7 daqiqada öqiladi

90 marta körilgan

Katta kemaning buyuk darğasi

Nizom Komil

Heç eʼtibor berganmisiz, goho birinçi bor körib turgan odamingizdan hayiqişnimi, allaqanday iymanişnimi his qilasiz. Balki, u odamning salobati yoki viqorli körinişi şunga majbur qilar. Bilma­dim, har holda ötgan asrning saksoninçi yillari oxirida xorij adabi­yotining yirik vakillaridan bir neçtasini özbek tilida mohirona sayratgan zabardast tarjimon Nizom Komilovga ilk bor röbarö bölganimda şu tuyğularni his etganman. Eng qiziği, uzoq yillik aka-ukaçilik davrida ham men bu tösiqni hatlab ötolmadim. Allaqanday kuç meni u kişining oldida sipo bölişga, aytadigan gapimni yetti ölçab, söng aytişga undardi.

Mening u kişi bilan ilk uçraşuvim “Şarq yulduzi” jurnalida musahhih yordamçisi sifatida iş boşlagan kezlarim röy bergandi. Öşa paytlar Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşri­yoti jurnalning muassislaridan biri sanalardi. Jurnalning moliyaviy hisob-kitobi ham naşriyot tomonidan olib borilardi. Turli bayram va marosimlar naşriyot va jurnal tahririyati bilan hamkorlikda ötkazilardi. Naşriyotdagi taniqli şoir va yozuvçilar qatorida xiz­mat qilayotgan Şoir Usmonxöjayev, Hasan Törabekovlarga serma­şaqqat, ayni damda betakror tarjima ummonida suzişida Nizom Komilov beminnat darğa edi.

U kişining yaqin döstlari şoir Maşrab Boboyev, tarjimon Miad Hakimov, maşhur rassom Rözi Çoriyevlar davrasida köp bölganman. Bunday anjumanlarda Nizom akaning alohida örni borligi hamişa sezilib turardi.

Namangan viloyati, Çust şahridagi Köprik-Varzik mahallasida joylaşgan, men unib-ösgan hovli bilan Nizom aka tuğilib ösgan Tepaqörğon qişloği orasidagi masofa dalalar oralab kesib ötilsa, uç çaqirim ham çiqmaydi. Bir gal u kişiga yölini qilib Çustdan ekanimni aytdim. Nizom aka, nazarimda, bu narsaga eʼtibor ham bermadi. Men u kişiga insonning qayerdanligi emas, qandayligi muhim ekanini darrov sezdim.

Adaşmasam, Said Ahmad akaning yetmiş yillik yubiley marosimi edi. Çiroyli bazm uzoq davom etdi. Ertaga qiladigan zarur işim borligi uçun ertaroq ketiş uçun qözğaldim. Taşqariga çiqsam, Nizom aka turibdi. Men hayron böldim. Çunki u kişi heç qaçon yolğiz bölmasdi. Atrofida doim uç-tört kişi bölardi.

– Yusufbek, uygami? – dedi u kişi yölak tomon burilib.

– Ha, – dedim u kişiga peşvoz yurib.

– Men ham uyga, ozgina piyoda yurişga qalaysiz?

– Zör, – dedim xursand bölib. Çunki piyoda yurişni yaxşi köraman. Hamrohim bamaʼni odam bölsa, har qança yöl bosib çarçamayman. Ayni çoğda esa boşim osmonda. Mamlakatimizdagi manaman degan tarjimonlardan biri bilan bemalol gaplaşib ketyapman, rostini aytganda, gaplaşib emas, eşitib ketyapman. Sayr çoği esa adabiyot maydonida özimni heç kim emasligimni çuqur his etdim. Nizom aka hazrat Navoiy haqida şunday tölqinlanib gapirdiki, men hayratlarga tölib-toşdim. Keyinçalik ham Navoiy haqida mutaxassislarning köplab maʼruzalarini tingladim, maqolalarini öqidim, ammo öşa sayrdagi zavqni tuymadim. Keçagidek yodimda, Nizom aka ketayotgan yölida şaxd bilan töxtadi. Men çöçib tuşdim.

– Yusufbek, şu sohaning nonini yeyman desangiz, mumtoz adabiyotimiz, jahon adabiyotining nodir namunalari bilan iloji boriça köproq tanişing. Şunda sizni davralarda eşi­tişadi, gapingizni bölişga birovning haddi siğmaydi.

Öşa voqea keçagidek yodimda. Men Nizom Komilovdan özim havasmand bölgan soham böyiça bir umrga tatigulik saboq olgandim öşanda.

Dunyo qiziq. Çarxpalakligiyam bor. Jurnalda işlagan çoğlarim masʼul kotib Nosir Fozilovning katta öğli maqomida edim. Har kuni bölmasayam, ikki kunda bir keçki ovqat­ni Nosir akanikida tanovul qilardim. Maʼlum bölişiça, qöşni turgan Nizom aka bir vaqt­lar deyarli har kuni Nosir akadan bir xabar oliş­ni kanda qilmagan ekan.

Bir gal Nizom aka bilan uzoq gurungla­şib qoldik. Gap orasida Çustda onam qöyarda-qöymay imorat soliş uçun yer oldirganlari-yu, ayni aytda quriliş qilayotganimni aytdim. Nimagadir bu gapim akaga yoqinqiramaganday tuyuldi. U kişi menga ajablangandek tikilib qoldi. Söng:

– Jinnimisiz, – dedi bu gapni sal çözib. – Undan köra Sergelidagi uyingizni kengaytiring. Siz endi Çustga borarmidingiz?!

Nizom akaning bu gapidan quvonib ketdim. Aka yaqin odamlari bilan gurung qilganda hazillaşib “Jinnimisiz?” degan gapni köp işlatardi. Demak, meniyam yaqin olyapti. Şunga qaramay, uç-tört yil deganda onamning aytganlarini qilib hovlini kötarib oldim.

Oradan yillar ötib nimagadir şu mavzuga yana töxtaldik. Odatda biror marosimdan çiqqan ijodkorlar öşa atrofda töplanib olib gurunglaşişlari yaxşi anʼanaga aylangan. Qaysidir ijodkor töyi munosabati bilan elga oş tortilganda, marosimdan söng taniqli ada­biyotşunos olim Yoqubjon Isoqov, Nizom Komilov, şoir Minhojiddin Haydar hamda kamina biroz gurunglaşib qoldik. Suhbat qizigandan-qizib borar, bir tomondan kun ham zabtiga olib isib ketayotgandi. Jonon suhbat bölinib qolişini xohlamadi çoği, kimdir salqinroq joyga borib birpas ötirişni taklif qildi. Bu gap hammaga maʼqul bölib, sölimgina va ança sokin bir tamaddixonada uzoq ötirib qoldik. Oqsoqollar adabiyot va ijod haqida çiroyli munozaralar qildilar. Men esa yoş bölganim uçun xizmatda bölib, ularning suhbatini jon quloğim bilan tinglardim.

Bir payt mening ham şu yerdaligimni sezib qolgandek, Nizom aka biroz öyga tolib:

– Yusufbek, bir paytlar Çustda hovli solyapman, degandingiz. Öşa nima böldi? – deb söradi.

– Bitkazib oldim. Bolalar maktabdan taʼtilga çiqişi bilan öşa yoqqa yugurişadi. Odam kiradigan bölib qoldi, – dedim nega söraganlariga hayron bölib.

– Boplagan ekansiz, – dedi aka maʼyus tor­tib. – Siz şu işni boşlaganingizda men ha­zillaşib aytsam, kaminaga ham yer beri­şardi. Hatto qurib ham berişardi. Bir uy dahlizi bilan, oşxona qurib olmaymanmi? Mana, yoş ham saksonga yaqinlaşib qoldi. Çustga şunday tortadiki, asti qöyaverasiz. Borsam, ukalarim boşlariga kötarişadi. Ammo uç-tört kundan keyin özim xijolat böla boşlayman. Özimni uyim bölganda töygunimça turarmidim?! Tuğilgan joyi odamni öziga bu darajada tortadi deb sira öylamagandim. Baʼzan dunyolarga siğmay ketaman.

– Haliyam keç emas, Nizom aka, – dedim köngillarini kötarib. – Bir uy dahlizi bilan, oş­xona. Hozir ustalar bir oyga qöymay kötarib berişadi.

Nizom aka bu gapga indamadi. Maʼyus jilmayib qöygani hali-hanuz köz oldimda.

