Yozuvçi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Olim Toşboyev bilan suhbat
– Olim aka, özingizga maʼlum, har qanday badiiyat namunasi bir emas, bir neça vazifalarni bajaradi, çunonçi, estetik, kommunikativ, ijtimoiy, tarbiyaviy… Uşbu xususiyatlar şunçaki vazifalar emas, balki adabiyotning çinakam quroli hamdir. Bu xususiyatlarning barçasi “taʼsir” bilan boğliq. Yaʼni adabiyotning kuçi ham şunda. Sizningça, bu kuçdan bugun qanday foydalaniş kerak?
– Har bir xalqning öz adabiyoti bor. Mutafakkir adib Lev Tolstoy har qanday sanʼat asarining fazilatlari uçta xususiyat bilan belgilanişini körsatib ötgan edi:
“1. Asarning mazmuni bilan: mazmun qançalik salmoqli bölsa, yaʼni odamlar hayoti uçun muhim bölsa, asar şunça yuksak böladi. 2. Taşqi gözallik bilan: bunga sanʼat jinsiga mos keladigan mahorat orqali erişiladi. 3. Samimiyat bilan, yaʼni muallif tasvirlayotgan narsasini özi jonli tarzda his qila bilişi bilan. Bu şartlarsiz har qanday sanʼat asarini qabul qilayotgan odamga muallif tuyğusini yuqtiriş amri maholdir”.
Şöro mafkuraçilari adabiyotning kommunikativlik xususiyatini juda yaxşi anglaşgan. “Mustabid tuzum ideologiyasi unday edi, bunday edi”, degan gaplarni köp eşitamiz. Ana öşa izçil tizimning mustahkam zanjiri adabiyot bölganini heç kim inkor etmaydi. Sehrli qurol millatni uyuştirişi mumkinligi anglanmagan jamiyatda xaos – tartibsizlik ustunlik qiladi. Xaos xomaklarni köpaytirişdan taşqari, öta muhim daʼvatlarni çippakka çiqarişi bilan xavfli. Undanam yomoni, sapçaboşlar fikr egalaridan Azroildan qörqqanday qörqadi. Jamiyat xavfni öz qöli bilan yaratmasligi kerak. Global jamiyatda hamma millat özini öylaydi. Millat bölib şakllanmagan qavmlar bor-yöği isteʼmolçi!
Qaçon Boysunga borsam, otam “Zamonaning ozgani – eşakning otdan özgani”, deb qöyadilar. Ozgan zamon alomatlari köp, aslida. Şöroning boş mafkuraçisi Suslovning sodiq izdoşlari qöldan adib yasaşni kanda qilgan emas. “Huzuri muborak”ka hamişa sulukka moslar darkor, “alamzada”lar çikora!
Adabiyotning mavqeyi jamiyatdagi örta qatlam nufuzi bilan bevosita boğliq. Monopolistlar emas, örta qatlam boyisa, adabiyotning jamiyatdagi mavqeyi, ijodkorning nufuzi oşadi. Bundan yuz yigirma yil burun yurtimiz sarvatdorlari jadidlarga hammaslak va homiy edi. “Şaşmaqom” saroy sanʼati bölgani, raiyat mavrigi bilan doston eşitganini öylasam, xayolimga negadir hamma sohada imtiyozlarni qonuniylaştirgan zamonaviy boylarimiz maʼrifatga muxlismi yoki “Barsa”ga, degan savol kelaveradi.
Adabiyot – jamiyatdagi qatlamlarni birlaştiruvçi eng işonçli köprik. Adabiyot hammaning boşini qovuştiradigan, bir maqsad sari yetaklaydigan kuç – mafkura örnini bosadi. Jamiyat, davlat bosib ötgan yölga, ertami-keç, siyosiy baho beriladi, albatta. Lekin jamiyatning adabiy manzarasi siyosiy bahodan ön çandon taʼsirçandir. Ikkinçi jahon uruşi haqida minglab hujjatli asarlar bor. Ammo ularning heç biri Erix Mariya Remark romanlari, Ğafur Ğulomning “Sen yetim emassan” şeʼriçalik qalbni junbişga keltira olmaydi.
