(Hikoya)
1
Lubnon şimolida, Kadaş vodiysiga yaqin toğ yonbağrida toşdan qurilgan bir xaroba kulba bor; unda serğalva odamlardan uzoqlaşib, yolğizlikka, uzlatga çekingan, öttiz yoşlardagi donişmand darveş Yusuf al-Faxriy yaşaydi. Tevarak-atrofdagi qişloqlarda yaşovçi odamlar bu darveşning kimligini, qanday odamligini bilolmay hayronlikda qolgan. Baʼzilar aytadiki: “Bu darveş boy-badavlat, nasl-nasabli oiladan. Sevgilisi bevafolik qilgani uçun dunyo işlarini tark etib, yolğizlikdan orom izlaydi”. Boşqalar fikriça: “U – şoir, xayolparast, dunyo ğalvalaridan, xarxaşalaridan uzoqlaşib, öz fikr va tuyğularini şeʼr qilib qoğozga tökadi”. Yana baʼzilar aytişiça: “U – zohid, pokdomon söfiy, dunyo hayotidan yuz ögirib, tariqatga berilgan”. Baʼzilar nazarida esa u – Majnun.
Men bu fikrlarning birontasiga işonmay, özimça: “Inson qalbi, ruhiy olami naqadar sir-sinoatlarga boy, turli gumon va taxminlar bilan sirlarning tagiga yetolmaymiz”, deya öyladim.
Ammo şu odam bilan körişib, suhbatlar qurişni orziqib kutardim.
Ikki marta unga duç kelib, qanday yaşaşini, könglida qanday niyatlari borligini bilişga qiziqdim. Ammo u mening savolimga sovuq qaraş-u bir-ikki söz bilan mensimaygina javob qaytardi.
Birinçi marta uni emanzor örmonçada uçratdim va odob, tavozeʼ bilan salom berdim. U salomimga faqat boş irğab alik oldi va şoşib uzoqlaşdi.
Boşqa safar uni toş kulba yaqinidagi uzumzorda körib, yaqiniga bordim va söradim:
– Eşitişimça, bu hujrani ön törtinçi asrda nasroniylar qurgan ekanlar, hazratim, siz bu haqda nimalarni bilasiz?
Darveş qöpol javob qildi:
– Hujraning qaçon qurilganini bilmayman, bilişni ham istamayman. Menga buning ahamiyati yöq. Bunga qiziqsang, katta onangdan söra, ehtimol, bu vodiy tarixini u yaxşi bilar.
Bu sözlardan xijolat bölib, uzoqlaşdim, öz holimdan uyalib ketdim.
Oradan ikki yil ötdi hamki, bu odamni, uning sirli olamini bilişga qiziqişim tobora ortib borardi.
2
Kuz kunlarining birida toğ yonbağridagi maysazor qirlarda aylanib yurgan edim, tösatdan böron turib, jala quya boşladi. Men göyo dengiz örtasida şafqatsiz böronda qolgan, ruli sinib, yelkanlari yirtilib, paçoqlanayotgan kemaning ahvoliga tuşdim. Darveşning hujrasi tomonga yugurdim. Böronda qolganim, jalada şalabbo bölganim ul zot bilan tanişuvimga uzrli bahona bölsa kerak, deb öyladim.
Hujraga ust-boşim ivib, bir ahvolda yetib bordim. Endigina eşikni taqillatmoqçi edim, dala tarafdan darveş kelib qoldi – uning qölida qanotlari qayrilgan, patlari hurpaygan, yuragi qinidan çiqquday tipirçilayotgan quşça bor edi. Salomdan söng:
– Bezovta qilganim uçun maʼzur tuting, hazratim, böron, jalada qoldim, uyim bu yerdan olisda, – dedim.
Darveş qoşlarini çimirib, menga qattiq tikildi va yana qöpollik bilan:
– Atrofda juda köp ungurlar va ğorlar bor, birontasiga berkiniş mumkin edi, – dedi.
U şunday der ekan, qölidagi ojiz quşçaning boşini şu qadar mehribonlik, hamdardlik bilan silardiki, odamda bir vaqtning özida ham qahr, ham mehr bölişi mumkinligidan lol qoldim. Öylarimni uqqanday, darveş yuzimga sinçkovlik bilan tikildi va kinoya qildi:
– Böron açigan taomni yemaydi, undan qörqib qoçişning hojati yöq edi.
Men ham hazil qildim:
– Töğri, böron açigan taomni ham yemaydi, ammo unga höl va sovuqlik yoqarkan, meni yana bir marta tutsa, yamlab yutadi.
Darveşning çehrasi oçildi va:
– Agar böron sening bir parça etingni yesa, izzating oşib ketardi, – dedi.
– Töğri aytasiz, men bunday lazzatga loyiq emasman, deb ostonangizga boş urib keldim.
Darveş tabassumini yaşiriş uçun yuzini ögirdi, söng olov yaqiniga qöyilgan toş öçoqqa işora qilib:
– Ötir, kiyimingni quritib ol! – dedi.
Taşakkur aytib, u körsatgan joyga ötirdim. Darveş qarşidagi qoyatoşga yönilgan supaçaga ötirdi, sopol piyoladagi eritilgan yoğdan barmoğining uçida olib, quşçaning qanoti va boşçasiga avaylab surta boşladi. Söng menga qarab:
– Bu mayna böronda qolib qoyaga urilib, huşsiz yotgan ekan, – dedi.
– Öşa şamol meni ham sizning kulbangiz tomon uloqtirdi, lekin qanotlarim singanmi, boşim yorilganmi, hali bilganimça yöq.
Darveş menga diqqat bilan qaradi va:
– Qaniydi, odam quşga sal öxşasa! Qaniydi, böron odamlarning ham qanotini sindirib, boşlarini yorsa! Yöq, odamzod qörqoq, u sal böron tursa, biror ungur yo çuqurga özini urib, yaşirinadi, – dedi.
Suhbatni davom ettiriş uçun fikrimni aytdim:
– Töğri, quşlar baʼzi jihatdan odamlardan afzalroq, quşlarning ayrim fazilatlari odamzodda yöq. Lekin odamlar özlari töqib çiqargan qonun-qoidalarning qafasida yaşaydilar. Quşlar esa Yerning Quyoş atrofida aylanişidek, faqat tabiat qonunlariga amal qiladilar.
Darveşning közlari çaqnadi, çehrasi oçildi, köz oldida munosib şogirdi paydo bölganday edi.
– Tasanno! – dedi u. – Agar özing hozir aytgan sözlaringga işonsang, nopok qonun-qoidalar, bölmağur anʼanalar bilan yaşayotgan odamlarni tark et, ulardan olisroqda, yer-u osmon qonunlari hukm surayotgan joyda yaşagin.
– Işonaman, ustoz, bu sözlarim haqiqat ekaniga işonaman.
Darveş öjarlik va qatʼiyat bilan qölini kötarib, öz fikrini yana taʼkidladi:
– Eʼtiqod, işoniş boşqa, unga amal qilib yaşaş boşqa narsadir. Baʼzi odamlar gapirganda dengizday toşqin, ammo ularning hayoti botqoqqa öxşaydi. Köpçilik odamlarning boşi osmonda, ammo köngillari qoronğu toğ öngirlariday mudrab yotadi.
Şu sözlar bilan darveş şoşib örnidan turdi va mening söz aytişimga hojat yöq, deganday quşçani avaylab, deraza tokçasidagi çopon ustiga qöydi. Quruq şox-şabbalarni öçoqdagi olovga taşlab:
– Poyafzalingni yeç, oyoğingni quritib ol, – dedi. – Rutubat odam uçun zararli. Kiyimingni yaxşilab quritib ol, tortinma.
Olovga yaqinroq bordim, höl çoponimdan buğ kötarila boşladi. Darveş eşik ostonasida turgança, kulba taşqarisida quturayotgan böronni tomoşa qilardi.
Biroz jimlikdan söng söradim:
– Siz bu yerda köpdan beri yaşaysizmi?
U menga qaramay javob berdi:
– Men bu yerga kelganimda Yer yuzi töfon suvi ostida, qoronğulikda qolgan, hammayoq vayrona edi. Suv ustida faqat ilohiy ruhlar parvoz qilardi.
Jim qoldim. Könglimda: “Bu ğalati odam ekan-ku, gaplarini ham tuşuniş qiyin”, der edim. Ammo suhbatni davom ettirişni, darveşning köngil olamida nelar borligini bilişni istardim: “Mayli, u menga osmondan qaramay, xayrixoh bölguniça sabr bilan kutaman”.
3
Tun toğlar uzra qora qanotini yoydi. Şamol yanada kuçaydi. Yomğir çelaklab quyganday avjiga çiqdi. Goho butun borliqni suv bosadiganday, ikkinçi marta olamşumul töfon kelganday edi. Bu töfon göyo Yer yuzidagi turli nopokliklarni yuvib, tozalaş uçun kelganday körinardi. Tabiatning bu ğalayoni Yusuf al-Faxriyning könglida xotirjamlikni kuçaytirdi. U dengiz tölqinlari sohilga urilişini pisand qilmayotgan metin qoyani eslatardi. Könglida menga nisbatan sovuqlik örnini iliqlik egalladi. Ustoz örnidan turib, ikkita şam yoqdi. Söng dasturxon yozib, bir köza may va non, pişloq, asal, quruq mevalar solingan tovoqni qöydi.
– Bor-yöğim şu, birodar. Mehmon böl, şularni baham köraylik, – dedi.
Biz indamay, şamolning uvlaşi va yomğirning yiğlaşiga quloq solib, tanovul qildik. Onda-sonda mezbonning yuziga köz taşlab, könglida qanday maqsad va armonlar borligini bilişga qiziqar edim.
Mezbon dasturxonni yiğiştirib, öçoqdan mis çoynakni oldi va undagi quyuq, xuşböy qahvadan piyolalarga tölatib quydi. Söng çiroyli bir qutiçani olib, atri anqib turgan sigaralarni oçib qöydi.
– Birodar, qani, marhamat, – dedi.
Men ajablangan holatda, közimga işonmaganday, qahva bilan sigarani qölimga oldim.
U könglimdagi taajjubni sezib, boş çayqab, jilmaydi. Söng sigarani tutatib, qahvadan bir höplab:
– Taşlandiq kulbada may, tamaki va qahva bölişi seni hayron qoldirmoqda. Bu yerda şirin taom va yumşoq töşak borligidan ham ajablangandirsan. Hayron qolişing tabiiy, çunki sen ham, köpçilik qatori, odamlar jamoasidan qoçib xilvatga çekingan darveş oddiy hayot noz-neʼmatlaridan ham özini tiyadi, deb öylaysan, – dedi.
– Töğri, – dedim, – biz öylaymizki, dunyo hayotidan voz keçib, öz umrini Xudoyi taolo xizmatiga bağişlovçi odam darveşlarça yaşab, hayot quvonçlari va noz-neʼmatlaridan voz keçib, quruq non, suvga va kökatlarga qanoatlanib yaşaydi.
– Odamlar jamoasida yaşab ham Haq taologa xizmat qilsa bölaveradi, – dedi darveş. – Haq yölga kiriş uçun çöl-u biyobonlarga çiqib, yolğiz yaşaş şart emas. Men otamning uyida ham, boşqa joylarda ham haq yölni topişim mumkin. Odamlar orasidan ketişimning sababi şuki, ularning axloqi va yaşaş tarzi, orzu-havaslari menga töğri kelmaydi, mening xulqim va orzu-havaslarim ham ularga köra ters. Odamlar orasida yaşayotganimda sezdimki, mening hayotim çarxpalagi öngga aylansa, ularning çarxpalagi çapga aylanadi. Şaharni tark etganimning sababi şuki, nazarimda, şahar – katta, yöğon, qari daraxtga öxşaydi, uning ildizlari qoronğu yer qaʼrida çirigan, butoqlari osmonga böy çözgan; gullari – oçofatlik, yovuzlik va jinoyatdir, mevalari – qayğu, kulfat, taşvişlardir. Baʼzi oqillar bu çirigan daraxtga yangi köçat butoğini ulab, uni yaşartirişga urindilar, ammo bu maqsadlariga yetolmay, quvğinga, qamoqlar va xor-zorliklarga uçrab, ölib ketdilar.
U fikrlarimni tuşunyaptimi, deganday menga boqib, öçoqqa yaqinroq surilib, sözida davom etdi:
– Yöq, men faqat toat-ibodat uçun, tarki dunyo uçun xilvatda yaşaşni öylamadim. Ibodat – dil töridan çiquvçi muqaddas navo, nola. Bu nola şaharda ham, ming-ming odamlarning dod-faryodi, şovqin-suroni orasida ham Xudoga yetib boradi. Tarkidunyoçilik, insoniy istak-ehtiyojlarni yöq etiş badanga jabr-zulm qilişdir. Mening eʼtiqodimda tarkidunyoçilikka örin yöq. Çunki Haq taolo inson badanini ruhni saqlovçi maskan, makon qilgan ekan, vujud ham soğlom, pokiza, baquvvat bölişi zarur. U ilohiy ruhni asraşga munosib bölişi kerak. Yöq, birodar, men toat-ibodat uçungina toğ-u toşlarni ixtiyor etganim yöq. Bu yerlarda yolğiz yaşaganimning boisi odamlardan, ularning qonunlaridan, taʼlimotlaridan, rasm-rusumlari, urf-odatlaridan, bölmağur ğoyalaridan, şovqin-suroni, janjal, nizolaridan qutulişga intilganimdir. Köpçilik odamlar köngilning bebaho gavhari bölgan iymonini, vijdonini sotib, evaziga undan qimmati kamroq va ahamiyatsizroq narsalarni qölga kiritişga urinadilar. Bunday odamlarning yuzlarini körmasam deyman.
Ayollarning köpçiligi yuzini, köz-u qoşini böyab, odamlarga tabassum va noz-karaşma qilib, özlarini köz-köz qiladilar, köngillarida faqat pul, mol, dunyoning işqi. Şunday ayollarni körmasam deyman.
Yana baʼzilar, çalasavod bölsalar ham, tuşlarida bilimlarning soyasini körib, menga Xudo barça bilimlarni berdi, deya komil insonlikka daʼvo qilib, haqiqatning bir siniq parçasini oliy haqiqat deb öylaşadi. Bundayin şon-şuhrat izlovçilarni ham körgim kelmaydi.
Yana baʼzilar esa, özlari qöpol-u, lekin xuşmuomalali odamni zaif; sabr-bardoşli, andişali odamni qörqoq; öz qadrini biluvçilarni mutakabbir, deb öylaydilar. Bundaylarga moslaşib yaşaş juda oğir. Boylar, boyvaççalar özlarini şu qadar qudratli deb biladilarki, nazarlarida öz mol-dunyolari bilan quyoşni osmonga çiqaradilar, çöntaklari bilan istagan vaqtlarida quyoşni botişga majbur qiladilar. Baʼzi siyosatçilar esa millatlar, xalqlarning orzu-armonlarini qöğirçoq qilib, nayrangbozliklar qiladilar.
Bular oltin çanglarini puflab, millatning közini kör qiladilar, balandparvoz sözlari bilan xalqning quloğini kar qiladilar. Baʼzi ruhoniylar özlari işonmagan oxiratga qavmlarini işontirmoqçi böladilar, özlariga ravo körmagan maşaqqatlarni qavmlariga ravo köradilar. Men ana şulardan uzoqda yaşaşni istayman.
Bu odamlarning menga “ğamxörlik”lari yuragimni qon, közyoşimni ravon qilgan. Ular rivojlaniş, taraqqiyot, tamaddun deb ataydigan baland va muhtaşam bino begunoh odamlarning boş çanoqlaridan tiklangan. Men bunday taraqqiyotdan nafratlanaman. Nazarimda, faqat odamlardan uzoqda vujud va ruh, til va dil erkin his etadi özini. Mana şu toğ-u toşlarda, kimsasiz daştlarda tinç, osuda hayot, quyoş nuri, gul-çeçaklar ifori, anhor va jilğalarning jildiraşi dilni ravşan qiladi. Baland toğlarda bahor tarovatini, yoz qizğinligini, kuz tökin-soçinligini, qiş sovuqligini aniq his etadi odam. Men şu xaroba kulbada bu dunyo va oxiratning sirlarini tuşunişga intilaman…
Yusuf al-Faxriy yelkasidan toğ ağdarilganday, yengil nafas oldi, közlarida ğalati, sehrli yorqinlik bor edi, çehrasida insoniy ğurur, iroda va kuç-ğayrat aks etardi.
– Haq sözlarni aytdingiz, hojam, – dedim hayajon bilan, – siz zakovatli şifokor kabi jamiyatni qanday kasalliklar adoyi tamom qilayotganini aniq taşxis qildingiz. Lekin şifokorning vazifasi bemorni öz holiga taşlab qöyiş emas-ku?! Dunyo siz kabi şifokorlarga muhtoj, bemorga foydangiz tegişini bila turib, uni tark etiş adolatdan emas-ku?
Darveş bir neça lahza menga diqqat bilan qarab turdi, söng alam va dard bilan sözladi:
– Bu dunyoni ne-ne şifokorlar dardlardan xalos qilişga urindilar, baʼzilar yengilroq dorilar bilan, baʼzilar jarrohlik bilan jamiyatni soğaytirmoqçi böldilar. E, bu mangu bemor, u özining maʼnaviy botqoqlikdan iborat örin-töşagida jim yotsa ekan! Yöq, u körpasi ostidan iflos qöllarini çiqarib, har qanday şifokorni tutib, böğa boşlaydi. Bu makkor bemor özini tuzatmoqçi bölgan ne-ne şifokorlarni öldirib, söng “O, naqadar buyuk inson edi bu şifokor!” deya, uni maqtaşini eşitganimda jonim halqumimga keladi. Yöq, bu bemor jamiyat öz foydasini bilmaydi. Odamlar foydali deb öylagan narsalarning köpçiligi ruh uçun zararlidir. Eng mirişkor, dono dehqon ham qiş faslida taqir dalada heç narsa östirolmaydi.
– Qiş fasli ötadi, hojam; qiş ketidan bahor kelib, borliqni gullatib, yaşnatadi; dala-qirlarda gullar-u çeçaklar oçiladi, vodiylarda soy-u jilğalar şarqirab oqadi…
Darveş qoşlarini çimirdi va xörsindi:
– Qaniydi, Xudo insoniyat hayotini ham tabiat hayoti qonuniyatlariga muvofiq qilib yaratilganini bilsak… Ming yillar ötib, ruh va haqiqat yölidan boruvçi yangi avlodlar kelarmikan? Alloh kunduzi yoruğlik, keçasi orom bergani uçun şukrona aytuvçi, ezgu işlari bilan şon-şuhrat topuvçi odamlar paydo bölarmikin? Qaçon kelarkin bunday zamonlar? Nahotki, bunday mehr-şafqat zamoni kelguniça Yer odamlarning qoniga taşna bölsa?
Darveş örnidan turib, xonada u yoqdan bu yoqqa yurarkan, afsus bilan:
– Bular barçasi xayollar, – dedi. – Bu faqirona kulbada odamiyat muammolarini öylamasdan ham yaşaş mumkin. Bu yerlarda har bir ğor, öngirda, har bir toşda, tepada, toğ va daralarda haqiqat ilmini topiş mumkin. Bu yerda insonday yaşaş, öz mehnating bilan halol rizq topiş, özing yasagan xumda yetilgan uzum şarobini totiş mumkin. Boşqaça aytganda, odamzod bu yerda umrining oxirigaça halol yaşay oladi.
Darveş u yoqdan bu yoqqa yurib sözlarkan, insoniyatni yerga uruvçi bu sözlar zamiridagi alamli maʼnolarni uqişga intilardim.
– Ustoz! Sizning yolğizlikda yaşaşingizni ham, hayotning maʼnosi haqidagi fikr-mulohazalaringizni ham hurmat qilaman. Lekin, fikri ojizimça, siz odamlar orasida yaşasangiz, millatning maʼnaviy uyğonişiga, közi oçilişiga nafingiz tegardi.
Darveş boş çayqab:
– Yöq, bu millatning boşqa millatlardan farqi yöq, – dedi. – Dunyodagi barça odamlarning asl niyat-maqsadlari, tabiati, feʼl-atvorlari bir xil. Ular ust-liboslari bilan bir-biridan farqlanadi, bu esa muhim emas. Şarq millatlari ham, Ğarb millatlari ham taraqqiyotga erişyapmiz, deb özlarini aldaydilar. Aslida şarqliklar ham, ğarbliklar ham munofiq, riyokor, aldoqçi bölib qoldilar. Munofiqlikni, yolğonni har qança çiroyli qilib bezatsalar ham mohiyati özgarmaydi. Yolğonçilar atlas, şoyi liboslar kiyib, saroylarda yaşasalar, rostgöy bölib qolmaydilar. Aldamçilar qatorda[1] yoki havo şarida sayohat qilgani bilan haqgöy bölib qolmaydi. Oçofat odamlar tarozida tortişni yaxşi örganib olsalar, insofli bölib qolmaydilar. Jinoyatçilar zavodda işlaydimi, idorada xizmatçimi – baribir halol odamga aylanmaydi.
Hozirgilarning mol-dunyoga, mansabdorlarga qulligi, ötmişdagi odamlarning qulligi, turli taʼlimotlarga, urf-odatlarga qul böliş, ölib ketgan odamlarga qul böliş – baribir qullik. Bularning barçasi qiyofasini va libosini özgartirgan qullardir. Biz erkin yaşayapmiz, deb yurganlar ham kimlargadir qul bölib yaşaydilar.
Yöq, birodar, Ğarb odami Şarq odamidan özib ketgani yöq. Şarq odami ham Ğarb odamidan orqada qolayotgani yöq. Böri bilan sirtlon örtasida qanday farq bölsa, bularning ham bir-biridan farqi şunday. Biz tuşunmagan ğalati adolat qonunlariga köra, badbaxtlik, jaholat, nodonlik barça xalqlarga teng taqsim qilib berilgan. Bular bir-biriga zulm qilmasa ham öz zolimlari tomonidan eziladi.
Darveşning bu fikrlarini tuşunişga qiynalib qoldim.
– Demak, ustoz, taraqqiyot va u bilan boğliq barça narsalar befoyda ekan-da?
Yusuf al-Faxriy jahl bilan:
– Ha, bu odamlarning taraqqiyot deganlari nayrangdan boşqa narsa emas, – dedi. – Ixtirolar va kaşfiyotlar zerikişdan va dangasalikdan kelib çiqqan aql öyinlaridir. Toğlarni, vodiylarni tekislab, yöllarni yaqin qiliş, dengizlar va toğlarni özgartiriş – juda katta muvaffaqiyat emas, bular odamning ruhini yuksaltirmaydi, közni va köngilni quvontirmaydi. Odamlar turli fanlar va hunarlarni bilib, hayot sirlarini oçyapmiz, deya yanglişadilar. Bu kaşfiyotlari özlari uçun bir kun kelib qafasga aylanişini bilmaydilar. Yer yuzidagi barça orzu, havas, urinişlardan odamzod ruhiga naf yöq, odamzod dunyoda faqat bir narsaga ixlos qöysa, dard çeksa, intilsa arziydi…
– U nima ekan, ustoz? – söradim şoşib.
Darveş biroz sukut saqlab, közlarini yumdi, qöllarini köksiga qöydi, çehrasi yorişdi va mayinlaşdi, söng ovozi titrab:
– Odamzod könglining uyğonişi, – dedi. – Astoydil maʼnaviy uyğoniş esa tahsinga loyiqdir. Öylamay yaşayotgan odam qalbining qoronğuliği ezgu fikr bilan yorişuvi, nurlarga çömilgan, kuy, navolarga kömilgan ruhning uyğonişi zarur. Bu uyğoniş Yer bilan çeksiz Samoni birlaştiruvçi nur ustunining tiklanişiga öxşaydi. Bu – inson qalbini limmo-lim töldirgan mehr-şafqat tuyğusi. Bu tiniq tuyğu tubanliklarga qarşi boş kötaradi, öz yölida qarşi turgan barça yomonliklarni rad etadi, qoralaydi, öz sir-asrorlarini tuşunmaydiganlarga qarşi kuraşadi.
Men jamiyatda, odamlar orasida, oilam, döstlarim, yurtdoşlarim qurşovida yaşagan paytlarimda boyagi vijdon, iymon tuyğusi közimdagi körinmas pardani olib taşladi. Közim oçildi-yu, odamlarga qarab, hayratdan yoqamni uşladim. Yo Rabbiy! Bular kim özi? Bularni qayerda uçratganman, qayerda körganman? Men bularning orasiga qayerdan kelib qoldim? Nima uçun bularning majlislarida va suhbatlarida qatnaşyapman? Men ularning uyida begonamanmi? Yoki ular mening uyimda begonami? Yer yuzi bularning uyimi yoki Yerga kelgindimi bular?
Darveş tösatdan jim bölib qoldi, göyo köngliga xuş kelmagan, gapirişga nomunosib qiyofalar köz öngida soyaday köringandi. Söng u nimagadir qöl siltaganday, ohista xulosa qildi:
– Mana, tört yildirki, men odamlar bilan gavjum olamni tark etdim, mana şu toğ-u toşlarni vatan qildim. Bu yerda odam özini tetik his qiladi, fikrlaşdan, börondan, sukunatdan huzur-halovat topadi.
4
Biz böron uvlaşiga quloq tutib, ohista gaplaşardik. Yusuf al-Faxriy u yoqdan bu yoqqa yurib, eşik oldiga borib, qoronğu olislarga tikilardi. Men darveş ruhining qayoqlarga talpinayotganini bilişga, sözlarining maʼnosini, yolğizlikda topgan huzur-halovati va iztiroblarini tuşunişga harakat qilardim.
Yarim keçada u yaqinimga kelib, meni oxirgi marta körayotganday, qalb sirini oçgan odamning qiyofasini eslab qolmoqçiday, sinçkov tikildi va xayrlaşdi.
– Böronli keçada sayr qilişni xuş köraman, – dedi. – Har yili kuzda va qişda toğ-u daştlarda sayr qilib, könglimni oçaman. Ana, qahva bilan sigara, musallas içging kelsa – közada. Uxlayman desang, burçakda töşak, yostiq bor.
Şunday deb, darveş yaşil çoponiga yaxşilab örandi, söng jilmayib:
– Ertalab ketayotganingda, iltimos, eşikni qattiqroq berkit. Men ertaga kun böyi yonğoqzor örmonda bölaman, – dedi.
Söng eşik oldida turgan uzun hassa – tayoğini oldi va iltifot qildi:
– Agar keyinçalik ham şu atrofda böronda qolsang, mana şu toşkulbaga kelaver. Ammo, umid qilamanki, kelgusida börondan qörqmay, uni yaxşi körib qolasan. Xayrli tun, birodar!
Şunday deya Yusuf al-Faxriy şoşib taşqariga çiqdi.
Men eşik oldiga kelib, uning qoronğulik qaʼrida közdan ğoyib bölganini kördim. Ança vaqtgaça oyoq tovuşlari eşitilib, söng ular ham tindi.
* * *
Tong otdi, böron ötdi. Bulutlar tarqaldi. Quyoş nurlari qoyatoşlarda va yaqin örtadagi örmonzorlarda tovlana boşladi. Men toşkulba eşigini ziç qilib berkitdim. Bu yerni tark etarkanman, könglimda Yusuf al-Faxriy aytgan maʼnaviy uyğonişning bir parçasini olib ketayotganimni his etdim.
Ammo odamlar orasiga qaytib, uyimdagilarni körganimda özimga-özim: “Haq gap, maʼnaviy uyğoniş – odamzod uçun eng munosib, gözal holat, odam ğaflatda yaşamasligi kerak, – dedim. – Lekin odamlar jamiyati, taraqqiyot ham insoniyatning maʼnaviy uyğonişi emasmi? Biz taraqqiyotning borligini qanday inkor qilamiz? Uning borligi aqlga muvofiq emasmi? Ehtimol, hozirgi sivilizatsiya – vaqtinça, ötkinçi hodisadir? Axir, vaqtinça, tasodifiy hodisalar abadiy, oliy haqiqatga eltuvçi zinapoyalar emasmi?”
Şundan keyin Yusuf al-Faxriyni uçratmadim. Kuz oxirida mamlakatda ahvol özgarib, Şimoliy Lubnonni tark etişimga töğri keldi. Men böronlar ölkasidan olis bir mamlakatga borib qoldimki, u yerda böronlar jilovlangan edi; darveşlik, yolğizlikni istaş ham bu yerda jinnilik hisoblanardi.
Jubron Xalil JUBRON
(1883–1931)
XX asr arab adabiyotining yirik vakili, faylasuf va musavvir. U “Közyoş tabassumi”, “Böronlar”, “Payğambar hikmatlari”, “Ohanglar”, “Majnun rivoyatlari” kabi nasriy şeʼrlari – mansuralari, badialari bilan arab adabiyotini yana yangi yuksakliklarga olib çiqqan. Muallifning Iso Masih, Abul-Aʼlo al-Maarriy, Ibn Sino, Ğazzoliy, Ibn al-Faridga bağişlagan badialari jahonning turli tillariga tarjima qilinib, şuhrat topgan.
2024/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


