91 marta körilgan

Bebahor gulladim, barg yozdim samar…

Farida Afröz

* * *

                        “Mehribonim, men sizni topdim”

                                                     Rauf Parfi

“Mehribonim, men sizni topdim”,

Xazonrez boğlarning kuzli, ayozli,

Huvildoq tunlari yomğir, şamolli,

Xörlikdan ivigan umidlar içra

men sizni topdim.

Topdim, derazamga kakliklar qöndi,

Sayradi, sayradim jon çiqar qadar.

Döl yoqqan qahraton yolğiz keçalar

Bebahor gulladim, barg yozdim samar,

men sizni topdim.

Mehribonim, bu ne körgilikdir, bu qanday savdo,

Bu şirin jonimdan ökinmay tondim.

Bu ne saodatdir, bu neçuk ğavğo,

Öz qonimni özim içdim-da, qondim,

men sizni topdim.

Topmasam, közlarim yölga tökardim,

Har zarra tuproqni sizlab öpardim,

Bu yoruğ dunyoda nursiz, benavo

Izillab-izillab, izlab ötardim,

Mahrami asrorim,

Mahrami jonim,

Men sizni topdim, Şeʼriyat!

* * *

Içingga

dunyolar çökkani sayin,

Yelkalaring oğir, qöllaring oğir…

Qadamlar oğirdir, alamlar oğir,

Xatarlar oğirdir, xabarlar oğir…

Içingga

in qursa ayriliq quşi,

Bahorlar oğirdir, çamanlar oğir…

Hijrondan har çeçak qovjirab tursa,

Vodiylar oğirdir, vohalar oğir…

Içingda

özingni yöqotib  qöysang,

Joningni topmasang izlab, izillab.

Isming ham hattoki, tanimay tursa,

Jismlar oğirdir, ilmlar oğir…

Içingda

bir qizça tursa jilmayib,

Yillar ötaversa unga qaramay.

Qarişlar oğirdir, qaytişlar oğir,

Sevişlar oğirdir, seviliş oğir!..

* * *

Uzooq yaşaging keladi,

Özing ekkan daraxtlardan ham,

Uzooq yaşaging keladi,

Özing aytgan qöşiqlardan ham,

Uzooq yaşaging keladi,

Özing qurgan binolaringdan,

Ammo,

aslo va aslo, 

uzooq yaşaging kelmaydi,

Özing tuqqan bolalaringdan!

* * *

Dösting bölsa,

Beilinj kelsa,

Heç narsalar haqida gaplaşsang töyib…

Anhorning oqişi,

Olovning yonişi yoqsa unga ham,

Birga termulsang…

Dösting bölsa,

Diydoring uçun

Kipriging doriga özini ossa…

Dösting bölsa,

Toşlarni birga çaynasang,

Birga tersang

Tovoningga sançilgan tikanlarni…

Gul bargidan kapalar tiksang,

Oy nuridan pardalar tutsang,

Nurlansang, nurlasang…

Dösting bölsa,

Qorişib ketsang,

Tanimay qolsang özingni umi yoki sen.

Ajratolmay tursang közing közidan,

Barmoqlaring çirmaşsa

Va unib çiqsa bir daraxt!

Şoxlari gullasa, şoxlari kulsa,

Örtangdan ötolmasa hatto şamollar…

Dösting bölsa,

Ismi ehtiyoj bölsa,

Suv kabi, non kabi

Yesang,

Töymasang!..

Bir dösting bölsa,

Yelkasiga kapalakdek qönsang,

Söng uxlab qolsang manguga unda…

Jannatda birga uyğonsang…

* * *

Içimdan…

            içimdan…

içimdan bir tovuş  kelmoqda…

bir tovuş  kelmoqda, guldirak  misol,

Sel  oliş  xavfi bor,

toğ-u toşlarni….

Yiğlagim  kelyapti…

Ha, demak,

Ha, demak,

ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!

Yöldan qoçing,  PÖŞT-PÖŞT!

Içimga…

            içimga…

                           içimga zilzila kiryapti,

zilzila kiryapti, titroq beayov…

Vulqonning xavfi bor bor,

              bemavrid, bejo,

Bir toşqin kelyapti…

Ha, demak,

Ha, demak,

ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!

Yöldan qoçing,  PÖŞT-PÖŞT!

Içimda…

içimda…

içimda bir  olov  yonyapti

bir  olov  yonyapti quyoşga  egiz…

Yonğinning  xavfi  bor,

odamzorlarda.

Çöğ  bölgim  kelyapti…

Ha, demak,

Ha, demak,

ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!

Yöldan qoçing,  PÖŞT-PÖŞT!

Içimga…

içimga…

içimga osmondan  oy  tuşdi,

osmondan  oy  tuşdi, işqday  muloyim,

Tugamoq  xavfi bor

yerlik   ğamlarni,

O, orom  kelyapti…

Ha, demak,

Ha, demak,

ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!

Yöldan qoçing,  PÖŞT-PÖŞT!

Içimning…

içimning…

içimning hududi kengayar

hududi kengayar, dunyo  kaftimda,

Nurlaniş  xavfi  bor,

jonsiz  tanlarni,

Tirilgim  kelyapti…

Ha, demak,

Ha, demak,

ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!

Yöldan qoçing,  PÖŞT-PÖŞT!

Farida Afröz

1956-yili Farğona viloyatida tuğilgan. Qöqon davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Şoiraning “Qirq kokilligim”, “Iztirob köylagi”, “Tunlar isyoni”, “Közim manim…”, “Özimdan özimgaça”, “Uşşoq”, “Tasbih”, “Öşa kun bugundir” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

“Şuhrat” medali, “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

 

2024 / 3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.