100 marta körilgan

Dilrabo TURSUNQULOVA

Dilrabo Tursunqulova

* * *

Siz meni sevmaysiz,

qayğurgansimon

Nasihat qilasiz bor-yöq hayotdan.

Bir körmoq umidim çilparçin qilib,

Qoçasiz arzimas bahona qadar.

“Közlaringiz…” deysiz ğamgusor boqib,

Közlar öldiradi, bunga aminman.

Bilmaysiz, bu sizga oson tuyular,

Neçtasini şunday söydi kamina.

Bu oddiy – murakkab sözga ne hojat,

Men daryo dilimga erk berganim rost.

“Közlaringiz…” deysiz behol yutinib,

siz meni sevişni istaysiz, xolos!

* * *

Assalom, qir inim, toğ oğalarim,

Yelkasi bağringday keng singling keldi!

Biriga Toşkanning tundligin ortib,

Birida yarador tasavvur yeldi.

Arça nayzalarin sançib közimga,

Böğzimdan ifori çiqmagunça to,

Kovuşimni suyab, özi tözigan

Tufroqlar holimni etadi bayon!

Sarsari şamolning nafasiday sof,

Qulun çanqoğiday tiyiqsiz alla –

nima! Telbalikdan soçlarimni qirtişlab,

Söng puşaymon çekmoqlikday gap.

Allanima meni eltadi senga,

Yomğirli havoda yantoq hovuri?

Közimni yumgança qölimni tişlab,

Qoğoz tepasida ne bor qovrilib?!

Assalom, toledan söylaguvçi kök,

Bağringda yastangan qoraçöğlarim.

Men kuç topaman!

Yelkamni öyib

Oşiyon etinglar!

Qayta tuğ mani!

Yolğiz qolgan daraxt

Uçib ketdi tillarang quşlar,

Baland uçdi – baland kökrakli.

Qolaverdim köksimni muştlab,

Xayolimni oğriq öradi.

Erkin qöydim biroz özimni,

Şoxlarim-la öynaşar şamol.

Bulutlarni soyabon qilib,

Hamdardligin bildirdi samo.

Yaproqlarim tökildi bir-bir,

Söngaklari qorişdi loyga.

Közlarimga ufqni joylab,

Tilla quşlar ketarlar qayga?

Yakson böldi qurgan inlari,

Boşim uzra supurdim sekin.

Nega ketdi, axir, bilmayman…

Istamayman qaytişin lekin!

 

Dilrabo TURSUNQULOVA

2003-yili Jizzax viloyati Baxmal tumanida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va

adabiyoti universiteti talabasi.

 

“Yoşlik” / 2024 / 7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.