Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi “Özbekiston naşriyoti” davlat korxonasi direktori Umidjon HAYITOV bilan suhbat
– Umid aka, özingizdan qolar gap yöq, bugun bozori çaqqon adabiyotlar, bestseller kitoblar haqida köp gapirilmoqda. Töğri, taʼkidlaşning ham hojati yöq, aksar kitob dökonlarida yengil-yelpi asarlar turgani bor gap. Lekin, fikrimizça, ommaboplikni bunday qariç bilan ölçamaslik ham kerak. Çunki omma bugun jiddiy mavzularni ham öqiyapti… Siz bu borada qanday fikrdasiz?
– Albatta, har qanday davrda ham kitobxonlarning talab va ehtiyoji özlari yaşab turgan turmuş tarzi va ijtimoiy şaroitlarga, zamonaning insonlar hayotiga körsatajak taʼsiriga, ularning dunyoqaraşi, intiliş va orzu-umidlariga boğliq böladi. Negaki, kitob nafaqat bilim, inson maʼnaviyatini boyitiş manbayi, balki u ayni paytda muayyan davrning va unda yaşayotgan insonlarning bilim va saviyasini, intilişlarini ifodalaydigan, şu bilan birga, unga xos bölgan ijodiy yönalişlar, adabiyotning holatini belgilab beruvçi barometrdir. Şu maʼnoda, davlatimiz rahbarining 2019-yil 23-avgustda taʼlim-tarbiya masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida “Biz ham ergaşuvçi emas, ergaştiruvçi kuçga ega xalq bölişimiz kerak”, degan sözlarini yaxşi eslayman. Hammamiz ham yoşlarimizni, bolalar va ösmirlarni yaxşi kitobga oşno etiş orqali ana şunday çaqiriqqa labbay deb javob berişimiz zamon taqozosi. Zamondoşlar “brendi” esa bugungi qahramonlar ekanligini hammamiz yaxşi bilamiz. Eʼtibor bersangiz, ötgan asrning 60-70-yillarida dunyo adabiyotida romantik-realizm, sevgi-muhabbat mazusidagi asarlar juda köp öqilgan. Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar”, Odil Yoqubovning “Muqaddas”, Pirimqul Qodirovning “Uç ildiz”, “Qadrim”, “Erk”, Mirmuhsinning “Umid”, Ölmas Umarbekovning “Odam böliş qiyin”, Şukur Xolmirzayevning “Ön sakkizga kirmagan kim bor”, Ötkir Hoşimovning “Bahor qaytmaydi” asarlari qahramonlaridek mard va jasur, bir sözli, mehr-muhabbatli bölişni orzu qilib yaşaganlar. Töqsoninçi yillarga kelib, detektiv va sarguzaştlar ommalaşdi. Birgina Tohir Malikning “Şaytanat” asarining 90-yillardagi naşrlari adadidan bu borada xulosa çiqariş mumkin. Bolalar adabiyoti ham doim trendda bölgan naşrlar hisoblanadi. Garçi bugun özbek bolalar adabiyotida muayyan tanqislik közga taşlanayotgan bölsa-da, adadlar masalasida baribir bolalar adabiyoti ilmiy va ijtimoiy naşrlardan ança yuqori örinni egallaydi. Umuman, adabiyotning rivoji, bevosita kitobxonlikning rivojlanişiga, öquvçilarning badiiy didi va ehtiyojiga boğliq böladi. Albatta, öşa paytda ham ilmiy adabiyotlar, publitsistika, turli öquv-metodik naşrlar, ensiklopediyalar ham naşr etilgan. Bu gaplardan muddao şuki, ijtimoiy hayot taraqqiyoti, darajasidan qatʼi nazar, badiiy adabiyotga bölgan qiziqiş sira susaymaydi. Lekin kitob naşr etiş, uning şakli masalasi endi butkul boşqa jihatdir. Yaʼni bugun zamon talabiga köra, kitoblarning qoğoz şakli bilan birga elektron şakli, audiokitoblar ham ommalaşib bormoqda.
Endi yengil-yelpi kitoblar masalasiga kelsak, bugun bozor ulardan, asta-sekinlik bilan bölsa-da, xalos bölib bormoqda. Sababi, bugun respublikamizda 400 dan ortiq naşriyot faoliyat körsatmoqda. Bunday raqobat muhitida faqat yaxşi va sermazmun, sifatli mahsulot işlab çiqargan naşriyotlar yaşab qoladi. Bu bozor iqtisodiyotining boş va heç qaçon özgarmas qonuni. Qolaversa, bugungi kitobxonlar ham keçagi isteʼmolçilar emas. Umuman, menimça, bu ham ötkinçi davr, hozirgi uçqunlarga qarasak, ertaga kitobxonlar soni yanada ösadi, naşriyotlar esa ularning talablariga yaraşa adabiyotlarni yetkazib berişga masʼuldir. Zero, el-u yurtga kitob öqigan, ilmli va mamlakat taraqqiyotiga katta hissa qöşadigan, millat obrösini jahonda öz mavqeyida tutadigan aqlli avlod kerak.
– Qanday mavzudagi kitoblarni köproq çop etmoqdasiz? Tarjima kitoblariga talab kattami yoki milliy adabiyotimizgami?
– Naşriyotimiz har yili 100-150 nomdagi kitoblarni naşr etib, öquvçilar hukmiga havola qilib kelmoqda. Naşr rejamizda badiiy, ilmiy-ommmabop, ijtimoiy-siyosiy, öquv hamda bolalar adabiyotlari, şuningdek, rasmiy naşrlar, kitob-albomlarni öquvçilar qöliga yetkaziş közda tutiladi. Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, ayni paytda bolalar adabiyoti eng muhim yönalişlarimizdan biriga aylangan bölib, naşriyotimiz uşbu yönalişda “Kitobxon bolalar” nomli yangi rukn taşkil etib, mazkur yönalişda bugungi özbek bolalar adabiyoti vakillarining qariyb 70 nomdan ortiq kitoblarini naşrga tayyorlamoqda. Ular orasidan nafaqat özbek tilida ijod qiladigan yozuvçilar, balki respublikamizda yaşab kelayotgan boşqa millat vakillarining bolalar uçun bitilgan eng sara asarlari ham örin olgan. Bu turkumga kiruvçi adabiyotlar 100 nomda böladimi, undan ham köp böladimi, bunisi hali maʼlum emas, çunki bu loyihamiz kelgusi yillarda ham muntazam davom ettirib boriladi.
Bundan taşqari, naşriyotda eʼtiborga molik yana bir yangi turkum “Armuğon” deb atalib, unda har yili tavallud sanalari, yubileylari nişonlanadigan özbek va jahon adabiyotining yirik namoyandalarining asarlari çop etiladi.
“Armuğon” turkumining ilk naşri ötgan yili butun dunyoda 95 yilligi keng nişonlangan atoqli qirğiz adibi, özbek xalqining buyuk dösti Çingiz Aytmatovning 10 jilddan iborat saylanmasi böldi. Uşbu saylanmaning taqdimoti nafaqat respublikamizda, balki Qirğizistonda ötkazildi.
Naşriyot faoliyatida milliy adabiyotga oid kitoblar köpmi yoki tarjima adabiyotlar, degan savolga javob beradigan bölsam, albatta, özimizning milliy adabiyotimiz vakillarining asarlari köp. Şu bilan birga, biz öquvçilarning jahon adabiyotiga bölgan qiziqişlarini ham unutmaganmiz. Şuning uçun naşriyotning 2024-yilgi naşr rejasida Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Niderlandiya, Italiya, Angliya, Kuba kabi davlatlarning atoqli adiblari asarlari, bolalar uçun xitoy, möğul xalqlari ertaklari ham örin oldi. Yana bir narsani aytişni istardimki, biz öquvçilarga ilgari naşr etilmagan va ilk bora özbek tiliga ögirilgan yangi tarjimalarni taqdim etişga alohida eʼtibor bermoqdamiz.
Tarjima asarlar xususida gap borganda, nafaqat boşqa tillardan özbek tiliga ögirilgan asarlar, balki ayni paytda özbek adabiyotini boşqa tillarda tarğib etiş ham naşriyotimizning konseptual rejalaridagi muhim faoliyat bölib bormoqda.
Masalan, ötgan yili ön beşga yaqin bugungi yoş özbek adiblarining hikoyalaridan iborat “Krasnaya yabloko” nomli jamoaviy töplam rus tilida naşr etilib, öquvçilar hukmiga havola etildi.
– Naşriyot mahsuloti bölmiş kitobning asosiy öquvçilari qaysi auditoriyani taşkil etmoqda?
– Kitobxonlarimiz qamrov doirasini aytadigan bölsak, naşriyotimiz barça yoşdagi kitobxonlar uçun qiziqarli bölgan adabiyotlarni çop etişga harakat qilib kelmoqda. Sababi, biz ijodiy jamoamiz bilan bahamjihat bölib har yilgi naşr rejani tuzib olamiz. Söngra barça ijtimoiy qatlam vakillarining maʼnaviy ehtiyojini inobatga olişga harakat qilamiz. Marketologlarimizning bugungi kitob bozoridagi ehtiyojni örganiş asosida bergan tahliliy tavsiyalari ham nazarimizda, albatta.
– Yaqinda naşriyotda “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildligi çop etildi. Uşbu yirik majmuani naşr etişda matbaa nuqtayi nazaridan qanday qiyinçiliklar yoki afzalliklar böldi? Avvalo, uşbu kitoblarni naşrga tayyorlaş jarayoni ham katta mehnat talab qilgandir?
– Bu loyiha muhtaram yurtboşimizning taşabbusi bilan amalga oşirilganini mamnuniyat bilan qayd etiş lozim. Özingiz bilasizki, davlatimiz rahbari 2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengaşining yettinçi sammitida şu ezgu taşabbusni ilgari surgan edilar. Bu ezgu niyat tezda qöllab-quvvatlanib, amalga oşirildi. Bunga biz bir sababçi böldik, xolos. Töğri, bu oson iş emasdi, albatta. Naşr işlaridan xabardor kişi borki, bunday ulkan işni amalga oşirişning neçoğlik qiyin ekanini yaxşi tuşunadi. Hatto bunday katta işni bu jamoa eplolmasa kerak, degan şubhalarga borgan kişilar ham böldi. Uşbu 100 jildlik asarlar majmuasini tayyorlaşda 200 dan ziyod tarjimonlar qatnaşdi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan yana 100 dan ziyod adabiyotşunos va matnşunos olimlar, adiblar, muharrir va rassomlar naşrga tayyorlaş, çop etiş işlariga keng jalb etildi. Naşrni tayyorlaşda biz noşirlar, masʼullar, tarjimonlar hamjihatlikda qariyb olti oy davomida tinim bilmadik, desam, sira mubolağa bölmaydi. Ayniqsa, antologiyalarni tayyorlaş jarayonlarida muayyan qiyinçiliklar yuzaga keldi. Çunki ularga kiritilgan asarlarning deyarli 90 foizini yangi tarjimalar taşkil etgandi. Lekin bu borada yoş tarjimonlarimiz özbek tarjima maktabi hali ham baland maqomda ekanini isbotlaşdi. Bu muhtaşam naşr haqida gapni muxtasar etib, aytiş kerakki, özbek adabiyoti hamda turkiy tilda sözlaşuvçi xalqlar adabiyotining yuksak namunalaridan xalqimizni har tomonlama bahramand qiliş, uluğ ota-bobolarimiz va turkiy tilda sözlaşuvçi xalqlarning buyuk allomalari, adiblarining boy adabiy merosi, şuningdek, bugungi zamonaviy adabiyotning sara namunalarini bir majmuada xalqimizga yetkazib beriş maqsadida turkiy tilda sözlaşuvçi davlatlarning milliy adabiyoti namunalaridan iborat 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” asarlar majmuasi mamlakatimiz madaniy hayotida katta voqea böldi. Yana bir gapni aytadigan bölsam, uşbu kitobning taqdimoti nafaqat respublikamizda, balki, Turkiya, Ozarbayjon kabi qardoş davlatlarda ham yuqori saviyada ötkazildi.
– Zamonaviy adabiyot va kitob naşr etiş rivojidagi qanday tendensiyalarni qayd eta olasiz?
– Sohaning rivojlanişi uçun körilayotgan qator huquqiy asoslar bilan birga, xorijiy mamalakatlarga uyuştiriladigan ijodiy safarlar, turli xalqaro kitob anjumanlaridagi mamlakatimiz noşirlarining iştiroki ham öta muhim ahamiyatga ega. Masalan, naşriyot vakillari va şaxsan özim ham ötgan 2023-yilda Turkiya, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston hamda Ozarbayjon kabi mamalakatlardagi xalqaro anjumanlarda, kitob körgazma-yarmarkalarda iştirok etib, xorijiy hamkasblar bilan muloqotda bölib, tadbirlar asnosida örgangan tajribalar asosida bir qança yangi ğoyalar bilan yurtimizga qaytdim.
Xalqaro tadbirlar jarayonida körganlarimiz, turli seminarlarda eşitganlarimiz milliy matbaaçilik va naşriyotlarimiz faoliyatini bugungi kun nazari bilan tahlil qilib, uning rivoji uçun yangi usullarni qöllaşga imkoniyat beradi.
Zamonaviy adabiyot tendensiyalari xususida filolog olimlar fikr bildirgani yaxşi, men noşir sifatida kitobxonlarning talablaridan kelib çiqib, naşrlar xilma-xilligidagi özgarişlarni aytişim mumkin. Yuqorida aytganimdek, bugungi kitobxon bundan ön-ön beş yil ilgarigi sodda kitobxon emas. Uning didi yetarli darajada ösgan, qolaversa, hozirgi yoşlar bir neçta xorijiy tilda kitob öqiy oladigan avlod. Demakki, öz-özidan dunyoda keçayotgan adabiy jarayonlardan yaxşi xabardor. Şu sababli ularning talablariga köra, ayni paytda mahalliy kitob bozorida köplab zamonaviy yönalişdagi, yoşlar şaxsiyatini, bilim doirasini, xarakterini şakllantirişga oid psixologik va yönaliş beradigan kitoblarni uçratiş mumkin. Şuningdek, ularni hayotda öz örinlarini topiş, turli sohalarda biznes oçiş va muvaffaqiyatga erişişni örgatuvçi kitoblar tobora ommalaşib bormoqda. Qolaversa, hayotimizga internetning çuqurroq kirib borişi tufayli, kompyuter texnologiyalariga yoki kompyuter dasturlaşga oid kitoblar ham köpaydi. Albatta, bunday kitoblarning aksariyati xorij tillaridan tarjima qilinmoqda. Endi asosiy muammo ana şu tarjimalarning saviyasi bilan boğliq. Baʼzan yaxşi asar nönoqlik bilan qilingan tarjima tufayli, öquvçilarning kitobga bölgan qiziqişini ham, mazkur asar muallifiga nisbatan hurmatini ham yöqqa çiqarişi mumkin. Şuning uçun har qanday xorij adabiyotini tarjima qilişda, avvalo, mohir tarjimonlarga, ilmiy kitoblar tarjimasida esa soha mutaxassislariga murojaat qiliş lozim. Masalan, birgina misol keltiraman, bir matbaaçilikka oid kitobni yetarli tajribaga ega bölmagan tarjimon özbekçalaştirganda önlab atamalarni notöğri talqin etganini kördim. Aytaylik, matbaaçilikdagi “peçatnaya forma” degan atamani – “bosma forma” deb ögirgan, aslida esa bu matbaaçilar tilida oddiygina “bosma qolip” deb ataladi. Xullas, har kim özi yaxşi tuşungan kitobni tarjima qilgani maʼqul. “Çumçuq söysa ham, qassob söysin”, deydi xalqimiz. Şunga öxşaş, havaskor bilan ustaning işi orasida yer-u osmonça farq bor. Ayniqsa, ham mazmunan, ham texnik sifatsiz kitob mahsulotlari kitobxonlarimizga çiqib ketmasligi kerak, degan gaplarga qöşilaman.
– Özbekistondagi kitob bozori holati haqida nima deya olasiz? Agar zamonaviy kitob bozorida nimanidir özgartiriş imkoningiz bölganida, birinçi galda qanday özgartirişlar kiritgan bölardingiz?
– Özbekistondagi kitob savdosi ham sönggi yillarda respublikamizda naşriyot, matbaa sohasida davlat darajasida berilayotgan eʼtibor, Prezidentimiz tomonidan çiqarilgan bir qator qaror, farmonlarda öz aksini topmoqda. Masalan, sönggi yillarda respublikamizda naşriyot va matbaa sohasidagi yuksalişni va bunga asos bölib turgan Respublikamiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning ğamxörligini barçamiz his qilib turibmiz. Ayniqsa, tarjimonlar uçun Ogahiy nomidagi Xalqaro mukofot, bolalar adiblari uçun Prezident mukofotining taʼsis etilişi, bolalar naşrlari uçun turli imtiyozlar belgilanişi barça qalam ahlini, barça ziyolilarni, jumladan, biz noşirlarni ham juda mamnun etdi.
Yangi va xayrli taşabbuslar tufayli yildan-yilga şahar va qişloqlardagi kitob dökonlarining soni oşib bormoqda. Qolaversa, bugungi kitob bozori nafaqat dökonlar, balki elektron kitoblar savdosi yoki yetkazib beriş, obuna xizmatlari kabi yangi xizmat turlariga egaligi bilan eʼtiborga molik. Xorij tajribasini özlaştirgan holda, ayrim naşriyotlar özlarining nafaqat dökonlariga, balki, butun respublikamiz va hatto qöşni davlatlarni ham qamragan savdo tarmoğiga ega bölişayotgani ham sohadagi muhim yangiliklardandir.
Bir narsani nazardan qoçirmaslik kerakki, kitob bozorlari böyiça taklif va mulohaza söraganingiz uçun katta rahmat! Bu bozor faqat foyda oliş maydoniga aylanib qolmasligi kerak. Men yuqorida muhtaram Prezidentimizning biz ergaştiruvçi katta kuçga ega xalq bölişimiz kerak, degan sözlarini behuda keltirmadim. Dunyoning eng maşhur adiblaridan biri Çarlz Dikkensning “Oliver Tvistning boşidan keçirganlari” romani eʼlon qilingaç, butun Angliya kitobxonlari qalqib oyoqqa turişganini yaxşi bilasiz. Şu asar bozorga çiqqaç, Angliyadagi juda köp boy-badavlat odamlar yetim va mehrga muhtoj bolalarga yordam qölini çözdilar va ular ham jamiyatning bir bölagi, ertaning katta kuçi ekanini his etdilar. Yozuvçining özi, yaʼni janob Dikkens öz asarini xalq orasida öqimoqçi bölganida, odamlar zalga siğmagan, derazalar, zinalar ham liq tölgan. Amerikada esa yozuvçining ovozini eşitiş uçun muxlislari qahraton qiş keçasida kassa oldida ertalabgaça navbatda turişgan. Demoqçimanki, bugun bizdagi kitob bozori yaxşi adabiyot bilan tölsa, millat ravnaqi uçun xizmat qiladi. Biz noşirlarning oldidagi vazifa esa berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, xalqimizni, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni yangidan-yangi, mazmunan teran va sifatli kitoblar bilan taʼminlaşdan iboratdir.
Saidjalol Saidmurodov
suhbatlaşdi.
“Yoşlik” / 2024 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