Bu orada Nodar Dumbadzening Nizom Komilov tarjimasidagi “Abadiyat qonuni” romani “Özbekiston” NMIUda çop etildi. Men katta quvonç bilan unga muharrirlik qildim. Nizom aka kutmagan ekanlar, eşitib juda xursand böldilar. Keyinroq rus adabiyoti durdonalari turkumidan Aleksandr Belyayevning Nizom Komilov tarjimasidagi “Amfibiya odam”, “Jahongir” va “Kes yulduzi” kabi ilmiy-fantastik romanlari ham naşriyotimizda çop etildi. Ora-orada şu bahona qönğiroqlaşib turdik. Har gal, bir ötiradigan bölib kelinglar, deb taklif qilganlarida jon deb qabul qilardig-u, mavridini topolmasdik. Bugungi kunda xorij adabi­yotidan özining turli janrdagi tarjimalari bilan tilga tuşgan tarjimon Saidjalol Saidmurodov ukamiz bilan ustozning ziyoratini bir neça bor dilimizga tugdik, afsuski, gohida insondagi hafsalasizlik odamni bir umr armon girdobiga taşlab qöyişini sezmaskan kişi.

Nizom aka bilan sönggi bor qönğiroqlaşganimizda, yaxşigina qalam haqi berilayotganini aytdim. Suhbat söngida esa duo qilişlarini söradim. Nizom aka çiroyli duo qildilar.

Negadir u kişi bilan har gurungdan söng Nodar Dumbadzening “Hellados”idagi bir holat yodimga tuşadi. Yanguli quloçkaşlab turib skripka bilan Jamolning boşiga tuşiradi. “Zi-i-ng… qars…” etgan tovuşdan söng asbob ikkiga bölinadi. Bu holatni tasvirlaş, topiş oson bölmagandir tarjima jarayonida. Hammayam eplolmaydi, menimça. Buning uçun Nizom Komilov böliş kerak.

Nizom akadan duo olib xursand yurgan kunlarimning birida u kişining ayoli qönği­roq qilib qoldilar. Opaning ovozidagi taşvişmandlik, ğamginlikni sezib, yuragim orqaga tortib ketgandek böldi.

– Yusufxon, akangizni berib qöydik. Uyuş­maga qönğiroq qilib qöyasizmi?

Opaning aytganlarini qilib, darhol Yozuv­çilar uyuşmasiga, keyin u kişini yaxşi bilgan tanişlarga qönğiroq qilişga kirişdim. Asrga yaqin esa akani yerga topşirdik. Qabrga tuproq tortilgaç, bir narsa eʼtiborimni tortdi. Nimagadir avval sezmabman. Rahmatli Nizom akaning qabri yonginasida, hattoki qabriga tutaş, şoxlari qalin, köm-kök, uç-tört metr çamasi keladigan olxöri daraxti qad rostlab turibdi.

Qabr ustidagi har bir giyoh egasiga salavot aytib turişi haqida keksalarimizdan köp eşitganmiz. Yaxşi insonga hamişa yaxşilik eş bölişiga yana bir bor amin böldim. Könglimdan ötganlarni sal narida turgan, ustoz vafotidan qayğuga çömgan ijodkorlar Aziz Said va Nodir Jonuzoqqa aytmoqçi bölib ularning yoniga bordim. Ne ajabki, ular ham bu holdan hayratlanib, ustoz tarjimasidagi qaysidir hikoyada mana şunday manzara çizilgani haqida xotirlab turişgan ekan. Qarang, bu olamda inson anglab yetmagan ne-ne sir-sinoatlar bor.

Ustoz Nizom Komilovdan jahon adabi­yotining sara namunalaridan tarjima qilingan köplab asarlar meros qoldi. Bu borada u kişining xizmatlarini biror narsa bilan qiyos­laş qiyin. Ustoz tarjimasidagi qaysidir xorij adabiyotini öqirkanman, hamişa hayratim ortadi. Asar qahramonlari qaysi millatga mansub bölmasin, özbekça fikrlayotgandek, sözlayotgandek tuyulaveradi. Kitobxonlar esa uni xuddi özbek adiblari yozganday maza qilib öqiydilar. Tarjimon mahoratiga qoyil qolib, duolar qilişlari tabiiy. Biz ham ularga qöşilib duo qilamiz. Oxiratingiz obod bölsin, aka, ustoz!

Yusuf FAYZULLO

 

1963-yili Namangan viloyati Çust şahrida tavallud topgan. “Lafz”, “Sönggi iltijo”, “Boyvaçça bolaning sarguzaştlari”, “Qaldirğoçlar qaytişdi”, “Akasining ukasi” singari qissa va hikoyalar, xotira-yodnoma kitoblari çop etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

2024/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)