Adabiyot – ruhning nafsga malomati. Yoşlar maslahatga muhtoj emas, ammo baʼzi mulohazalarni aytmoqçiman. Qörqmasdan işga kirişiş kerak. “Falon asarimdagi qahramon falonçiga oğir botmasmikan? Pismadonçi öqisa, nima deydi?” deya ikkilanmang. Bugun eʼlon qilinmasa, ertaga eʼlon qilinadi, albatta. Yaqin ötmiş siyosatlar, özini qodiri mutlaq his etganlar umri bebaqoligini körsatdi. Töğri, nafs çöçiydi, xavfsiraydi, qörqadi. Şunday ekan, nafsni malomat qiling, taqiq qöyganlar taqiqqa uçragani haqida sözlab bering. “Oybolta ostidagi olomon” kitobim roppa-rosa tört yil bosilmay yotdi. Beşta naşriyot turli bahonalar bilan qaytarib bergan.
Sönggi öttiz yillik davr bamisoli oçilmagan qöriq. Şaxsga siğiniş, ziyolining yemirilişi, fikriy va jismoniy qullik psixologiyasi, axloq va qadriyatlar tanazzuli yuzlab asarlarga mavzu böladi.
Darvoqe, ötgan asr bilan ğalati parallellar bor. Mana şular haqida yoziş kerak.
– Adabiy jarayonda faolligingiz tahsinga sazovor. Sönggi yillarda öqirmanlar eʼtiboriga havola etilgan “Ultontoz”, “Kişan” kabi romanlaringiz talaş bölib öqilayotgani adabiy jamoatçilikka sir emas. Tizginsiz, globallaşayotgan zamonda yaşayapmiz, çegaralar bugun öz ahamiyatini yöqotmoqda. Qançadan-qança madaniyatlarga putur ketdi. Alqissa, asrlar davomida şakllanib, rivojlanib kelayotgan tilimiz, madaniyatimizni qöriş, uni öz holiça, butun gözalligi-yu jozibasi bilan saqlab qoliş, yaʼni milliy özlik tuyğusi deyarli barça asarlaringizda seziladi. Milliy genetik kodimizni asl holatda saqlaş, uni turli-tuman “kişan”lardan tozalaş bugunning eng dolzarb vazifasi bölib qolmoqda, çamamda.
– Haqiqiy ijodkor tomoşabin böla olmaydi. Uning muştday yuragida ön sakkiz ming olam taşvişi bor. Xudo uning qalbiga butun bir xalqning dardini jo etib qöyibdi. Xalq – dono. Soxta közyoşlarni darrov payqaydi. Bahouddin Naqşband “Bizning yölimiz suhbatdir. Suhbatda xayr-u baraka bor”, degan. Maʼrifiy davra qalb közini oçadi. Uning taʼsir kuçi benihoya katta. Ammo odamlar orasida maʼrifiy suhbatlar tobora tanqis bölib borayotgani öylantiradi. Saksondan oşgan bobolarning ham bugunning bozoridan gap sotib ötirişi eriş tuyiladi. Gap-gaştaklar, gurunglar mavzusi maydalaşib borayotgani xayrli alomat emas.
Musulmon jamiyat azaldan sözni yuksak qadrlagan. Çunki adabiyotga, ijodkorlarga ehtirom – sunnat. Ibodat çoği jamoatning quloği imomda böladi. Imomlar adabiyot tarğibotçisi rolini bajara boşlasa, jamiyatda söz qadri yuksaladi. Afsuski, imomlar va ijodkorlar örtasida qandaydir begonalik bor. Bu şöro öylab topgan fitna deb bilaman. Ana şu begonalikka barham berişimiz kerak.
Mustabidning millati, dini yöq. Maqola va suhbatlarda oğzimizni töldirib “Mustabid tuzum davrida…” deymiz. Yöq, mustabid içimizda! Bundan ön yilça burun Prezident devoniga qaraşli arxivga bir muhim hujjat bilan tanişiş uçun buyurtma berdim. Ikki kun ötib kelsam, buyurtmani qabul qilgan juvon “Sizni direktor kutyapti…” dedi sirli qilib. Direktorni eskidan taniganim uçun erkinsirab kirdim. Katta idorada işlab nafaqaga çiqqandan söng arxivni boşqarayotgan okaxon ötakasi yorilib: “Uka, Markazqöm qarori sizga berilmaydi. Ğavğo kötarib nima qilasiz?” dedi. Örligim tutdi: “KPSS tugab ketganiga ming yil böldi. Nimadan qörqasiz?..” Şunda direktor çaynalib turib-turib, oxiri yorildi: “Yoşsiz-da hali… Köp narsani bilmaysiz. Ot jilovi haliyam kommunistlar qölida…”
Xullas, musulmonlarni oyoq osti qilgan, özbekning boşiga balo olib kelgan maşʼum hujjat – “Afrika, Osiyo va Yaqin Şarq mamlakatlarida jangovar Islomning uyğonişiga qarşi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni köra olmadim.
Mustabid ruhini boqib-bovlib yurganimizga yana bir misol aytay. Mustaqillik yillarida şou-biznesning piçoği moy ustida böldi. Oy tuğsayam, kun tuğsayam, yallaçilarga tuğdi. Mirob kimning tomorqasiga suv bersa, öşa joy gullaydi. Şou-biznesga mehr-muhabbat şu qadar körsatildiki, oqibat “Qaşşoq köp joyda maşşoq köpayadi” naqli yana bir bor isbotini topdi. Pirovardida, xalqning didi, saviyasi sayozlaşdi, yallaçilar jamiyatning old odamiga aylandi. Men bu manipulyativ tarğibot jörttaga uyuştirilgan deb öylayman. Mexanizm murvatlarini moylab turgan “haybarakalla”çilar oqibat nima bölişini beş qölday bilişgan. Tadbirlar bahona viloyatlarda köp bölaman. Jarayonni kuzatiş maroqli-da. Hayajonlanib şeʼr öqigan şoir yoki nutq irod etgan yozuvçi bilan, nari borsa, bir-ikkita dalli-devona suratga tuşadi. Davraga bir aşulaçi kirib kelsa bormi… Öh-höö! Odamlar özini tomdan taşlaydi. Bahodir Yöldoşev taʼbiri bilan aytganda: “Pasportini ham tuzuk-quruq öqib körmagan yallaçi telefon kötargan erkag-u ayol örtasida talaş böp ketadi”. Saksonni qoralagan kampirlarning çevarasi tengi xonandadan duo söraganini körganingizdan söng şoirlarning davlat tadbirlarida şeʼr öqişi bardavom bölsin deysiz-da.
Şiorxörlik, şiorlarga muhabbat şörodan meros. Şuning uçun har qança jozibali bölmasin, köp şiorlarga panja orasidan qarayman. Mustaqillikning dastlabki yillari, mafkura ramzi ölaroq, Amir Temur nomini uluğladik. Toşkent, Samarqand, Parijda katta-katta anjumanlar ötkazildi. Haykallar qöyildi, kitoblar yozildi, filmlar işlandi. Hatto xalq maqollarini ham u kişiga nisbat berib, har yoqqa ilib çiqdik. Bitta muhim iş qilinmadi. Amir Temur ilm-fan, adabiyot va sanʼat homiysi edi. Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Zahiriddin Bobur ana öşa buyuk saltanat mevasi!
Bugun jadidlar “trend”da. Maʼnaviy ehtiyoji yöq ötirikçilar ham şu mavzuda gapiryapti. Turkiston jadidlariga ruh bergan buyuk maʼrifatparvar Ismoil Ğaspirali “Tarjumon” gazetasi orqali qanday şiorni örtaga taşlaganini eslaylik: “Tilda, fikrda va işda birlik”.
Ana şu şior hayotga köçmas ekan, quruq oğiz yirtganimiz qoladi.
– Elni sevsang, elça gapir, deydi xalqimiz. Asarlaringizning tili – el tilida sözlaydi. Bugun “el tili”ga bölgan hurmatimiz ijtimoiy jarayonlardan, turiş-turmuşimizdan ayon. Ötgan asr boşlarida şu til, şu millat uçun tökilgan qançadan-qança qonlar, tuproğimiz ostida kafansiz yotgan elning bahodir şahidlari, turmalarda boy berilgan umrlarning uvoli tutmasmikin? Köçalarda uç-törtta tilni aralaştirib gaplaşayotgan “zamonaviy” odamga “Ey, oğayni, öz tilingda gapirsang-çi!” deb köring-a, siz bilan yuzkörmas böladi-qoladi. Bugun odamlarning sirkasi suv kötarmaydi. Şunday ekan, ahyon-ahyonda “özbek tili, davlat tili” deb yangrayotgan hayqiriqlardan nariroqqa ötib, amaliy çoralar köriş vaqti kelmadimikin? Bu borada adabiyotning, matbuotning zimmasiga tuşadigan yuk haqida nimalar deya olasiz?
