3 daqiqada öqiladi

114 marta körilgan

Haykalni nega öğirlading?

Ali Lidar

(Hajviya)

– Haykalni nega öğirlading?

– …

– Oltin bölmasa, kumuş bölmasa, sotsang – bir çaqagayam oliş­masa, nima koringgayam yarardi?

– Komandir, pulining qiziği yöq menga. Xudo ursin, pul uçun qilmadim.

– Unda nega öğirlading-a?

– Komandir, keling, öğirlik demaylik şuni…

– Hozir quloğingning tagiga bir tuşiraman, körasan keyin! Hali menga aql örgatadigan böldingmi? “Öğirlik demaylik”miş. Qilğilikni qilib qöyib, yana ğidi-bidi qilasanmi-a?

– Komandir, özi qaradi.

– Kim qaradi?

– Haykal. Menga judayam yoqib qoldi. Kulgili körindi közimga. Uni eskidan tanimasdim hatto. Menga qarab kulaverdi. Çopib borib şartta quçoqlavoldim. Metrobusda uyimga opketdim. Bolaligimdan beri birorta döstim bölmagan. Şuning uçun oldim.

– Ey jinni, öğirlagan haykaling kimsan Avanak Avnining haykali. Kadiköyning timsollaridan. Nima bölsa bölar deb maydonda turgan hökiz haykalini öğirlamaysanmi?

– Komandir, men qayoqdan bilibman haykalning bunçalik maşhurligini. Tanimasdim-da. Taniganimda tegib ölibmanmi…

– Hoy, menga qara, işim boşimdan oşib-toshib yotipti. Bizni sarson qilma. Qani, töğrisini ayt. Nega öğirlading?

– Komandir, tepamda Xudo bor, töğrisini aytyapman. Yöl çekkasidagi eʼlon taxtalariga qarayotgandim. Yangi iş izlayapman. Oilaliman, ikkita bolam bor. Ammo meni it örnidayam körmaydilar. Oşna-oğaynim ham yöq. Şu köyi aylanib yurganimda körib qoldim buni. Menga qarayverdi. Komandir, tuşuning, menga heç kim qiyo boqmaydi, hatto bolalarim ham. Boşida hayron böldim. Aqqa-baqqa alangladim, heç zoğ yöq. U esa haliyam jilmayardi. Oldiga bordim. Avval quçoqladim. U haliyam öşa holda. Yuzidagi samimiylikni körib, içim ilidi. Uni döstim dedim. Bir-ikki qimirlatgandim, tagsupasidan yulindi. Oldim-u, metrobus bilan töğri uyga kelaverdim. Judayam yolğiz edim-da, komandir. Oilam, ikki farzandim bor, davlatimizga hurmatlari baland. Ammo menga sira kulimsirab qaraşmaydi. Heç kim qaramaydi. Meniyam bir döstim bölsin deb oldim uni.

– Eh, oşna, endi nima deb yozamiz bayonnomaga? Haykalni yolğizlikdan öğirladi, debmi? Bir donaginayam aqlli odam körmadi-körmadi-da bizning mahkama.

– Bu yoği özizga maʼlum, komandir, nima deb yozsangiz – haqiqat şu.

– “Haqiqat şu”miş. Haqiqatingdan örgildim seni. Hoy ovsar, neça kundan beri şu masala. Barça xabarlarda şu maşmaşa. Indaşmasa, odamlar haykal turgan yerga borib namoyiş qilişdan ham toyişmaydi. Nima anarxistmisan yo?

– Nimamanmi, komandir?

– He seniyam, komandiringniyam!.. Menga qara. Işingni sudga oşiraman. Voqea hamma joyga yoyildi. Internetdayam şuni gapi­rişyapti. Menga qolsa, seni avaxtaga tiqardim-da, aqling kirmagunça öşa yerda qoldirardim. Ammo bunaqasi ketmaydi. Hozir aytganlaringni oqizmay-tomizmay suddayam aytib berasan. Sud ham, olib keting bu jinnini, deb köçaga otadi. Oson qutulasan.

– Xöp böladi, komandir.

– Ammo yana bir marta şunday iş qilsang, kuningni körsataman, özingga qara.

– Yöq, endi qilmayman, komandir, aslo…

– Yolğizlikdan siqilsang, mana, mahkamaga, mening oldimga ke. Bir piyola çoy ustida dardlaşamiz. Men ham yolğizman. Aslini olganda, hamma yolğiz… Nimayam qilardik, hammamiz borib haykal öğirlaylikmi? Hamma çidab yaşayapti-ku mana. Falsafa söqimoq­ning heç maʼnisi yöq. Huşingni joyiga qöy, bunday işlarni qilma. Ha, agar baribir öğirlaydigan bölsang, bor – Otaturkning haykaliga öxşaganlarni öğirla-da, biroz şov-şuvli bölsin. Avanak Avni kim böpti?!

– Yöq, komandir. Tavba qildim. Endi qilmayman, lekin…

– “Lekin…”miş. Nima lekin?

– Komandir, judayam çiroyli kulardi-da. Ora-sira bir körişga borsam, nima deysiz? Xudo haqqi, qölimning uçiniyam tekkizmayman.

Ali Lidar

 

1976-yili Turkiyaning Eskişahar şahrida tuğilgan.

“Yölning boşi”, “Taʼsirsiz parçalar”, “Buyuk taqdirlar, kiçik hikoyalar”, “Hayotga köra adabiyot” kabi köplab asarlari naşr etilgan.

 

Turk tilidan Ozodbek RAVŞANOV tarjimasi

 

“Yoşlik” / 2024 / 7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)