xatar tuğilsa, ota kuyovlarining xanjari va miltiqlariga tayanişi mumkin edi. Öğli esa endi önga kirgan, lekin böladigan bola ekani hozirdanoq körinib qolgan edi.
Erta kuz kunlaridan birida Matteo saharlab podasidan xabar olib keliş uçun xotini bilan makiga jönadi. Kiçkina Fortunato ular bilan birga bormoqçi böldi, biroq yaylov ança olis. Undan taşqari, uyni yolğiz taşlab ketib bölmasdi. Şu sababga köra öğlini uyda qoldirişdi. Ota bu işdan qançalar puşaymon bölgani hikoyamizning davomidan ayon böladi. Ular jönab ketişgandan keyin bir neça soat ötdi. Kiçkina Fortunato oftobşuvoq joyda çözilib yotib, moviy toğlarga tikilganiça, yanagi yakşanba kuni şaharga kaporali[4] amakisinikiga mehmonga borişini öylardi. Tösatdan varanglagan öq ovozi uning xayollarini tözğitib yubordi. U sapçib turib, öq ovozi eşitilgan sayhonlik tomonga ögirildi. Yana bot-bot öq ovozi eşitildi. Otişma ovozi borgan sari yaqinlaşib kelardi. Nihoyat, sayhonlikdan Matteoning uyiga olib keladigan söqmoqda juldur kiyimli, soqoli ösib ketgan, toğliklar kiyadigan uçli qalpoq kiygan odam paydo böldi. U hozirgina oyoğidan öq yegan körinardi, şekilli, oqsoqlanardi.
Qoçoq ötkukun[5] olib kelgani keçasi şaharga ketayotib, korsikalik voltijerlar[6] pistirmasiga duç kelib qolgan jinoyatçi edi. U jon-jahdi bilan otişib, qoya-toşlarni panalab, quvib kelayotganlarni bir amallab çalğitişga muvaffaq böldi. Biroq askarlar yaqin orada edi. Jinoyatçi esa jarohati tufayli makiga yetib borolmasdi.
U Fortunatoning oldiga kelib, söradi:
– Matteo Falkonening öğlimisan?
– Ha.
– Men Jannetto Sanperoman. Orqamdan sariq yoqalar[7] quvib kelyapti. Meni yaşir. Yurgani holim qolmadi.
– Söramasdan seni yaşirsam, otam nima deydi?
– Yaxşi qilibsan, deydi.
– Qaydam.
– Meni tezroq yaşir. Ular bu yoqqa kelişyapti.
– Otam qaytgunça kutib tur.
– Kutib tur? Yer yutgur, ular beş daqiqadan keyin yetib kelişadi. Qani, böl, meni tezroq yaşir. Bölmasa, öldiraman!
Fortunato pinagini buzmay javob berdi:
– Miltiğing öqlanmagan. Sarherada[8] öq tugabdi.
– Xanjarim bor.
– Baribir menga yetolmaysan.
Bola bir sakrab xavfsiz joyga çiqib oldi.
– Yöq, sen Matteo Falkonening öğlimassan! Nahotki, uyingning oldida meni uşlab olişsa-yu, sen indamay turaversang?!
Bu, aftidan, bolaga taʼsir qildi, şekilli:
– Seni yaşirsam, menga nima berasan? – deb söradi u yaqinlaşib.
Jinoyatçi belboğiga ilib olgan çarm xaltasini titkilab, undan beş franklik[9] tanga çiqardi. Bu pulni u, çamasi, ötkukun sotib oliş uçun yaşirib qöygandi. Fortunato kumuş tangani körib jilmaydi, uni qöliga olgaç, Jannettoga şunday dedi:
– Heç narsadan qörqma.
Bolakay bir zumda uyning yonidagi piçan ğaramini öyib, kavak yasadi. Jannetto ğujanak bölib, unga kirib oldi, bola kavakning oğziga havo kirib turadigan qilib piçan bosdi. Ğaramga qaragan odam uning içida birov yaşirinib yotganini xayoliga ham keltirmas edi. Bundan taşqari, bola yovvoyi odamlarga xos makkorlik bilan yana bir tadbir qölladi. Yaqinda bolalagan muşukni bolalari bilan olib kelib, ğaramga joylab qöydi – göyo ğaramga ançadan beri heç kim qöl tekkizmaganday böldi-qoldi. Keyin uy yonidagi söqmoqda qon izlarini körib, hafsala bilan ularning ustiga tuproq sepdi va yana heç narsa körmaganday oftobşuvoq joyga çözilib oldi.
Bir neça daqiqa ötgaç, serjant boşçiligidagi sariq yoqali jigarrang forma kiygan olti öqçi askar Matteoning uyi oldida turişardi. Serjant Falkonega uzoq qarindoş edi (maʼlumki, boşqa joylarga qaraganda Korsikada qarindoş-uruğçilik köproq qadrlanadi). Uning ismi Teodor Gamba edi. U juda faol odam bölib, ança-munça jinoyatçilarni qölga tuşirgan. Jinoyatçilar undan zir titraşardi.
– Yaxşimisan, jiyan! – dedi u Fortunatoga yaqinlaşib. – Ança katta bölib qolibsan-ku! Bu yerdan yaqinda u-bu kim ötmadimi?
– Voy, amaki, men hali sizday bölganim yöq-ku! – deb javob berdi bola özini göllikka solib.
– Menga haş-paş degunça yetib olasan. Qani, ayta qol: birov ötmadimi?
– Bu yerdan birov ötmadimi, deyapsizmi?
– Ha, uzunçoq duxoba qalpoq kiygan, kamzuliga qizil, sariq gul tikilgan odam.
– Çözinçoq duxoba qalpoq kiygan, kamzuliga qizil, sariq gul tikilganmi?
– Ha, tezroq javob ber, savollarimni takrorlamay.
– Bugun ertalab uyimizning oldidan Pero degan otini minib kaşiş ötdi. U, otangning ahvoli qalay, deb söradi. Men aytdimki…
– Ha, yaramas. Muğombirlik qilyapsan-a! Qani, böl, tez javob ber: Jannetto qayerga ğoyib böldi? Biz uni qidirib yuribmiz. Imonim komil, u şu söqmoqdan yurgan.
– Men qayoqdan bilay?
– “Qayoqdan bilay”miş. Lekin men bilaman – sen uni körgansan.
– Uxlab yotgan bölsam, ötgan-ketganni qanaqasiga köraman?
– Uxlaganing yöq, muğombir! Öq tovuşlari uyğotib yuborgan.
– Amakijon, miltiğingiz şunaqa qattiq varanglaydi deysizmi? Otamning miltiği qattiqroq gumburlaydi.
– Jin ursin sen yaramasni! Men aminmanki, sen Jannettoni körgansan. Balki uni yaşirib ham qöygandirsan. Yigitlar, uyga kiring. Qoçoqni tuzukroq qidirib köring. U zörğa oqsoqlanib yuripti. Bu ablah mayib oyoq bilan makiga yetib borolmasligiga aqli yetadi. Qon izlariyam şu yerga kelib yöqolgan.
– Otam nima derkin? – deb söradi Fortunato istehzo bilan. – Yöğida uyimizga bostirib kirişganini bilsa, otam nima derkin?
– Muttaham! – dedi Gamba uning quloğidan çözib. – Istasam, bir zumda boşqaça sayraysan. Sening tilga kirişing uçun qiliçning beti bilan jinday savalaş kerakka öxşaydi.
Fortunato esa istehzosini davom ettiraverdi:
– Mening otam – Matteo Falkone! – dedi u maʼnodor qilib.
– Bilasanmi, şumtaka, istasam, seni Kortega yoki Bastiyaga[10] olib borib, turmaga tiqib qöyaman. Qöl-oyoğingga kişan urib poxolga yotqizaman-da, kallangni olaman. Yaxşisi, Jannetto Sanperoning qaydaligini ayt.
Bola bunday kulgili pöpisani eşitib, qah-qah urib kulib yubordi. U hamon:
– Mening otam – Matteo Falkone, – deb takrorlardi.
– Serjant! – dedi piçirlab voltijerlardan biri. – Keling, qöying. Matteo bilan öçakişib nima qilasiz?
Gamba noçor ahvolda qoldi. U askarlar bilan şivir-şivir qilib allanimani gaplaşdi. Askarlar bir zumda uyni tintib qarab çiqişdi. Bunga köp vaqt ketgani yöq. Çunki korsikalikning kulbasi bitta çorburçak xonadan iborat böladi, xolos. Stol, kursi, sandiq, baʼzi bir uy anjomi-yu ovçilik uskunalari – uning bor-yöq bisoti şu. Bu orada kiçkina Fortunato muşukni silab ötirar va voltijerlar bilan amakisining dovdirab qolişganidan içida kulayotganday edi.
Askarlardan biri ğaramning oldiga bordi. Muşukni körib, loqaydlik bilan piçanga nayza sançdi, söng baribir, bu behuda gap, degandek kiftini uçirdi. Ğaram içida heç narsa ğimir etmadi, bolaning çehrasida ham zarraça taşviş alomati sezilmadi.
Serjant va uning dastasi borgan sari betoqat böla boşladi. Ular kelgan tomonlariga qaytib ketişga çoğlangandek, sayhonlikka nigoh taşlay boşlaşdi. Lekin bu orada ularning boşliği Falkonening öğliga döq-pöpisalar zarraça taʼsir qilmayotganiga qanoat hosil qilgaç, yana bir bor urinib körişga, endi muloyimlik bilan sinab körişga ahd qildi:
– Jiyan! – dedi u. – Sen özing durust bola körinasan. Martabang uluğ böladi. Lekin hozir bekorga öjarlik qilyapsan. Agar birodarim Matteoni ranjitişdan qörqmaganimda, seni olib ketardim.
– Şunaqa deng!
– Hali Matteo kelganda, hammasini unga aytib beraman. Yolğon gapirganing uçun taʼziringni berib qöyadi.
– Köramiz…
– Ha, körasan… Menga qara: aqlli bola bölsang, men senga bir narsa berardim.
– Men bölsam, amakijon, sizga maslahat beraman: agar sustkaşlik qilsangiz, Jannetto makiga kirib ketadi. Undan keyin uni uşlab oliş uçun sizdaqalardan yana ançasi kerak böladi.
Serjant kissasidan kumuş soatini çiqardi. U kamida ön ekyu[11] turardi. Soatni körib, kiçkina Fortunatoning közlari yonganini sezgan serjant pölat zanjirining uçidan uşlab soatni osiltirganiça gap boşladi:
– Hoy, muğombir! Köksingga şunaqa soat osib, Porto-Vekko köçalaridan tovusday gerdayib yurging kelar-a? Ötgan-ketgan sendan: “Soat neççi böldi?” deb söraydi, sen esa: “Mana, özingiz köra qoling”, deb soatni tutasan.
– Katta bölganimda kapral amakim menga soat sovğa qiladi.
– Şundoğ-u, lekin amaking öğliga hozirning özida soat olib bergan… Töğri, u soat bunçalik çiroylimas… Amakingning öğli hali sendan kiçkina…
Bola çuqur tin oldi.
– Xöş, nima deysan, soatni olging kelyaptimi, jiyan?
Soatga köz qirini taşlab turgan Fortunato egasi jöjani körsatib ermak qilayotgan muşukning ahvoliga tuşib qolgan edi. Muşuk ğaşiga tegişayotganini sezib, jöjaga çangal urişga botinolmaydi, vas-vasdan qoçiş uçun öqtin-öqtin undan köz uzadi, daqiqa sayin tamşanadi va butun qiyofasi bilan xöjayinga qarab, “Hazil ham şunaqa beşafqat böladimi?” deyayotganday böladi.
Ammo serjant Gamba çindan ham soatni unga sovğa qilmoqçi körinadi. Fortunato soatga qarab qöl çözmadi-yu, lekin aççiq alam aralaş gapirdi:
– Nega meni mazax qilyapsiz?
– Xudo xayringni bergur, mazax qilayotganim yöq. Jannettoning qayerdaligini aytsang, bas, soat – seniki.
Fortunato işonqiramay jilmaydi, uning qora közlari yeb qöygudek bölib serjantning közlariga qadaldi. Bola uning közlaridan gapiga işonsa böliş-bölmasligini uqib olmoqçiday edi.
– Agar soat seniki bölmasa, zar pogonimdan ayrilay, – deb qiçqirdi serjant. – Mana, askarlar guvoh bölsin, men sözimdan qaytmayman.
Şu sözlarni aytar ekan, u soatni Fortunatoga tobora yaqin olib kelar, soat bolaning rangi öçgan yuziga tegay-tegay deb turardi. Bolaning qalbida soatni oliş istagi bilan mehmondöstlik burçi örtasida keçayotgan kuraş uning yuziga ham tepgan edi. U göyo hozir böğilib qoladigandek, hansirab nafas olardi. Soat esa çayqalib, burnining uçiga tegay-tegay deb turibdi. Nihoyat, Fortunato soatga jurʼatsizgina qöl çözdi, öng qölining barmoqlari soatga tegdi, mana, serjant zanjirni qöyib yuborgan bölmasa-da, soat bolaning kaftiga qöndi… Moviy siferblat. Yaraqlab turgan qopqoq… Quyoş nurida yonaman deydi… Bunday öljadan voz keçiş amrimahol.
Fortunato çap qölining boş barmoği bilan yelkasi oşa özi suyanib turgan piçan ğaramiga işora qildi. Serjant darrov tuşundi. U zanjirning uçini qöyib yubordi. Fortunato endi soat öziniki bölganiga çindan işondi. U kiyikday çaqqon sakrab turdi-da, voltijerlar tita boşlagan ğaramdan ön qadamça nariga yugurib bordi. Piçan ğimirladi va ğaram içida qonga belangan odam qölida xanjar bilan örmalab çiqib keldi. U örnidan turmoqçi böldi, lekin oyoğidagi jarohati bunga imkon bermadi. Yiqildi. Serjant unga taşlanib, xanjarini tortib oldi. Rosa qarşilik körsatişiga qaramay, şu zahoti uning qöl-oyoğini çandib taşlaşdi. Qöl-oyoği boğliq, bir boğ ötinday yerda yotar ekan, Jannetto oldiga kelgan Fortunatoga yuzini ögirdi-da:
– …Öğilmiş! – dedi. Uning ohangida ğazabdan köra nafrat kuçliroq edi.
Bola undan olgan kumuş tangani qaytarib oldiga taşladi – bu inʼomni olişga haqqi yöqligiga aqli yetdi. Lekin jinoyatçi uning bu işiga zarraça ham eʼtibor bermadi. U juda bosiq ohangda serjantga murojaat qildi:
– Muhtaram Gamba! Men yurolmayman. Meni şahargaça kötarib borasizlar.
– Hozirgina eçkiday şataloq otib yuruvding-ku! – dedi şafqatsiz ğolib. – Mayli, xotirjam böl, qölimga tuşganingning xursandçiligiga özim seni bir çaqirim joyga opiçib borişga tayyorman-u, lekin ança çarçaganman. Mayli, oşna, sen uçun şox-şabba bilan plaşingdan zambil yasaymiz. Krespolidagi[12] xonadonlardan ot olamiz.
– Mayli, – dedi bandi. – Lekin zambilga ozroq poxol solinglar. Menga qulayroq bölsin.
Voltijerlardan baʼzilari kaştan şoxlaridan zambil yasayotgan, baʼzilari Jannettoning yarasini boğlaş bilan band bölib turgan paytda, makiga olib boradigan söqmoqning burilişida, tösatdan, Matteo bilan xotini paydo böldi. Xotini kaştan yonğoqlari solingan katta qanorning oğirligidan egilib zörğa qadam bosar, eri esa qölida bitta miltiqdan boşqa yuki yöq – yengil va şaxdam yurib kelar edi. Erkak kişiga quroldan boşqa yuk nomunosib-da!
Askarlarni körib, Matteo avvaliga, ular meni qamagani kelişgan, deb öyladi. Bunday fikr qayoqdan keldi? Nahotki, Matteoning hukumatga manzur bölmaydigan biron kirdikori bölsa? Yöq, u yaxşi odam degan nom çiqargan. Öz aravasini tinçgina sudrab yuradigan fuqarolardan. Ammo u, ayni çoğda, korsikalik ham, toğlik ham edi. Qaysi bir korsikalik – toğlik öz xotirasini tuzukroq kavlaştirib körsa, ötmişda qilib qöygan biron gunohini topolmaydi? Birovni otib qöyişmi, çavaqlab ketişmi yoki şunga öxşaş biron mayda gunohdan soqit odam bormi? Matteoning vijdoni hammanikidan ham toza edi, çunki, mana, ön yil böldi, odam bolasiga miltiq öqtalgani yöq, lekin şundoq bölsa-da, u sergaklanib, zarur bölsa, özini himoya qilişga çoğlandi.
– Xotin! – dedi u Juzeppaga. – Yukingni qöyib, tayyorlanib tur.
Xotini darhol uning aytganini qildi. Eri yelkasida osiğlik miltiqni olib unga uzatdi – qurol xalaqit berişi mumkin edi-da. Ikkinçi miltiqni öqtalgança, yöl böyidagi daraxtlarni panalab, ohista uyiga yaqinlaşa boşladi. Askarlar sal-pal qaltis harakat qiladigan bölsa, u darhol yöğon daraxt panasiga yaşirinib, öşa yerdan otişi mumkin edi. Juzeppa ikkinçi miltiq bilan öq xaltani kötarib, erining izidan kelardi. Yaxşi xotinning burçi – jang vaqtida eriga miltiq öqlab berib turiş böladi.
Matteoning miltiq öqtalib, tepkini bosişga tayyor holda ohista yaqinlaşib kelayotganini körgan serjantning yuragiga ğulu tuşdi.
“Bordi-yu, – deb xayolidan ötkazdi u, – Matteo Jannettoning qarindoşimi, döstimi bölsa, uni himoya qilib qolsa-çi? U holda birdan ikki kişi Matteoning ikkita öqiga uçişi turgan gap. Qarindoşligimizga qaramay, menga öq uzsa, nima böladi?”
Nihoyat, serjant dadillik bilan bir fikrga keldi – Matteoga peşvoz çiqib, hamma gapni oqizmay-tomizmay aytib berişga ahd qildi. Matteo bilan özi orasidagi qisqagina masofa unga haddan taşqari uzunday körindi.
– Ha, oşna! – deb qiçqirdi u. – Ahvoling qalay, döstim? Men Gambaman, qarindoşing!
Matteo bir oğiz söz aytmay, joyida töxtadi. Serjant gapirarkan, u miltiğining oğzini sekin-asta yuqoriga kötara boşladi. Serjant yaqinlaşib kelganda uning miltiği osmonga qarab turardi.
– Yaxşimisan, birodar! – dedi serjant körişişga qöl çözib. – Uçraşmaganimizgayam ança böldi.
– Yaxşimisan, birodar!
– Men yöl-yölakay sen bilan ham, singlim Peppa bilan ham körişib ketay deb kelgandim. Bugun juda köp yurdik, lekin ovimiz baroridan keldi. Noşukurlik bölmasin, çarçasak ham görga, hozirgina Jannetto Sanperoni qölga tuşirdik.
– Xudoga şukur! – deb nido qildi Juzeppa. – Ötgan hafta soğin eçkilarni ömarib ketgandi.
Uning gapi Gambani xursand qildi.
– Beçora! – dedi Matteo. – U oç edi!
– Bu ablah şerday olişdi, – deb davom etdi serjant biroz ensasi qotib. – U mening öqçilarimdan birini otib öldirdi, kapral Shardonning qölini mayib qildi. Mayli, bunisiga çidasa böladi. Axir, Shardon fransuz… Keyin desang, u şunaqa ustalik bilan yaşirinib olibdiki, uni alvastiyam topolmasdi. Agar jiyanim Fortunato bölmasa, men uni ikki dunyodayam topolmasdim.
– Fortunato? – deb qiçqirdi Matteo.
– Fortunato? – takrorladi Juzeppa.
– Ha, Jannetto anavi ğaramning içiga yaşiringan ekan. Jiyanim uning hiylasini aytib berdi. Men buni kapral amakisiga gapirib beraman. U jiyanimni taqdirlab, yaxşi sovğa yuboradi. Men esam prokuror nomiga yozadigan axborotimda seniyam, uniyam tilga olaman.
– Ming laʼnat! – dedi Matteo eşitilar-eşitilmas.
Ular dastaning oldiga kelişdi. Jannetto zambilda yotardi. Askarlar jönash taraddudida edilar. Matteoni Gambaning yonida körib Jannetto ğalati bir istehzo bilan kuldi-da, keyin uy tomonga yuzini ögirib, ostonaga tupurdi.
– Sotqinning uyi! – dedi u ijirğanib.
Ölimini böyniga olgan odamgina yurak yutib, Falkoneni sotqin deb ataşga jurʼat qilişi mumkin edi. Xanjarning bir zarbi bilan bu haqoratga javob bersa bölardi. Birgina zarbi bilan! Ammo Matteo nogahoniy kulfatdan singan odamday muştini peşanasiga tiragança dong qotib qoldi.
Fortunato otasini köriboq uyga kirib ketgandi. Oradan köp ötmay, u bir kosa sut kötarib içkaridan çiqdi va yerga tikilib turib, uni Jannettoga uzatdi.
– Yöqol közimdan! – dahşatli ovoz bilan hayqirdi mahbus.
Keyin voltijerlardan biriga yuzlanib, iltimos qildi:
– Oşna! Menga suv ber.
Askar unga suvluğini uzatdi. Jinoyatçi hozirgina raqibi bölgan odamning qölidan suvluqni olib, suvdan bir-ikki qultum höpladi. Söngra qölini orqasiga qayirib boğlamasdan, köksi ustiga boğlaşlarini söradi.
– Qulayroq yotişni maʼqul köraman, – dedi Jannetto.
Bir zumda uning iltimosini bajo keltirişdi, söng serjant qözğalişga işora berib, Matteo bilan xayrlaşdi, lekin undan sado çiqmagaç, sayhonlikka qarab tez-tez yurib ketişdi.
Oradan ön daqiqaça ötdi, Matteo esa hamon indamas edi. Bola xavotir içida goh onasiga, goh otasiga möltirab qarab qöyardi. Otasi miltiqqa suyangança, bosib kelayotgan ğazabini tizginlolmay, qahr bilan öğliga tikilardi.
– Boplabsan! – dedi nihoyat Matteo xotirjam ohangda.
Ammo bu odamni bilganlar xotirjamlik zamiridagi qahr-ğazabdan voqif edilar.
– Ota! – deb qiçqirib yubordi bola. Uning közlaridan yoş tirqiradi. U tiz çökmoqçi bölganday, old tomonga bir qadam qöydi.
Lekin Matteo birdan hayqirdi:
– Yöqol!
Bola höngrab yiğlagança otasidan bir neça qadam narida toşdek qotib turib qoldi.
Juzeppa ularga yaqinlaşdi. Matteo Fortunato köylagining etagidan uçi çiqib turgan soat zanjirini körib qoldi.
– Soatni kim berdi senga? – deb söradi u qahr bilan.
– Serjant amakim.
Falkone soatni yulqib oldi-da, bor kuçi bilan toşga urdi. Soat mayda-mayda bölib ketdi.
– Xotin! – dedi u. – Mendan bölganmi şu bola?
Juzeppaning buğdoyrang çehrasi ajabtovur qoraygan tusga kirdi.
– Esingni yiğ, Matteo! Nimalar deyapsan?
– Demak, bu bola bizning uruğimizdan çiqqan birinçi sotqin ekan.
Fortunatoning yiğisi avj oldi, Falkone esa silovsinnikiga öxşaş ötkir közini hamon undan uzmay turardi. Nihoyat, u miltiğining qöndoğini yerga bir urdi-da, keyin uni yelkasiga olib, Fortunatoga “Orqamdan yur”, deb buyruq berdi va makiga yöl oldi.
Bola itoat qildi.
Juzeppa Matteoning qöllariga osildi:
– Öz puştikamaringdan bölgan zurriyoding-a! – deb qiçqirdi u titroq ovozda. U qora közlarini Matteoning közlariga tikib, ulardan erining qalbida keçayotgan gapni uqib olmoqçidek edi.
– Bas qil! – dedi Matteo. – Men uning otasiman!
Juzeppa öğlini öpdi va yiğlaganiça uyga kirib ketdi. U içkariga kirişi bilan Bibi Maryamning surati qarşisiga tiz çökib, sidqidildan ibodat qila boşladi. Bu orada Falkone söqmoq böylab ikki yuz qadamça yurganidan keyin, çoğroqqina çuqurga duç keldi. Qöndoq bilan yerni urib körib, uning yumşoqligiga, kavlaş oson bölişiga işonç hosil qildi. Bu joy niyatini bajo keltiriş uçun qulay tuyuldi.
– Fortunato! Anavi katta toşning oldiga bor.
Uning buyruğini bajargan Fortunato tiz çökdi.
– Kalimangni keltir!
– Ota! Otajon! Öldirmang meni!
– Ibodat qil! – dedi ğazab bilan Matteo.
Bola duduqlana-duduqlana, közida yoş bilan ikkita duo öqidi. Har qaysi duoning oxirida otasi qatʼiy ohangda “omin” deb qöydi.
– Boşqa duoni bilmaysanmi?
– Ota! Yana bir duoni bilaman. Bibi Maryam haqida. Xolam örgatgandi.
– Juda uzun duo… Mayli. Öqi.
Bu duoni öqirkan, bola ovoz çiqarişga ham majoli qolmadi.
– Tugatdingmi?
– Otajon! Rahm qiling! Meni keçiring! Heç qaçon bunaqa qilmayman! Jannettoni afv qilişini kapral amakimdan yalinib sörayman.
U yana nimalardir deb ğudurladi. Matteo miltiqni kötarib, möljalga olarkan:
– Seni Xudoning özi keçirsin! – dedi.
Fortunato jon-jahdi bilan sapçib turmoqçi, otasining oyoqlariga özini taşlamoqçi böldi, lekin ulgurolmadi. Matteo öq uzdi, bola jonsiz yiqildi.
Matteo jasadga qayrilib ham qaramay, öğliga gör qazigani belkurak olib keliş uçun söqmoqdan uy tomonga yöl oldi. Bir neça qadam qöyib ulgurmay, öq ovozidan xavotirlanib, yugurib kelayotgan Juzeppaga duç keldi.
– Nima qilib qöyding? – deb qiçqirdi u.
– Adolat qaror topdi!
– Qani u?
– Çuqurda. Uni hozir kömaman. Imoni özida ketdi. Men uning xotirasiga janoza öqittiraman. Kuyovimiz Teodor Byankiga aytiş kerak, biznikiga köçib kelsin.
Prosper MERIME (1803–1870),
fransuz yozuvçisi,
novella janrining mohir ustasi, “Karl IX saltanatining yilnomasi” romani va bir turkum novellalari özbek tiliga ögirilgan.
Ozod ŞARAFIDDINOV tarjimasi
2024/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