– Tilning uvoli nonning uvolidan yomon. Çigirtka balosini bilasiz. Tilga bepisand qarayotganlarning xatti-harakatlari çigirtkadan badtar. Adabiyot, matbuot ana şu “çigirtka”ga qarşi çiqqan çuğurçuqqa öxşaydi. Çuğurçuq tumşuğini yuvib turmasa, halok bölgani kabi, matbuot va adabiyotning tilni asraş borasidagi saʼy-harakatlari rağbatlantirilmasa, “çigirtka” bosib ketadi.
Mamlakatimizda ön mingdan ziyod maktab bor. Taʼlim davlat tilida olib boriladigan maktablarda örtaça tört-beş nafar özbek tili va adabiyoti böyiça mutaxassis işlaydi. Bu ustozlarning aksariyati bugungi adabiy jarayondan yiroq. Adabiy naşrlarni muntazam kuzatiş imkoniyatiga ega emasligi bois öquvçilarning adabiyotga, kitobxonlikka qiziqişi sust. Kitob tarğibotining aniq mexanizmi bölmagani sababli qişloqlarda kitob dökonlari deyarli yöq.
Yurtimizdagi barça maktablarning özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilarini adabiy naşrlarga bepul obuna qiliş tizimini joriy etiş zarur. Adabiy naşrlar har bir maktab, oliy va örta-maxsus bilim yurtlarining tilçilari, adabiyot fani öqituvçilari qöliga yetib borişi kerak.
Qişloqlarda, mahallalarda oçilgan kitob dökonlari barça soliqlardan ozod qilinişi kerak. Tadbirkor kitob sotib daromad körsin. Ana şunda eng çekka hududlarda ham kitob dökonlari boşqa tijorat dökonlari kabi gullab-yaşnaydi.
Özbek adabiyotining sara namunalarini xorijiy tillarga tarjima qiliş juda-juda sust. Özbek kitobxoni sönggi yetmiş-sakson yil davomida Amerika, Osiyo, Afrika, Yevropa adabiyoti bilan yaqindan tanişdi. Ammo xorijliklar milliy adabiyotimiz haqida töla tasavvurga ega emas. Aytiş mumkin bölsa, boy, gözal adabiyotimizni biladiganlar barmoq bilan sanarli.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti masʼulligida özbek adabiyotining sara namunalari röyxatini tuzib, xorijiy tillarga tarjima qilişni yölga qöyiş kerak. Adabiyot tarğiboti – bu til tarğiboti demak. Özbek adabiyoti tarğibotiga Til departamenti va Taşqi işlar vazirligi masʼul etib belgilanişi, qilingan işlar hisoboti yil yakunida matbuot, ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qilib borilişi lozim.
Tasavvur qiling: xorijdagi elçixonalarimiz öşa davlat ijodiy uyuşmalari, noşirlari bilan hamkorlikda yiliga öntadan badiiy asar tarjimasini yölga qöysa, ön yilda salmoqli natijaga erişamiz. Bu mamlakat imijini şakllantirişning eng samarali yöli.
Xorijiy davlatlarda kitob qimmat, degan tamoyil bizning jamiyatga unçalik töğri kelmaydi. Jamiyat aʼzolarini kitobga qaytariş uçun mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, noşirlarga, naşriyotlarga soliq yukini kamaytiriş borasida Prezident taşabbusi bilan sezilarli çora-tadbirlar qöllanilmoqda. Maqsad har bir badiiy asar eng çekka qişloqqa juda arzon narxda yetib borsin, ana şunda har qanday oila kitobni oğrinmay sotib oladi.
Eng zör tilçi bu – yozuvçi. Çinakam asar – til hodisasi. Şoir Mirza Kenjabekka köra, “Ijodkor söz boyligiga juda diqqat qilişi lozim. Şoir har bir şeʼrida, nosir har bir hikoya, qissa yoki romanida boşqalar işlatmagan köplab sözlarni işlatişni bilişi darkor. Buning uçun qalamkaş tarixni bilişi, xalq oğzaki ijodi namunalaridan unumli foydalanişi, maʼrifiy adabiyot va mumtoz şeʼriyat söz xazinalaridan zarur miqdorda istifoda etişi zarur”.
Afsuski, qirq-ellik yil burun bitilgan asarlarni ham tuşunişga, öqişga, “begona” sözlar mağzini çaqişga qiynalayotgan, luğat boyligi bir hovuç sözdan iborat avlod bilan baqamti yaşaşga mahkummiz. Ular orasida Turgenevning nigilist bazarovlari ham bor.
– Bilamizki, vaqt ötgani sayin badiiy asarlarga bölgan munosabat ham özgarib boradi. Har bir asarning taqdirini kitobxon va vaqt belgilaydi. Olim aka, siz biror asaringizning taqdiridan qörqqanmisiz, agar şunday bölsa, aynan qaysi jihati uçun?
– Ustoz Abdulla Oripovning roppa-rosa öttiz yil burun bitgan bir şeʼri bor:
Şeʼrim, aytgan sözim, ba hukmi zamon,
Tarqalib ketdilar hammasi har yon.
Qalblarda tinç-totuv yaşarmi ular,
Bozor iqtisodi bilan yonma-yon.
Mutafakkir şoir şeʼrlari barhayot, inşaalloh, ammo Abdulla akaga zamondoş bölgan, “Men özbek adabiyotining otasiman!” deya kökragiga urgan zotlarni bugun kim öqiyapti?
Söz sanʼatining ildizi insoniy tuyğularda. Insoniy dard, iztirob aks etgan asarlar davr çiğiriğidan eson-omon ötişiga işonaman.
Xudo könglimga solgan narsalarni baholiqudrat qoğozga tuşirib kelyapman. Bu yoği Allohga tavakkal!
– Pedagog sifatida yoşlarning öz imkoniyatlarini kengroq namoyon qilişi va el-ulusga köproq naf keltirişi bilan boğliq bölgan uçta eng katta muammoni sanab ötsangiz?
– Kim aytgani yodimda yöq, bir fikr menga juda qattiq taʼsir qilgan. “Inqilobni daholar öylab topadi. Mutaassiblar uni amalga oşiradi. Huzur-halovatini muttahamlar köradi”.
Yaqinda bir tyutor – murabbiy aytib qoldi. Tyutor öqigan maktabda bir köngilsizlik sodir bölibdi. Öninçi sinfda öqiydigan yigit oltinçini bitirayotgan sevgilisini toqqa opçiqib “şöxlik” qilgani uçun maktab direktori, sinf rahbari boşida yonğoq çaqilayotganmiş… Sevişganlarni tergaydigan ota-onalar Rossiyada ekan.
Murabbiy kuyinib aytib bergan voqeani kimdir jamiyatimizga xos tipik holat der, kimdir ona suti oğzidan ketmagan qizçaga sevgini kim qöyibdi der. Munozara, taftiş uzoq davom etişi şubhasiz.
Şu gurung bölgan kunlari Internetda xitoylik maktab öquvçilarining it azobda pul topayotgan ota-onalarining abgor qiyofasini körib ezilib yiğlayotgani aks etgan bir video tarqaldi. Ota-ona va neʼmatni qadrlaş haqidagi bu sözsiz tasvirlar köpçilikka taʼsir etganiga aminman.
Johiliyat davrini yaxşi bilgan odam Islomning buyukligini anglagani kabi, yaqin ötmişdan boxabarlik hurriyatni qadrlaşni örgatadi.
Aralaş temir qurç bölar!
Siz uçta muammo deb çegaralabsiz. Mayli, uçta bölsa – uçta!
Birinçi muammo, yoşlarni tarbiyalaşga yeng şimarib kirişişni xuş köradigan idoralar istiqbol egalarini ikki narsadan – axloqsizlik va munofiqlikdan asraşi kerak. Yoşlar bilan boğliq tadbirlarga munday sersob qarang: yuzakilik va közböyamaçilikdan qayoqqa bekinişni bilmaysiz. Bundan öttiz yil burun televideniye tarbiya vositasi sanalgan bölsa, bugun “tarbiyaçi” rolini ijtimoiy tarmoqlar bajaryapti. Men ot aylanib qoziğini topişiga işonaman. Olmaning tagiga olma tuşadi. Ikkinçi muammo, har bir ota-ona özini tarbiya qilsa, adabiyotga, çinakam sanʼatga mehr qöysa, bolalar bir kuni öşa özanga tuşadi. Öqariq qiyşiq bölsa, egatlarni suv bosadi. Fitna-fasodni olisdan, begonalardan izlamaslik kerak. Uçinçi muammo, yoşlar jinoyat qilganlarga heç qanday imtiyoz yöqligini, davlat adolatsizlik payini qirqiş qudratiga egaligini körib tursa, bas.
Eng muhimi, yoşlar köngilni poklovçi hayratdan ayrilmasin. Hayratdan mosuvo odamdan qörqaman. Nazarimda, IT, Çat GPTga maftun yoşlar gözallikdan, söz sehridan hayratlanmay qöyganday. Ammo talabalar orasida Mahmudxöja Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Ubaydullaxöja Asadullaxöjayev obrazini adabiyotda körişni istaydiganlar ham bor.
– Yozuvçilar orasida bitta-ikkita hikoya, qissa, tom-tom asarlar va tetrologiya yozganlari bor. Ularning aksari adabiyot sahnida eslanadi… yana boşqalari eʼtirof etiladi va uşbu sahnadan umuman tuşib qolganlari ham yöq emas. Aslida, yozuvçining yetukligini qanday holatlarda his qilamiz? Umuman, yozuvçi qaçon yetuk böladi?
– Har bir odam bir olam bölgani kabi, ijodkorlarning özi alohida bir dunyo. Haqiqiy adib, yaʼni siz aytmoqçi yetuk ijodkor asarlari orqali adabiy bir model yaratadi. Bu model har qanday siyosiy, iqtisodiy modellardan jozibali, maftunkor, sirli böladi. Bunday darajaga çiqişning “kiçkina” şarti bor – adibda til bilan dil bitta bölişi kerak. Yetuklik bobida milliy adabiyotimizda ham ibratlar bisyor. Arboblar tanasiga bigizday sançiladigan maqola (“Yiğindi gaplar”ni eslaylik) va “kiçkina feletön”lar bitgan, tuhmat ortidan mahkamaga tortilganida “Bir neça şaxslarning orzusiça maʼnaviy ölim bilan öldirildim. Endi jismoniy ölim menga qörqunç emasdir” deya mardona turgan Abdulla Qodiriy yodga tuşadi. Yetuk adib deganda buzilgan, toptalgan ölkani ozod köriş orzusida
Tiriksen, ölmagansen,
Sen-da odam, sen-da insonsen:
Kişan kiyma, böyin egma –
Ki, sen ham hur tuğilğonsen!..” – deya hayqirgan Çölponni eslaymiz.
“Adib şaxs bölişi kerak” degan edi Şukur Xolmirzayev. Ijodkorning iymoni butun bölsagina, asarlarida nur jilvalanib turadi. Bilʼaks, dahriy ekzistensiyaçilar kabi ufunat, umidsizlik olamida tentiydi. Şu maʼnoda, kitobxonga soxta, milliy zaminda unmaydigan töqima qahramonlar emas, tirik obrazlar kerak.
Uluğ adibimiz Asqad Muxtorga Xudo umr berganida “Buxoroning jin köçalari”ning ikkinçi qismini yozib, Fayzulla Xöjayev obrazini haqqoniy tasvirlagan bölarmidi, deb öylayman.
Yetuklik deganda Gogolni öspirinligidayoq qadrlagan, Puşkin haqida yozib, şoirni avom-u fuzaloga anglatgan Vissarion Belinskiy, tahlil-tanqidiga Tolstoy muştoq bölgan, Dostoyevskiy “Telba” haqida munosabatini kutgan Nikolay Straxov kabi nuktadon olimlar xayoldan ötadi. Leonid Grossman, Ilya Erenburg kabi tadqiqotçilarga ehtiyoj şu qadar kattaki, asti qöyaverasiz.
Televideniyeda işlaganimda tuşlik mahali uç-tört hamkasb Anhor böyida sayr qilardik. Tinç, sokin joylar edi. Anhor yoqalab tortilgan asfalt yöl maxsus boğça yonidan ötadi. Boğçada möjazgina hayvonot boği bölib, patlarini yoygança sayr qiladigan bir juft tovusni tomoşa qiliş ğoyat maroqli edi. Bir kuni bizni maftun etgan tovuslardan biri sayrab qolsa böladimi! Tovusning öta xunuk, qörqinçli ovozini eşitib yoqa uşlab qoldik. “Gözallikka yaraşa tovuş bersa bölmasmikan?” degan savol könglimdan ötdi.
Bu misolni nima uçun aytyapman? Parvardigor aziz va mukarram qilib yaratgan xilqatning ijodga giriftor toifasi tovussifat bölmasligi kerak. Tovussifatlik rağbatlantirilgan joyda yetuklik mahv böladi.
Suhbatdoş: Ğiyosiddin ÖNAR
2024 / 3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


