2016-yilgi Harvard universiteti bitiruvçilari qarşisida sözlangan nutq
Taşakkur. Taşakkur, prezident Faust hamda Pol Çoy! Ulkan taşakkur. Bunday misli körilmagan bitiruvçilar oldida, ularning döstlari va yurak hovuçlab turgan ota-onalari qarşisida nutq sözlaş ham şaraf, ham hayajonlidir. Biz barçamiz bu yerga mana şu ajoyib kunni nişonlaş uçun yiğilganmiz, şu bois kamina ikki ming ön oltinçi yilgi Harvard bitiruvçilarini tabriklaşiga ijozat etsangiz! Kollejni bitirganim haligaça yodimda. Buni unutiş qiyin, çunki hammasi bor-yöği ön tört yil avval sodir bölgandi. Qay biringizning kollejni bitiriş uçun öttiz yetti yil umringiz ketgan? Sizlar kabi men ham taʼlim olişni yoşligimdan boşlaganman. Lekin ikkinçi kursdaligimda orzumdagi Yuniversal studiyasida işlaşni taklif qilişdi, şu tariqa men öqişni taşladim.
Ota-onamga: “Agar kinodagi faoliyatim yurişmasa, öqişni qaytadan boşlayman”, – dedim. Biroq işlar jönaşib ketdi. Şunday bölsa-da, oliy öquv dargohiga juda muhim sabab bilan qaytib keldim. Aksariyat odamlar kollejga taʼlim oliş uçun borişadi, kimlarnidir ota-onasi jönatadi. Men esam farzandlarim uçun taʼlimni oxiriga yetkazdim. Yetti nafar farzandim bor va men ularga doim taʼlimning naqadar muhimligi haqida uqtirib kelaman.
Ammo yaqin-yaqingaça menda bunday imkoniyat yöq edi, yaʼni kamina eng yaxşi örnak bölolmasdim. Gapning indallosini aytganda, ellikdan oşganimda men Long-Biçdagi Kaliforniya ştati universitetiga qayta öqişga kirdim va ilmiy darajaga erişdim. Şuni qöşimça qilişim kerakki, paleontologiya kursi “Yura davri boği” ustida işlaşimda juda ham qöl keldi. Ana öşa kursning şarofati bilan “Yura davri boği”ning uçta qismi namoyiş etildi, buning uçun alohida rahmat. Men kollejni taşladim, çunki kelgusida nima bilan maşğul bölişim lozimligini bilardim. Sizlarning ham orangizda nima bilan şuğullanişini biladiganlar bor. Lekin kimlardir buni bilmaydi. Yoki şunday bölişi mumkinki, ilgarilari bilgan-u, biroq hozirda özining tanlovi töğriligiga şubha qilayotgandir. Balki hozir komediyalar yozadigan yozuvçi emas, doktor bölişni istaşingizni ota-onangizga qanday aytişni öylab ötirgandirsiz. Siz qiladigan tanlovni biz kinoda personajga nisbatan “keskin buriliş” deb ataymiz. Bunday onlarni bilsangiz kerak – “Yulduzlar jangi”da Rey, ittifoqo, Qudrat özining botinida ekanini tuşunib qoladi yoki Indiana Jons bir töp ilonlar içiga sakraşdan oldin içidagi qörquvini yengişga harakat qiladi. Ikki soatli filmda qahramonlar uçun bunday hal qiluvçi onlar yetib ortadi, ammo-lekin voqe hayotda siz bunaqangi hal qiluvçi onlarga Xudoning bergan kuni duç kelasiz.
Hayot – mana şunday hal qiluvçi onlarning turnaqator ketma-ketligidir. Buni qarangki, omadim kelib, ön sakkiz yoşimda nima bilan şuğullanişni istayotganimni allaqaçon anglab yetgandim, ammo men kimligimni bilmasdim. Axir, men yoki sizlar umrimizning dastlabki yigirma beş yilida boşqa birovga quloq tutişimiz kerakligini qayoqdan ham bilardik – ota-otamiz va professorlar quloğimizga pand-nasihatlarini quyişadi, keyin esa estafetani iş beruvçilar va ustozlar egallaydi va dunyo aslida qandayligini tuşuntirişga urinişadi.
Odatda, obrö-eʼtiborlilarning ovozi katta ahamiyatga ega böladi, lekin gohida könglimizda ularning bizga aytayotganlari haqiqat ekaniga şubha paydo böladi. Şunda rozilik alomati sifatida şunçaki boş irğab qöyib, boş oqqan tomonga ketiş osonroq tuyuladi. Men ham birmunça fursat, toki xarakterim özini bor böyiça namoyon qilmagunça tentirab yuraverdim. Ilgari özimning nuqtayi nazarimni tiyib yurardim, xuddi Nilson öz qöşiğida kuylagani kabi – “Hamma söz aytar menga, ammo men ularni anglamam, quloq solaman nuqul özimning botin ovozimga”.
Avvalboşda içimdan çiqayotgan ovoz arang eşitilar, uni bazör ajratib olardim. Öşanda maktab bolasi edim. Lekin keyinçalik öşa ovozga köproq diqqat qila boşladim va savqitabiiyim, nihoyat, şuurimga yetib bordi.
Aytmoqçimanki, içki hissiyot va vijdon – bir xil tuşunça emas. Ikkovi birgalikda işlaydi, ammo ularning farqi şundaki, vijdon qilişing kerak bölgan işni eslatsa, içki hissiyoting qölingdan keladigan işni sekingina şipşib qöyadi. Qölingizdan keladigan işni aytib turadigan ovozga quloq soling. Negaki ana öşa ovoz feʼl-atvoringizni hammasidan köra yaxşiroq belgilab beradi. Illo, içki ovozimga quloq tuta boşlaganimdan söng muayyan loyihalar menga bir çetga uloqtirib taşlanadigan emas, aksinça, istiqbolli körina boşladi. Ming töqqiz yuz saksoninçi yillargaça mening filmlarim voqe hayotdan uzoqlaşgandek tuyular edi. Bunday filmlar sirasiga hatto “1941”ni ham kiritsak böladi. Ha, şunday. Ana öşa ilk filmlarim men uçun öşa paytda ham, hozir ham özgaça qadriyatga ega bölib qolaveradi. Ammo men köpik içida yaşayotgandek edim, çunki boşlanğiç kurslardayoq öqişni taşlab qöygandim, dunyoqaraşim xomxayollardangina iborat edi, çinakam hayotda nimadir örganişim amrimahol bölib qolgandi.
Biroq keyin men “Binafşarang dalalar gullari”ni suratga oldim. Mana şu film ilgarilari xayolimning köçasiga ham kirmagan tajribaga qarata közimni oçdi. Mana şu olam çinakam hayot edi. Bu hikoya boşdan-oyoq oğir sitamdan va teran haqiqatlardan iborat edi, xuddi Şag Everi aytganidek, “Hamma ham suyukli bölişni istaydi”.
Mening botinim, mening içki ovozim köproq, köproq odam uşbu filmni, uşbu qahramonlarni körişi kerakligini va uşbu haqiqatlarni tinglaşi lozimligini uqtirardi. Film ustida iş olib borar ekanman, film yuksak vazifa-burçga aylanişi darkorligini angladim. Umid qilamanki, barçangizda burç tuyğusi bor. Oğriqli köringan narsadan yuz ögirmang. Buni xuddi çaqiriqdek qabul qiling. Mening vazifam şundan iboratki, ikki soat davom etadigan olamni yaratişim lozim. Sizning vazifangiz esa – abadiy davom etadigan olamni yaratiş. Sizlar – bölajak innovator, motivator, rahbar va tarbiyaçisizlar. Buni qarangki, kelajakni yaratişning eng maqbul usuli – ötmişni örganiş ekan.
Mana şu kollejda, tibbiyot maktabida taʼlim olgan, “Yura davri boği”ning ssenariy muallifi Maykl Krayton özining sevimli professoridan iqtibos keltirişni yoqtirardi. Professor esa şunday degan ekan – “agar tarixni bilmasang, demak, heç baloni bilmaysan. Daraxtning qayeridan joy olişini bilmaydigan haqir yaproqçasan”. Şunday ekan, tarixçi böliş – zap maqbul tanlov. Sizlarni ulkan kelajak kutmoqda. Mehnat bozorida emas, albatta, madaniyat jihatdan ekani aniq. Qolganlar biroz ter tökişlariga töğri keladi. Biz çökib ketgan, mukkasidan ketgan ijtimoiy media hozir, mana şu yerda manaman deb turibdi. Lekin men ötgan kunlarni körişlari uçun ortga ögirilişlari kerakligini uqtirib oilamdagilar bilan kuraşib keldim.
Nega deganingizda, kimligimizni anglamoq – kim bölganimizni anglamoq demak. Ota-bobolarimiz kim bölganini anglamoq ham demak. Siz bu yerlarga kelgan mamlakat qanaqa bölganini biliş hamdir. Biz – musofir millatmiz. Loaqal hozirça. Bu men uçun öz ötmişimizni sözlab berişimiz lozimligini anglatadi. Negaki har birimizda sözlaşga arzigulik köpdan-köp hikoyalar bor.
Imkoningiz bölsa, ota-onangiz, momongiz, bobongiz bilan gaplaşib köring. Özimning bolalarimga vaʼda bergandek, sizlarga ham vaʼda beramanki, sira zerikmaysiz. Mana şuning uçun ham bölib ötgan voqealarga asoslangan filmlar jon-dilim. Men tarixga falsafa söqiş uçungina qaramayman (bu bor-yöği yoqimli maşğulot, xolos), zotan, jahon tarixi – qaçon bölmasin sözlangan tarixlar içida eng buyuk tarixdir. Qahramon va yovuzlar tom maʼnoda bir-birlari bilan jang qilişmaydi, ammo-lekin ular butun boşli tarix markazida turadilar. Mana şuning uçun ham zörğa eşitiladigan içki ovozingizga quloq tutişingiz lozim. Xuddi öşa, Avraam Linkoln hamda Oskar Shindlerga töğri tanlov qila olişlari uçun kömak bergan ovozni aytyapman. Hal qiluvçi onlarda ruhiy-maʼnaviy dunyongiz qulay yoki manfaatli bölgan xomxayollarga berilişiga yöl qöymang. Kuçli xarakterga ega böliş uçun sizga kuçli dalda kerak böladi. Agar siz kaminadek muvaffaqiyatga erişgan bölsangiz, demak, men kabi ota-ona bobida omadingiz çopgan.
Mening onam – mening baxt tumorimdir. Ön yoşligimda otam menga kinokamera sovğa qilgandi. Bu matoh menga atrofimdagi olamni anglaşimga katta yordam bergan. Buning uçun otamdan behad minnatdorman.
Innaykeyin, otam şu yerda, Harvardda, hov anov yerda ötirgani uçun ham minnatdorman. Otam töqson töqqiz yoşda. Bu esa otam Uaydener kutubxonasidan atigi bir yoşga kiçik degani. Lekin Uaydener kutubxonasidan farqli ölaroq otamga heç qanday pardoz-andoz şart emas. Ota, ortingizda bir ayol ötiribdi, u ham töqson töqqiz yoşda, sizlarni tadbirdan söng taniştirib qöyaman. Hamma oila ham bunday tirik meros bilan maqtanolmaydi. “Bu hayot gözal” degan film yodingizdami? Farişta Klarens kitobga şunday deb yozib qöyadi: “Agar yoningda döstlaring bölsa, heç qaçon yutqazmaysan”. Umid qilamanki, sizlar ham şu yerda, Harvardda tanişib, butun umrlik döst bölib qolasizlar. Yana umid qilamanki, ana öşa döstlaringiz orasida umr yöldoşingizni ham topasiz.
Endi ijozatingiz ila kamina ortiq darajada hissiyotlarga berilsam. Yuqorida içki sezgining ahamiyati, öz ortidan ergaştiruvçi içki ovozning muhimligi haqida gapirib ötdim. Biroq bu butun umrlik muhabbatingizni uçratmaguningizgaça şunday böladi. Keytni uçratib, unga uylanganimdan söng bu savdo mening ham boşimga tuşdi. Bu esa hayotimning hal qiluvçi onlariga aylandi. Mehr-muhabbat, tayanç-tirgak, jasorat, içki sezgi. Bularning barçasi siz bilan bizning qahramonlarimiz sadoğida yotadi. Ammo qahramonga yana bir narsa kerak böladi: qahramonga yovuz duşman kerak va öşa duşmanning ustidan ğalaba qozonişi kerak. Dunyo yovuzliklarga töla: irqçilik, etnik, sinfiy va siyosiy nafrat, qolaversa, diniy nafrat.
Bolaligimda yahudiy bölganim uçun ustimdan kulişardi. Bundan dilim oğrirdi, ammo ota-onam bilan bobom va momom sabr qil, bu vaqtinçalik, xolos, deya tasalli berişardi. Çunki odam ajratiş yöq bölib ketişiga işonardik. Ammo adaşgan ekanmiz.
Ötgan yil mobaynida yigirma mingdan ortiqroq yahudiylar yaşaş uçun tinç joy izlab Yevropani tark etişdi. Mana şu yili men Isroil elçixonasida böldim. Prezident Obama menga yoqimsiz bir faktni aytib qoldi. U: “Biz voqe haqiqatga tik qaraşimiz lozim. Butun dunyoda aksilsemitizm kuçayib boryapti. Biz buni rad etolmaymiz”, – dedi. Içimdagi kuçli istak – ana öşa voqe haqiqatga tik qaraş ming töqqiz yuz töqson törtinçi yilda “Şoa” jamğarmasiga asos solişga çorladi. Öşandan beri biz oltmiş uçta davlatdan ellik uç ming nafar Holokostni boşdan keçirganlar bilan gaplaşdik. Ularni videointervyu tarzida tasvirga tuşirdik. Hozirda esa Ruanda, Kambodja, Armaniston va Nankindagi genotsidlar holatlari haqida maʼlumotlar yiğyapmiz. Çunki biz şuni unutmasligimiz kerakki, favqulodda holatlar vaqti-vaqti bilan emas, muttasil yuz bermoqda. Ayni damda ham röy bermoqda. Binobarin, biz uçun nafaqat jaholatning qaçon tugaşi, balki qaçon boşlangani ham qiziq. Men Red Soks muxlislariga şunday degan bölardim – biz guruhbozlikka qarşimiz. Ammo-lekin öz jamoangga muxlislik qiliş boşqa-yu, qora jihatlari talaygina bölgan traybalizm boşqa ekan. Ğayriixtiyoriy, hatto genetik darajada dunyoni “özimizniki” va “ularniki”ga ajratamiz. Gapning indallosini aytganda, asosiy masala – barçamiz birgalikda öz “biz”imizni topiş bölib qolişi kerak.
Buning uçun juda köplab işlarni amalga oşirişimiz kerak. Gohida hatto qölimizning uçini ham qimirlatmayotgandek tuyuladi menga. Bu birgina aksilsemitizm borasida emas. Biz, şuningdek, tobora ösib borayotgan islomofobiyaga guvoh bölyapmiz. Çunki musulmonlarnimi, yahudiylarnimi yoxud çegara davlatlardagi milliy ozçiliknimi, kimni tahqirlaşayotganining farqi yöq. Bularning barçasi borib-turgan ğanimlik. Nafratga qarşi eng maqbul javob insonparvarlik böla oladi, deb hisoblayman. Sizlar ham şunday fikrdasizlar, deb umid qilaman. Yaʼni bizda tanlov bor. Içimizdagi qörquvni sinçkovlikka almaştirişimiz lozim. Bir-birimiz bilan ahillikda, bir qabilaning aʼzolari ekanimizga işongan holda, har bir insonga şafqat közi bilan qarab, “biz” va “ular”dan umumiy “biz”ni topişimiz kerak. Hatto Yel universitetida öqiyotganlar ham. Töğrisini aytsam, özimning öğlim ham Yel universitetini tamomlagan.
