2 daqiqada öqiladi

483 marta körilgan

Dilsora Abdusattorova. Sovğa (hikoya)

Dökon gavjum edi. Raʼno oyna ostiga har-xil ta­qinçoqlar çiroyli terib qöyilgan rastaga yaqinlaşdi. Ana u! Öşa zirak! Jozibali tovlanib turibdi!

Qiz hayajondan qölidagi pulni mahkam ğijimladi.

– Sizga nima kerak, singlim? – deb söradi sotuvçi ayol.

– Men… – deb duduqlandi Raʼno, – anovi zirakni olmoqçi edim.

– Pulingiz yetadimi özi? Bu ança qimmat.

– Ha. Mana, köpdan beri jamğarib yuribman.

Raʼno rost gapirgan edi. Goh dadasi, goh toğa­lari, ammalari bergan pullarni hafsala bilan yiğib yurardi. Keça sanab körsa, ançadan beri özi orzu qilib yurgan zirakni sotib olişga yetar ekan. Bugun darsdan çiqdiyu dökonga oşiqdi.

– Oho-o, – deya gapga aralaşdi yana bir sotuvçi amaki, – hozirgi yoşlar juda puxta, ota-onasidan yaşirib özlari pul yiğişadi.

Sotuvçi ayol mamnun boş irğadi.

– Yaxşi-da, yoşligidan mustaqil bölganga nima yetsin.

Köp otmay Raʼno zirak solingan qutini qölida avaylab tutganiça dökondan çiqdi. U juda xursand edi. Axir orzu qilib yurgan taqinçoğiga nihoyat erişdi!

Ilgari ota-onasiga bir-ikki xarxaşa qilib yurdi. Ammo ular bugun-erta deb nuqul paysalga solişgani solişgan.

Raʼnoning toqati toq bölgan edi. Bugun esa… orzusi uşaldi.

Raʼno qölidagi qutini sumkasiga soldi-yu, şöx-şo­don uyiga jönadi. Şu payt qarşisidan sinfdoşi Nilufar çiqib qoldi.

– Ha, dugonajon, qayoqqa otlanding? – deya söradi Raʼno.

– Ertaga bayram-ku?!

– Bilaman, bayram, şunga nima?

– Oyimga biror sovğa olmoqçiman.

– Iya, – dedi Raʼno hayron bölib, – kattalarga ham sovğa berişadimi?

Nilufar örtoğining ajablanişidan hayron böldi.

– Albatta, nahotki, bilmasang. Böpti, men ketdim, şoşilyapman.

– Xöp.

Nilufar dökon rastalari tomon yugurib ketdi. Raʼno ham öz yölida davom etdi. U tobora sevinçdan terisiga siğmay borardi. Ahyon-ahyon zirak solingan qutisini silab qöyadi.

– Voy, asal qizim, keldingmi?

Oyisi Raʼnoni ostonadayoq şunday sözlar bilan qarşi oldi.

Qiz mamnun jilmaydi. Içkariga kirişdi. U zirakni yaşirinça taqib çiqib oyisini qoyil qoldirmoqçi edi.

– Raʼno, biroz şoşma, – dedi oyisi unga sirli köz qisib.

– Nima deysiz, oyijon?

– Qani, közlaringni yum-çi, qizim.

Raʼno ajablanib oyisining aytganini qildi.

– Ana, endi qaragin.

Raʼno közlarini oçdiyu hangu mang bölib qoldi. Oyi­si jilmayganiça unga bir juft zirak uzatib turardi. Haligina özi dökondan xarid qilgan xilidan!

– Bayraming muborak, qizim! Hamişa orzuingga yetişib yurgin!

– Rahmat, oyijon, – deb piçirladi Raʼno.

U xijolatda lov-lov yonardi. Negadir köz oldida dökon tomon çopqillab ketayotgan dugonasi jonlandi.

Dilsora Abdusattorova – 1998-yilda Toşkent viloyatining Parkent tumanida tuğilgan. “Ezgulik”, “Ni­go­himdagi odamlar” kabi kitoblari çop etilgan. Akademik litseyi öquvçisi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Şaxröz Daryo

    Ajoyib Şunda U sotib olgan ziragini Onasiga hadya qildimi ?

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…