Sözona
1
Bir uyur sözlarni kördim gazetda,
Surat bu – kölmak.
Suvlagani kelgandi otlar…
Yoldor ayğirlar,
qorabayirlar,
töriq qaşqalar
yuk tortib ketardi
sarlavha tomon.
Gijinglab turardi toyçoqlari ham,
Katta harflarning yonida taqa(.)
Bu qaysingniki?
Söraşga vaqt yöq!
Sökinadi tirelar uzun:
Sarlavha olçoq,
sarlavha xoin,
sarlavha yomon!
2
Bir gal sovuq şifoxonada
kördim –
osma olardi, şiftga termulib maʼyus,
buvam davridan qolgan söz,
hali u gazet,
hali u minbar,
hali u konsert
çaynab taşladi
bu mehnat faxriysini.
3
Bir söz
Yölçiroq yonida öranib,
Töxtagan moşindan tilaydi himmat,
Özligini unutib.
Bu dunyoda baridan qimmat,
Bu dunyoda baridan toza,
Bu dunyoda baridan aziz
Sözligini unutib.
Uvaysiyning qölidan öpgan,
Nodiraning tilidan öpgan,
Maʼsumalik yölida ungan,
Mahzunaga singil tutingan,
Zarifgina, harirgina söz,
Qöllaringni şeʼrlarimga çöz.
Şunda bitar navozişlaring,
Bunda kutar alpomişlaring….
4
Mana bu yuzsiz söz!
Ana u tuzsiz söz!
Men uni körgandim Qadimgi Rimda,
oppoq togada kiborlik ila
hukumatga qilardi xizmat,
xiyol toza, xiyol aftoda,
öz burçini bilardi qisman.
Bunisi – al-misoq kunidan beri bor,
(söz berganmiz öşanda axir!)
Otilgan öqlarni…
Zinhor va zinhor…
Baribir!
Bu esa – sopol kosaga
qon quyib, jon quyib,
oxirida imon quyib,
sarbadorlar içgan öşa ont!
Bunisimi?
Turişidan maʼlum-ku özi,
Amir Husaynning vaʼdasi…
Bu –
Mağribdan maşriqqa,
Maşriqdan mağribga
qatnagan farmonlar
ustiga bosilgan muhrning sözi –
Amir Temurning sözi.
5
Badqovoq sözlar,
Yumaloq sözlar,
Mömiyolangan sözlar
Misr ehromlariga qapişib uxlar.
Nidolar mudraydir Mohi Xosada.
Duolar ğudraydi maygun kosada.
Sulaymon payğambar uzugin
içida,taşida
sözlar bor
hikmat taşigan.
6
Bu söz – piçoq,
Tiği tömtoq,
Uslubi nönoq.
Uni ming yillardan buyon
Taxtaga mixlaydi namoyişçilar.
Har gal bu sözning
Qölini qayirib,
Burnini qonatib,
Ustidan suv sepib
Mahkamaga tortarsaroy zobitlari.
Ammo har safar
Yomğirdan keyin
Bodrab çiqaverar erinmagan söz…
7
Bunisi – “Iqro”.
Haqiqatning közlari…
Javlon Jovliyevga
Lattaxörlar şöroga mahsi,
Danagidan bemaza mağzi.
Olloh dedim, böğzimda takbir,
Manglayimda miltiqning oğzi –
Qörqmasman!
Jodugarning jodisi tezdir,
Ajalimning çalğisi keskir.
Qaro qurtlar aqlimni kavşab,
Tez kir, deydi, lahadga tez kir –
Qörqmasman!
Korçalonlar haddidan hatlab,
Oldi munis yurtimni xatlab.
Mard yigitlar mardikor, attang,
Dodxolarim yuribdi dodlab…
Keldi nomus nayzaboşiga,
El qayişmas qayğudoşiga.
Jangçilarim tobora tobe
Moşxördaga –
oz maoşiga…
Ulus yupun.
Amaldor esa
Suvarakday sabringni yesa…
Qani deysan, har döppili boş
Kötarilsa,
“qörqmasman!”
… desa…
Qanday dahşat,
hazrati Çölpon,
Olmos umrim oçközga ölpon!
Haqiqatning tişlarida toş,
Haqiqatning közlarida qon…
Qörqmasman!
Özimgа
Uloqtir eng pörim liboslaringni,
Eng qimmat kibringni olovga taşla,
Zahmatga aliştir zeb-u zaringni,
Eng ötkir fikr ila nafsni taraşla!
Ölgunça joningni qil qiyma-qiyma,
Özingni qiyna, sen, özingni qiyna!
Zil-zambil hikmatni boşingga yukla,
To asab torlaring bölgunça çayir.
Har keça falokat ostida uxla,
Qörquvning sovuqqon qöllarin qayir,
Qarşingda qaltirab tursin vahima,
Özingni qiyna, sen, özingni qiyna!
Dasturxon çirpirak, bir burda qoldiq
Nonida ğiçirlar minnat toşlari,
Qöyinda oç gödak, manglayda miltiq –
Qon keçib yurganda millatdoşlaring,
Vijdonni tepkilab, ustida öyna,
Özingni qiyna, sen, özingni qiyna!
Degil: “Ey haromga egilgan böyin,
Heç izza qilmasmi bu savil izzat?
Boşingni baland tut, bilaman, qiyin,
Bormi şu oğriqda ozmunça lazzat?
Beminnat oçlikdir halol xazina”,
Özingni qiyna, sen, özingni qiyna!
Böğizla halovat elçisini ham,
Ziğirday iztirob ustida işla,
Qamçilar zarbidan çekkanda alam
Dadilroq odimla, gijingla, kişna!
Mazza qil, tovonga botganda ni(y)na –
Özingni qiyna, sen, özingni qiyna!
“Yoşlik” / 2024 / 7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida