* * *
Bu dil-ki, lahzalar yonib bormoqda,
Ğamimdan ğam dardi qonib bormoqda,
Işqimni tuproqdan olib bormoqda,
Neçun yiğlayursan, ey şirin azob.
Işq deya Haq tomon boqib ötdilar,
Bir gözal termulib oqib ötdilar,
Oşiqlar ruhimni yoqib ötdilar,
Neçun yiğlayursan, ey şirin azob.
Ey ruhi osmonim, jismimda jonim,
Nur hilol yöllagan, kökdagi mohim,
Qaçon tinç bölarkan bu ötli ohim,
Neçun yiğlayursan, ey şirin azob.
* * *
Goho erkalandim, goho dil yorib,
Goho yuragimni böşatgim keldi.
Goho ketgim keldi, şaharni taşlab,
Onamning koriga yaragim keldi.
Goho ezilaman, yuragim zada,
Soğinçning yuziga boqdim, qaradim.
Dadam deb, poyimga peşvoz çiqqanda
Qizimni opiçlab biram yayradim.
Şulmikan qismat taqdiri azal,
Goho vujudimda bir zabon dardi.
Çarx urib aylanar, oğritadi sal,
Töfon tözğib borar goh tegar zarbi.
O, mening hayotim, keçmişim şundoq,
Ne orzu poyida armon gulladi.
Goho qora dedim, yöq qalbim op-poq,
Ne uçun qalbimga quvonç siğmadi.
Goh dunyo ranglari sözga siğmadi,
Goho öz ötimda özim yonaman.
Goh yomğir dardimni kelib tingladi,
Onamni soğinsam nima qilaman?
* * *
Huv olisdan, toğlar boşidan,
Boyçeçaklar yulib ber momo.
Bir kuy meni bağrim tirmalar
Çanqovuzni çalib ber momo.
Ğussaga may quyib içdim men,
Dildan gardni olib ber momo.
Har ne kelsa özdan keçdim men,
Çanqovuzni çalib ber momo.
Köklam esar soğinganim çin,
Ana keldi, Alpomiş, Barçin,
Kuy sehridan tanam çil-parçin,
Çanqovuzni çalib ber momo.
Bunda soğinç yurtga işq tumor,
Ey bobo makonim, ötinganim bor,
Maysalar nafasin könglimga yubor,
Çanqovuzni çalib ber momo.
Qança şodlik, qança ğam-ğussa,
Şu könglimni yoritgan bölsa.
Barin dilga joyladim momo,
Çanqovuzdan söyladim momo.
Xayrulla XOLTÖRAYEV – 1984-yilda Boysun tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Hozirda “Agrobank” ATB Matbuot xizmatida faoliyat körsatmoqda.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida