IZHOR
Köngilni toş aylar dardi beğamlik,
Falakdan balanddir
Şu zamin,
Şu yer.
Mingta doston bitsam qiladi kamlik,
Arziydi ming yillab yiğlab yozsam şeʼr.
Tinmaydi yuragim köksimga urib,
Lolalar boşida kör alvon şonni.
“Vatan-vatan” deya jar solmay turib,
Jimgina sevaman Özbekistonni.
MEN SENI TOPDIMMI?
Qayda inju töla bahri ummonlar,
Qaydan kelmiş dilga şubha-gumonlar,
Koşki tinç qöysaydi meni yomonlar,
Men seni topdimmi, yöqotdimmi yo…
Yurakka sançilgan paykon qayda bor,
Yana takror-takror imkon qayda bor,
Dilga dildan özga makon qayda bor,
Men seni topdimmi, yöqotdimmi yo…
Kutganim oppoq tong, nahor edi-ku,
Axir, izlaganim bahor edi-ku,
Sörganim tökilmas nahor edi-ku,
Men seni topdimmi, yöqotdimmi yo…
Ayt, ey dil, oşufta, maftun böldimmi,
Sehrmi, jodumi, afsun böldimmi,
Layli kim, Laylisiz Majnun böldimmi,
Men seni topdimmi, yöqotdimmi yo…
Qayda inju töla bahri ummonlar,
Qaydan kelmiş dilga şubha-gumonlar,
Koşki tinç qöysaydi meni yomonlar,
Men seni topdimmi, yöqotdimmi yo…
TUYĞU
Umr deganlari bir uzun yöldir,
Gohida çamanzor, gohida çöldir,
Közlarimni yaşnat, könglimni töldir,
Ertaga bormanmi, yöqmanmi, gulim.
Yaşil barglaringni silayin, maysa,
Sendayin beozor dillar köpaysa,
Dunyo dema, dunyo arzimas paysa,
Ertaga bormanmi, yöqmanmi, gulim.
Ey qoşi qaldirğoç, soçlari mayin,
Dil yuksalar senga talpingan sayin,
Kelgin, qöllaringdan bugun tutayin,
Ertaga bormanmi, yöqmanmi, gulim.
Ey döstim, qölingda toşmi, ne sabab,
Yurakjon, közingda yoşmi, ne sabab,
Yana hammasiga doşmi, ne sabab,
Ertaga bormanmi, yöqmanmi, gulim.
Baxtingdan aylanay, ey nuri jahon,
Angladim har lahza eng sönggi imkon,
Mendan rizo bölgin, ey zamin, osmon,
Ertaga bormanmi, yöqmanmi, gulim.
KÖNGLIM
Könglim, yana yiğlayapsanmi,
Sen izlagan olam bormikan.
Hamma oğu uzatdi senga,
Anduh bisyor, malham bormikan.
Könglim, yana yiğlayapsanmi,
Qöllaringdan tutsin ahli kull,
Yöq, bağringni oçib bölmaydi,
Öt qoplaydi falakni butkul.
Könglim, yana yiğlayapsanmi,
Ne foyda bor yiği-siğidan.
Jonga ozor, hamişa şunday,
Gözallarning kiprik-öqidan.
Könglim, yana yiğlayapsanmi,
Bir pul degin dunyo narxini.
Nahot, nahot bilmagan bölsang,
Gullar bilan Gulning farqini.
Könglim, yana yiğlayapsanmi,
Qaçongaça oçilmas eşik.
Bundaymasdi tuğilganida,
Nima qilding Ğayratni, beşik?
Könglim, yana yiğlayapsanmi…
NEGA BUNÇA ÇIROYLISAN
Senga qaydan közim tuşdi, gul,
Oy nigohi humoylisan sen,
Holimga boq, huşim uçdi, gul,
Nega bunça çiroylisan sen?!
Dilim dilmas, öt böldi olam,
Hamalmi yo hut böldi olam,
Bir sen bilan but böldi olam,
Nega bunça çiroylisan sen?!
Qani gapga könsa bu köngil,
Jim deganda jimsa bu köngil,
Özi qanday kimsa bu köngil,
Nega bunça çiroylisan sen?!
Netay axir, köngil tölmaydi,
Ahli oşiq yiğlar, kulmaydi,
Dilim sensiz baxtli bölmaydi,
Nega bunça çiroylisan sen?!
Işqdan gulob içgim keldi-da,
Gul yoqlarga uçgim keldi-da,
Dunyosidan keçgim keldi-da,
Nega bunça çiroylisan sen?!
IQROR
* * *
Kimni saydu kimni sor etib qöygay,
Istasa yöqni ham bor etib qöygay,
Kim botil yöl bilan obrö talabdir,
Uni haq yöl birla xor etib qöygay.
* * *
Bepoyon osmonning çözilganin kör,
Toğlarning bir gözal tizilganin kör.
Boqsang, hamma narsa hikmat xabari,
Olamning mukammal tuzilganin kör.
* * *
Ğam bağrin çok etsang, demak sen mardsan,
Ğuborni pok etsang, demak sen mardsan.
Göyo osmon quçgan mağrur toğlarning,
Qalbini xok etsang, demak sen mardsan.
Ğayrat Majid – 1976-yilda Kitob tumanidagi, Xöjailmkoni qişloğida tuğilgan. Özbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. “Gul sanam”, “Heç kimga öxşamaysan”, “Közlaringni soğinaman”, “Köksimdagi yulduzlar”, “Işqqa borar yöl” kabi kitoblari naşr etilgan. “Şuhrat” medali sohibi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida