15 daqiqada öqiladi

98 marta körilgan

Hamişa navqiron minbar

Birinçi boş muharrir saboqlari

“Yoşlik” isteʼdodli şoir va yozuvçilarni kaşf etişi barobarida hozirgi adabiy jarayon haqida tadqiqot olib borayotgan yoşlar uçun ham hamişa yöl oçib keladi. Yoş munaqqidlarning ada­biy-tahliliy qaraşlarini ifodalab keladi. Bu borada, albatta, ustoz-olimlarning ham mağzi töq maqolalari naşrga özgaça husn baxş etadi. Binobarin, unda naşr qilingan adabiy materiallarni uç aspektda amalga oşirilganligi kuzatiladi. 1. Özbek mumtoz adabiyotiga doir tadqiqotlar. 2. Yangi özbek adabiyoti yönalişidagi işlar.
3. Hozirgi adabiy jarayon masalalari. Bu jihatdan jurnalning “Tadqiqot” rukni boy material bera oladi.

  

Özbek mumtoz adabiyotiga doir tadqiqotlar

“Yoşlik”ning 2023-yil 2-sonida filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadovning “Rost qilğaysen eʼtiqodingni…” maqolasi örin olgan. Unda şoh-şoir Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy yöliga yana bir bor nazar taşlangan va
uning 20 ga yaqin masnaviysi orasidan biri tanlanib, tahlilga tortilgan. Olim şoirning “Bir keça xotirim muşavvaş erdi” misrasi bilan boşlanuvçi masnaviy­sini ruhiy kamolot yölidagi solik – lirik qahramonning ranj-u iztiroblari, öy-keçinmalari, orzu-umidlarini yanada teranroq kaşf etişga imkon berişi bilan boşqa masnaviy­laridan yaqqol ajralib turişini alohida taʼkidlaydi. Munaqqid 72 baytdan iborat mazkur şeʼr aruzning nihoyat murakkab bölgan hafifi maxbun va abtar vaznida yozilganli­giga diqqat qaratadi. Bobur masnaviysida ham bu olamning ranj-u zahmatlarini köp körgan, hayotning aççiq-çuçugini “xöb” totgan, ğam-anduhdan yuragi zada bölgan “miskin” kişining hasrat-u alamlari öta taʼsirçan bir tarzda ifoda etilganligi tasavvuf adabiyoti terminlariga tayangan holda yoritib berilgan. Bundan taşqari, misralarda keltirilgan pok ruh va havoyi nafs tuşunçalari masalasiga töxtaladi. Ruh pok gavhardan yaratilgani uçun uning mohiyati vahdat, yaʼni birlikdan iborat ekanligi, nafsning tamali kasrat, yaʼni köplik bölgani uçun mumtoz adabiyotda u ruh bilan hamişa ziddiyatda tasvirlanişiga doir öz munosabatini bildiradi. Olim maqola söngida: “Bobur masnaviysida öz mohiyatini ang­laş sari borayotgan malomat maslagidagi komil insonning öy-keçinmalarini badiiy ifodalagan”, – degan  muhim ilmiy xulosaga keladi. Mazkur masnaviyni atrofliça tahlil etiş orqali şoh-şoir Boburning şaxsiyati va tarjimayi holi haqida kengroq maʼlumot berişga, adabiyotşunoslikda Bobur va malomatiyya maslagi, Bobur va naqşbandiya tariqati ğoyalari masalalariga atrofliça baho berişga erişilgan. Binobarin, uşbu möjaz tadqiqot keng kitobxonlar ommasi uçun tuşunarli hamda ilmiy-nazariy xulosa­lari bilan diqqatga molikdir.

“Yoşlik”ning 2023-yil 11-12-sonlarida  filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jöraqulovning “Abror yöli hayratlari” maqolasi berilgan. Unda hazrat Navoiyning uluğ “Xamsa”si, xususan, “Hayrat ul-abror” dostoni haqida yangiça tahlillar aks etgan. Olim dastavval “abror” söziga izoh beradi va mutafakkir Navoiy “abror” sifati ostida odam va olam, başariy hayot mohiyatini anglagan komil şaxs fenomenini talqin etganligini taʼkidlaydi: “Lönda qilib aytganda, – deydi olim, – “Xamsa” qahramonlarining barçasi komillik “yöl”i böylab, Alloh visoli tomon intilar ekan, “abror” maqomini oliy maqsad deb biladi”.      Darhaqiqat, maqolaning boşidan oxiriga qadar  “Hayrat ul-abror” va örni bilan “Xamsa” qahramonlari tahlil etilgan. Olim abror yöli hayratlarini absurd tuşunçasi bilan boğlaydi. Olim absurd – hayotning maʼnisizligi, mantiqsizligi, yaşaşga arzimasligi haqidagi keçinma, tuyğu yoki fikr-qaraşlar jamlanmasi ekanligiga diqqatni qaratadi. Maqola davomida Uzoq Jöraqulovning u haqdagi mulohazalari tadrijiylik asosida boşqa tomonga evriladi: yaʼni, hayot maʼnisizlar, maʼnisiz yaşaganlar uçun maʼnisizdir. Olimning eʼtirofiça, uning bunday xulosaga kelişi buyuk yozuvçi Lev Tolstoyning “Iqrornoma” asaridagi boqiy hikmatlar bilan uzviy boğliq.

Xullas, maqolada hikoya janri va takomili, biografik metod mohiyati, epos hamda uning spetsifikasi, dunyo adabiyotining “katta ada­biyot” vakillari, ijodkor “men”i, asl şoirlar va şeʼr yöli xususida ham söz boradiki, bu mulohazalar hozirgi adabiy jarayon, qolaversa, özbek va jahon adabiyotiga xos qaraşlarni omuxta örganiş hamda talqin qilişda jonboz­lik körsatayotgan adabiyotşunos olimning xolis bahosidir.

Binobarin, uning: “Adabiy janrlar tarixi şuni körsatadiki, özga adabiyotlardan kirib kelayotgan har qanday adabiy janr özlaştiruvçi millat adabiyotiga singib ketişi uçun uşbu adabiy-tarixiy jarayon anʼanalari – folklor, adabiyot tarixi va zamonaviy adabiyot elementlari bilan diffuziya jarayonini boşdan keçiradi. Buningsiz “begona” janrning özla­şişi, milliy mohiyat kasb etişi qiyin böladi”, – singari ilmiy-nazariy xulosalari adabiyotda tur va janrlar bilan boğliq masalalarga ham töğri yondaşa olganligini körsatadi.

Yangi özbek adabiyoti muam­molari haqidagi maqolalar

Jurnalning 2023-yil 6-sonida yoş olim Munisjon Hakimovning “Avval Vatan, keyin jon!..” maqolasi berilgan. Unda Özbekiston xalq şoiri Jamol Kamol ijodiga nazar taşlangan. Tadqiqotçi şoir ijodiy olamining öziga xosligi, mavzularining keng qamrovli ekanligini
uning badiiy tafakkuri bilan boğlab talqin etadi. Şoirning Vatan, tabiat, sadoqat, mehr-muhabbat, maʼrifat, adolat, döstlik, ota-ona, halollik, diyonat kabi ezgulikka, taraqqiyotga, kuraşçanlikka çorlovçi köplab mavzularda qalam tebratganligi uning tasavvur olami geografiyasi ham sarhadsiz bölganligiga urğu berilgan.

Şoir şeʼriyatida Vatan, millat boş mavzulardandir. Uning bu mavzuda “goh faxrlanib, goh kuyinib, goh hayratlanib, goh muşohada yuritib qalam tebratganligi” bir qança misollar yordamida dalillanadi. Jamol Kamolning Vatan mavzusida yozilgan dastlabki şeʼrlariga xos xususiyatlar aniqlangan. Tadqiqotga köra, bu bitiklarda yoş yigitning tuğilgan yurtiga nisbatan hayrati ifodalangan. Uning keyingi asarlarida esa lirik qahramonning tasavvuri boyiganligi, “Vatan” söziga yanada kengroq maʼnolarni yuklaganligi taʼkidlangan.     

Xulosa qilganda, maqolada Jamol Kamol ijodini kuzatgan öquvçi unda Vatan mavzusi yetakçi mavzulardan ekanligiga amin bölişi taʼkidlanadi. Ijodkor bu mavzuda turli janrlarda qalam tebratganligi ilmiy asoslangan. Şoir dastlabki şeʼrlarida Vatan va uning tabiatidan hayratlaniş kuzatilsa, keyingi davrlariga xos şeʼrlarda mavzuga falsafiy muşohada yuri­tiş bilan yondaşilganligi muhim xususiyat sifatida körsatilgan. 

Jurnalning 2023-yil 7-sonida yoş tadqiqotçi Otabek Safarovning “Şukur Xolmirzayevning yoşligi” nomli maqolasi eʼlon qilingan. Portret-maqola xarakterida bölgan uşbu jajji tadqiqot adib hayoti va ijodini çuqur örganişga kirişgan bölajak adabiyotşunos olim tomonidan yozilganligi bilan ham diqqatga molikdir. Maqola “Rostgöy Şukur”, “Kitob­xon Şukur”, “Talabçan Şukur” kabi qismlardan taşkil topgan bölib, uning har birida adib umrining maʼlum bir yillari yoritilgan. Dastlab “Rostgöy Şukur” sarlavhasi ostida berilgan qismda keltirilişiça, Şukur Xolmirzayev yoşligidanoq rostgöy, haqiqatparast bölgan. Adib hayoti mobaynida haqiqatni aytiş lozim bölgan joyda sukut saqlamaydigan, yolğon bilan kelişmaydigan insonga aylanişi uçun bir turtki bölganligini, insoniy munosabatlardagi rost-yolğon tuşunçalarini keyinçalik ijodiy tamoyil sifatida qabul qilganligini taʼkidlaydi. “Kitobxon Şukur” sarlavhasi ostida nosirni katta yozuvçi sifatida kamol toptirgan omillardan biri uning kitobxonligi ekanligi; bolaligidanoq uning xalq oğzaki ijodiga, xususan, ertak, afsona, doston va aşulalarga qizi­qişi bölakça bölganligi tilga olinadi. Qiziği, Şukur Xolmirzayev bolaligida nafaqat özi köp kitob öqiganligi, balki tengdoş-jöralaridan ham buni talab qilganligini tadqiqotçining örganişlariga tayanib bilib olamiz. “Talabçan Şukur”da esa adibning yoşligidanoq ijodga juda katta masʼuliyat bilan qaraganligi, nomiga yozişni öziga or deb bilganidan asar ustida tinimsiz işlagani hayotiy misollar orqali dalillangan. Yozuvçining ijodga, badiiy sözga masʼuliyat bilan yondaşganligi  qalamkaşlarga saboq bölişi taʼkidlangan.

Xulosa şuki, yoş tadqiqotçining bu maqolasi taniqli adib Şukur Xolmirzayev ada­biy-ijodiy portretini yaratişda muhim örin tutadi. Uning bolaligi, talabalik yillari, kitobga muhabbati, umuman olganda, öziga xos ijodiy laboratoriyasi xususida maʼlum bir bilimlarni ulaşgan Otabek Safarovning ilmiy izlanişlari adabiyotimiz xazinasi uçun bebaho manba bölib xizmat qiladi.

Jurnalning 2023-yil 8-sonida filologiya fanlari doktori, professor Yaşar Qosimning “Özbegim” möjizasi” maqolasi eʼlon qilingan. Uning ibtidosida  XX asr özbek şeʼriyatining ikki zabardast vakili: Erkin Vohidov hamda Abdulla Oripov ijodi masalasida bahs yuritilgan. Yangi özbek şeʼriyatida Vatan konsepsiyasining, falsafasining tubdan yangilanişida ikki şoir asarlarining, xususan, ularning mumtoz va şohona şeʼrlari – “Özbegim” (1968) va “Özbekiston Vatanim manim” (1969) qasidalarining alohida örni borligi xususida fikr yuri­tilgan. Şeʼriyatimizda milliy ruhning ösişida, Vatan obrazini yangiça maʼnaviy-axloqiy nuqtayi nazardan yaratişda mazkur asarlar­ning ahamiyati mislsiz darajada katta ekanligi qayd etilgan. Bizningça, adabiyotşunosning: “Özbegim” va “Özbekis­ton Vatanim manim” şeʼrlari nafaqat bir şoirning, yoki avlodning, balki erk va istiqlol işqida yonayotgan butun boşli millatning orzumand Vatan qöşiqla­riday tuğilgandi. “Özbegim” 1966-yil Toşkent zilzilasining oqibatlarini qahramonlarça yenggan jasur va zahmatkaş özbek xalqi yangi tarixining va taqdirining ğolibona madhiyasi edi”, – deya bergan bahosi adabiyotimizda ada­biy voqea bölgan bu ikki şeʼrning qimmati neçoğli yuksak ekanligini körsatib turadi.

Maqola davomida esa biz eng köp mulohazalar şoir Erkin Vohidov jasorati hamda uning “Özbegim” qasidasi atrofida keçganiga guvoh bölamiz. Olim “Qurʼoni Karim”, “Alpo­miş”, “Devon”, “Aruz”, “Ğazal”, “Xalq maqomlari” singari muqaddas va mumtoz kitoblar, mumtoz badiiy ijod namunalari rosa qirq yil mobaynida taqiqlangan va taʼqib qilingan bir muhitda “Yoşlik” devonining paydo bölişini çinakam estetik “inqilob” deb baholaydi. Binobarin, Yaşar Qosim “Yoşlik” devonining 60-yillarda röyobga çiqişi sobiq sovet adabiy mafkuraviy tizimini çöktiriş, sotsialistik realizm mifini yöqqa çiqarişda oldinga taşlangan hal qiluvçi qadamlardan biri bölganini töğri eʼtirof etadi. Muallifning asosiy maqsadi, faqat ötmişnigina nazm ipiga tiziş emas, aksinça, biz yaşab turgan bu kunning qiyofa­sini va mohiyatini oçib berişdan iborat ekanligini ham aytişdan iborat.  Ayniqsa, uning: “Lek Navoiydek bobom bor” satri yangi poetik davrning muhtaşam badiiy manifesti bölgan “Özbegim”ning leytmotivi edi va ötgan asr­ning eng uluğ şeʼrlaridan biri xuddi mana şu zabardast misraning yelkalarida qad kötarib turgandi!..” kabi xulosalari maqolaning badiiy qimmatini yanada oşirgan.

Xulosa örnida aytiş lozimki, munaqqid uşbu adabiy-tanqidiy maqolasi orqali öz davrida amalga oşirilgan, ammo kutilmagan maʼnaviy jasorat – “Özbegim” qasidasining millat taqdiri ifodasi sifatida maydonga çiqqanligini dalillaydi. Öz örnida, adabiyotga daxldor, masʼul şaxs sifatida ilmiy mulohazalarini bildirib, uni xolis baholaydi.

Hozirgi adabiy jarayon haqidagi maqolalar

“Yoşlik” jurnalining 2023-yil 1-soni, “Tadqiqot” rukni ostida yoş olima Dildora Bahriddinovaning “Fikrlayotgan inson iztirobi” nomli maqolasi eʼlon qilingan bölib, unda doston janrining yangi va yaxşi namunasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda adabiyotşunos olim, munaqqid, tarjimon, yozuvçi va şoir sifatida barakali ijod qilayotgan Uluğbek Hamdamning “Yangi inson” dostoni tahlilga tortilgan.

Maqola avvalida adabiyotning boş mavzusi inson va uning taqdiri masalasi ekanligi; hatto insonga tabiatan anglab yetilmas murak­kablik sifatida qaragan Alişer Navoiy “Mahbub ul-qulub” dostonida “Odam şarif ul-kavnayndur”, yaʼni inson ikki dunyoning eng şarif va aziz maxluqidir degan sözlarni keltirganligi qayd etilgan. Dostonda boş qahramon – yangi insonning millati, rang-röyi tasvirlanmaganligi, qolaversa, uning ismsizligi qiyofasizlaşayotgan bugungi insonga işora qilişini aytarkan, asar davrimizning maʼnaviy ehtiyoji ölaroq dunyoga kelganligini asoslaşga kirişadi. Uning: “Yangi inson”da biz ming yillar davomida tafakkurimizda muqimlaşgan yaratuvçan şaxsni emas, isteʼmolçiga aylangan insonni köramiz. Bugun ideallar örnini isteʼmolçilik kayfiyati egallagan. Ilgari ruhoniyat-maʼnaviyat bilan boğliq jihatlar uluğlanardi. Inson moddiy borliqdan köra ideal borliqqa köproq işonar, bu ilohiy-ruhiy olamdan öziga yupanç topardi. Keyinroq insonga ruhiy mavjudot sifatida emas, tabiat farzandi – biologik mavjudot sifatida qaraş natijasida ilohiylik, ruhiy masalalar inkor qilinganligi bois aynan şu nuqtada başariyat yölini yöqotdi” kabi dadil qaraşlari dostonning asl mohiyatini oçişda muhim yönaliş vazifasini ötagan. Şuningdek, maqolada “Adabiyotşunoslik luğati” (D.Quronov va boşqalar), olmon psixoanalitigi Ye.Frommning isteʼmolçiga aylangan insoniyat haqidagi fikrlari, O.Toffler­ning “Uçinçi tölqin” maqolasiga murojaat qilinganki, bu olimaning dunyo psixologiyasi yönalişidagi işlardan yaxşigina xabardorligini körsatadi. Qolaversa, bu sahifalar maqolaning ilmiy qimmatini yanada oşirişga xizmat qilgan. Yana şaxsning degradatsiyalaşuvi (qiyofasizlaşuvi), isteʼmolçilik psixologiyasi kabi terminlarning qöllanilişi maqolaning öqişliligini oşirgan, va albatta, dostonga qiziqişni kuçaytirgan.

Xullas, uşbu taqriz-maqolani hozirgi adabiy jarayonda yaratilgan “Yangi inson” dostoniga berilgan xolis mulohazalar jamlanmasi, deyiş mumkin.

Naşrning 2023-yil 4-sonida  Akram Toşpölatovning “Nozik didli munaqqid” nomli adabiy-tanqidiy maqolasi berilgan. Unda munaqqidlikning vazifasi va masʼuliyati  xususida söz borgan. Dastlab Ozod Şarafiddinovning “Tanqidçilik kasbi haqida” kitobida  tilga olingan tanqidçilarga oid uç xususiyat keltirib ötilgan. Ozod Şarafiddinov salaflari qatorida bölgan isteʼdodli munaqqid Ilhom Hasanovning şu uç xususiyatga ega ekanligiga urğu berilgan. Söngra adib Asqad Muxtor ijodiga oid ançagina mulohazalar bildirilgan. Davomidan maqola boşida ham tilga olingan Nuriddin Şukurov (Ilhom Hasanovning ustozi)ning Aasqad Muxtorga munosabati bildirilgan. Binobarin, adabiy-tanqidiy maqoladagi bunday izçil tarzda tartiblanmagan maʼlumotlar kitobxonni bir qadar çalğib ketişi uçun yöl oçadi, bizningça.

Maqolaning davomi bilan tanişar ekanmiz, uning sekin-asta asl mohiyat tomon yuzlanganini anglay boramiz. Olim Ilhom Hasanovning Asqad Muxtor şeʼriyati tadqiqini şoir lirikasi ruhini anglaşdan boşlaganiga eʼtibor qaratgan. Ilhom Hasanovdagi hissiy iqtidor intellektual şeʼriyatning tarğibotçisi, nozik didli kaşfiyotçisi sifatida uni tarix zarvaraqlariga muhrlab qöyganligini qator misollar  yordamida dalillagan. Asqad Muxtor­ning “Buxoroning jin köçalari” qissasini zör mahorat bilan tadqiq etganligi asosli tahlillar yordamida dalillangan. Bundan taşqari, uning Murod Muhammad Döst, Toğay Murod, Tohir Malik, Xayriddin Sulton, Nodir Normatov va boşqalar ijodidagi öziga xosliklar, yutuq va kamçiliklarni yetuk dunyoqaraşga ega, professional munaqqid nigohi bilan köra olganligi şu ijodkorlar asarlari haqidagi mulohazalar vositasida yoritilgan. Xulosa şuki, Akrom Toşpölatovning “Nozik didli munaqqid” nomli adabiy-tanqidiy maqolasi hozirgi adabiy jara­yonning munaqqidlar tomonidan örganilişi nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga molikdir. Undagi umumlaşma fikrlar tanqidçilarning badiiy asarlar tadqiqida öziga xos örni, mavqei borligini körsatadi.

Jurnalning 2023-yil 5-sonida Oybarçin Abdulhakimovaning “Hikoyaçilikdagi umidbaxş qadamlar” nomli maqolasi berilgan. Uşbu adabiy-tanqidiy fikrlar obzor maqola tarzida yozilgan. Bunday tarzda umumlaşma xarakter kasb etuvçi xulosalarni beriş olimdan yuksak mahoratni talab etadi. Binobarin, obzor xususiyatiga ega maqola yoziş uçun adabi­yotşunosdan dunyo adabiyotini yaxşi bilişi, zamonaviy yönaliş tamoyillaridan xabardor bölişi, yozuvçi-şoirlar ijodini muntazam kuzatişi, va albatta, öz adabiyoti tarixi hamda adabiy jarayonini mukammal bilişi talab etiladi. Oybarçin Abdulhakimovaning kuzatişlarida şu fazilat közga taşlanadi. U bugungi yoşlar hikoyaçiligining janrning öziga xos badiiy mezonlariga muvofiq kelişi, undan çekinilgan örinlar haqida fikr yuritadi. 2022-yilda “Birinçi kitobim” rukni ostida çop etilgan hamda Şukur Xolmirzayev nomidagi xalqaro hikoyalar tanlovi töplamiga kirgan kiçik nasr namunalari misolida ana şu savollarga javob topişga harakat qiladi. Bu jihatdan ikki nafar ijodkor: Maʼmura Törayevaning “Bitiruv keçasi” hamda Navröza Muhammadxöjayevaning “Qöşiq” hikoyalar töplamlari tahlil etilgan. Olimaning taʼkidlaşiça, yoş yozuvçining 19 ta hikoyasi mavjud bölib, unda ayriliq va ölim motivlari ustunlik qilişi uning bir qança hikoyalari misolida oçib berilgan. Adiba­ning anʼanaviy hikoyaçilik yölidan borayotganligi va unda Çingiz Aytmatovga yaqqol izdoşlik sezilişi taʼkidlangan.

Olima yoş hikoyanavis Navröza Muhammadxöjayevaning hikoyalarini tahlilga tortarkan, badiiy şakl va ifoda uslubi, tasvir prinsipi va mazmun-mohiyati, qahramonlari bilan yangiça yönalişdan borganligiga urğu beradi. Töplamga kirgan oltita hikoyaning ham ayriçalik xususiyatlarini sanab ötadi. Şu bilan birga, 2022-yil birinçi marta Şukur Xolmirzayev nomidagi xalqaro hikoyalar tanlovi ötkazilganligi, unga qirq tört hikoya tanlab olin­ganligi quvonarli hol ekanligiga eʼtibor qaratadi. Töplamda keltirilgan Risolat Haydarovaning “Qurbon hayiti”, A.Irisovning “Osmon yiğlagan kun”, “Ikkinçi öğil”, Fozil Jabbo­rovning “Juma” hikoyalarini keng tahlil qiladi. “Orzu va dengiz” nomli nasrdagi navqironlar heştegi ostida naşr etilgan hikoyalar töplami ham mazkur janrning öziga xos namunalarini jamlaganligini tilga oladi. Undagi hikoyalar badiiy tasvirning tiniqligi, uslubiy öziga xosligi, mualliflarning kitobxonga aytadigan öz sözi borligi jihatidan tahsinga loyiqligiga diqqat qaratadi.

Xulosa qilib aytganda, uşbu obzor-maqolada badiiy nasrning eng ixçam va nisbatan tezkor janri hisoblangan hikoyaçilikning öziga xos rivojlaniş jarayonlari körsatilgan. Yoş nosirlarning asarlari badiiylik mezonlari ta­moyillari böyiça xolis baholangan. 

Naşrning 2023-yil sentyabr-oktyabr oyi sonida eʼlon qilingan  Şomirza Turdimov va Abdukamol Abdujalilovning “Köngil iqlimiga sayr…” maqolasi bir qança kiçik-kiçik qismlarga ajratilgan. Unda şoir Faxriyorning nafaqat SÖZga, sözdagi har bir tovuşga, tovuşning şakliy ifodasiga, ohang-u rangi, hidiga ham turli maʼnolar yuklaşi xususida mulohazalar yuritilgan.

Birinçi qismga “Tuş tili, huş tili, quş tili…” sarlavhasining berilişiyoq kitobxonda qiziqiş uyğotadi. Şu asnoda, öqilgani sari bu terminlarning maʼnosi oçila boradi. Ularning har biriga ramziy mohiyat yuklangani oşkor böladi. Ikki adabiyotşunosning: “Şoir aslida bizdan – huşdagi odamlardan farqli ravişda huş kodlarini tuş kabi yeçib, obrazga evirib, badiiy libos kiydirib tahlil beruvçi ŞAXSdir. Taʼbir joiz bölsa aytiş mumkinki, bugun mo­dern adabiyot deb nomlanayotgan adabiyot vakili huş tilini tuş tiliga uyğun badiiy tafakkur tarzidan quş tiliga ötkazib beruvçi ijodkordir. Faxriyor mansub avlodning badiiy tafakkur mezonlari ana şu ölçamda özini körsatadi…” kabi xulosalari Faxriyorning modern şeʼriyatiga berilgan yuksak eʼtirofdir.

Keyingi “Erkka ixtisoslaşgan şoir” qismida Faxriyorning “Oy haqida rivoyat” şeʼrining mazmun-mohiyati oçilgan. Örni bilan hazrat Navoiy ijodiga murojaat qilingan hamda folklor motivlariga köra keng qamrovli tahlil olib borilgan. Unda Humo quşining erk ramzi ekanligi, şu quşning tutumi, taqdiri xalq afsona va rivoyatlariga asoslanib yoritilgan. Maqolada kitobxonning diqqati bir nuqtaga qaratiladi: “Yaʼni Faxriyor şeʼrining söngi nega bu tarzda yakun topdi? Şoir bu bilan nima demoqçi? Nega patlari çarxlangan humo oyboltaga evrildi? Balki avval-boşda ERK timsoli bölgan HUMO şu sabab OYBOL­TAga aylanib, öz bolalarini xotirasidan judo qilavergaç, uyatdan osmonga OY bölib çiqib ketdimikan?.. Hamma ham bu şeʼr mohiyatiga yeta olmaydi. Ammo intellektual tafakkur yurita oladigan, tarixni örgangan, milliy özlikni anglagan, dunyoqaraşi özgaça zukko kitob­xon uçun bu savollarga javob topiş qiyin keçmaydi”.

Sönggi “Iymon va taslimiyat” qismida esa özbek modern adabiyotini Ğarb modernçilarining kölankasi sifatida yuzaki baholaş urf bölganligi; aslida – XIX asr oxiri, XX asr boşlari hamda ikki Jahon uruşi voqeligining mevasi bölmiş Ğarb modernçilari özigaça bölgan adabiy-estetik qaraşlar, diniy-falsafiy taʼlimotlar va barça ezgu insonparvar ğo­yalarni inkor qiliş asosida butunlay yangiça bir sanʼat – adabiyot yaratişni daʼvo qilib çiqqanliklari borasida mulohaza yuiritiladi. Ötgan asrning 90-yillarida adabiyotga kirib kelgan avlod: Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Halima Ahmad, Bahrom Rözimuhammad, Eşqobil Şukur, Aziz Said, Vafo Fayzulloh, Salim Aşurlarning ijod namunalari bunga asos sifatida körsatiladi. 90-yillar avlodining boş maqsadi  xotira “oçlig”iga davo izlaş, suyak suruvçi kodlarni tiklaş, xalqni uyqudan uyğotişga xizmat qiliş bölgani Faxriyor misralari orqali dalillanadi.

Xulosa qilib aytiş mumkinki, uşbu ada­biy-tanqidiy maqola, nafaqat, modern şeʼriyat ustasi Faxriyor ijodi, balki 90-yillar özbek şeʼriyatining taraqqiyot tamoyillari, undagi yangiça qaraşlar, turfa yondaşuvlar, şakl va mazmun özgarişlari xususida umumiy xulosa bera olganligi bilan ham diqqatga molikdir. Ayni şu sabab bu davr şeʼriyatini butunlay yangiça talqinda tadqiq qiliş, örganiş, oçilmagan jihatlarini kaşf qiliş bugungi kun adabiyotşunosligining eng asosiy vazifalaridandir.

Yuqorida tahlil etganimiz adabiy çiqişlar turli mavzulardan bahs etişi, badiiy tafakkur qirralarini yoritişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, janriy jihatdan maqola, taqriz-maqola, portret-maqola, adabiy-tanqidiy maqola, obzor-maqola singari xilma-xil köri­nişlarda ilmiy qaraş, tahlillar ifoda etilganki, bu ham adabiyotşunosligimizning bugungi qiyofasini körsatib turadi.

Dilrabo Quvvatova,

BuxDU professori, f.f.d. (DSc).

Nafosat Öroqova,

BuxDU dotsenti, (PhD)

 

2024/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…