6 daqiqada öqiladi

180 marta körilgan

Muallaq maktub

Sitorabonu Şomurodova

Assalomu alaykum, Nargiza opa! Bu talotöplarga boy dunyoda şeʼr yoziş va uni öqib his etiş baxtiga muyassar bölganimizning özi juda kamdan-kam uçraydigan va havas qilsa arziydigan hodisalardan biri deb bilaman. Çunki kapitalizm urçigan, inson har narsani moddiyat bilan ölçayotgan bir vaqtda “Muallaq lahza” kabi içkin hissiy bir töplamni yaratganingiz uçun Sizga rahmat! Kitobingizni bir ötirişda öqib çiqdim, ammo u haqidagi fikrlarim qoğozga tuşmasdan bir neça kun kitob nomiga mos ravişda muallaq qoldi. Har bir asar öz nomi bilan tuğiladi, deyişadi, “Muallaq lahza” ham öz nomi bilan tuğilganiga şubham yöq.

Şeʼr yozmoq yaralaringni özgalarning oldida oçib, malham surib, qaytadan boğlamoq kabidir. Bu jasoratga har kimning ham jurʼati yetmaydi. Çunki inson zoti borki, öz yaralarini, ojizliklarini, oğriqlarini yaşirib yaşaydi. Men ayni şu jihatga köra şoirlarni haqiqiy jasorat sohiblari deb bilaman.

 

Men özim tomonga qarayolmayman,

Yurak betlamaydi sen yoqlarga ham.

Inson qaçon bunday holga tuşadi? Albatta, yuksak bir iztirobni boşidan, qalbidan ötkazganida. Uşbu şeʼringizda lirik qahramonning ikkinçi şaxs tomonga qaraşga yuragi betlamasligini sevgi iztiroblari deb ham, xiyonat azoblari deb ham, afsus yuki deb ham ataş mumkindir. Ammo birinçi misradagi hatto özi tomonga ham qarolmayotgan inson iztirobi uşbu satrlarning poetik yukini yanada vazminlaştirgan, deb öylayman. Inson qaçon hatto özi tomonga ham qarolmaydi? Kimgadir katta nohaqlik qilganida. Bu misralarda gunohsiz muhabbatga nohaqlik qilgan ikki insonning ham hissiyotlari bir yurak prizmasidan ötkazilgan holda aks ettirilgan. Şu şeʼringizni öqiş jarayonida hayajonga tuşdim. Aslida, badiiy adabiyotning gözalligi ham, hissiyligi ham şundadir. Kimdir qayerdadir yozgan satrlar, oradan vaqtlar ötib, boşqa bir insonni larzaga solişi söz sanʼatining betakror xilqat ekanidan dalolat beradi. Mazkur şeʼrdagi yana bir tasvir meni öyga toldirdi:

Bir ulkan ismlar kaftimda toldi,

Zamin izlarimni yodlayolmadi.

Bu misralardagi ulkan ismni men hamişa duolarimizda mavjud bölgan insonning ismi deb bildim. Har birimizning şunday insonimiz bor: heç kimga ismini aytolmaymiz, ammo bir-u bor Zotga munojot qilayotganimizda uning ismini ham tilga olamiz va duolarimiz orqali asragimiz keladi uni. Endi ismning kaftda tolişi tasviri nega keltirilganini men özimça anglaganday böldim: lirik qahramon uni şu qadar köp duolarida eslaganki, natijada, kaft emas, ism tolgan bu iltijolardan! Naqadar nafis tasvir! Ayollar şeʼriyatida mana şunday inja ifodalar mavjud bölişi kişini quvontiradi, albatta. Ayni şu şeʼrning davomida yana bir najib holni uçratamiz: lirik qahramon ötgan kunlarini qumsar ekan, tabiatda barça voqea-hodisalarning davriyligini aytadi: fasllar, şamol… Ammo özining hislari bilan bu tabiat uyğun emasligidan ökinadi va bir bora diydordan bahramand bölgan çoğini nihoyatda ohorli taʼrif bilan ifodalaydi:

Fasllar ranglarda takror kelgandir,

Men esa bir tuşni bir marta kördim.

Odatda, insonlarda bir neça xil tuşlar böladi va bu tuşlar umri davomida takrorlanib turadi. Ammo sizning şeʼringizdagi tuş oddiy tuş emas, sizga tuşdek tuyilgan diydor ekanini yuqoridagi satrlarda böy körsatgan afsuslardan ham bilib oliş mumkin.

Şeʼrlaringizni öqiş jarayonida Quyoşga intilayotgan zarra, Ummon tomon talpinayotgan qatra holatlariga duç keldim. Sizning lirik qahramoningiz öz moyasining qoşiga şunçaki borişni istamaydi, qalb bezagi bilan, poklik bilan diydorlaşişni umid qiladi. Şu bois ham yöllarda keçayotgan rangsiz umridan, yolğonlarning çinga aylanayotganidan, yillar ötgani sari qalbdagi çöğlari kamayib borayotganidan taşvişga tuşadi:

Yöllarda keçadi besiyoh umrim,

Aylanib qoladi yolğonlar çinga.

