Adabiyotşunos Bobomurod ERALIYEV bilan suhbat
– Domla, eslaşimça, siz filologiya fakultetini bitiriş arafasida Alişer Navoiyning ijodi böyiça talabalik tadqiqotini olib borgansiz, bu işingiz ilmiy jamoatçilikka ham manzur bölganidan xabarim bor. Atoqli navoiyşunos olim Najmiddin Komilov ilmiy rahbaringiz bölgan va diplom işingizning bir qismi “Şarq yulduzi” jurnalida ustoz bilan hammualliflikda eʼlon qilingan edi. Bizlar ham öşa paytlar quyiroq kursda öqirdik. Bir navoiyşunos domla şu maqolani hamma talabalariga faxr bilan körsatib maqtagan edi.
– Buni özimga ham yaqin örtoqlarim aytib bergan. U paytlarda ilmga iştiyoq va muhabbat tufayli ilmiy diplomimni yozganman. Hali unda ilmiy asos va xulosalar juda yuzaki bölgan. Şunga qaramay, talabaning ilmiy kuzatuvlari bu darajada maqtalişi özimga ham quvonç keltirgan. Öşa davrda hamma öz bilganiça gapirib çiqardi. Alişer Navoiy asarlarini turli tarafdan talqin qiliş diniy, tasavvufiy va hatto ğarbona qaraşlar ham tadqiq işlarida közga taşlanib qolardi. Lekin ular uzoqqa bormadi. Alişer Navoiy ijodi juda sirli, tilsimli ekanini anglaşga harakat qilsam-da, biroq unga kirib boriş ança murakkabligini tuşunganman. Navoiy şeʼriyatiga mehr-muhabbatim tufayli bitiruv işimni “Layli va Majnun” dostonidan olganman. Endi öylasam, öşa vaqtda köp narsaga aqlim yetmasa ham, mendagi intiliş va iştiyoqni söndirmaslik maqsadida diplom işidan bir qismini ajratib domla özi qöşimçalar qöşgan va jiddiy tahrir qilgan holda “Işq otaşining samandari” nomi ostida “Şarq yulduzi” jurnaliga tavsiya etgan.
Universitetni bitirib Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga qabul qilindim va filologiya fanlari doktori, professor Abduraşid Abduğafurov rahbarligi ostida “Layli va Majnun” dostonida majoz va haqiqat talqini” mavzusida ilmiy tadqiqot işini yozişga kirişdim. Ilmiy işimni bir karra yozib bitirgaç, rahbarimga bir nusxa berdim. Domla işni sinçkovlik bilan öqidi, ayrim joylarida öz fikr-mulohazalarini qayd etganini aytib, işni qaytadan körib çiqişimni maslahat berdi. Töğrisi, bundan biroz oğrindim. Xayolimda ilmiy işim maromiga yetgan edi. Buni sezib turgan domla: “Işingizda Layli va Majnun muhabbatini ilohiy işq-muhabbat bilan boğlaşga harakat qilibsiz, bunisi yaxşi, ammo asarning ayrim epizodlaridagi oşiq va maʼşuqaning intim munosabatlariga qanday qaraysiz, buni nima bilan izohlaysiz?” – deb savol berdi. Töğrisi, bu savolga öşanda tayinli javob qaytarolmaganman. Yaxşi eslaymanki, öşa vaqtlarda mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodidan örinli-örinsiz tasavvufiy ramz va timsollarni qidiriş urfga aylangan, özim ham şuning taʼsirida edim. Ilmiy işimdagi ana şu tamtaroqlikni domla töğri ilğaganini keyinroq tuşunib yetdim…
Keyinçalik, hayot taşvişimi yo boşqa sababmi, ilmiy işdan uzoqlaşdim. Lekin Alişer Navoiy ijodi bilan boğliq heç bir ilmiy kitob yo tadqiqiy maqolani aslo közdan qoçirmay kelaman. Erkin izlanişlar natijasida şunday xulosaga keldimki, Alişer Navoiy şeʼriyati ulkan ummondek öz bağridagi dur-javohirlarni osonlikça yuzaga çiqarmas ekan. Maqsadga yetişni niyat qilgan tadqiqotçi dastlab şoirning özi tilga olgan mötabar va uluğ manbalar bilan obdon tanişib çiqsin, aks holda, barça harakatlari behuda ketadi. Asarlarida tilga olingan “Tazkirat ul-avliyo”, “Qisasul anbiyo”, “Ihyo” va “Kimyo” (bu ikkisi Abu Homid Ğazzoliy asarlarining qisqaça nomlari), “Nafahot ul-uns”, “Miftoh ul-ulum” va “Talxis” kabi mötabar manbalar şoirning ijod olamiga kirib boriş uçun oçqiç kalitlar deb öylayman. Bu manbalarni çuqur bilmasdan, örganmay va mazmun-mundarijasi bilan yaqindan tanişmay Navoiy ijodi mohiyatiga çuqurroq kiriş imkonsiz. Qolaversa, şoirning afsona va rivoyatlar asosiga qurilgan ayrim şeʼriy durdonalarini töğri tuşunmay ulardagi ramz va timsollarni notöğri talqin qilib qöyiş mumkin.
Ilmning çek-çegarasi, tubiga yetib bölmaydi, degan gap töğri. Donişmandlardan birining: “Ilm uç qariçdan iborat. Kim uning bir qariçiga yetsa, burni kötariladi va ilmga yetdim, deb öylaydi. Kim ikkinçi qariçiga yetsa, nafsi kiçrayadi va ilmga yetmaganini tuşunadi. Ammo uçinçi qariçiga kelsak, hayhot, hayhot, unga heç kim heç qaçon yetolmaydi”, – degan hikmatli sözini doimo yodda tutiş ilm sohibiga katta foyda beradi.
– Alişer Navoiyning adabiy va ilmiy merosiga murojaat qilişda köpçilikning fikrida öta murakkab degan tuşunça örnaşib qolgan. Bunday voqeaga özim ham köp guvoh bölganman. Şuning uçun zoti şarifning dahosiga yaqinlaşolmayotgandekmiz. Balki boşqaçaroq yondaşiş kerakdir? Har qalay, Alişer Navoiydek zot keyingi avlodlar öqib-örgansin degan niyatda şunça ilmiy-adabiy asarlar ustida zahmat çekkan bölsa kerak. Hatto özining şaxsiy hayotini ham ilm-u ijodga bağişlagani maʼlum. Şundan kelib çiqib aytadigan bölsak, xalq orasida ommalaşgan “Farhod va Şirin” dostoni yuzasidan qilgan tadqiqotingiz haqida Mahmud Saʼdiy va Ahmad Otaboyev ustozlarning eʼtiroflarini eşitganmiz. Ustozlarning eʼtirofiça, öziga xos deya taʼrifga loyiq bölgan tadqiqotlarning mazmunini qisqa tarzda aytib ötsangiz. “Xamsa” dostoniga qiziquvçi yoşlarga qaysidir maʼnoda yöl-yöriq bölarmidi, deb öylayman-da.
– Ustozlardan doimo minnatdormiz. Hozirgi vaqtda köpçilik adabiyotşunos va ijod ahli ğarb adabiyotining badiiy usullariga mahliyo bölib, hayratga tuşganiga guvoh bölamiz. Afsuski, ular Şarq adabiyotida bu kabi badiiy usullar allaqaçon ijod ahli tomonidan işlov berilib, badiiy ijodda tajribadan ötkazilganini öylamaydilar. Atoqli fransuz adibi Jon Golsuorsi “Yana tört adib qiyofasiga çizgilar” maqolasida rus adibi Anton Çexovning badiiy mahorati va hikoyaçilikda ustaligini maqtab şunday deydi: “Çexov töğrisida gapirganda aytmoq kerakki, uning hikoyalarining na boşi, na dumi borga öxşaydi, ular baayni toşbaqaga öxşab, örtasining özidan iborat. Ammo unga taqlid qilmoqçi bölganlarning köpçiligi şuni tuşunmadilarki, uning hikoyalarida asarning boşi va dumi içkariga tortib olingan, toşbaqaning tagiga yaşirib qöyilgan”.
Bu bilan aytmoqçimanki, Navoiyning “Farhod va Şirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarining badiiy olamini kaşf etmoqçi bölsak, xuddi şunday holatga duç kelişimiz tabiiy. Yaʼni bu durdona asarlarning badiiy qatlami çuqur va teranligi bois uning içkarisiga kirib boriş oson keçmaydi. Fransuz adibi aytganidek, “asarning boşi va dumi içkariga tortib olingan” bölib çiqadi. Taşqaridan qaralsa, asar juda oddiy syujet va kompozitsion qurilma asosiga qurilgandek, tuşuniş juda osondek taassurot qoldiradi. Aslida, bunday jön tuşuniş maqsaddan çalğitadi. Tadqiqotçi muayyan bilim bilan yondaşmas ekan, mazkur dostonlarning badiiyat olami va majoz libosiga örab qöyilgan voqelikdan xulosa çiqarişda uning poetik haqiqatiga yetib borolmaydi.
– Yuqoridagi dostonga nisbat berib aytilgan gaplar xuddi “Layli va Majnun” dostoniga ham taalluqlidek, nazarimda. Oçiği, bu öziga xos majnunvaş muhabbat dostoni yana ham köproq yoşlarni öziga mahliyo etişi bor gap. Domla, bu haqda endi mutlaqo yangi gap aytmasangiz bölmaydigan, şunday bölmasa, oçiqçasiga yoşlarni aldagan bölamiz. Töğrisini aytsam, bu dostonlar haqida şu paytgaça öqiganlarimdan boşqaçaroq maʼlumotlarni jurnal bahona eşitsam deyman.
– “Layli va Majnun”da Qaysning şarhi holi bayoni meʼroj keçasi va yana biri işq vodiysi tafsilotlari keltirilganini köramiz. Töğri, Navoiy asarlarining şöro davridagi barça naşrlarida (“Xamsa”, 1960-yilgi naşri mustasno) mazkur ikki voqelik bayon etilgan boblar töliğiça olib taşlandi. Bu asar tadqiqiga qöl urgan tadqiqotçilar ham bu ikki voqelikning asarga qançalik ahamiyatli ekaniga qiziqiş bildirmadilar. Şuning uçun mazkur voqeliklar ayrim örinlarda tilga olingan bölsa-da, deyarli tahlil va eʼtibordan çetda qolib ketaverdi.
Islom dini tarixi hamda Payğambarimiz alayhissalom siyratlarida bu voqelikni juda katta hodisa sifatida naql etiladi va buni mumtoz adabiyotimiz vakillari ham öz asarlarida özgaça hayajon bilan tasvirlaydilar. “Navoiy asarlari luğati”da “meʼroj” sözi şoti, narvon, kökka kötariliş degan maʼnolarni anglatişi keltirib ötilgan. Hijratdan bir yil oldin Alloh taolo Muhammad alayhissalomni Buroq otliğ ulovda Makkadan Baytul maqdisga sayr qildirdi. Jabroil farişta u zotga hamroh böldilar. “Isro” sözi keçaning bir qismida sayr qildiriş maʼnosini anglatadi. Qurʼoni karimda “Isro” nomi bilan atalgan sura ham mavjud. Bu Muhammad alayhissalomni Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildiriş bölib, bu hodisa tuş ham emas, ruhiy safar ham emas, deb şarhlanadi. Muhammad alayhissalom ham ruhan, ham tanalari bilan qilgan safarlaridir. Hazrat Navoiy Meʼroj keçasini juda gözal va mohirona tasvirlab, şu keçada kökka kötarilgan payğambarimizni “samoviy musofir” deb maqtaydi:
Markab uza çiqti sekribon bot,
Yöldoş ila yölğa tuşti hayhot.
Kökta tilaganni yerda topti,
Çun yer uza mindi kökka çopti.
Ul pöyada markabi sabukpay,
Olam-olam qilur edi tay.
Bu samoviy safarda oy, yulduzlar, Zuhro, Bahrom, Zuhal, Savr, Hamal, Javzo, Baqar, Saraton, Şer, Xöşa, Tarozu, Aqrab nomli sayyoralar Payğambarimiz va Buroq otining yöliga durlar soçişardi.
Kursi doği Lavh ila Qalam ham,
Raxşi izidin bölub mukarram.
Alloh taolo Özi bilan Nabiysi oldidan niqob – tösiqni kötaradi:
Haq oçib öz olidin niqobin,
Yetmiş ming pardayi hijobin.
Çekti ani ul haramğa onsiz,
Ne jism-u ne jon, ne jism-u jonsiz.
Körgaç özin ul haramda mahram,
Mahv öldi ul mahram, ul haram ham.
Öquvçi, Meʼroj keçasini taʼrifini keltirişdan qanday maqsad közda tutilgan, Layli va Majnun muhabbati tafsilida qanday ahamiyat kasb etadi, deb tabiiy savol berişi mumkin. Namoz mömining meʼroji degan maʼnodagi hadis bor. Şu hadisga köra, mömin kişi har kuni beş mahal kök bilan boğlanadi. Ruhiy quvvat olib, dunyo işlarini töğri va xolis ado etiş yölidan boradi.
“Işq taʼrifi” bobida zaminiy hayotning tafsilotlarini çizib beriladi. Ikkinçisi işq vodiysi bilan boğliq tasvir. Bu ikki tasvir bejiz keltirilmagan. Öquvçida, yigit-qiz muhabbatiga bağişlangan dostonga qanday aloqasi bölişi mumkin, degan haqli savol tuğilişi tabiiy. Biri kök bilan zaminning boğlaniş va munosabati tasviri bölsa, yana biri yer yuzining özi, zaminiy voqelik bilan boğliqdir. Qolaversa, Majnun çekkan dard va iztiroblar zaminiy, yaʼni avom işqi martabasi bilan boğliq dard va iztiroblardangina iborat emas. Balki haqiqiy işq yölida özini poklaş va isloh etişga qaratilgan dard va iztiroblardir. Şu maʼnoda Hazrat Navoiy alohida boblar orqali haqiqiy işqqa qaratilgan Majnun iztirobi va xitob hamda iltijolariga asos-u zamin hozirlaydi.
– Hozirgi zamonimizda hayotni ilmsiz tasavvur etib bölmay qoldi. Ilm insoniyatning yölini yoritmoqda. Ilmsizlik esa xalqni tubanlik va jaholat sari boşlamoqda. Ilmdan uzoq xalq boşqa bir xalqning oddiy xizmatkori va mardikoriga aylanmoqda. Alişer Navoiy ilmga qanday qaraydi?
– Ilmning qadri va maʼnosi juda teran. Insoniyat barça yutuqlarga ilm orqali erişayotgani sir emas. Alişer Navoiy bobomiz ilmning qadr-qiymatiga yuksak bahoni özgaça talqin qilganiga guvoh bölamiz. Öquvçilar yaxşi bilişadiki, Alişer Navoiy Husayn Boyqaro saroyida nufuzli mansablarda işlagan. U vazir bölib davr-u davron surişi mumkin edi. Bunga heç qanday monelik ham yöq edi. U şunça saroy yumuşlaridan vaqt topib, köproq keçalari ijod qilgan. Şuning uçun şoirning doston va ğazallarida tun tasviri köp uçraydi. “Layli va Majnun” dostonining bir bobida oşiq holatini aynan tun bilan boğlab tasvirlaydi:
Beişq ulusqa kom uyqu,
Işq ahliğadur harom uyqu.
Tun-u kun oşiqning qalbi haqni va haqning roziligini qozoniş deb yonişidir. Ilm ana şu haqning roziligini qozoniş yölida bir vosita bölib xizmat qiladi.
– Domla, jurnalning hurmati şunça ter tökkanigiz uçun xursandman. Dostonlar haqida qisqa suhbatlarda aytilişi mumkin bölgan imkoniyatdan unumli foydalandik, deb öylayman. Yana ham bilmadim. Dostonlar haqida çiroyli gaplar aytildi, bular bir yöllanma sifatida öz vazifasini bajarar. Lekin takrorlanmas ijod sohibi bölgan hazratning kiçik hajmdagi epik asarlaridan yaxlitligiça tahlilini jurnalxonlarga taqdim qilsak. Iştaha ovqat mahali oçiladi, deganlaridek, qiziqiş oşib turgan payt öqirmanlarga oz bölsa-da toti tomoqda qoladigan şirinlik taklif qiling. Bu “şirinak” sizning tortmangizda mavjudligidan xabarim bor.
– Kamol et kasbkim, olam uyidin
Senga farz ölmağay ğamnok çiqmoq.
Jahondin notamom ötmak biaynih
Erur hammomdin nopok çiqmoq.
Bir qaraşda, mazkur qitʼaning mazmun-mohiyatini tuşunişda murakkablik yöqdek. Zohiran olganda, Alişer Navoiy pand-nasihat sifatida bu dunyoda yaşaşdan maqsad komillikka intiliş va çin insoniy xulq-atvorni şakllantirişni vazifa qilib qöyayotgandek. Bu olamga kelgan inson dastlab ota-onasi parvarişida bölib, mehr-muhabbati va ardoğida voyaga yetadi. Quş uyasida körganini qiladi, degan xalq maqoli bejiz aytilmagan. Çunki ota-ona qanday inson bölsa, oilada ösib-ulğaygan bola ham ular tarbiyasi va taʼlimini özlaştiradi. Muayyan maʼnoda yaxşi yo yomon tomonga özgaradi. Ammo bu inson uçun yetarli emas. Bora-bora bu olamni özi idrok etib, aql-farosati bilan taniş yölini tutadi. Endi u bir ustoz va murabbiyga muhtojlik sezadi. Ustoz va murabbiy öz bilim darajasi, saviyasiga suyangan holda aqli tölişgan bolaning qiziqişiga qarab olam hamda borliq sirlaridan voqif etadi. Ammo aytib ötilganlar kamolot kasb etişda dastlabki martaba va daraja, xolos. Şuni aniqlab oliş lozimki, mazkur qitʼada Navoiy nazarda tutgan komillik maqomi nima-yu, uning darajasi qanday? Mötabar manbalarga murojaat qilsak, insoniylik maqomi pastki va yuqori maqom – hayvoniylik va malakiylik maqomi örtasida joylaşganini anglaymiz. Agar inson qalbi va ruhini poklaş yölini tutsa, malakiylik maqomiga qarab yuksalib boradi. Mabodo qalbi va ruhini poklamasa, omonat umrini faqat ayş-işrat va rohat-faroğatda yaşab ötişga sarflasa, öz-özidan hayvoniylik maqomiga tuşadi. Mazkur qitʼadan közlangan maqsadni oçib berişda ana şu jihatni aniqlab oliş kerak.
Kamolotga mavhum narsa deb qaramaslik kerak. Komillik inson zabt etişi muşkul hisoblangan xayoliy çöqqi ham emas. Ammo inson zotiga şu çöqqini zabt etiş va butun kuç-quvvati-yu salohiyatini şunga qaratiş taqdir qilingan. Oddiyroq tuşuntiradigan bölsak, odamzodning komillikka erişişi xuddi talaba topşiradigan sinov-imtihonga öxşaydi. Kimdir bu imtihonni muvaffaqiyatli topşirsa, kimdir yaxşi tayyorgarlik körmaganidan sinovdan yiqiladi. Buning uçun unga muayyan vaqt, imkoniyat, kuç-quvvat va qobiliyat ato etilgan. Inson umri va hayoti, unga ato etilgan uluğ neʼmat va boşqa imkoniyatlardan foydalaniş huquqiga ega. Biroq mazkur imkoniyatdan oqilona foydalanmas ekan, bu olam uyidan “ğamnok” holda çiqişi tayin. Bu aqli raso inson nazdida katta yutqiziq emasmi?
Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonida insoniy komillik maqomiga qay tarzda kötarilib boriş tasvirlari asosiy örin tutadi. Farhod muayyan ilm, kasb-hunar egallaşi va bu yölda ança maşaqqat çekişi samarasi ölaroq insoniy komillik kasb etganini şunday taʼriflaydi:
Quyoş yangliğ yoruğ raʼyi muniri,
Vale andin yoruq mofizzamiri.
Vaholanki, bu ilm, kasb-hunar va maşaqqatlar uning komillik maqomiga kötarilişida vosita bölib xizmat qilganini unutmaslik kerak. Farhod özi egallagan ilm va kasb-hunarlar doirasida çeklanib qolgan emas. U muayyan ilm va mahorat hosil qilgandan keyin komillik pillapoyalaridan yanada yuksalişga qasd aylaydi hamda özi yetib kelgan komillik martabasidan qoniqiş his etmaydi. Ustozi Suqrot taʼlimini olib Yunon safariga otlanadi, bu safari çoğida tösiq va ğov bölib turgan ajdaho, Ahriman dev, temir paykarlarni mahv etib komillik çöqqisi sari ilgarilaş uçun öziga yöl oçadi. Natijada basirat – qalb közi oçilib, bu olam va borliqni oldingiga nisbatan boşqaça idrok etadi, uning sir va jumboqlari mohiyatini anglaydi. Navoiy “Farhod va Şirin” dostonida Farhod obrazi orqali komillik darajasi va martabalarini badiiy böyoq hamda timsollar vositasida mahorat bilan tasvirlab bergan.
Şundan kelib çiqqan holda aytiş mumkinki, mazkur qitʼa möjaz va oddiydek körinsa-da, ammo juda katta salmoq va qamrovga ega. Navoiy odamzod aqli va tafakkuriga xitob qilgan holda uning qarşisida ikki yöl, yaʼni poklaniş yoki poklanmaslik masalasiga jiddiy qaraş kerakligini uqtirmoqda. Qitʼada odamzod maqsadi va diqqat-eʼtiborini uluğ maqom hamda darajani egallaşga qaratib, bu olamdan ötmasdan oldin öz tabiati va axloqini turli illat-u yaramas feʼl-atvordan poklab oliş kerakligi haqida ogohlantirmoqda. Ammo poklanmaslik yoki ularga eʼtibor bermasdan yaşaş, aslida, hammomga yuvinib, poklanib oliş maqsadida kirib, lekin undan yuvinib poklanmasdan çiqiş bilan barobar. Bu ruhiy-maʼnaviy poklaniş yöli demakdir. Mazkur qitʼa ana şu poklaniş jarayoni va bosqiçini juda sodda hamda lönda qilib öquvçiga tuşuntirib bermoqda.
– Ajoyib va qiziqarli suhbat uçun özim va öqirmanlar nomidan taşakkur aytaman. Jurnalimizga tilaklaringiz…
– “Yoşlik” jurnalining ilk sonlaridan boşlab har bir sonini qoldirmay öqib borganman. Adabiyotga kuçli mehr qöyganmizmi, har qalay, jurnaldagi bironta maqola, şeʼr yoki hikoyani eʼtibordan çetda qoldirib bölmasdi. U paytlarda “Yoşlik” yoki “Şarq yulduzi” jurnallarida biron şeʼr yo hikoyang naşr etilsa, seni ijodkor sifatida tan olinganingni bildirardi. Ilk şeʼrlarim aynan “Yoşlik” jurnalida bosilganidan haligaça minnatdorman. Ötgan asrning 80-yillarida harbiy xizmatga çaqirilganimda otam Termizgaça kuzatib borgan. Hamma özining ota-onalari yo yaqinlari bilan xayrlaşiş bilan ovora. Men esa özim bilan olib kelgan “Yoşlik” jurnalining yangi sonini öqib ötirganman. Şunçalik qiziqardim-da. Otam uyga borganida onamga “Öğling harbiy xizmatga ikki yilga ketayotganini ham öylamay jurnal öqib ötiribdi”, degan ekan. “Yoşlik” jurnalining ana şu nufuzi va eʼtibori qaytadan tiklanib qölma-qöl öqilişini tilab qolaman.
Suhbatdoş: Xolmuhammad KARIMIY
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