Işoningki, mana şu rahmdillik – şunçaki sizning his-tuyğularingiz emas. Buni saʼy-harakataringiz bilan mustahkamlang. Bu harakatni özingiz uçun oliy vazifa etib belgilang. Bu “ovoz bering”, “tinçlik nomi ila norozilik namoyişini uyuştiring” demakdir. Qölidan heç vaqo kelmaydigan, yetarliça harakat qilmayotganlar bilan gaplaşing. Vijdoningiz nidosini odamlar eşitsin.
Bunday amallarning namunasi sifatida Harvard xotira çerkovining janubiy devoriga qarang. Prezident Faust eslab ötganlaridek, u yerda şu dargohning bitiruvçilari, qaysiki Ikkinçi Jahon uruşida vatan uçun jonlarini fido qilgan talabalar va öqituvçilarning ism-şariflari yozilgan. Hozir biz oyoq bosib turgan ona zamin uçun jang qilgan olti yuz töqson yetti nafar jon halok bölgan. Ming töqqiz yuz qirq beşinçi yilda mana şu çerkovda, universitetning öşa paytdagi prezidenti Jeyms Konant ularning qahramonliklari heç qaçon unutilmasligi kerakligini taʼkidlab ötgan edi. Mana, oradan yetmiş yil ötibdiki, öşa çorlov hamon dolzarb. Nega deganingizda, ularning kelajagimiz uçun qöşgan hissalarini birgina avlod emas, har bir avlod qadrlaşi darkor. Alalxusus, biz sodir etilgan vahşiyliklarni heç qaçon yoddan çiqarmasligimiz, ozodlik uçun kuraşganlarni unutmasligimiz kerak. Şunday ekan, mustaqil hayotga qadam qöyyapsizmi, iltimos qilamanki, ularning jasoratini unutmang. Yoki “Oddiy askar Rayanni qutqariş”dagi kapitan Miller aytganidek, “ularga munosib böling”.
Şuningdek, bir-biringiz bilan aloqada bölib turing. Tez-tez yuz körişib, muloqotda böling. Ehtimol, bu mediamahsulot işlab çiqaruvçidan siz eşitmoqçi bölgan gaplar emasdir. Lekin biz bir-birimizning közimizga emas, qölimizdagi matohga tikilib köp vaqtimizni havoga sovuramiz. Şunday ekan, meni maʼzur tutgaysiz, ammo keling, hozirning özidanoq boşlaymiz – yoningizdagi insonning közlariga qarang.
Talabalar, öqituvçilar, hatto Siz ham, prezident Faust. Hamma özi tanimagan, yaqindan bilmaydigan yonidagi odamga ögirilsin. Mana şu odam sizning ortingizda yoki ikki qator narida siz bilan bir safda turibdi.
Şunçaki közlarning töqnaşişiga imkon bering. Şuning özi kifoya. Hozir iç-içingizdan toshib çiqayotgan junbiş – bu jinday ijtimoiy noqulaylik aralaş umuminsoniy mehr-muhabbat tuyğusidir. Mabodo bugun bundan boşqasini xotirangizga muhrlab qöyolmasangiz ham, men ayni damdagi insoniy birdamlik onlarini yodda saqlaşingizni istayman.
Umid qilamanki, sönggi tört yil içida mana şu dargohda bunday onlarning köpini boşdan keçirgansiz. Bugun siz kelajak avlod suyanadigan avlodga aylanmoqdasiz. Men köp marotaba özimning filmlarimda kelajak andazasini işlab çiqqanman, lekin kelajak aslida qanday bölişini, tinç-osoyişta va adolatli böliş-bölmasligini aynan siz belgilaysiz. Men barçangizga hollivudça “murod-maqsadlaringizga yetişişingizni” tilab qolaman. Umidim şulki, tirannozavrdan qoçib qutulasiz, jinoyatçini qölga tuşirasiz va ota-onalaringiz haqqi-hurmati, hozir ham, keyinçalik ham, xuddi Özga sayyoralik kabi, har doim uyga qaytasiz. Taşakkur!
Stiven SPILBERG (1946),
amerikalik kinorejissyor, prodyuser, uç karra “Oskar” mukofoti sohibi
Saidjalol SAIDMURODOV tarjimasi
“Yoşlik” / 2024 / 7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


