5 daqiqada öqiladi

173 marta körilgan

Adiblarning polvoni, polvonlarning adibi

Sobir Önar

Ism-şarifini aytişim bilan “Yoşlik” jurnali esga tuşadigan betakror adib Sobir Önarni xayolimdan ötkazar ekanman, uning  salmoqli asarlari, SÖZga, ijodga masʼuliyat bilan jiddiy qaraşi, asar qahramonlarining surati va siyratini, voqealarni  röy-rost, mardlarça badiiy tasvirlaşi asnosida muallifning adabiyot maydonida qaddini tik, qadrini baland tutib, toza vijdon bilan atrofga hadiksiz, taʼmasiz, ötkir nigoh bilan samimiy  boqib turişini köz oldimga keltirib, beixtiyor adiblarning polvoni, polvonlarning adibi degim keldi.

Sobir Önar gödakligidanoq musaffo havosidan simirgan, etaklarida ötkazilgan sayillarda, töylarda kuraş körib, kuraş tuşgani, ot çoptirib çavandozlarning oldingi safida bölgani purviqor toğlardek ğururi baland, mard INSON edi.

Sobir Önarning bağrikengligi va tahriri bois “Yoşlik” jurnali sahifalaridan örin olgan nazmiy, nasriy, publitsistik va tarjima asarlar mualliflarining köpçiligi yetuk ijodkor sifatida elga tanilişdi. Adabiyotda örin topişdi. Ijod namunalari eʼtirof etilib, hukumatimizning orden va medallari, yuksak unvonlariga sazovor bölişdi.

Buni adabiyot ahli kaftdek körib, bilib turibdi.

Heç esimdan çiqmaydi. 1988-yil. Ilk  marta ruçkada yozmasdan   bir ötirişda maşinkada yozgan hajviy hikoyamga “Bir gap bölar” sarlavhasini yozdim-u, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotiga yöl oldim. Öz asarlari bilan elga tanilgan Erkin Aʼzamga hajviya olib kelganimni aytdim. Ustoz hajviyaga köz yugurtirib: “Yaxşi, yaxşi. Ukam, maslahatim, “Yoşlik” jurnaliga mos ekan”, – deya  tahririyat manzilini aytdilar.

Göyo quşdek uçdim. Qatortol köçasidagi köp qavatli binoda joylaşgan “Yoşlik”ni topdim. Hayajondaman. Asarlarini öqigan, gazeta va jurnallarda suratini körganim bois men uçun yaqin bölgan şoir, adib va jurnalistlar ötib-qaytyapti. Ularga salom berganimdan, ularning samimiy tarzda alik olişlaridan hayajonim yanada oşadi.

 “Xatlar bölimi” xonasi oldidaman. Eşikni taqillata turib oçdim. Bir neçta yoş yigitlar özaro gurunglaşişyapti.

– Keling, kiravering, biror narsa olib keldingizmi?

Nabijon Boqiyning savoliga javoban hajviya olib kelganimni aytdim.

– Bu yoqqa oling.

Nabijon Boqiy hajviyani öqib turib labida kulgi yoyildi.

– Zör narsa ekan, Sizlaram öqinglar. Keyingi songa qöysa bölarkan… 

Sobir Önar öziga uzatilgan qoğozlarga köz taşladi.

– Maʼqul, keyingi sonlarga rejalaştiramiz…

Haykaldek qotib qoldim. Nahotki, yozganim “Yoşlik”da çiqsa?!

– Şu gap, oğayni, yangilaridan olib keling! – degan sözdan keyingina huşyor tortdim. Ular bilan xayrlaşib xonadan çiqdim. Şu lahzada mendan baxtiyor, mendan baxtli inson yöqdek edi. Lift “lip” etib birinçi qavatga tuşirdi. Hamon hayajondaman. Birpas turib, tağin yuqoriga çiqdim. Bir neça daqiqa oldin menga samimiy munosabatda bölgan ijodkorlar davrasiga kirib bordim.

“Nega keldim?” Özim-ku özim, xonadagilar ham hayron.

– Biror narsangiz qolib ketibdimi?

– Yöq. Haligi, rostdanam hajviyam “Yoşlik”da çiqadimi?

Xonani kulgi tutdi.

– Aytdik-ku, albatta, çiqadi.

 “Nega keldim, tağin, nega söradim?” Xijolatomuz köçaga çiqib avtobus bekatiga  yöl oldim. Avtobus  hali-beri körinmaydi. Muhim hujjatim qolib ketgan-u, uning taqdiri nima bölişiga qiziqqandek, oyoğim tağin tahririyatga boşladi. Yuqori qavatga çiqib taniş xona eşigini oçdim.

– Sizga nima böldi?

– Jurnalga çiqişi aniqmi?

Gurra  kulgi kötarildi.

Şunday qilib, “Bir gap bölar” hajviyam  “Yoşlik”da  bosildi.   

