7 daqiqada öqiladi

87 marta körilgan

Tursunboyning sarguzaştlari

Orziqul Ergaş

(Qissa)

Xöş… otim Tursunboy. Otamdi oti Adaşboy, bobomdi oti Şokirboy attor bölgan… Yana aytabersam, onamdi Zubaydaxon, onamdi otasini mulla Abdumajid deyişadi. Abdumajid bobom Safed Bulon maçitida imomlik qiladi. Safed Bulon, bu – qişloğimizdi oti. Safed Bulon nima degani desangiz, buning tarixi ança uzun, hali yöl-yölakay, esga tuşganida aytib ötaman.

Örtoqlarimga kelsam… E, ulardi sanoği yöq. Şulardan eng yaqin körganim uçta. Yöq, hammasiniyam yaqin köraman, yaxşi köraman. Lekin, Mulla bobomdi ögiti şuki, bolam, örtoq-jöra, taniş-bilişlaring köp bölsin. Hammasi bilan yaxşi bölgin. Ammo-lekin döst tanlaşda adaşma, deydi. Ana şu ögitti qattiq tutganman. Örtoqlarim juda köp, Safed Bulonda ham, yon-verimizdagi ön ikkita qişloqda ham. Lekin baribir, bu uçalovi juda yaqin-da!.. Ham sinfdoşmiz, ham bir mahalla bolasimiz.

Endi ulardi bir-bir taniştirsam, e, aytmoqçi bu juda qiyin masala. Nimaga desangiz, hammasini oti Tursunboy. Ha, aytmoqçi, hammasini laqabiyam bor, bittasi Kozlov, bittasi Tabib, yana biri Pakana. Meni özimdi bölsa Tursunboy dostonçi deyişarkan orqavorotdan.

Şunaqa.

Işoning, işonmang, qişloğimizda katta-kiçik ön ikkita Tursunboy bor. Otamdi otdoşlari Adaşboylar ham öntaça çiqar-ov. Yana desangiz, Turğunboy, Tumanboy, Töxtaboy, Ölmasboy… deganlariyam bir neçtadan… Otdoşlardi bunaqa köpligi sababini ham hali mavridi bilan aytib ötaman. Balki, hojati yöqdir, allaqaçon özingiz fahmlab olgandirsiz.  

Şunday qilib desangiz, eh, nimadan boşlasam ekan… Ha, böldi. Topdim… Bor ekan-da, yöq ekan, oç ekan-da, töq ekan. Qadim ötgan… e, yöq, bizdi zamonda, Ola Buqa tomonda, Çotqoltoğ örovi-yu Önğor toğ etaklarida Safed Bulon degan bir qişloq bor ekan. Qişloqmisan qişloq ekan öziyam. Haybatli toğlar, köm-kök qir-adirlar, şarqiragan soylar, buloqlar, arçazor örmonlar…

Şu qişloqda ozğindan ozğin, qotmadan qotma, böyçangina, ham öta şöx, ham öyçangina bir bola yaşar ekan. Oti Tursunboy ekan. Beş farzand körib, birini ham tutib qolişolmabdi-da, keyin oltinçisiga şunaqa ot qöyişibdi. Irimi şunaqa ekan-da. Qarangki, mana şu oltinçisi yaşab ketibdi. Oy ötibdi, yil ötibdi, bola maktab yoşiga yetibdi…

 E, mayli, u maktabda öqişini boşlay bersin… Endi bu yoğini eşiting…

Hoynahoy hayron böp turibsiz-a: nima balo, bu bolaga baxşilikdan tekkanmi, deb! Gapti berdisi şuki, qarindoş-u uruğdoşim heç birovida baxşi ötmagan. Lekin menga baxşilikdan tekkani rost. Qanday tekkan, deysizmi?.. Hm… töylarimizga Peşqörğon taraflardan Olim baxşi degan kelardi. Olim hakka ham deyişardi. Töyga borib, ul-bul narsa yemasam yemasdim-u, Olim baxşini eşitmay qaytmasdim. Bir amallab, yaqinginasiga borib tizzalab olardim. Baxşi baxşiligini boşladimi, böldi, hamma narsani, örtoqlarimdiyam, ovqat-povqattiyam esdan çiqarib, közimni çippa yumib olib, çayqalib ötiraverardim. Şunda desangiz, közyoşlarim sel bölib yon-verimdagilarni ang-tang qilarkan-u, özim sezmas ekanman.

Mulla Abdumajid bobom tilovat qilganlarida ham şunaqa bölardim, eriblar ketardim…

* * *

Öşanda beş yoşdaman.

Otamdi yolğizi, arzandasiman.

Otam şop möylov. Kelbatli. Qişloqdi eng özğir uloqçi otida, saman qaşqada yuradi. U yoğini sörasangiz, otamdi özi ham otasi Şokir attorga yolğiz öğil, arzanda öğil bölgan ekan. Aytişlariça, yigirma beşida ham ulfatçilikdan böşamagan, bir işdi boşini tutmagan, oşiq öynab, gardkamçilikka ham borib turgan yigit bölgan ekan.

Bir kuni desangiz, ulfatçilikdan qaytayotib, otasi bilan qaynotasi gurungi ustidan çiqib qopti. Ikki quda qayrağoç soyasida gap-gap qilib ötirişgan ekan. Adaşboy ular bilan salom-alik qilib turgan yerida köçadan bir tayğon tilini sangillatib, dumini gajak qilib ötib qopti.

– Öğlim, bu sariq tayğon kimdiki, – deb sörapti Şokir attor.

– Ota, bu Yahyoxöjani iti, – depti Adaşboy.

– Ajabo, – depti Şokir attor qudasiga qarab, – dumini gajak qilib yurganiga köra bu sariq tayğon ham kuyovingizga öxşagan bekorçimi deyman, mulla Abdumajid!..

Tamom, otaning ana şu birgina nordon gapi erka öğilni otdan tuşiripti. Şartta sanği yurişlarni taşlab, xöjalik işlariga aralaşib ketipti…

Bir paytlardagi ana öşa erka öğil, arzanda öğil – otajonim bugun şiftga köz tikib yotibdi. Ozib-tözib ketgan. Onamdi aytişiça, iç terlama böpti. Muzday muzday suv içadi, suv içadi-yu terlaydi. Egni boşi jiqqa höl böladi, anqiplab ketadi. Onam ulardi tez-tez almaştirib, yuvib, quritadi. 

Bahor…

Apreldi oxirlari.

Har erta eşik taqillaydi. Çiqaman. Örtoqlarim. Indamay boş irğab eşikdi yopaman. Qöşilib ketgim keladi. Onamdi gapini eslab, şaştim qaytadi.

– Tursunboy, körib turibsan, otangdi tobi yöq, – degan onam. – Oyoqqa turguniça öyiningdi qöyib tur. Yolğiz dastyorsan, ul-bul narsaga çiqib kelasan. Tabib bobongdi çaqiriş kerak böladi. Men bölsam, otangdi yolğiz taşlab eşikka çiqolmayman.

Özi-ku, onam aytmaganda ham, köçaga çiqqim kelmay qolgan. Otamdi yonidan jilmasam deyman.

Hali aytganimday, otam qişloqdi özğir otida yurardi. Hammani havasi kelardi. Köpinça meniyam oldiga öngarib, uzoq-uzoqlarga opketardi. Ora-sira meni egarda yolğiz qoldirib, özi yonimda piyoda borar, bir-ikki dapqir jilovni qölimga tutqazib, öğlim, hov öşa katta toşgaça yörttirib borib kelgin-çi, bir körayin, degan paytlari ham bölgan.

E, otda yuriş mazza-da!.. Xuddi Alpomiş-u Göröğliga öxşab ketasan… Töğri, u paytlar Alpomişni ham, Göröğlini ham tanimasdim. Boyçibor-u Ğirotlarni bilmasdim. Lekin baribir xuddi otamday şopmöylov, Avazxon toğamday kelbatli bir yigitga aylanib qolganday his etardim özimni…

Hozir öşa saman qaşqamiz hovli etagida, dumi bilan paşşa qörib yotibdi. Otam bölsa…

Bir kuni örniga turib ötirdi-da, öğlim, böl, Yaroqtepaga çiqamiz, deb qoldi. Örnimdan sapçib turdim. Urre!..

Yaroqtepa degani uyimizdan yarim çaqirim yerdagi tepalik. U yerdan singan qiliç, xanjar, nayzalar çiqavergani uçun Yaroqtepa deb ot qöyişgan.

Tepaning etagida maçit bor. Uniyam oti ğalati: Qirğin maçit. Aytişlariça, bir juma namozida, endi bu – qadimdi gapi – yetti yuz namozxonni kofirlar pusib kelib, qiliçdan ötkazibdi. Faqat birgina imom omon qopti. Mehrob yorilib, unga yöl oçibdi-da, qoçirib yuboripti. Öşa-öşa maçitti nomi Qirğin maçit böp qolgan…

Hali aytganimday, apreldi oxirlari…

Hamma yoq boyçeçak. Qabriston, qir-adirlar. Qaldirğoçlar vijir-vijir qiladi. Goh tepalab, goh yer bağirlab uçadi…

Ota-bola yetaklaşib ketayotsak, Avazxon toğamdi ovozi keldi.

– Ha, yöl bölsin, ota-bolalarga!

 Otam tepa tomonga işora qilgan edi, ha, hozir men ham boraman, dedi-da, uyidan ikkita körpaça opçiqib, orqamizdan ergaşdi.

Tepa ustida körpaça töşab, joylaşib ulgurmasimizdan etakda otamdi Qirğizvoy degan oşnasi körindi. Qumğonda çoy kötarib çiqdi. U tepaning naryoğida turadi.

Kattalar çordana qurişdi. Men nariroqda, pastdan olib çiqqanim, eski gazetadan varrak yasab, qamişni yelimlaşga kirişdim.

Otam pastda körinib turgan Qirğin maçitga qarab fotiha öqidi… Bir mahal deng, pastdan yana uç-törttasi kötarilib kelyapti. Bittasini tanidim. Azivoy amaki. Uyimizga kep turgiçlardan.

– Adaşvoy! – deb baqirdi u hali tepa beliga yetib ulgurmay. Nafasi tiqildi çoği, belini rostlab, birpas jim qoldi.

Otam boş çayqab, kulimsirab turaverdi.

Oşnalar yetib kelişdi.  Otam bilan körişib, davra olişdi.

– Adaşvoy, – dedi Azivoy amaki haliyam hansiraşi bosilmay, – uyingizga borsak, örningizda begona bittasi tarrakday qotib yotibdi. Uyğotgani çöçidik. Guzardan suriştirsak, kelin zoğora yopgani qöşniga çiqqan ekan, sizlardi şu tarafga ötdi deyişdi,  çiqib kelaverdik.

Iye, kim ekan u, begona, deganday otamga qaradim. Otam, ha, yotsa yotar, deb kulib qöya qoldi. Battar hayron böldim. Birpas uyimizdagi begona haqida boş qotirdim-da, yana varragim bilan böp ketdim.

Otamdi oşnalari dam-badam xoxolaşib, ança gurung berişdi. Bir mahal otamdi ovozini eşitib, ularga qaradim.

– Azivoy, nima dedingiz, mehmon uyquga qongan bölsa, endi bora qolaylik.

– Ha, ha, töğri aytasiz. Turaylik, – deyişdi.

Oldinma-ketin pastlikka endik.

Hovliga kirişimiz bilan Azivoy amaki otamdi derazasidan qarab, şanğilladi:

– E, Adaşvoy, qarang, mehmoningiz haliyam taraşa böp yotibdi-ku! Beçora etiginiyam yeçmabdi.

Otam ham derazadan içkariga qarab, kulib yubordi. Kulişga holi yöq, közlari yoşlanib, qotib-qotib kuldi.

Otamdi pinjiga tiqilib, içkariga möraladim. Rosttanam bittasi, boşini burkab, oyoğida etik, qotib uxlab yotibdi. Çopqillab eşikdan kirdim-da, haligi odamdi ustidan körpani op taşladim. Qarasam, boş örnida oşqovoq. Oşqovoqqa döppi kiydirib, şoyi qiyiq tanğişgan. Ikkita tayoqqa esa otamdi eski ağdarma etigini kiydirib, ustiga körpa yopib qöyişibdi. Xullas, poliz qöriqçisiga öxşagan bir narsa edi-da.

Oşnalar yana ança gurung berişdi. Otam yonboşlagança, ularni eşitib, jilmayib ötiraverdi. Bir-ikki qözğalişsa ham ularni qöyvorgisi kelmadi…

(Davomini jurnaldan öqiysiz)

 

Orziqul ERGAŞ

 

1953-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Töy”, “Dunyoning bir çekkasi”, “Bolaligim köçalarida”, “Şohsanam”, “Darxon qissalari”, “Sening bu dunyoda borliging”, “Qalb gavhari”, “Yulduzsiz osmon”, “Oqar daryo” kabi roman, qissalar va hikoyalardan iborat kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” / 2024 / 7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…