Soğlom bolaning şakllanişida nafaqat jismonan soğlomlik, balki fikran soğlomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni soğlom fikrlilikka çorlaş degani ana şu soğlom fikrlar haqida uqtiriş emas, balki uni hayotga tadbiq qiliş orqali singdirişdir. Biz şundagina har tomonlama soğlom bolaning şakllanişida töğri yondoşgan bölamiz. Xalq oğzaki ijodi namunalari qadimiyligi, taʼsirçanligi bois bolalar tarbiyasida eʼtiborli va işonçli manbaalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar hayotiga tabiiy ravişda olib kiriş lozim. Zangori ekran orqali namoyiş etilayotgan “Töğrivoy va Egrivoy”, “Zumrad va Qimmat”, “Şer ila Durroj”, “Sohibjamol qöğirçoq”, “Yöl va bolalar”, “Sumalak – ming bir tilak”, “Susambil”, “Hunarmand şahzoda”, “Farrux va Zumrad”, “Alpomiş” kabi milliy multfilmlarimiz fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Ular mehnat, poklik, kattalarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga ekran orqali singdiradi.
Milliy qahramonlarimiz haqidagi bolalar fikrini biliş maqsadida öyin taşkil etildi. Öyin şarti böyiça bir sinf bolalar içidan ixtiyoriy beş nafarini tanlab olindi. Va şu beşta bolaning orqasiga özlariga mazmunini körsatmay “Alpomiş”, “Tömaris”, “Merlin”, “Zumrad”, “Jumong” sözlari yozilgan qoğozlarni yopiştirib qöyildi. Qolgan bolalar ixtiyoriga ularni öşa qahramonlar sifatida qabul qilib tanlaş berildi. Bolalarning 70 foizi “Merlin” va “Jumong” atrofida töplanişdi. Qolgan 30 foiz bolalar esa, “Alpomiş”, “Zumrad”, “Tömaris”larning atrofiga yiğilişdi. 70 foizni taşkil etgan bolalardan bu tanlovlarning izohi söralganda aniq bir javob ololmadik. Bu bolalarning kör-körona ularga ergaşayotganidan, darak beradi. Töğri, bu açinarli holat, biroq biz bu bilan bolalarni ham kattalarni ham, ayblay olmaymiz. Bu aybdorlik ham emas, bu barçamizni xavotirga solayotgan maʼnaviy böşliqning, şu bilan birga “ommaviy madaniyat”ning endigina şakllanayotgan nuqtasidir. Biz teran fikrli soğlom bola şakllanişi uçun kuraşayotgan ekanmiz, islohotni mana şu nuqtadan boşlaşimiz kerak.
Közga taşlanayotgan ilk muammo – yoşlar, bolalarning böş vaqtlari befoyda ötayotgani bölib körinadi, biroq 12-14 yoşgaça bölgan bolalarning böş vaqtlarini unumli taşkil qildik ham, deylik. Lekin maʼnaviyatni töliq şakllantiriş uçun şu unumlilik tarkibining xalq oğzaki ijodi bilan boyitilişi maqsadga muvofiq bölar edi. Avvalo ota-ona milliy merosimizdan xabardor bölsagina farzand tarbiyasiga qaratilgan vositalarni töğri tanlay biladi, çunki tarbiyada xalq oğzaki ijodi durdonalarini bolalar ongiga singdirişning örni beqiyos va ular bunga masʼuldir.
Xalq oğzaki ijodi – xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi. U xalq sanʼatining boşqa turlaridan öziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan oğzaki söz sanʼatidir. Har bir xalqning boy oğzaki söz sanʼati bölganidek, özbek xalqining ham oğzaki adabiyot durdonalari mavjud. Özbek xalq oğzaki ijodi xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, oğizdan-oğizga, avloddan-avlodga, ustozdan şogirdga ötib kelgan ijod mahsulidir. Çunki ular bir kişining ongli faoliyati natijasida emas, butun bir jamoaning ijodi asosida vujudga keladi.
Xalq oğzaki ijodi sifatida yaratilgan mifologik obrazlar, vatanparvarlik tipidagi ertak va doston qahramonlarining şakllanişida asosiy zamin yaratdi. Bunday qahramonlar mifologik obrazlardagidek tabiat yovuzliklariga emas, balki ijtimoiy tuzumdagi zulm va zörlikka qarşi çiqadi. Uning mazmuni ijtimoiy ğoyalar taʼsirida çuqurlaşadi va ötkirlaşadi. Dastlab tabiatning sirli kuçlarini ifodalab, keyinçalik ijtimoiy xususiyat kasb etgan va tarixiy kuçlarning namoyandasiga aylangan fantastik obrazlar rivojlanib, vatanparvarlik va qahramonlikni madh etuvçi obrazlar darajasiga yetdi. Şunday obrazlar Tömaris, Şiroq, Zarina, Rustam va Siyovuş kabi epik qahramonlar misolida şakllandi.
Jangnoma tipidagi epik asarlar, asosan tarixiy voqea va hodisalar bilan boğliq holda yuzaga kelgan bölib, “Tömaris” va “Şiroq” singari afsonalar şular jumlasidandir.
“Tömaris” – qadimgi jangovar ayollar haqida töqilgan afsona. Bu afsona haqida eşitgan har qanday qizaloq özining momolari buyuk va jasur bölganiga işonadi. Albatta jangovar bölib emas, irodali, öz kuçiga işongan va intiluvçan bölib ulğayadi. Bu qizaloq Vatan ravnaqi yölida özining iştiroki beqiyosligini anglaydi. Maʼnaviy jihatdan komillikka intiladi.
“Şiroq” afsonasining yuzaga kelişida Eron şohi Doro bilan şak qabilalari örtasida yuz bergan tarixiy janglar asos bölgan. Afsonada vatanparvarlik va xalqparvarlik, tinçlik va ozodlikni seviş kabi tuşunçalar uluğlanib, bosqinçilik, zulm va zörlik kabi siyosat qoralanadi. Bu afsona haqida eşitgan özbek farzandi Şiroqning tadbirliligiga, jasoratiga va fidoyiligiga havas qiladi va özining Vatan oldidagi burçi haqida öylay boşlaydi.
Albatta, har bir xalqning hayoti bilan asrlar davomida boğliq bölgan maqollarning ham soğlom bola şakllanişidagi örni beqiyos. Maqollar özbek xalq oğzaki ijodining qadimiy, ommaviy janrlaridan biridir. Ularda xalqimizning dunyoqaraşi, jamiyatga munosabati va axloqiy jihatlari öz ifodasini topgan. Maqollar mantiqiy muşohada namunasi, odob va axloq qoidalari majmuasi hisoblanib, ular qadimdan sinalgan, turmuş tasdiğidan ötgan tuşunçalar orqali kişilarni ogohlantiradi. Hayot, yaşaş tuşunçalariga endigina duç kelayotgan bola maqollar orqali töğri yölni tanlay oladi, kattalar tajriba asosida erişgan bilimlarga yoşlikdanoq ega böladi va hayotda töğri qöllay biladi. Bunday bilimlarga ega bölgan bola har bir voqea-hodisaga muşohada yuritgan holda ijobiy yondoşadi va hayotda qoqilmaydi.
Tabiiyki, bolalarning eng sevimli maşğulotlaridan biri, bu ertak tinglaşdir. Ertaklar xalq oğzaki ijodining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan hisoblanadi. Ertaklarda insonparvarlik, vatanparvarlik, döstga sadoqat, yorga vafodorlik, şu yölda qahramonlik, jasorat körsatiş kabi fazilatlar uluğlanadi, zulm va zörlik qoralanadi. Ertaklar bolalarda hayotga muhabbat uyğotadi, kelajakka umid közi bilan qaraşga, yaxşi turmuş, farovon hayot uçun kuraşişga çaqiradi, yer yuzida adolat tantana qilişiga işonç hosil qildiradi. Barçamizga maʼlum ertaklardan misol keltirsak: “Şolğom” hamda “Uç oğayni botirlar” ertagi bolalarga kuç birlikda, ahillikda ekanligini uqtiradi. “Ur töqmoq” ertagi esa halollikni uluğlaydi.
Dostonlar ham soğlom bola maʼnaviyatini yuksaltirişda asosiy vositalardan biridir.
Masalan “Alpomiş” dostonidagi boş qahramon – xalqning qahramonlik kuçlarini özida mujassamlaştirgan, yovuzlik va yomonlikning aşaddiy duşmani, el-yurt farovonligi yölida mardliklar körsata olgan bahodir, xalq eposining komillik darajasidagi obrazidir. Dostonda qahramonlik, jasurlikni uluğlaş, mardlik tuyğulari – vatanparvarlik ğoyasi bilan uzviy boğlangan holda tasvirlanadi. Yoş avlod şu kabi doston qahramonlari orqali dovyurak, yengilmas, vatanparvar, fidoyi bölib tarbiyalanadi. Bobolarimiz naqadar jasur va vijdonli bölganliklarini anglab, faxrlanadi. Ulardek bölişga intiladi.
Endi bolalar hayotini taşkil qilayotgan asosiy maşğulotlar – öyinlar haqida gaplaşsak. Asosan, bolalar “Raskraska”larni böyaşni, multfilmlar körişni, ertaklar eşitişni va yangi çiqqan qoğoz öyinlar(“Ketkalar”) öynaşni yoqtirişadi. Biz ularning bu ehtiyojlarini töğri yönaltira olişimiz kerak. Yaʼni özbek xalq ertaklari va dostonlar asosidagi multfilmlar yaratişimiz va bu multfilmlarning sifatini jahon multfilmlari sifati bilan tenglaşa oladigan darajaga yetkazişimiz (çunki XXI asr bolalari har qanday narsani sifatiga qarab tanlaşadi), turli çet el multfilmlari surati tuşirilgan “Raskraska”larni emas, milliy qahramonlarimiz timsoli tuşirilgan, jumladan Alpomiş, Tömaris, Şiroq kabilarning surati tuşirilgan va ularning kim ekanliklari yozilgan “Raskraska”larni, “Mozaika”larni kengaytirişimiz, bolalar boğçasi va bolalar saylgohlarida ularning timsollari tuşirilgan yorliqlar osilişi, şu bilan birga ota-onalar farzandlariga özligimiz va tariximiz aks etuvçi ertaklarni har kuni aytib berişlari lozim.
Jasoratli, irodali va albatta maʼnaviyatli etib tarbiyalovçi xalq oğzaki ijodi ösib kelayotgan avlodning kelajak hayoti bilan boğliq. Oldimizga maʼnan soğlom, ruhan pok, jismonan barkamol bolani tarbiyalaşdek ulkan maqsad qöygan ekanmiz, bu maqsad yölida birgalikda kuraşsakgina, farzandlarimiz kelajagidan xotirjam böla olamiz. Bu esa özbek millati, özbek nomining abadiy yaşaşiga işoradir.
Mohisadaf Ubaydullayeva – 1993-yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