Jurnalda çop etilgan  hajviyam meni yanada ilhomlantirdi. Taʼtil paytlari qişloqdan  Toşkentga oşiqardim. Gazeta va jurnallarning tahririyatlarida bölib, ijod namunalarimni ulaşardim. Ustozlar suhbati, ijodiy jamoalardagi adabiy muhit yanada izlanişga, öqib-örganişga, ijod qilişga undadi. “Xalq sözi”, “Maʼrifat”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida, “Muştum” jurnalida hajviy hikoyalarim  çop etildi.

Ijodimni kuzatib borayotgan  Sobir Önar:

– Abdulla aka,  yangilaridan bizlargayam ilining, – derdi samimiyat bilan.

Yillar ötib nazmiy va nasriy asarlarim  “Yoşlik” sahifasidan örin oldi.

  Poytaxtdan olisda, Muborak  tumanidagi Qoraboğ qişloğida yaşab, ijod qilayotgan yozuvçi va şoir Bahodir Abdurazzoqni Respublika yoş ijodkorilarning Zomin seminarida kaşf etgan  Sobir Önar Bahodirning “U” va ”Tözon” qissalarini “Yoşlik”da eʼlon qildi. Jahon adabiyoti asarlari bilan böylaşa oladigan bu betakror qissalar uçun jonkuyarlik qildi. Şunday gözal asarlar haqida nega ustoz adiblar-u adabiyotşunoslar jimligidan afsuslanib, kuyunçaklik bilan matbuotda xolisona fikrini aytdi…

“Yoşlik” qançadan-qança iqtidorli yoşlarga eʼtiborli böldi. Sara asarlarni yuzaga çiqardi. Zör asarlarni himoya qildi. Bunda ustoz Sobir Önarning hissasi beqiyosdir.

Ijodiy jamoa, mualliflarga, ularning qölyozmalariga  eʼtiborli  bölişni, beğaraz, adolatli baho berişni ustoz adib Sobir Önardan örganişgan bölsa, ne ajab?!

Mehnat faoliyatini musahhihlikdan boşlab boş muharrir lavozimigaça bölgan ijodiy masofani bosib ötgan  Sobir Önar “Yoşlik” jurnaliga sadoqatli böldi. Tahririyat iqtisodiy qiyinçilikka uçragan davrda ham badiiy yuksak asarlarni tanlab, jurnalni sifatli, körkam çiqarişga harakat qildi.

Işsiz yurgan yoki maoşi qora qozonni qaynatişga arzimaydigan, kun keçirişi qiyin bölgan bir qança  ijodkorlar Sobir Önar orqali  qöli uzun mansabdorlar bilan tanişib  iqtisodiy jihatdan baquvvat iş örinlariga joylaşişdi. Ularning  muvaffaqiyatidan özlaridan köra Sobir Önarning quvonçi çeksiz edi.  Sobir Önarning özi esa turli lavozimlarga işga taklif etilganda ham rad etdi.

Birgina dalil: Sobir Önar “Akam” – deb hurmat qilgan ustozi – taniqli şoir, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Abdusaid Köçimov Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rahbarlik qilgan davrda ukasi – şogirdi Sobir Önarni işga taklif etadi. Öşa kezlarda teleradioda  maoş ham, qalam haqi ham, mukofot pullari ham möl edi. Sobir Önar bu taklifga könsa bölardi. Ammo bir paytlari bağriga olgan “Yoşlik”ni noçor holdaligida taşlab ketişga vijdoni yöl qöymadi. Adiblarning  polvoni, polvonlarning adibi ekanligini amalda isbotlaş fursati keldi. Çavandozlik hadisini olgan emasmi, uloqni “köpkari”dan olib çiqişga harakat qildi. “Yoşlik”ni kötariş uçun yelkasini tutdi. Köksiga bosib, avaylab, öngidayam, tuşidayam, yursayam, tursayam “Yoşlik”ni öylab, yangi ğoyalar asosida ruknlar, sahifalar oçib, badiiy yetuk asarlarni çop etib, jurnalni yana yoruğlikka   olib çiqdi va muştariylar bilan yuzlaştirdi…        

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Sobir Önar, Şodi Otamurod bilan  gurunglaşdik. Sobir Önarning yangi asarlarini öqib çiqiş, tahrir qiliş, xullas, naşrga tayyorlaş maqsadida qattiq  işlayotgani yuz-közi, holatidan ham sezilib turardi. Bu oxirgi suhbatimiz ekanligini kim ham bilibdi, deysiz?..

Özining biri-biridan qiziqarli, mazmunan boy “Orzuga töla qişloq”, “Ovloq adirlar bağrida”, “Çaşma”, “Çambilbelning oydalasi”, “Bibisora” kabi  kitoblariga jamlangan  badiiy yuksak qissalari va hikoyalarini, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oltin fondidan örin olgan, muallifning özi öqigan “Safura xolamning ertaklari” asarini xalqimizga  tuhfa etgan adabiyotimiz fidoyisi, betakror yozuvçi Sobir Önar adiblar polvoni, polvonlar adibi qiyofasida qalblardan joy oldi.

Oxirati obod bölsin! 

 

Abdulla AYIZOV

 

1962-yili tuğilgan. Jahon tillari universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

“Otam yodi”, “Bir gap bölar”, “Polvon yiğlagan tun”, “Turfa odamlar” kabi kitoblari naşr etilgan.

 

2024/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)