* * *
Yaraşmoq uçun ham nizo tuğilgan,
Oşiqlar könglida rizo tuğilgan.
Imroniy dillarda tuğilsa Maryam,
Maryamiy ruhlarda Iso tuğilgan.
Kamtarin tilaklar ösolar – ösgay,
Javonmard elda gul nisolar ösgay.
Nihollar şaklida össa umidim,
Daraxtlar şaklida asolar ösgay.
Köp ğalat savdolar baso ulğaygan:
Goh qiyşiq kulbada raso ulğaygan;
Uluğbek köşkida – Abdullatifxon,
Firʼavn qasrida Muso ulğaygan…
Men na şoh, na gado, na valiy zotman,
Nafsim egarlagan yayloqi otman.
Şunça gunoh bilan hanuz qaddim tik,
Şunça nuqsim bilan hanuz hayotman.
Kel, vahm şerini jayron qil, Xudo,
Çavandoz nafsimni vayron qil, Xudo.
Mendek bir yomondan yaxşi oğoçlar
Undirib, meni bir hayron qil, Xudo.
Sintaktik parallellar
Paymon topiladi bir kunmas-bir kun,
Darmon topiladi bir kunmas-bir kun.
Bir kunmas-bir kuni daryo bölarsan,
Ummon topiladi bir kunmas-bir kun.
Hayot ikki yuzi ikki xil tanga,
Ikki yuzini ham körsatsa sanga,
Bir kunmas-bir kuni kirarsan jangga,
Maydon topiladi bir kunmas-bir kun.
Balki, yaproq bölib yölga qönarsan,
Balki, yoğin bölib çölga qönarsan,
Bir kunmas-bir kuni yerga dönarsan,
Dehqon topiladi bir kunmas-bir kun.
Bitta boğ bağrida donasan, maʼqul,
Donalik holingdan tonasan, maʼqul,
Bir kunmas-bir kuni gul bölasan, gul,
Guldon topiladi bir kunmas-bir kun.
Bir kun har yelka ham yetarmiş kunga,
Sepmasang bas ekan doningni kulga,
Bir kunmas-bir kuni omading kulgay,
Imkon topiladi bir kunmas-bir kun.
Köngling kulbasidan ketmasa iymon,
Kipriging uçida qalqisa vijdon,
Bir kunmas-bir kuni bölolsang inson,
Inson topiladi bir kunmas-bir kun.
Unut öylaringga hayot ham bitgay,
Hayot muhabbatga sabot ham bitgay,
Bir kunmas-bir kuni qanot ham bitgay,
Osmon topiladi bir kunmas-bir kun.
* * *
Imtihon muddati tugab bölgan tob,
Topilgan singari eng töğri javob;
Ota uy darçasin yopganing çoği,
Sezgandek qançalar kengdir quçoği;
Musofir toşlarga ketgaç turtinib,
Bus-butun tuygandek tuqqan yurtini;
Çalğisin yelkalab kelganda ajal,
Bandaning yodiga tuşgandek amal;
Vido qönğiroği çalinganda, çol
Yaşaşdan murodin anglagan misol;
Kuzga kirganida biz kezingan boğ,
Nogoh sezib qoldim xayrlaşar çoğ:
Zulayho içmagan savgan ekanman,
Men seni… men Seni sevgan ekanman!
* * *
Ikki dunyo har boşda poydor,
har jussada topgan ifodat:
har köngilda bitta Xudo bor,
har qadamda bitta ibodat.
Har kurtakda bitta sano bor,
har yaproqda bitta kitobat;
har giyohda bitta duo bor,
har yomğirda bitta ijobat.
Har kiprikda bitta imo bor,
har abruda bitta işorat;
har manglayda bitta humo bor,
har yumruqda bitta imorat.
Har yonoqda bitta ibo bor,
har dudoqda bitta muhabbat;
har qursoqda bitta Iso bor,
har beşikda bitta Muhammad.
Ikki dunyo har boşda poydor,
har zarrada ulviy irodat:
har köngilda bitta Xudo bor,
har qadamda bitta ibodat.
* * *
Oldinda bir yöl bor köp yiroq,
tarhini, topmadim, kim biçgan:
qiliçim damidan ötkirroq,
soçlaring toridan ingiçka.
Oldinda köprik bor – osti jar,
bilmadim özim ne bölaman,
azizim, sen ötgil bexatar,
azizim, sen faqat qulama!
Oldinda çaman bor,
safo bor,
xotirjam-xotirjam havo bor…
azizim,
ungaça ozgina
sitam bor,
zulm bor,
jafo bor…
Işq dedim kezib tört yoğingda,
işq dedim,
çorladim bilmayin;
azizim, sen borar boğingda
men kutib olarman jilmayib!
Ungaça yöl bordir köp yiroq,
tarhini, topmadim, kim biçgan:
qiliçim damidan ötkirroq,
soçlaring toridan ingiçka.
* * *
Ey közlari moviy sevgilim!
Taxmondagi körpaday qat-qat
ohlarimiz,
faryodlarimiz…
“Yo falak!..” deb dod urib faqat
fatvo berdi ajdodlarimiz…
Sen dunyo böl men uçun, erkam,
sendan bölak dunyodan keçay,
gardlarimni tökay tamoman,
dardlarimni tökay tamoman,
dil bandlarin tus-tugal yeçay!
Men – sevgiman!
Bor bisotim – işq
va ğam
va ğam
va ğamgin qöşiq
va iztirob
va oh
va anduh…
qöşiq söra,
işq söra mendan,
özgasini sörama, gulrux!
Qöyib bergin,
tiğday sançilib,
yulduzçalar şaklida bu tun
tilka-pora bölsin kök toqi…
tik qadalib faryodlarimiz
larza solsin falakka,
toki
garddan,
darddan xoli yaşasin
va bezovta qilmasin kökni
“Yo falak!” deb zuryodlarimiz!
Sen dunyo böl,
tökilsin dilim,
ey közlari moviy sevgilim!
Şayton
Malol şaklida kelding,
Men taslim bölganim yöq.
Mahol şaklida kelding,
Men taslim bölganim yöq.
Xayol şaklida kelding,
Men taslim bölganim yöq.
Savol şaklida kelding,
Men taslim bölganim yöq.
Qalbim qiziq savdolar
Eritolmas mummikin?..
Ayol şaklida kelma,
Taslim bölişim mumkin.
Mansur JUMAYEV (1991–2024)
Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Şoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qöşiqlari”, “Hazrati işq”, “Biz kutgan fasl” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Şeʼrlari rus, ingliz, turk, tojik tillariga tarjima bölgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida