10 daqiqada öqiladi

98 marta körilgan

Soğinç surati

Salim Aşur

“Turkiston” hamda “Molodej Uzbekistana” gazetalari boş muharriri edim. Öşa kezlarda xonamga bir yigit kirib keldi. Qoramağiz, ozğin. “Şeʼrlaringizni öqib boraman…” qabi­lidagi odatdagi gaplardan keyin Toşkentga butunlay kelganini, işlamoqçi ekanini aytdi. Özi jurnalistika sohasida na işlagan, na öqigan. Tahririyatda böş iş örni bölmagandir, şunga yaraşa javob aytgandirman, “Boşqa gazetalardan bölsayam iş suriştirib bering, işlaşim kerak. Tojik tilini bilaman, tojik tilida çiqadigan gazetada bölsayam işlayman”, dedi. Xullas, hali diplomi, iş tajribasi yöq yigit “Ovozi tojik” gazetasiga işga kirdi. U yerda bir muddat işladi. Jurnalistika – ijodiy soha. Layoqati, qiziqişi bor odam zarur kasbiy malaka va uquvni iş jarayonida özlaştirişi mumkin. Lekin Xudo bergan iqtidori bölmasa, ming urining, baribir heç narsa yuqmaydi.

Bu orada “Turkiston” gazetasida qoramağiz yigitning şeʼrlari berildi.

2013-yoki 2014-yil bölsa kerak, xalqaro jurnalistika fakultetida talabalarga “Badiiy publitsistik mahorat” kursidan dars beraman. Ikkinçimi, uçinçimi kursga darsga kirsam, auditoriyada, talabalar orasida ötirgan öşa yigitni kördim.

U Mansur Jumayev edi.

Ötgan fursatda öşa yillarda çiqib turgan “Şarq ziyokori” gazetasida Mansurning bir turkum şeʼrlarini öqidim, “Bolalik” degan ixçam şeʼr menga maʼqul tuşgandi.

Albatta, oradan yillar ötgan.

Bir darsda ramz, timsol haqida gap ketganda şeʼriyatda şunday sanʼat qöllanişiga misolni uzoqdan emas, auditoriyaning özidan oldim. Yaʼni “Bolalik”ni yoddan öqidim. Sirasini aytganda, bir kunda qança şeʼr-u, qança nasr öqiysiz. Lekin hammasi xotiraga muhrlanmaydi. Şubhasiz, bunaqasi kam böladi. “Bolalik”ning nimasidir diqqatimni jalb qilgandir-da. Men uni qaçondir Mansur Jumayevni uçratsam, öziga öqib beraman, degan niyatda maxsus yod olmaganman.

BOLALIK

Qor jilğaga aylanib,

ketdi hayot soyiga:

ketaverdi loylanib

tanimagan joyiga.

 

Qorligidan asar yöq;

qayga yetdi, aytmaydi…

…u qor bölib yaşagan

çöqqisiga qaytmaydi…

Şeʼrda bolalik degan söz yöq. Lekin bolalikning soğinç surati juda beğubor, juda yengil, juda yorqin rangda çizilgan.

Mansur darsdan keyin yonimga kelib, şeʼrimni yoddan öqişingizni, umuman, şeʼrlarimga eʼtibor berişingizni kutmagandim, degan maʼnoda minnatdorlik bildirdi.

Keyin men Mansurni köp yillar körmadim. “Yöqotib qöygan edim” degan ibora şunday çoğlarda örinli bölsa kerak. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida boş muharrir ekanimda uni suriştirdim. Yana körişdik. Gazetada bir turkum şeʼrlari berildi. Naşrning öşa yillardagi eng yaxşi işlaridan biri şu – yoş şoir Mansur Jumayevning gazetada çiqişi edi, desam, mubolağa bölmaydi.

Toğ toğ bilan uçraşmaydi, odam odam bilan uçraşadi, deganlaridek, 2023-yildan Mansur bilan Yozuvçilar uyuşmasida birga işladik. Iş jarayo­nida uning işga puxta, qobiliyatli, dunyoqaraşi, bilimi keng yoş muta­xassis, eng muhimi, Xudo bergan iqtidorga ega yoş şoir, kamtar, oqibatli, hayot voqealariga yengil kulib, andak isteh­­zo, andak piçing bilan qaraydigan, döstlariga, hamkasblariga sadoqatli, odam ajratmaydigan, hammani boriça qabul qiladigan, ayni paytda öz qatʼiy prinsiplari, hayotiy qaraşlariga ega, ijod va iş tutumi şakl­langan inson sifatida yanada yaqindan tanidim. U ayrimlar kabi “şeʼr yozişdan boşqa iş qölidan kelmaydi”ganlar xili­dan emasdi. Işxona­ning “qora iş”laridan böyin tovlamas, topşiriqlar, vazifalarni masʼuliyat bilan bajarar edi. Rais bir gal tuşdan keyin ötgan majlisda, hammaning oldi­­da topşiriq bergan bölsa, ertalab aytilgan mavzuda yozgan şeʼrini öqigan edi. “Buyurtma” şeʼr yozişga, ayniqsa, yoş şoirlarning doim ham “böyni yor” beravermaydi. Bunday şeʼrning yaxşi çiqişiga kafolat yöq. Ha, Mansur işga, topşiriqqa masʼuliyat bilan yondaşar, ayni çoğ­­da katta istiqbolga katta umid, masʼuliyat bilan qarar, özining kelajagiga ham ayrim yoşlarga öxşab “bölsa – bölar, bölmasa ğovlab ketar” degandek befarq emas edi. Çindan ham, Mansur yaxşi maʼnoda yaxşigina karyera qilişi mumkin bölgan yoş yigit, iqtidorli şoir, kelajakka, öz istiqboliga katta umid, işonç bilan qaragan, yon-atrofdagilarning kayfiyati, ruhiyatiga, fikr-öylariga nisbatan sezgir, har jihatdan hozirjavob inson edi. Asosiysi, u kim suhbatlaşmasin yoki iş yuzasidan hamkor bölmasin, barçada birdek yaxşi taassurot qoldirardi. Bunga işdan qoçmasligi, öz vazifasiga masʼuliyat bilan yondaşişi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotini puxta bilişi, eng avvalo, yuksak insoniy fazilatlari bois edi, albatta.

2023-yilning yozi. Jazirama. Tuşlikdan söng Mansur bilan Adib­lar xiyobonidan ötib, Milliy boğni aylandik. Köl yoqalab gaplaşib ketdik. U biz (biroz rasmiy, biroz balandparvoz tarzda ifodalaganda, bizning avlod)ning yoşlik paytlarimiz haqida söradi. Savoldan savol, gapdan gap çiqdi. Men şu köl bilan boğliq yoşlik xotiralarini esladim. Öşanda Mansurda özi­ning şaxsi, bilimi, iqtidor va layoqatiga işonç yuqori ekanini his etdim.

“Yoşlik” jurnalining 2024-yil beşinçi va oltinçi sonlarida “Til sadolari” rukni ostida mening materiallarim berildi. Şu bahonada Mansur bilan şunga yaqin mavzuda gaplaşib qoldik. U qiziq bir fikrni aytdi: “Özbek tilidagi barça luğatlarni, masalan, izohli luğatlar, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining luğati va umuman, barça luğatlarni birlaştiriş, yagona muqova ostida jamlaş, garçand hajman katta kitob bölsa-da, bir muqovada naşr etiş lozim. Şunday qiliş uçun qança iş, nima iş kerak bölsa, men tayyorman”. Keyin ham uning şu fikrni ilgari surişiga bir neça bor guvoh bölganman.

Bir gal “Maktublar” turkumli şeʼrlar yozayotganini aytdi va şeʼr öqidi. Xayolimga latifa keldi: “Gagarin koinotga çiqib tuşganidan keyin Xruşçyov huzuriga çaqiribdi va eng maxfiy xosxonaga boşlab kirib sörabdi: “Yura, sen u yerda, – barmoği bilan yuqorini – osmonni körsatibdi, – sen u yerda Uni kördingmi, bor ekanmi?” Gagarin kördim, bor ekan, debdi. Xruşçyov: “Bilardim-a, borligini bilardim… Faqat ham buyruq, ham topşiriq senga, körganingni heç kimga aytma!” Vaqt ötib Gagarinni yana bir yirik din peşvosi huzuriga çorlab, u ham eng maxfiy xosxonaga olib kirib, eşiklarni ziç yopib sörabdi: “Sen u yerda, – osmonni körsatibdi, – Uni kördingmi, bor ekanmi?” Birinçi fazogir dunyodagi eng katta davlatning rahbaridan qatʼiy topşiriq olgan-ku, “Qaradim, körmadim, yöq ekan”, – debdi. Peşvo: “Bilardim-a, yöqligini bilardim. Faqat senga ham buyruq, ham topşiriq, yöqligini heç kimga aytma”, degan ekan”.

Ikkalamiz miriqib kulişib oldik.

Yana bir gal terminlardan foydalanib şeʼrlar yozayotganini aytdi. “Repatriatsiya” degan sözning maʼnosini qidirgan böldi. “Terminlar taklif qilaylikmi?” – gap hazilning köçasiga burildi.

Xotira, ehtirosli, voqeaband, falsafiy… şeʼrlar. Bunday şeʼrlarning barçasini Man­surning ijodidan topasiz. Uning yozganlari kölam jihatidan keng, xususiyatlariga köra har xil. Bir narsa aniq: u şeʼr va şoirlikning asl mohiyatini aniq his etgan, tuğma şoir bölgan. Kundalik, ötkinçi voqealarni qofiya va satrga solib, şeʼr, şoirlik şu, degan xulosada bölmagan. Eng içkaridagi muhabbat va iztirobdan yurak yoriladigan darajaga yetmasa, qalam tutmagan. Uning unçalik uzoq bölmagan ijodiy tarjimayi holida yengil-yelpi, oldi-qoçdi şeʼr topolmaysiz. Aksariyat şeʼrlari prototipi muallifning özi bölgan lirik qahramonning bir qölidan muhabbat timsolida Hayot, boşqa qölidan tiriklik timsolida Yakun tutib borayotgan kabi taassurot uyğotadi. Bu şoir qalbning hayot va yakun yoqasida yaşaganiga dalil emasmi?!. Şu maʼnoda Mansur bayonçi, qayd etuvçi qalamkaş emas, badiiyat bunyodkori bölgan şoirlar safiga qöşildi…

2024-yilning kuzida bir hamkasbimizning onasi olamdan ötdi. Jamoa vakillari fotihaga bordik. Borib kördikki, doim şöx-şodon köringan, özini hayotda heç bir muammosi yöqdek tutadigan hamkasbimiz ança noçor ahvolda, haminqadar şaroitda yaşar ekan. Uy-joyi… qisqa qilib aytganda, bir ahvolda. Bir xona, fotihaga borganlarga joy yetmadi, faqat yoşi kattalar içkariga kirdi, yoşlar taşqarida kutdi. Tabiiyki, urf-odat… boşqa… Kamtar dasturxonga oş tortildi. Şaroitni körib, kayfiyatim buzildi, oş tugul nonga qöl urişga istagim bölmadi. Oçiği, bir hamkasbimizning “yeng şimarib” bir lagan oşni tuşirib olgani, oğzida oş bilan valaqlab gapirişlari ruhiya­timga botmadi.

Qiyom çoği edi. Yölda ovqatlanmoqçi böldik. Mirzo Uluğbek metro bekati yaqini, katta yöl çetidagi oşxonada töxtadik. Şoir Muhammad Siddiq Rahmatov: “Moşinni joy topib çetga qöyib kelaman, sizlar kiraveringlar”, – deb ulovni nariroqqa boşqarib ketdi. Biz uning kelişini kutdik. Ança kutdik. Vaqt ötib ketyapti. U maşinani qöyişga joy topolma­yapti. Yomğir boşlab, sekin-asta kuçaydi. Havoyam salqin, mening egnim yupunroq. Yigirma daqiqaça kutdik. Ust-boşimiz şalobbo böldi. Hammamizning taʼbimiz xira tortdi. Men: “Kamolonga boraylik, işxonaga yaqin, moşinaga bemalol joy topiladi”, – dedim.

Kamolonda maşinani çetga qöyib, ikkinçi qavatga kötarildik. Ikkinçi qavatda unça keng bölmagan bölma. Ikki çetda uzun stol-stullar terilib, ikki davra odamlar ötirib ovqatlanmoqda. Hoynahoy, ikki davrada ham qandaydir munosabat bilan tadbir ni­şonlanayotgan bölsa kerak. Biz – tört kişi örtadagi stol atrofidan joy oldik. Ayni tuş payti, xörandalar köp. Joylar egalik. Kutamiz, kutamiz – patnis kötarib ötib-qaytayotgan xizmatçi juvon bizga qaramaydi ham, eʼtibor ham bermaydi. Muhammad Siddiq, Mansur: “Bizga qarang”, “Bizgayam bir qarab qöying”, desa-da, juvon mutlaqo eʼtibor bermaydi, eşitmaydi göyo. Bizga nisbatan juda beparvo. Ikki yondagi stolda ötirganlarga dam-badam u-bu narsa taşiydi. Diqqatim oşdi. Şu orada yonimizda patnis kötarib ötib ketayotgan payt­­da xizmatçiga: “Bizga qarang”, – dedim. Juvon asabiy ekanmi, birdan bobillab berdi: “Mani qölim öntamas, ikkita. Köryapsiz-ku, bularga xizmat qilyapman, kutib turinglar…” Juvon tuşmagur zahargina ekan. Bunday qöpol muomaladan meniyam jahlim çiqib, “Turing­lar, ketdik, boşqa joyda ovqatlanamiz”, deb qözğaldim. Töğrisi, bozorlarda ham baʼzan şunday qöpol muomalaga duç kelamiz. Öşa sotuvçidan, moli arzon bölsa ham, heç narsa sotib olmayman.

Taşqariga çiqqanimizda Mansur oşxona hovlisida salafan bilan öralgan joyni körsatib, “Şu yerda biror narsa yeylik”, dedi. Men hali tepada ovqat maslahatini qilganimizda, somsa aytaman, degandim. “Şu yerning somsasiyam yaxşi”. Lekin men pastda ham qolmadim. Hali jahldan tuşmagandim. Aççiq ustida işxona tomonga yurdim. Yöl-yölakay “Soy” yonidagi “Tomçi somsa”ga kiraman, deb öyladim. Soatga qarasam – 13:15, ayni tuş payti. U yerda ham odam köp böladi, tağin kutib qolasiz. Şuning uçun yöldan qayrilib işxonaga kirdim.

Xonada ötirgandim, eşik taqillab, Mansur kirdi. Qölida qoğoz xaltaça. Bunday xaltaçaga, odatda, somsapaz somsa solib, mijozga berib yuboradi. “Aka, sizga ikkita somsa opkeldik”, dedi qölidagini uzatib. Olmayman, hozir özim çiqib kelmoqçiman, desam-da könmadi… “Xizmatçi juvonning qiliği, özini tutişi menga yoqmadi, sizlarni kayfiyatlaringizni buzmoqçimasdim. Iştahalaring böğilmadimi?” dedim uzrxohlik maʼnosida. “Aka, kayfiyatingiz moşindayoq buzilib bölgandi…” dedi Mansur. Şunda uning huşyorligi, ziyrakligi, sezgirligiga yana bir karra amin böldim.

2024-yilning kuzi. Böstonliq tumani Xondayliq qişloğida Sidqiy Xondaliqiy ta­valludi va uning yaqinda çop etilgan yangi kitobi taqdimotiga bağişlangan katta tadbir ötdi. Ertalab uyuşmaning yonidan avtobusda jönab, keçki payt soat 17:30 larda yana şu avtobusda Uyuşmaga yetib keldik.

Böstonliqda tadbirda yurganimizda qöl telefonimga şoir Berdi Rahmat qönğiroq qilib, ançadan buyon vaʼda berib yurgani bir kitob – hali talabalik paytida fojiali tarzda olamdan ötgan yoş munaqqid Bahodir Sodiqning kitobini olib kelganini aytgandi. “Hozir Böstonliqdaman, rais yordamçisi Zavqiddinda qoldiring, undan olaman”, degandim. Kelib Zavqiddindan kitobni sörasam, “Mansurga berib qöyganman, Salim akaga bering deb aytganman”, dedi. Xonadan Man­surning qöl telefoniga qönğiroq qildim. Telefonni oçiboq, hali nega yöqlaganim sababini aytmasimdan salom berdi va: “Aka, oldingizga çiqaymi?” dedi. Uning xonasi birinçi qavatda, men ikkinçi qavatda ötiraman. Kitobni söradim. U bir zum öylanib qoldi va: “Aka, qanaqa kitob edi?” dedi. Men, tabiiyki, ajablandim va izoh berdim. “Yöq, Zavqiddin yang­lişipti, u kitob berganiyam, sizga berişimni aytganiyam yöq”, dedi va darhol yana: “Aka, oldingizga çiqaymi?” deb söradi. “Kitob sizda bölmasa, ovora bölmang, kitobni qölga kiritay-çi, ertaga körişamiz”, dedim. Biz, odatdagidek, yengil hazil-huzul bilan xayrlaşdik.

Köp ötmay, kitobning daragi çiqdi, Man­surga emas, Şodi Otamurodga berilgan ekan.

Bu orada keç tuşdi. Uyga bordik. Ertalab soat töqqiz bölmasdan yana işxonaga keldim. Köp ötmay xonaga Risolat Haydarova kirdi. Qölida yaqin kunlarda ötadigan tadbir dasturi, hujjatlari. Köz yugurtirdik. Risolat xonadan çiqayotib: “Siz Mansurnikiga bormadingizmi?” dedi. Hayron böldim: “Qaysi Mansurnikiga, nega?”. “Eşitmadingizmi?”. “Yöq, nima ekan?”. “Hamma erkaklar Mansurnikiga ketişdi-ku”. Tuşunmadim, ajablandim. “Qaysi Mansurnikiga, nega?”. “Eşitmadingizmi, Mansur ötib qolibdi-ku…” “Iye, qaysi Mansur?”. “Özimizning Mansur, Mansur Jumayev”. Quloqlarimga işonmayman. “Keça işdan ketişdan oldin telefonda gaplaşgandik… Tuppa-tuzuk edi-ku…” Yoşlar bölimidagi yigitlar – Erkin, Niyatullo, Masihulloh bilan gaplaşib, ularning xabari bor ekan, Mansurni uyiga yöl oldik.

Yöl-yölakay telefonimni oçib, keça soat neçada Mansur bilan gaplaşganimga, vaqtga qaradim: 17:53… Telefonda gaplaşganimda na ovozidan, na gap-sözidan, na ohangidan biror dardi borligini, biror özgarişni sezmaganman…

Mansur ukamiz bizni erta tark etdi, yoş ketdi. Köp orzu-umidlarini özi bilan olib ketdi. Balki bu haqiqiy şoirlarning – öy-xayoli, tuyğu-hissiyoti, butun borliq hayoti bilan şoir bölganlarning, könglini sözga bağişlagan insonlarning qismatidir… Taqdirdir…

Nima bölganda ham, qalbimizni afsus va armon örtaydi… Çunki u adabiyotga yanada köp narsa berişidan umidvor edik va bunga işonardik. U bunga qodir edi.

Undan şeʼrlarda çizilgan soğinç surati qoldi. Bu – hayotbaxş soğinç. Söz, şeʼr soğinçidir.

Salim AŞUR,

Özbekistonda xizmat körsatgan journalist

2025/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)