Yillardan yillarga ötadi qörim,

Kim bölib boraman sening qoşingga?!

Aslida, bu savol har birimizning qalbimizda bor. Uşbu satrlarni öqib bu narsani çuqurroq his qildim. Yana bir şeʼringizda inson ruhiyatidagi yillar davomida röy beradigan ajib evrilişlar haqida yozgansiz:

Çayqalib turibman, umrim uvişgan,

Yelkamni kepaklab elar şamollar.

Közning körganidan yuragim pişgan,

Mendan bir musofir olislab borar.

Bu misralardagi uvişgan umr, elangan yelka, pişgan yurak va olislagan musofir tasviri insonga yillar davomida öz boşidan keçirgan keçmişlarini eslatadi. Umr qaçon uvişadi? Umuman, uvişiş ne demak? Biologik jihatdan olsak, uvişiş harakatsizlik natijasida qonning bir joyda qotib qolişiga aytiladi. Yolğizlikdagi umr ham harakatsiz aʼzoga öxşaydi – bir joyda depsinib turgan umrning uvişişiga bu satrlarni öqigan öquvçi şubha qilmaydi.

“Muallaq lahza”ni öqir ekanman, oğir bir sukunat bağrimga çökdi. Bu kitob içida men sokinlik içra ham isyon qila olgan, baqirib-çaqirmasdan izillab yiğlayotgan bir qizni kördim. Içimga sukunat joylaşib olgani uçun ham bir neça kun bu maktubni sizga yozolmadim.

Faqat sukunatdan tuğilgan şeʼrman,

Ruhim, vujudimga özimni töldir, –

deb yozgan ekansiz bir şeʼringizda. Sukunatdan tuğilgan şeʼrlar insonni bir muddat sukut saqlaşga majbur qilar ekan-da. “Ruhim, vujudimga özimni töldir…” – insonning özi qaçon butun vujudiga töladi? Umuman, inson vujudida özidan boşqa birov bölişi mumkinmi? Bu savolga “Muallaq lahza”dan javob topadigan bölsak, inson kimningdir xayoli bilan bir umr yaşar ekan, öşa inson uning ruhiga-da, vujudiga-da singib ketadi. Yuqoridagi misralaringizda ayni şu kayfiyat seziladi. Şu uçun ham lirik qahramon endi vujudida boşqa odam emas, özi mavjud bölişini istab qoladi.

Nargiza opa, siz hissiyotlar musavviri bölibgina qolmay, tabiat lirikasini ham juda çiroyli öxşatişlar bilan taʼriflagansiz bu kitobingizda. Saraton, jazirama taʼriflangan bir şeʼringizda şunday satrlar bor:

Şamol tebratadi avgustni,

Köylagini yeçar saraton.

Bir qaraşda bu tasvir unçalik ham yopişmaganday tuyiladi. Aslida, bu yerda heç bir ğayritabiiylik yöq. Avgust kelişi bilan saratonning tugaş jarayoni tasvirlangan: şamollar avgustni tebratar ekan, yer yuzidan saratonning köylagi yeçilib, kuzning çimmati yopila boşlaydi. Uşbu şeʼringiz davomida quyidagi taşbehlar ham uçraydi:

Kimdir şunda şamsni avaylab

Solib qöyar kök xurjuniga.

Quyoş botişini şoirlarimiz turliça tasvirlaşgan, ammo yuqoridagi tasvir ham öziga xosligi, boşqalarga öxşamasligi jihatidan yurakka yaqin keladi va xotirada qoladi.

Şeʼrlaringizni öqiş asnosida şuni his etdimki, inson qançalik dardni çuqur his qilsa, uning yiğisi ham şunçalik böğiq va unsiz bölarkan. Sizning şeʼrlaringizda ana şunday eşitilar-eşitilmas yiğini his etiş mumkin. Bu yiğining sabablari turliça: onadan ayrilgan bola, karvondan adaşgan tuya, yoridan ayrilgan maʼşuqa… Ammo barçasining asosida Quyoşdan ayro tuşgan zarra holati bor. Zarra mudom Quyoşga intilib yaşayverar ekan, zarraning haqiqiy moyasiga qöşilib ketişiga umid qiliş mumkin.

Endi bir lahzamda törtta fasl bor,

Endi yelkamdadir yettita osmon.

Endi qöşiğimga bor ohanglar tor,

Endi közlarimda gullasin armon.

Bu misralar umidbaxşligi, hayotda yaşaşga undaşi bilan kişining xotirasida qoladi. Ayniqsa, közda gullagan armon topilmasi meni hayajonlantirdi. Insonning közida qaçon armon gullaydi? Uşalgan orzulari sevinç yoşlari ila qaroğida balqqanida. Közingizda ana şunday gullagan armonlar, uşalgan orzular mudom bor bölsin, qalamingiz qoğoz ustida bardavom yuriş qilaversin, Nargiza opa!

Kamoli ehtirom ila,

Sitorabonu Hoşim qizi,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD).

1992-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari  iştirokçisi.

 

2024/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)