(Hikoya)
Margaret Xenen har qanday vaziyatda ham eʼtibordan çetda qolmasdi. Ayniqsa, uni ilk dafʼa körganimda köproq hayratga solgandi: yelkasiga salkam deganda bir sentner don töldirilgan qopni ortmoqlab, noşahdam, lekin qatʼiy qadamlar bilan aravadan ombor tomon odimlar va bordonga kötariladigan tik zinalar oldida tin
oliş uçun bir daqiqaga töxtardi. Poğonalar törtta bölib, Margaret ulardan qadam-baqadam, asta, ammo dadil va şunday öjar matonat-la kötarilardiki, uning madori qurib bitdi, zalvori bilan ozğin va munkillagan qaddi-bastini dol qilayozgan qop yelkasidan, sal qolsa, tuşib ketadi, degan xavotir xayolimga kelmadi. Bu ayolning şarti ketib, parti qolgani qaragan közga ayon bölardi, şungami, uni kuzatib, arava yoniga mixlanib qoldim.
Liq töldirilgan qop kötarib olti marta aravadan omborga borib keldi. Kaminaga boş silkib qöyib, ortiq diqqat ham qilmadi. Arava böşagaç, kissasidan gugurt çiqazib, ajin bosgan, oriq barmoqlar orasiga kalta sopol çöbuğini olib tutatdi. Nigohlarim tomirlari börtib çiqqan, böğimlari şişib ketgan, tirnoqlari sinib tuşgan, qora mehnatdan xunuklaşgan, qadoq va çandiqlar qoplagan, baʼzi joylari yangitdan şilingan qöllarida sirpanardi – bunday qöllar, odatda, oğir jismoniy mehnatda suyagi qotgan erkaklarga tegişli böladi. Haddan taşqari börtgan tomirlari uning yoşi hamda qiyinçilikda ötgan hayotidan oçiq-oydin sözlardi. Ularga qarab turib, bu qöllar qaçonlardir Mak-Gill oroli malikasi hisoblangan ayolniki bölganiga işoniş qiyin edi. Ammo bu keyinroq maʼlum böldi. Öşa kunlari bu ayolning özi ham, ötmişi ham menga qoronği edi.
Oyoqlariga qöpol, tob taşlagan teridan tikilgan erkaklar boşmoğini sarpoyçan ilib olgandi. Halpillab turgan pölatmonand boşmoqlar yurayotganda töpiğini şilib qavartirayotganini avvalboşdanoq payqagandim. Yassi kökrakli alifdek bu ayolning egnida dağal erkaklar köylagi va bir zamonlar qizil jun matodan töqilgan yirtiq-yamoq yubkasi şalvirab turardi. Lekin barçasidan ham köproq şamol yalagan, ajindor yuzidan, taroq tegmagan, qirov tuşgan, tözğoq soçlaridan közimni uzolmasdim. Na hurpaygan soçlar, na ajinlar töri heç qanday qusur topib bölmaydigan çiziqlar tortilmiş möjaz keng manglayining husnini yaşirolmas, kirtaygan aft-angori va qirğiy burni moviy közlari tubida uçqunlayotgan alanga bilan qovuşavermas edi. Neçundir hayot şami öçmagan va mayda ajinlar bilan qurşalgan közlari qizaloqlarnikidek çaqnoq edi. Qoraçiqlari-da nurafşon, qilt etmay turgan jiddiy nigohlari esa meni allaneçuk sarosimaga soldi. Yuzining farqlovçi xususiyati közlari örtasidagi masofa edi. Ular orasiga yana bir yarimta közni joylaştirsa bölardi. Bunaqasini ança-munça kişida uçratavermaysiz. Yuzining ikki pallasi bir-biriga çunonam muvoziy ediki, bu uning öziga xosligiga ziğirça daxl qilmasdi. Sinçkov bölmagan kişiga, ehtimol, bu bilinmas. Garçi muşaklarining şalviragani keksalik alomati bölib körinsa-da, quruqşagan lablari kemşik oğzining bu nuqsonini oşkor etmasdi. Agar ulardagi bukilmas qatʼiyat ifodasini aytmaganda, bunday lablar faqat mömiyolarda böladi, deyiş mumkin edi. Lablar zinhor jonsiz emasdi, aksinça, qatʼiyat ila qimtilgan bu lablarda ulkan qalb jasorati sezilib turardi. Lablar va közlar ifodasidan bu vujud muvozanatini yöqotmay zil-zambil qopni qay tarzda böysindirolganiga javob topiş muşkul edi.
– Özingiz ança keksayib qolibsiz-u, bundayin oğir yumuşga qöl urganingizni qarang! – tilimni tiyib turolmadim.
U menga ğalati, sovuq nigohi bilan tikildi-da, öyga tolib, göyo abadiyat oldida turganday şoşilmay javob qaytardi. Öziga bölgan çeksiz işonçi bu safar ham meni tang qoldirdi. Şubhasiz, maʼnaviy hayotida ham çekiniş yoinki muvozanatini yöqotişdan çöçimasdi. Bu ayol menda tuşuniksiz hislarni uyğotdi. Men, barçaga tegişli umumiylikni hisobga olmaganda, özim uçun notaniş zotni uçratgandim. Keyingi haftalarda Margaret Xenenni qançayin yaqindan bilganim sari uning tuşuniksiz yetti yot begonaligini his qilardim. Margaret özga sayyoradan kelgan mehmon edi, göyo. Ötmişi va ayni hayotida qanday tuyğular tuğyoni yoxud faylasufona dunyoqaraş
uning olğa qadam bosmoğiga mos bölganini, qanday qalb keçinmalarini boşdan keçirganini ham özi, ham hamqişloqlari oz-moz bölsin, tuşuntirib bera olişdi.
– Ikki haftadan söng yetmiş ikkiga çiqaman, – dedi u mening muşohadakorligimga javoban.
– Ana, aytmabmidim. Bunaqa işlar faqat erkaklar uçun, – özimnikini maʼqullab turib oldim.
U yana xotiralar çangalzorini kezinişga tuşdi. Uyquga çömib, bir asrdan keyin uyğonganimda ham endigina javob qaytarişga çoğlanayotgan bölsa, sira ajablanmasdim.
– Kimdir şu işlarni qilişi kerak-ku, men esa odamlarga boş egişni özimga ep körmayman.
– Nahot farzandlaringiz, qarindoş-uruğlaringiz bölmasa?
– Bölgani bilan ulardan ne naf?!
U bir daqiqaga oğzidan çöbuğini çiqazib, boşi bilan uyi tomon imo qilib dedi:
– Men yolğiz yaşayman.
Tomi poxol bilan yopilgan uy, kattakon ombor va keng ekinzordan iborat fermaga nazar soldim.
– Bir özingiz bundayin katta xöjalikni qanday eplaysiz?
– Ha, xöjalik kattalikka katta. Yetmiş akr[1]! Iş çolimgayam, öğlimgayam yetib ortardi. Xizmatkorlarimiz ham yöq emasdi. Yiğim-terim mavsumida hatto mardikor yollaşga töğri kelardi.
U aravaga bir amallab çiqdi-da, qöliga jilovni olib, ötkir va dono közlari bilan menga tikildi.
– Siz dengiz ortidan, yaʼni Amerikadan bölsangiz kerak?
– Ha, amerikalikman.
– Amerikada bizning Mak-Gill oroli odamlarini uçratavermaysan.
– Ştatlarda bironta yurtdoşingizni körganimni eslolmayman.
– Şunaqa, xalqimiz – xonanişin özi. Töğri, ularni jahongaşta emas deyolmaysan, lekin alaloqibat barça-barçasi – dengizda çökmay va musofirçilikda bezgak yoki boşqa baloga yöliqmay omon qolganlari, albatta, uyga qaytişadi.
– Özingizning öğillaringiz ham dengiz safarida bölib, uyga qaytişganmi?
– Ha, Semyueldan taşqari hammasi. Semyuel çökib ketgan.
Ont içib aytamanki, bu ismni tilga olganda uning közlaridan allatovur nur çaqnadi. Baayni örtamizda tuyqus paydo bölmiş ruhoniy aloqa taʼsirida Margaretdagi ulkan dardni sezdim. Agar astoydil harakat qilinsa, jumboqning yeçimiga olib boruvçi sirli qalbning oçqiçini, kalavaning uçini topgandim. Men şu tobda Margaretning qalb derazasidan içkariga möralardim, göyo. Tilim uçida savollar toşqini pirillab turgani zamon u otini “çuh-çuh”lab niqtadi-da: “Omon böling, janob”, – deb jönab qoldi.
* * *
Mak-Gill oroli aholisi odmi, quvlikdan yiroq xalq. Öylaşimça, bunday mehnatsevar, oğir-vazmin, ğamxör kişilarni kunduzi çiroq yoqib topolmaysiz. Özga yurtda uçratib qolsangiz (vatanlaridan taşqarida ularni faqat dengizda uçratiş mumkin, nega deganda, har bir mak-gillikda dengizçi bilan fermerning qoni aralaşgan), ularni irland demaysiz. Bu xalq özini irland hisoblab, Şimoliy Irlandiya haqida faxrlanib gapiradilar va birodarlari – şotlandlar ustidan kuladilar. Vaholanki, şotlandlar bu yerlarga köçib kelganlariga neça zamonlar böldi. Şunday esa-da, minglab feʼl-atvor xususiyatlariga ega, suxanlaridagi yumşoq talaffuzni aytmasa ham böladi, asl şotland uruğ-aymoqlari bugungi kungaça yaşab, umrguzaronlik qilişlari mumkin edi.
Tor körfazgina Mak-Gillni Irlandiyadan yarim çaqirim masofaga ajratib turadi. Biroq bu masofani suzib ötsangiz, mutlaqo boşqa makonga tuşib qolasiz. Şu yerdanoq Şotlandiya nafasi uriladi. Bunday deyişimga sabab – orolliklarning barça aholisi – presviterianlar[2]. Innankeyin, men sizga aytsam, orolda bironta qovoqxonani uçratmaysiz. Bu yerda yetti ming nafar aholi istiqomat qiladi, mana şuning özi sizga ularning sabr-qanoatidan söylaydi. Mak-gilliklar özlarining köhna urf-odatlariga sodiq. Bu yerda umum fikri bilan iş köriladi; qonun va ruhoniylar katta obröga ega. Bugungi kunimizda ota-onalar hurmat-izzatda bölgan maskan kamdan-kam topiladi. Yoşlar keç soat öngaça sayr qiladilar va biron-bir qiz ijozatsiz ostona hatlab köçaga çiqmaydi.
Yigitlar dengiz safariga otlanişadi. Ayş-işratda ötkazilgan bevoş hayotlari ularga “quturib ketiş”ga imkon beradi. Ammo ora-sira uyga qaytib, avvalgi hayot tarzlarini davom ettirişadi, yakşanba kunlari çerkovga qatnaşadi, uyda esa bolalikdan örganib qolgan kattalarning pand-nasihatlariga quloq osişadi. Bu dengiz öğlonlari turfa yurt gözallariga oşufta bölişsa-da, zinhor-bazinhor ularni ergaştirib kelişmaydi. Birgina maktab muallimi bundan mustasno: narigi sohildan uylangani uning boşini xam qildi. Bu “qilmiş”i uçun yurtdoşlari uni keçirişmadi. Umrining söngiga qadar qişloqdoşlari muallimni qöllari bilan bigiz qilib körsatib kelişdi. Muallim qazo qilgaç, xotini qizlik uyiga ketib qoldi va Mak-Gill tuğidagi bu doğ ham öçirildi. Odatga köra, barça dengizçilar “Yaxşi qiz öz ovulidan çetga çiqmaydi” taomiliga amal qilişadi, oila qurib, orolning faxri sifatida tilga tuşişadi.
Mak-Gill oroli şonli ötmişga ega emas, tarix zarvaraqlariga yozilişi mumkin bölgan biron voqea bilan ham kökrak kerolmaydi. Orolda heç bir fitna, suiqasd, yer islohotlari bilan boğliq tartibsizliklar röy bermagan. Şu paytgaça faqat bir marta aholini bir joydan ikkinçi joyga köçiriş holati kuzatilgan, u ham bölsa, rasmiy ravişda – ijaraçining advokati maslahati bilan bölgan.
Şunday qilib, Mak-Gill orolining öz solnomasi mavjud emas. Tarix orolni çetlab ötgandi. Orol belgilangan soliqni öz vaqtida tölab borar, sohibi tojdoriga itoat etar, bir söz bilan aytganda, dunyobexabar bir ölka edi. Öz navbatida, orol birgina badalga talabgor edi: uni tinç qöyişsa bas. Orol aholisi uçun Yer yuzi ikkiga bölinardi: Mak-Gill oroli va Kurrayi zaminning qolgan qismi. Mak-Gill oroliga tegişli bölmagan barça yerlar begona, olis, yovvoyi dunyo hisoblanardi. Modomiki, dengizçilar uyga qaytib, yurtdoşlariga özga olam va uning Yaratganga şak keltiruvçi udumlaridan jillaqursa bir şingil sözlab berişar ekan, orolliklar butunlay xudobexabar bölib qolişmagandi. Birinçi bor Mak-Gill oroli haqida Glazgodan[3] safarga çiqqan paroxod şkiperidan[4] sörab bildim. Paroxodga Kolombodan Rangungaça[5] yölovçi sifatida ötirgandim. Kapitan qölimga tavsiyanoma tutqazdi va bu menga Ross xonimning eşiklarini oçib berdi. Ross xonim qizi bilan yaşar, ikki öğli esa kema safarida ekan. Bu yoğini suriştirib kelsangiz, Ross xonim ijaraga odam qöymas ekan, öğlining kaminani alqab yozgan xati tufayligina bekaning xonadoniga joylaşişga muşarraf böldim.
Keçki payt, Margaret Xenen bilan körişganimizdan söng, Ross xonimdan bu ayol haqida söradim. Tuşundimki, bu yerda çindan ham qandaydir sir bor.
Orolning boşqa odamlari kabi (tez orada bunga işonç hosil qildim) Ross xonim ham boşida savollarimga istar-istamas javob qaytardi. Şunday bölsa-da, oqşomdayoq Margaret qaçonlardir orolning gözallaridan biri bölganini bilib oldim. Badavlat fermerning qizi Margaret öziga töq xonadon farzandiga – Tomas Xenenga turmuşga çiqqan ekan. Margaret uy-rözğor işlaridan ortmagan, dalaga-ku umuman yaqinlaşmagan ekan.
– Bolalari qayerda?
– Ikki öğli – Jemi va Timoti uylanib, dengiz safariga ketgan. Biqinida poçta qutisi bor katta uyga közingiz tuşgandir? Öşa Jemining uyi. Erga tegmagan qizlariyam bor, ular turmuşga çiqib ketgan opalarinikida turişadi. Qolgan farzandlari ölgan.
– Barça Semyuellar ölib ketişgan, – luqma taşladi Klara tişining oqini körsatib.
Klara – Ross xonimning qizi. Qoraköz, böydor, durkun.
– Buning kuladigan joyi yöq! – şu zahoti qizining oğzini yopdi onasi.
– Semyuellar? Yana qanaqa Semyuellar?
– Bu tört azamat – Margaretning öğillari.
– Hammasining ismi Semyuelmidi?
– Şunday.
– Ğalati-ku! – dedim önğaysiz sukutni buzib.
– Ha, juda ğalati, – qöşildi Ross xonim tizzasiga qöyvolib jun ipdan töqiyotgan işini xotirjamgina davom ettirib. Xonim nuqul öğillariga issiq kiyim töqib ötirişni xuş körar ekan.
– Nima, faqat Semyuellar ölib ketdimi? – suriştirişga tuşdim yana biron mujda ilinjida.
– Ha, qolganlari hayot. Xenenlar oilasi hurmatga sazovor, orolda bunaqasini uçratmaysiz. Dengizga tuşgan barça erkaklarning orasida uning öğillari – asl azamatlar. Rohib ota ularni doimo namuna qilib körsatadi. Qizlari haqidayam bir oğiz nojöya söz eşitmaysiz.
– Lekin nima uçun ğamxörlik qiliş örniga qarigan çoğida onalarini taşlab ketişdi? Nima uçun bu ayol yolğiz? Nahot farzandlari biron marta kelib onalaridan xabar olişmasa?
– Yöq, heç qaçon. Mana, yigirma yildan oşdiki, şu ahvol. Bunga Margaretning özi aybdor. Bolalarini uydan siqib çiqargan ham özi, eri – keksa Tom Xenenni görga tiqqan ham özi.
– Içadimi?
Ross xonim inkor maʼnosida yuzini şunday buriştirib jirkandiki, içkilikbozlik – mak-gillik uçun isnod edi, göyo.
Örtaga jimjitlik tuşdi. Ross xonim astoydil töqir ekan, Klara yelkanli şxunada şturman[6] vazifasidagi qalliği bilan sayrga çiqiş uçun ruxsat söragandagina işidan boşini kötardi. Şu asnoda men devor burçagiga osib qöyilgan tuyaquşning bahaybat tuxumlarini közdan keçira boşladim. Har bir tuxumga mavj urayotgan ğaroyib dengiz tölqinlari uzra suzib borayotgan kemalar surati ola-pes qilib tuşirilgandi. Uşbu suratlarda aniq-tiniqlik va ranglar möl-kölligi yetişmasdi. Kamin tokçasida Yangi Kaledoniya[7] katorgaçilari ohanjama qilib yasagan qöşaloq çiğanoq, ular orasida jannat quşlarining tulumi manaman deb turardi. Janubiy dengizning jimjimador çiğanoqlari xonaning har yer-har yeriga qöyilgandi. Şişa qutilardagi çiğanoqlardan dengiz marjonlarining şoxçalari közga taşlanadi. Bulardan taşqari, Janubiy Afrikadan keltirilgan puflab otiladigan nayzaça, Yangi Gvineya[8] toş boltasi, munçoq qilib tizilgan totemli[9] Alyaska qabilalarining tamaki xaltasi, Avstraliya bumerangi[10], şişa qalpoqçali turfa kema nusxalari, Markiz orollaridan[11] keltirilgan “Kay-kay” kanniballarining[12] jomi hamda Vest-Indiya[13] va Xitoydan keltirilgan sadaf yoğoçidan yasalgan, naqş solingan nafis qutiçalar ham xonaga körk bağişlardi.
Közlarim dengizçilar uzoq ölkalardan olib kelişgan öljalarda-yu, ikki xayolim bolalarini köçaga quvib solgan, erini lahadga tiqqan sirli Margaret Xenenda. Bir qultum ham içmas ekan, xöş, unda gap nimada? Ehtimol, hammasiga qandaydir zulm sababdir? Yoki erining xiyonatimikin? Yoki ança yillar ilgari qişloqda sodir bölgan biron mudhiş köngilsizlikmi?
Biroq Ross xonim inkor maʼnosida boş çayqab, barça taxminlarimni yöqqa çiqardi.
– Yöq, sira unday emas. Margaret namunali rafiqa, mehribon ona edi. Işonçim komilki, umri bino bölib qöy oğzidan çöp olmagan. Jigarbandlarini ham oq yuvib, oq tarab, odam qatoriga qöşdi. Falokat şundaki, u aqldan ozib, telba bölib qolgan.
Ross xonim Margaret savdoyiga aylanayozganini peşonasiga barmoği bilan nuqib körsatdi.
– Bugun u bilan gaplaşdim. Menimça, aql-huşi joyida, yoşiga nisbatan ança tetik körindi.
– Ha, töğri, – xotirjamgina tasdiqladi Ross xonim. – Men boşqa narsani, yaʼni uning köz körib, quloq eşitmagan ğirt öjarligini nazarda tutdim. Bunaqangi öjar ayolni yer-u kökdan topolmaysiz. Barçasi “Semyuel” ismining şarofati bilan. Kenjasining ismi şunday edi. Eşitişimça, suyukli akasiniyam şunday ataşardi. Akasi ruhoniyning xatosi bilan öz joniga qasd qilgan. Ruhoniy yangi qurilgan çerkovimizni Dublinda[14] röyxatdan ötkazmagan ekan. Semyuel degan ismga laʼnat tekkani ayon böladi. Margaret bunga qarşi çiqdi. Nafas qisişidan ölgan birinçi farzandini çöqintirib, Semyuel deb ism qöyganda qança gap-söz böluvdi. Bir tasavvur qiling – Margaret öylab ötirmay ikkinçi farzandigayam Semyuel ismini berdi. Bunisi uç yil yaşadi – qozonda qaynayotgan suvga tuşib ketib, til tortmay öldi. Barçasiga Margaretning örligi sababçi! Unga yana va yana Semyuel kerak edi. Şunday qilib, törtala öğlini tuproqqa qöydi. Birinçi öğlining ölimidan söng Margaretning onasi qizining oyoğiga yiqilib tuğilajak bolani bunday ism bilan atamaslikni ötinib söradi. Lekin qayoqda deysiz! Margaret Xenen hamişa özinikini maʼqulladi, ayniqsa, gap Semyuel ismi borasida ketayotgan bölsa.
Margaret şunçaki bu ismning şaydosi edi. Ikkinçi öğlining çöqintiriş marosimida ruhoniy undan bolaga qanday ism berilişini söradi, u esa “Semyuel” deya javob berdi va öşa zahoti qöni-qöşnilar-u
qavm-qarindoşlar xafsalalari pir bölib ketib qolişdi. Fanni xolasi esa ostonada ögirildi-da, hammaga eşittirib: “Norasidani nobud qilişning nima keragi bor?” – dedi. Ruhoniy ham eşitdi. Örtada noqulay vaziyat paydo böldi (ruhoniy keyinroq bularni mening Lerrimga aytib beribdi). Ona şuni xohlab turgandan keyin nimayam qila olarding? Dunyoda bironta qonun yöqki, ona farzandiga özi istaganday ism qöyişiga tösqinlik qila olsin.
Bu şöring qurğur ayol uçinçisini ham Semyuel deb ataganiga nima deysiz? Bu öğli dengizda, Yaxşi Umid burni[15] yaqinida halok bölganida, Margaret tabiatga qarşi borib törtinçi farzandini dunyoga keltirmadimi? Özingiz öylab köring, öşanda qirq yettida edi. Şu yoşidayam farzand dunyoga keltira oldi. Qirq yetti yoşida-ya! Qanday şarmandalik!
Ertasiga ertalab Klaradan Margaretning suyukli akasining ölimi haqida bilib oldim. Hafta davomida hali undan, hali bundan sörab-suriştirib, uşbu fojiaviy hikoyaning birin-sirin tagiga yetdim.
Semyuel Dandi Margaretning tört akasi içida eng kiçigi edi. Klaraning aytişiça, Margaret kiçik akasini jon-dilidan yaxşi körardi. U kabotaj[16] yelkanli kemasida şkiper bölib, safar oldidan Agnes Xyuitga uylanadi. Klaraning tasvirlaşiça, Agnes bahor guliday noziknihol, biroz asabiy, taʼsirçan ayol ekan. Semyuel ikkalasi birinçi marta yangi çerkovda nikohdan ötişadi. Ikki haftalik asal oyidan söng Semyuel rafiqasini bösa bilan siylab, tört maçtali bahaybat “Loxbenk”da ufq tomon suzib ketadi.
Aynan mana şu yangi çerkov tufayli rohib otaning xatosi maʼlum böldi. Keyinçalik oqsoqollardan birining tuşuntirişiça, bunda nafaqat rohibning, qolaversa, orol hamda materikdagi barça ön beşta çerkovni öz içiga olgan Kaflin presviteriyasining ham aybi bor ekan. Gap şundaki, eski çerkov deyarli xarobaga aylanib ulgurgandi, uni buzib taşlab, örniga yangisini qurişadi. Yangi çerkov eskisiga nisbatan qandaydir öziga xoslikka ega deb birov öylamagandi.
– Birinçi haftadayoq yangi çerkovda uç juftlik nikohdan ötdi, – hikoya qilardi Klara. – Birinçilardan bölib Semyuel Dandi va Agnes Xyuit, ertasiga – Albert Mehen va Minni Dunkan, hafta oxirida esa – Eddi Troy bilan Flo Mekintoş. Navqiron erlar, turgan gap, dengizçilardan edi. Töydan keyin ikki oy ötib uçovlon ham kemalariga qaytib, dengizga tuşişdi. Qanday falokatga yöliqişganini esa, birontasi bölsin, xayollarigayam keltirişmagandi.
Naq iblisning özi bazm uyuştirgan edi göyo. Hammasi qasdma-qasdiga teskari tus olardi. Töy may oyining ilk haftasida bölib ötdi. Uç oydan sönggina ruhoniy Dublin hokimiyatiga çorak yillik hisobotni topşirdi. Tez orada yangi çerkov qonuniy tartibda röyxatdan ötmaganligi töğrisida bildirişnoma yetib keldi. Zudlik bilan çerkov röyxatdan ötkazildi va hammasi joy-joyiga tuşdi. Ammo nikoh ahdini rasmiylaştiriş oson keçmadi: uçala kuyovtöralar ham dengiz safarida edilar. Sirasini aytganda, ularning rafiqalari – mutlaqo ularning rafiqalari emasdi.
– Lekin ruhoniy vahima qilmasdan, – davom etdi Klara, – to dengizçilar safardan qaytmagunça hammasini sir saqladi. Aksiga olgandek, ruhoniy çöqintiriş masalasida orolning uzoq çekkasiga ketganda, tösatdan Albert Mehen uyiga qaytib keldi. Ruhoniy bu xabarni eşitganda tungi köylakda edi. Darhol otini egarlaşni buyurdi-da, Albert Mehennikiga ot çoptirib ketdi. Albert bir poy etigini yeçib yotmoqçi bölib turganda, tuyqus ruhoniy kirib keldi.
– Qani ikkovingiz ham oldimga tuşing-çi! – dedi ruhoniy arang nafasini rostlab.
– Obbo, yana nima gap? Men ölguday çarçadim, uyqum kelyapti, – yalqovlandi Albert.
– Sizlar darhol qonuniy nikohdan ötişingiz lozim.
Albert angrayib turdi-da, qoşlari çimirildi.
– Hazillaşyapsizmi, hazrat?
Içida esa (buni özining oğzidan sira eşitmaganman) nahot hazrat ötgan yillar davomida içkilikka berilgan bölsa, deb öylagandir-ov.
– Nima, biz nikohdan ötmaganmizmi? – luqma taşladi Minni.
Ruhoniy boş çayqadi.
– Demak, men Mehen xonim emaskanman-da?
– Yöq, siz Mehen xonim emassiz. Siz hamon Dunkan xonimsiz.
– Axir, özingiz bizni nikohlab qöygandingiz-ku!
– Şundoq desayam böladi-yu… – kalovlandi ruhoniy.
Ruhoniy ularga vaziyatni tuşuntirdi. Albert polda yotgan ikkinçi poy etigini oyoğiga ildi-da, ikkovi ruhoniyning ortidan borib qonuniy nikohdan ötişdi. Albert Mehen keyinçalik tez-tez kinoya aralaş: “Orolimizda har kimgayam ikki martalab nikohdan ötiş nasib qilmagan”, deya kökrak kerib yurdi.
Yarim yil ötib, Eddi Troy ham uyiga qaytdi va qalliği ikkaloviga ikkinçi marta nikoh öqildi. Lekin oradan uç yil ötdi hamki, Semyuel Dandidan darak bölmasdi, uning kemasi muddatidan ançaga keçikayotgandi. Bu vaqtga kelib Agnes qölida ikki yaşar norasidasi bilan Semyuelni kutardi. Bu esa işni yanada çigallaştirdi. Oylar bir-birini quvalaşib, vaqt yelday ötaverdi. Semyuelning qalliği ğam-ğussadan çöpday ozib ketdi.
– Özimni emas, – kuyinib gapirardi Agnes, – manavi otasiz ösayotgan gödakni öylayapman. Agar Semyuelga biror kor-hol bölsa, bolaginamning kelajagi nima böladi?
Loyd kompaniyasi “Loxbenk”ni bedarak yöqolgan kemalar röyxatiga kiritib qöydi va xöjayinlar Semyuelning xotiniga maoşining yarmini tölamay qöyişdi. Agnesni öğli valadizino deb hisoblanayotgani köproq iztirobga solardi. Semyuelning qaytişidan zarraça umid qolmagaç, Agnes bolasi bilan özini suvga otib çöktirdi.
Bu voqeaning davomi yanada fojiali tus oladi. Maʼlum bölişiça, “Loxbenk” halokatga uçramagan ekan. Turli muşkulotlar va yölda adoqsiz uşlanib qolişlar hisobiga kema yuz yilda bir yoki ikki bor kuzatiladigan uzoq hamda misli körilmagan safarni amalga oşiradi. Naq iblisning özginasi kalaka qilayotganday edi, göyo.
Oxir-oqibat, Semyuel safardan qaytdi. Mudhiş xabar quloğiga yetib borganda yuragida nimadir çirt uzilganday böldi. Ertasi tongda uni xotini va bolasining qabri ustida jonsiz holatda topişdi. Mak-Gill oroli paydo bölibdiki, hali heç kimning hayoti bunday ayançli yakunlanmagandi. Ölimidan oldin Semyuel ruhoniyning yuziga tupurib, haqoratlar yoğdirdi va şundayin Xudoga şak keltirdiki, uning ortidan borgan tomoşatalablarni titroq bosib, şakkoklikka qaraşga ham botinişolmadi.
Şundan söng Margaret Xenen tönğiçini Semyuel deb atadi!
Bu ayolning sarkaşligini qanday tuşuntiriş mumkin? Yoki öğillarimdan biri, albatta, Semyuel ismi bilan atalişi şart, degan fikr miyasiga çippa yopişganmidi?
Uçinçi farzand qizaloq bölib çiqdi. Uni onasining ismi bilan ataşdi. Törtinçisi – yana öğil. Taqdirning şunça zarbalariga, yaqinlari-yu taniş-bilişlarining undan yuz ögirişlariga qaramay, Margaret öz ahdida qolib bu farzandiga ham suyumli akasining ismini beraman deb oyoq tirab turib oldi. Hatto bolalikdan birga ösgan dugonalari ham çerkovda u bilan salomlaşmay qöyişdi. Margaretning onasi behuda pand-nasihatlaridan söng, agar bolaga şu ism qöyiladigan bölsa, qizi bilan umrining oxirigaça gaplaşmasligini aytib uydan çiqib ketdi. Şundan keyin kampir öttiz yil umr körsa hamki, qizi öz sözidan qaytmadi.
Ruhoniy bolani çöqintirib, har qanday ism berişga rozi böldi, faqat Semyuel deb emas. Oroldagi boşqa ruhoniylar ham bolaga onasi xohlaganday ism berib çöqintirişni rad etişdi. Margaret avvaliga hammangning ustingdan sudga arz-dod qilaman, deb pöpisa qildi, alaloqibat, bolaga Belfastda[17] “omad kulib boqdi” va şu yerda uni Semyuel ismi bilan çöqintirişdi.
Ammo heç qanday falokat sodir bölmadi. Butun orolning nimadir yuz berişini kutişiga xilof ravişda bolakay unib-ösaverdi. Maktab muallimi bundayin zehni ötkir va qobiliyatli bolani sira körmaganini barçaga bot-bot taʼkidlardi. Semyuel soğlom va katta hayotiy quvvatga ega edi. Barçani lol qoldirib biror-bir bolalar kasalligi bilan ham oğrimasdi: na qizamiq, na kökyötal, na tepki unga daxl qila olardi. U göyo barça kasalliklardan himoyalangan edi. Bola heç qursa boş yo quloq oğriği nimaligini ham bilmasdi. Keksalardan kimdir menga: “Bu bolaga husnbuzar yoki çipqon ham çiqmaydi-ya!” – deb kinoya qilgandi. Maktabda Semyuel barça tengqurlarini ortda qoldirib, öqiş va sportda rekordlar qöyardi.
Margaret Xenen ğalaba qilgandi. Ha, bu ajoyib bolakay uning öğli edi va Margaret uçun qadrdon bölgan ism bilan atalardi! Onasidan bölak hamma yor-döstlari xatolarini tan olib, yana Margaret bilan apoq-çapoq bölib ketişdi. Töğri, avvalgi fikrlaridan qaytmay bir piyola çoy ustida ham bola haddan ziyod yaxşi, şundoq ekan, uzoqqa bormasligi, vijdonsiz onasi böyniga ilib qöygan tavqi laʼnatdan qoçib qutulolmasligi haqida boş çayqab laqillaydigan qari quzğunlar ham yöq emasdi. Margaretning tarafdorlari ularning ustidan kulişar, kampirşolar esa boş çayqab qöya qolişar edi.
Margaret bir etak farzand kördi. Beşinçisi ham öğil bölib, uni Jemi deb ataşdi. Jemidan keyin birin-ketin uç qiz – Elis, Sara hamda Nora, ularning ketidan Timoti va yana ikki qizaloq – Florens, Ketilar dunyoga keldi. Keti ön birinçi – kenja farzand edi. Margaret öttiz beş yoşida qaddi dol böldi. U şundoğam Mak-Gill va qiroliça[18] uçun yetarliça xizmat körsatib qöygandi: axir, töqqiz farzandni oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazişning özi böladimi?! Ikki öğilning ölimi bilan barça musibatlar ortda qolgandek edi. Qolgan töqqiztasi yaşab ketdi va ulardan birini Semyuel deyişardi.
Jemi dengizçi bölişga qaror qildi. Şunday bölişi ham kerak edi. Negaki Mak-Gill orolida yozilmagan şunday qonun bor: katta öğil uyda qolib, yer-mulkka xojalik qilişi uçun kiçiklar dengiz kezişadi. Timoti akasining izidan bordi. Jemi Kardiffdan[19] savdo kemasiga ötirib, ilk bor xizmat safariga jönab ketayotganda, Timoti allaqaçon yelkanli kema kapitanining yordamçisi bölişga ulgurgandi.
Semyuel uyda qoldi. Ammo özida ozgina bölsin xöjalik işlariga moyillik sezmasdi. Fermerlik hayoti unga köp ham yoqavermasdi. Ukalari dengizsiz turolmasliklaridan emas, balki bu oila tebratişning yagona yöli ekanligidan dengizçi bölişgandi. Uzoq safardan qaytgan inilari öçoq atrofiga töplanişib, dengizorti mamlakatlarida körgan-keçirganlarini sözlaşarkan, Semyuel hasad ötida yonardi.
Semyuel otasining hafsalasini pir qilib muallimlik kasbini egallamoqçi böldi va hatto Belfastda imtihon topşirib, öqituvçilik şahodatnomasini qölga kiritdi. Yoşi bir joyga borib qolgan muallim isteʼfoga çiqqaç, Semyuel uning örnini egalladi. Lekin yaşirinça navigatsiyani[20] örganib bordi. Margaret katta öğli ukalari bilan gulxan atrofida ötirib, garçi ikkovi kapitan bölsa-da, Semyuel ularni nazariy savollarda ortda qoldirayotganini eşitişni yaxşi körardi. Maktab muallimi, obröli xonadonning suyangan toği hamda Xenenlar fermasining vorisi bölmiş Semyuel kutilmaganda oddiy matros bölib dengiz safariga çiqqanida bundan birgina Tom ğazab otiga mindi. Margaret öğlining baxt yulduziga iç-içidan işonar va öğli nimaiki qilmasin, barçasi yaxşilikka deb bilar edi. Semyuel dengizçilikda ham özini körsatdi. Ikki yil içida matroslikdan şturmanlikkaça kötarildi. Öşa paytda bezgak avj olgan Ğarbiy sohil[21] bandargohlaridan birida Semyuelni imtihon qilgan şkiperlar komissiyasi bu yigit özlaridan ham köproq bilimga egaligiga amin bölişdi. Oradan yana ikki yil ötib Semyuel çöntagida kapitanlik diplomi bilan Liverpuldan[22] “Sterri Greys” kemasida yölga çiqdi. Ana öşanda qari yalmoğizlar qağillab başorat qilgan falokat yuz berdi.
Buni menga öşanda “Sterri Greys”da bosman[23] bölib xizmat qiluvçi mak-gillik Gevin Mak-Neb sözlab bergandi.
– Ha, bari keçagidek yodimda. Biz qatnov böyiça kunçiqar tomon suzib borardik. Birdan ob-havo aynidi. Semyuel Xenen ajoyib dengizçi edi. Hali bunaqasi dunyoga kelgan emas. Vaxtada turvolib, ulkan tölqinlar “Sterri Greys”ga urilayotganini kuzatgança özining sönggi tongini qarşilayotgani hozirgaça köz öngimdan ketmaydi. Kapitanimiz esa bir neça kundan beri içib, quyi kayutada kayf-safo qilib yotardi. Soat yettilarda Xenen bunaqangi qattiq pörtanaga qarşi bormay, şxunani şamolga muvoziy ravişda burdi. Sakkizda nonuşta qilib, kayutasiga kirib ketdi, yarim soat ötgaç, kapitan “in”idan boş çiqazdi. Közlari alang-jalang, butun badani qalt-qalt titraydi, paluba çetidagi tutqiçga mahkam yopişib olgan. Böron butun dengiz suvini yutib yuboradigan yuho misol edi öşanda, menga işonavering, çor atrofda milt etgan nur körinmaydi, kapitan bölsa közlari javdirar, öziga özi bir nimalar deb minğillar edi. Keyin rul boşqaruvçiga: “Nari qoç!” deb baqirdi. Yonidagi yordamçisining oğzi oçilib qoldi: “Ey Xudo, bu nima qilganingiz?” Kapitanimiz heç kimga eʼtibor qilmay ğöldirayverdi. Birdan qaddini rostladi-da, tağin baqirdi: “Galsni[24] özgartir, kimga aytyapman! Quloğing tom bitganmi, nima balo? Yer yutsin seni!”
Mast kişiga omad kulib boqadi, deb bejiz aytişmas ekan-da – nega desangiz, “Sterri Greys” şunday böronda ham bir çelak suv yuqtirmay suzib borardi! Bu quturgan böron emas, Yaratganning jazosi edi. Kapitanning ikkinçi yordamçisi baqirib-çaqirib buyruq berar, matroslar yelib-yugurişar edi. Kapitan mamnun bölib, yarimlatgan şişasini quritgani kayutasiga kirib ketdi. Biz töppa-töğri ölim vodiysi tomon suzib borardik göyo, çunki bunaqangi noqulay ob-havo şaroitida hattoki eng mahobatli kema ham suzolmasdi. Suziş qayoqda deysiz! Qirq yildan beri, mişiqi bola ekanligimdan dengizdaman, lekin hali bunaqasiga duç kelmagandim. Dahşat!
Kapitan yordamçisining yuzlari dokadek oqarib ketgandi. Boşqaruv köprikçasida yarim soatça turdi-da, keyin pastga tuşib, uçinçi yordamçini, yaʼni Semyuelni kömakka çaqirdi. Qançalik abjir dengizçi bölmasin, bundayin balo-qazo oldida u ham bir xasday gap edi. U yoq-bu yoqqa yugurdi, ammo nima qilişini bilmasdi. Kemani töxtatişni-ku iloji yöq, nimagaki, to kemani töxtatguningça toğday-toğday tölqinlar komanda-pomandangga qöşib kömib yuboradi. Olğa ketişdan özga iloj yöq. Böron kuçaygan taqdirdayam, bizni ölim kutardi. Ertami-keçmi, pişqirib-bökirayotgan tölqinlar bizni dengizga oqizib ketişi turgan gap edi.
Umrim bino bölib köplab maşaqqatlarni boşdan ötkazgan esam-da, bundayin ofatga ortiq doş berolmasam kerak. Kubrikda[25] ham, palubada ham biron kimsa yöq. Matroslar töğri kelgan narsaga yopişib olişgan. Birgina kapitan pastda xurrak otib uyquni urardi.
Nogoh bir çaqirimça narida toğ misol kötarilib kelayotgan tölqinga közim tuşdi. Hali inson zoti bunaqasiga duç kelmagan. Barçamiz yurak hovuçlab, Yaratgan Egamga bu baloyi ofatdan öz panohida asraşini tilab iltijo qilardik. Lekin qilgan munojotlarimiz ham madad bermadi. Tölqin kötarilib kelib kemaning quyruğini bosib ketdi va osmonni yopib qöydi. Kapitanning ikki yordamçisi arqonlarga va kemaning quyruq tomonidagi maçtaga yopişdi. Xenen esa şturvalçiga[26] yordamga çopdi. Bu Semyuel Xenen deganlari yuragi butun yigit ekan! Şundayin oğir bir pallada özining emas, butun kemadagilarning hayotini öylab balo-qazoga köksini tutib berdi-ya! Ikkala matros ham şturvalga mahkam yopişib olgan. Semyuel ölimga tik boqib, mardlarça ofat bilan olişardi. Xuddi şu mahal tölqin şiddat-la kemaga bor böyiça taşlandi. Kemaga ming tonnalab suv şarillab quyildi. Tölqin barçani – ikki kapitan yordamçisini, Semyuel Xenenni, ikki şturvalçini yuvib ketdi. Biz ularni boşqa körmadik. Kema bir amallab börondan qutulib oldi-yu, ammo biz yöldan adaşgandik. Oramizdan tağin ikki kişi dengizga ğarq böldi, duradgorimizni esa kemaning quyruq tomonidan topdik. Boyaqişning bironta soğ suyagi qolmabdi, tanasi şalvirab qolibdi…
* * *
Hikoyaning mana şu yeriga kelganda Margaretning naqadar qalbi daryo ekaniga şohidlik beruvçi ğayrioddiy deymizmi yoxud möjizaviymi, xullas, kişini lol qoldiruvçi bir hodisa röy berdi. Semyuelning halokati haqida şumxabar yetib kelganda bu ayol qirq yetti yoşda edi. Bir qança vaqt ötib butun orolga aqlga siğdirib bölmas miş-miş gaplar tarqaldi. Lekin bunga kim ham işonardi deysiz?! Doktor Xoll bu safsatalarga loqaydlik bilan kulib, qöl siltab qöya qoldi. Ayon böldiki, miş-mişni Xenenlarning yagona oqsoçi Sara Dek tarqatgan ekan. Sara Dek bu bor haqiqat, deya köksiga muştlar, lekin uni vijdonsizlikda, yolğonçilikda ayblaşar edi. Qöşnilardan biri bu haqda hatto Tom Xenenning özidan söramoqçi böldi, biroq u javob örniga qovoğini uyib, koyib berdi.
Duv-duv tarqalgan miş-miş vaqt ötib barçaning xayolidan kötarildi, bu paytga kelib butun orol Xitoy dengizida halokatga uçragan “Grenobl”ni muhokama qilayotgandi. Nega deganda kemadagi barça zobitlar hamda yölovçilarning yarmi mak-gilliklar edi-da. Ammo ğiybat yana qözğaldi. Sara Dek oğzini töldirib özinikini tasdiqlaşga tuşdi. Tom Xenenning qovoği battardan uyildi, Xenenlarnikiga bir kelib-ketgan doktor Xoll loqaydlik bilan qöl siltaşni bas qildi. Nihoyat, öşa kun yetib keldi. Talay vaqt ötib barça dalillar ayon bölgaç, orolliklar bu yerda ham iblisning qöli bor, deya taxmin qilişdi. Saraning aytişiça, bu savdoyi Margaret farzand körişiga işonçi komil edi. “Men ön bir nafar farzand kördim, – derdi u. – Olti qiz, beş öğil. Kenjatoyim, albatta, öğil böladi – bu menga beş qölday ayon”.
Darhaqiqat, Margaret ajoyib öğil farzand kördi. Doktor çaqaloqning benuqson va soğlom jussasidan hayratga tuşdi, bu özining köp yillik tajribasidagi eng qiziqarli hodisa ekanini taʼkidlab, Dublin tibbiyot jamiyatiga maʼruza ham yozdi. Çaqaloq qança oğirlik bosganini xabar qilganda tağin Sarani yolğonçilikda ayblaşdi. Biroq buni doktor Xoll şaxsan özi tekşirib körgaç, çaqaloqning böyi va iştahasi haqidagi Saraning sözlariga işona boşlaşdi. Onaizor jigarbandini bu safar ham Belfastga olib borib, Semyuel ismi ila çöqintirişga muşarraf böldi.
– Bu bola emas, naq tillaning özi edi, – deb takrorladi Sara Dek.
Sara bilan astoydil tanişganimda u oltmişni urib qöygan, tölaçadan kelgan, beğam bir qariqiz edi. Bu ayolning xotirasi xuddi toşdan deysiz, bir voqeani yana ön yillab laqillasa-da, suhbatdoşining sira qiziqişini söndirmasdi.
– Ha, bu çindan ham tilla bolakay edi, – hikoya qilardi Sara. – Biron marta xarxaşa qilganini körmadim. Baʼzida öynagani qöyib yuborsang, soatlab quyoş tiğida miq etmay, toki qorni oçmagunça ötiraverardi. Polvonligini aytmaysizmi! Biron nimani uşlab olsa, qölidan olib böpsan. Yodimda, tuğilganiga bir neça soat böldi-yu, qölçalari bilan menga mahkam yopişib olsa böladimi! Ötakam yorilay dedi. Bunaqangi azamat jujuqça hadeganda uçrayvermaydi. Yeydi, içadi, uxlaydi, heç kimni bezovta qilmaydi. Hatto tişi çiqayotganda ham biron marta injiqlik qilmadi.
Margaret dilbandini tizzalariga yotqizgança tebratib allalar, uç qirollikda özinikiday ajoyib, gözal farzand bormikin, deya xayol qilardi.
Bola kun sayin emas, soat sayin ösardi. Bu iştahasining karnayligidan bölsa kerak. Bir yaşarligida Semmi ikki yaşar bolani eslatardi. Faqat yurişni va gapirişni uzoq vaqtgaça örganolmadi. Tomoğidan allambalo hirqiroq tovuşlar çiqarişni, emaklaşni boplab bajarardi. Yaşin tezligida ösayotgan boladan buni kutsa böladi. Semmi kun-tun almaşgan sari kuçga tölib, baquvvatlaşib borardi. Hatto qariya Tom ham kenja botirni kuzatib közlari quvonar, butun Birlaşgan Qirollikda bundayin bolakayni izlab topiş amrimaholligini taʼkidlar edi.
Işlar paçava ekanini birinçi bölib döxtir Xoll sezib qoldi. Öşa damlar hozirgidek köz öngimda, lekin döxtirning taxminlari yetti uxlab tuşimga kirmagandi. Kunlardan bir kuni döxtir Semmining quloğiga goh şivirlab, goh baqirib, unga turli buyumlarni körsatib, tibbiy körikdan ötkazayotganiga tasodifan közim tuşib qoldi. Keyin döxtir qoşlari çimirilib, boşini çayqagança (bu bola betobligidan darak edi) ketdi. Ont içib aytamanki, Semmi mutlaqo soğlom edi, axir, toğni öpirganday ovqatlanişini, kun sayin tezroq unib-ösayotganini öz közim bilan körib turardim. Döxtir Xoll Margaretga oğiz oçmadi, men ham uning nimadan taşvişlanayotganiga tuşunolmay halak edim.
Ilk bor Semmi qanday tilga kirgani hozirgaça esimda. Öşanda endigina ikki yoşga tölgandi, sumbatidan esa beşga kirgan derdi körgan odam. Faqat haligaça yurişni eplolmas, hamon emaklar edi. Vaqtida oziqlantirsang bas, öynab-kulib ötiraverardi. Öziyam tez-tez ovqatlantirib turmasak bölmasdi. Öşa kuni hovlida dorga kir yoyayotgandim, Semmi bölsa emaklab uydan çiqdi va birdan tilga kirdi. Qörquvdan iştonimni höllab qöyay dedim – şundagina döxtir Xoll nega taʼbi xira bölib jönab qolganiga tuşundim. Ha, işonavering, Semmi tilga kirgandi! Butun orolda bunçalik baland ovozga ega bolakay yöq edi. Men qalt-qalt titrardim. Negaki Semmi eşakka öxşab hangrardi! Tuşunyapsizmi, janob, eşakday qattiq va davomli hangrardiki, sal qolsa, öpkasi otilib çiqib ketardi.
Mittivoy Semmi ovsar, esi past, tentak edi, qörqinçli maxluq edi. Şundan söng döxtir Xoll bor gapni Margaretga aytdi. Lekin u eşitişniyam istamadi: “Hammasi bolaning tez rivojlanişidan, mana, körasiz, ötib ketadi”, – deya qayta-qayta takrorlardi.
Şunga qaramay, qariya Tom döxtirning haqligini anglab yetdi. Bu hodisa qariyaning boşini xam qilib qöydi. U zurriyoti telba ekaniga çidolmasdi. Hatto kenjasining boşini bir bora silab qöyişga irodasi yetmadi. Lekin şu bilan birga, men sizga aytsam, uni qanaqadir sirli kuç Semmiga boğlab qöygandi. Semmini kuzatganini bir marta körmadim – uzoq tikilib turadi-da, közlari qinidan çiqib ketay deydi. Kiçkina telba eşakçasiga ökirişni boşlasa, keksa Tom quloqlarini berkitib olardi, ahvoli şu qadar ayançli ediki, körib yuraging ezilib ketardi.
Semmi esa bökirişni qoyilmaqom qilib bajarardi. U faqat şunigina eplay olardi – hangrardi, yeb-ichardi va qöziqorinday böy çözardi. Qorni oçib qolsami, Xudo urdi deyavering, unini oş-non bilan öçirardik. Mana şu bökirib-hangraşlari, axiyri, özining boşini yedi.
Öşa mudhiş kun xotiramga toşdek muhrlanib qolgan. Semmi uçga tölgan bölsa-da, ön yoşli öğlon derdi körgan kişi. Kun-tun almaşgan sayin Tomning köngliga ğulğula tuşib borardi. Oyoği kuygan tovuqday u yoqdan bu yoqqa çopar, ğöldirab, özi bilan özi gaplaşar edi. Öşa saharmardonda u oşxona eşigi yonidagi örindiqda ötirib, ketmonga sop moslayotgandi. Şu zamon anovi telba sekin pisib hovliga çiqdi-da, kökka boqib odatiça hangray ketdi. Keksa Tom bir seskanib tuşdi va baqrayib qoldi. Semmi esa xumkallasini likillatib, naʼra tortişni bas qilmasdi. Bu safar Tom özini tutib turolmadi. Jini qözib, şartta örnidan turdi-yu, quturgan itni urganday ketmon sopi bilan tentakning boşiga töxtovsiz zarbalar tuşira ketdi. Söngra otxonaga kirib, özini tösinga osib qöydi.
Şu voqealardan keyin Xenenlarnikida qoliş könglimga siğmadi. Opamlarnikiga köçib ötdim. Opam Jon Martinga turmuşga çiqqan. Ular şiringina hayot keçirişadi.
* * *
Men oşxona eşigi yonidagi örindiqda ötirib, qadoq qöllarida çöbuğiga tamakini ezğilab-ezğilab solgança zulumotga çulğanayotgan dalaga köz tikib qolgan Margaret Xenenga boqdim. Bu örindiqda öşa qiyomat yuz bergan kun keksa Tom ötirgandi. Margaret ötirgan ostonada esa özi dunyoga keltirgan maxluq köpinça quyoşda toblanib, eşak yangliğ hangrardi. Biz, mana, ikki soatdan beri gurunglaşardik.
Margaret hamon öşa-öşa çeksizlik oldida turgan odamday şoşmasdan, qatʼiyat-la xotirjam sözlardi. Lekin men, xohlang, böğzimga piçoq tirang, bu qalbning qoronği burçida ne mayl-istaklar yaşirinib yotganini taxmin ham qilolmasdim. Haqiqat uçun jafo tortdimikin? Şu qadar mavhum qadamjoda çöqinganmikin? Ehtimol, ötmişning uzoq bir kuni tönğiçini Semyuel deb ataganda bu ayol özi uçun başariyat orzusining oliy maqsadi bölib tuyulgan mavhum haqqoniyatga xizmat qildimikin?
Yoxud bunda kör-körona hayvoniy öjarlik, asov otning qaysarligi yuz körsatdimikin? Yoki oddiy bir dehqon ayolining özboşimçaligimi bu? Ne sinoat bu özi – öjarlikmi, xomxayollar mahsulimi? Yo aqli raso kişining aljiraşlarimi? Bilʼaks, unda, kimsan, Jordano Brunoning[27] ruhi yaşayaptimikin? Yoinki özining haqligiga işonçi komilligi bois bir etikka ikki oyoğini tiqib oldimikin? Balki bu uning xurofotga qarşi qatʼiy kuraşidir? Yoki – şuurimda yanada quvroq faraz yilt etdi – uning özi kuçli va taʼsirli bidʼatga, qaysiki Semyuel ismiga bölgan sirli mubtalolikdek fetişizmning[28] bir turiga bandimikin?
– Mana, özingiz ayting-çi, – dedi menga Margaret, – ikkinçi Semyuelimni Lerri deb ataganimda qaynoq suvga tuşib ketmagan bölarmidi? Bilişimça, siz ongi butun, ziyoli kişisiz, janob, ayting-çi, ismning biron aytarli ahamiyati bormi? Çindan ham, agar men unga Lerri yoki Maykl ismini berganimda, şu körgiliklar röy bermasmidi? Nahotki, jigarporamni Semyuel deb emas, mutlaqo boşqaça ataganimda, baxtsizlik ortga çekinarmidi?
Margaretning mulohazalariga qöşildim.
– Nahotki, ism kabi arzimas bir narsa Xudoning irodasini özgartirolsa? Bundan kelib çiqadiki, dunyoni tasodiflar boşqaradi-yu, Tangri taolo esa qandaydir loy çuvalçangi bölmiş Margaret Xenen öz jigargöşasini Semyuel deya ataşga jazm etgani sabab insoniyat taqdirini özgartirişga majbur ojiz Zot ekan-da!? Mana, masalan, öğlim Jemi kemasiga bir finni matroslikka olişni istamadi, nima uçunligini bilasizmi? U finlar sovuq nafas qilib, noxuş ob-havo çaqirişlariga qattiq işonadi. Göyoki ular şamolni boşqararmiş! Siz ham Zaminga böronni yöllovçi Parvardigor yuqoridan turib iflos şxunaning tumşuğida ötirgan qandaydir sassiq finga quloq osadi, deb öylaysizmi?
– Yöq, albatta.
Margaret gapimni oğzimdan olib, fikrini tugatmoqçi böldi.
– Nahot siz öylaysizki, butun koinotni harakatga keltiruvçi, qaysiki Zamin Ul Zot uçun kiçik bir kursi vazifasini ötovçi Tangri taolo allaqanday Margaret Xenenga qasd qilib, bu ayolning öğlini u dunyoga ravona qiliş uçun Yaxşi Umid burniga ulkan tölqinni yuboradi va bularning bari öşa ayol öğlini Semyuel ismi ila çöqintirgani uçunmi?
– Nima uçun aynan Semyuel?
– Qaydam. Men özim şu ismni tanladim.
– Lekin ne boisdan?
– Xöş, buni sizga qanday tuşuntirsam ekan? Tiriklar yoki marhumlar orasida bu savolga javob bera oladigan kimsa topilarmikin? Nima uçun bir narsa bizga manzur kelişini, boşqasi esa könglimizga ötirmasligini kim qayoqdan biladi? Mening Jemiyim, misol uçun, qaymoqqa öç. Qaymoqni qorni yorilib ketgunça paqqos tuşiraveradi. Men bölsam momaqaldiroqni yoqtiraman, gumburlaşini eşitib huzurlanaman. Qizaloğim Keti esa har gumburlaganda qiçqirib, boşini partöşakka burkab oladi. Heç qaçon bunaqangi “nima uçun”larga javob topolmaganman. Yolğiz Yaratganning özi bilişga qodir. Siz bilan menga, bandalariga bu yoği qoronği. Biz faqat özimizga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini bilamiz. Yoqdimi, böldi – gap tamom, vassalom. Negaligini esa heç kim tuşuntirib berolmaydi. Mana menga, masalan, Semyuel ismi yoqadi. Juda çiroyli ism, jaranglaşiyam boşqaça. Bunda qandaydir hayratomuz joziba bor.
Qoş qoraymoqda. Örtaga sukut çökdi. Men bu ajoyib manglaydan, heç kimda uçramaydigan yoniq, ötkir, baayni butun olamni öziga jo etgan közlardan, hatto vaqt-da öz hukmini ötkazolmagan gözallikdan köz uzolmasdim. Margaret jönash fursati yetganiga işora qilganday örnidan turdi.
– Keçga qolib ketasiz. Hademay jala quyib beradi, osmonni qora bulut qoplayapti.
– Marhamat qilib ayting-çi, Margaret, – kutilmagan savolimdan özim ham hayron edim, – bölib ötgan şunça savdolardan söng biron narsadan afsuslanmaysizmi?
– Taassufdamanki, yana bir öğil farzand körmadim.
– Uni ham siz öşa… – gapim oğzimda qoldi.
– Ha, albatta. Men unga yana öşa ismni bergan bölardim.
* * *
Dölana köçati ötqazilgan söqmoqdan asta qadam taşlab borar ekanman, barça “nima uçun”lar borasida öy surib, dam içimda, dam tovuş çiqarib Semyuel ismini takrorlardim. Margaretni öziga asira qilib, hayotini musibatlarga töldirgan bu ismdagi tovuşlar uyğunligiga quloq osgança undagi “hayratomuz joziba”ni qidirardim. “Semyuel”. Ha, bu ismning sadosida, şak-şubhasiz, ajib bir fusunkor tilsimot bor.
Jek LONDON
(1876 –1916),
amerikalik adib.
Saidjalol SAIDMURODOV tarjimasi
“Yoşlik” / 2024 / 3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


