10 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Adabiyot yoruğlikka olib çiqadi

Isomiddin Pölatov

1997–1998-yillari kitob öqişga odatlandim. Uyimizda badiiy kitoblar deyarli yöq edi, ammo “Şarq yulduzi” va “Yoşlik” jurnallari taxlam-taxlam turardi. Onam şu jurnallarga obuna bölgan edilar. Mening birinçi “kitoblarim” ana şu jurnallar bölgan.

Har bir yoş öquvçiga tavsiya kerak. Çunki biz yozilgan barça maʼlumot va asarlarni öqib çiqolmaymiz. Qiziqişimiz va dunyoqaraşimizga mos keladigan kitoblarni topiş esa ança muşkul. Şuning uçun öşa paytdayoq adabiy tavsiyalarga quloq tuta boşlaganman.

Keyinçalik “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur” jurnallari yoki “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi men uçun göyo televizor dasturlaridek bölib qolgandi. Uşbu naşrlardagi taniqli adib va adabiyotşunoslar yozgan taqrizlarni diqqat bilan kuzatar, ular tavsiya etgan asarlarni, albatta, topib öqir edim. Bu menga vaqtni maqsadli sarflaş, haqiqatan qimmatli kitoblarni kaşf etiş imkonini berardi. Lev Tolstoy aytganidek, “Hamma narsani öqiyveriş yaramaydi, dilda tuğilgan savollarga javob beradigan kitoblarnigina öqiş kerak”.

Menda bir “yomon” odat bor: yoqtirgan kitoblarimni qayta-qay­ta öqiyman. Xotiradan öçib ketmasligi, öşa maza va ha­yajonni qayta-qayta his qiliş uçun. Bugun şu qatlamda turgan ayrim asarlar haqidagi şaxsiy xulosa va tavsiyalarimni sevimli naşrimiz – “Yoşlik” jurnali öquvçilari bilan örtoqlaşmoqçiman.

Toğay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”

Bu romanni har bir özbek öqib çiqişi kerak bölgan asarlar qatoriga kiritaman. Unda bir sulola tarixi orqali butun bir millatning keskin va oğir sinovlari oçib berilgan.

Romanda Jamoliddinning dalasi (yeri) faqat moddiy manba emas, balki butun bir avlodning qadr-qimmati, xotirasi va maʼnaviy mavjudlikning ramzi sifatida körsatiladi. Yer tortib olinganida, u bilan birga millatning bir qismi, maʼnaviy asosi ham yöqoladi – bu asarning markaziy ğoyasini taşkil qiladi.

Muallif sulolaning har bir vakili misolida muayyan tarixiy jarayonni oçadi. Masalan, Aqrab qörboşi erkinlik uçun kuraşgan, bosqinçilarga qarşi çiqqan “bosmaçi”. Uning mağlubiyati millat uçun oğir zarba böladi. Biroq bu tarix bizga begona emas…

Dehqonqul esa “şlyapali odam”. Uning gölligi, soddaligi ğaşingizni keltiradi. Biroq oqqan daryo baribir oqaveradi. Dehqonqul ham bobolariga tortadi. Vaqt kelib qoni qaynaydi, adolatsizlikka, şarafsizlikka könmaydi, könolmaydi. Asarda uning sindirilişi muhim emas, uyğongani va öquvçiga bergan umidi asosiy voqea.

Oqpodşo va Skobelev kabi nomlar bosqinçilik va zöravonlik ramzlari sifatida taqdim etiladi. Muallif bosqinçi doim “maʼrifat”, “tartib” yoki “tarraqqiyot” nomlari ostida kelganini körsatadi, lekin haqiqatda maqsad – yerni tortib oliş, xalqni xotiradan ayiriş. Buni oğriq, alam bilan öqiysiz va öz xulosalaringizni çiqarib olasiz.

Romanning oxirida Dehqonqul “Men qaytib kelaman!” deydi. Bu faqat jismoniy qaytiş emas, u madaniy, maʼnaviy va tarixiy qayta tiklanişga bölgan inonçni ifodalaydi. Bu satrlar umid va har bir avlod uçun ilhom, kelajakka daʼvatdir.


Çingiz Aytmatov. “Kassandra tamğasi” yoxud “Oxirzamon nişonalari”

Roman voqealari özini fazoviy rohib Filofey deb atay boşlagan Andrey Krilsov atrofida sodir böladi. Krilsov ilmga, ayniqsa, inson hayotining boşlaniş sirlariga jiddiy qiziqib qoladi. Tibbiyot va genetika sohasida yuksak natijalarga erişgan olim insoniylik va ilmiy yovuzlik örtasidagi çegarani buzadi.

Krilsov kosmosda yolğiz qolib tibbiy tadqiqot olib borar ekan, ulkan kaşfiyot qiladi – “Kassandra tamğasi”ni işga tuşiradi. Unga köra, homiladorlikning dastlabki haftalarida baʼzi ayollarning peşonasida paydo böladigan doğ tuğilajak bolaning taqdiri yomon ke­çişidan darak beradi. Bunday homilalar göyo “men tuğilmaslikni xohlayman” degandek signal yuboradi.

Filofey bu belgini butun jahonga oşkor qilib, tuğilişidanoq yovuzlik yöliga kirişi aniq bölgan çaqaloqlar haqida ogohlantiradi. Buning ortidan ommaviy vahima, siyosiy bosim, namoyişlar boşlanadi. Unga homiylik qilgan amerikalik futurolog olim ham olomon tomonidan yöq qilinadi.

Asar qahramoni Filofey “Stalin va Gitlerlar oxirzamonni tezlaştirib yubordi. Mana şunday insonlarni tuğilmasidanoq yöq qiliş lozim”, deydi. Bu haqida qanday xulosa yasaş mutlaqo kitobxonning öziga boğliq.

Aytmatov roman fonida oxirzamon belgilari deya tabiiy buzi­lişlar, klonlar, ekologik muammolarga öquvçi eʼtiborini qaratadi. Insoniyat xudbinligi va boylik vasvasasi bilan Yer yuzini halokat sari yetaklayotganini tasvirlaydi. Kitlar galasi özini qirğoqqa otib joniga qasd qilişi, quşlar, hayvonlar, göyo insonning adolatsiz­ligiga isyon qilgandek, butunlay ğoyib bölişini oxirzamon nişonasi sifatida körsatadi.

Filofey özining ilmiy işlari orqali yovuzlikka qarşi ogohlantiriş beradi, ammo uni eşi­tişmaydi. Uning xayolida, agar insoniyat axloqsizlik, nafs, şafqatsizlikdan voz keçmasa, juda keç böladi.

Aytmatov bu asari orqali inson taraqqiyotni faqat texnologiyalar bilan emas, vijdon va kelajak oldidagi masʼuliyat bilan quriş kerakligini esga soladi.

Abduqayum Yöldoş. “Puankare”

Romanga teng hikoyalar böladi. “Puankare” şunday hikoya. Asar markazida bir olim hayoti turadi. Uning umri Puankare gipotezasiga bağişlangan. Puankare gipotezasi dunyo matematika­sining eng qiyin muammolaridan biri. Özbek olimi öşa gipotezani yeçiş uçun umrini tikadi.

Olimni maişiy taşvişlar yengadi. Oila, maoş, jamiyatga moslaşiş kabi masalalar ilmdan çalğitadi. Özi işlayotgan oliy öquv yurtida esa undan buyuk muammolarni yeçiş emas, balki “foydasi bor” işlar bilan şuğullaniş talab qilinadi. “Davlat sizga sarob ortidan yugursin, deb maoş tölamaydi”, deyişadi.

Olimning qalbidagi olov esa sönmaydi. Ammo hayot ham unga imkon bermaydi. Turmuş va ilm örtasidagi ziddiyat uning umrini şamdek eritadi.

Bu holat tasodifiy emas. Muallif bizga özbek olimlarining taqdirini körsatadi. Ilm yölida izlanişga tayyor köplab olimlar turmuş girdobida qolib ketgan. Ular kaşfiyotlar ostonasigaça borgan, biroq şaroit yöqligi sabab orzulari yölidan qaytişga majbur bölişgan.

Asarning eng taʼsirçan nuqtasi – qahramon internetdan xabar öqib qolgan payt. Sankt-Peterburgda yaşovçi, qirq bir yoşli Grigoriy Perelman Puankare gipotezasini yeçibdi! Bu xabar özbek olimini dovdiratib qöyadi. Sen butun umringni tikkan muammoga boşqa yurtdagi raqibing yeçim topib ötirsa-ya! Olimning öttiz yillik mehnati bir lahzada sarobga aylanadi. Aslida, bu bilan bir olim emas, millat yutqazadi. Vaholanki, bizning özbek olimimiz ham öşa yeçimga yetişiga bir neça qadam qolgandi.

Muallif “Puankare” orqali minglab, yuz minglab özbek ziyolilarining qanday qurbon bölganiga eʼtibor qaratadi. Asarni yuragingiz simillab öqiysiz. Özingiz uçun yaxşi xulosalar olasiz.

Gabriel Garsia Markes.

“Oşkora qotillik qissasi”

Bu asarda Santyago Nasar ismli yigit qatl etiladi. Voqea oşkora edi – butun şahar bila turib ham bu jinoyatning oldi olinmadi. Aka-uka Pedro va Pablo öz singillari Anjelaning şaʼnini himoya qiliş maqsadida Santyagoning joniga qasd qilişadi. Ular niyatlarini yaşirişmaydi, hatto odamlarga oçiq-oydin aytib yurişadi. Lekin barçada “men emas, boşqalar töxtatib qolar”, degan fikr bor edi.

Asarda Santyagoning aybiga oid heç qanday aniq dalil keltirilmaydi. Sud jarayonida ham guvohlarning gapi bir-biriga zid. Baʼzilar Santyagoning umuman bunday işga qodir emasligini aytadi.

Markes ham bu savolga javob bermaydi. Çunki muallif uçun muhimi – haqiqat emas, balki jamiyat qanday qilib “haqiqatsiz” ham inson taqdirini hal qilib qöyişi mumkinligida.

Asardagi eng katta fojia – qatlning oldi olinişi mumkinligida. Qahramonlarning köpçiligi öşa kuni Santyagoga xabar bermoq­çi bölişadi. Ammo turli sabablar bilan yigitni ogohlantirişmaydi. Kimdir buni hazil deb öylaydi, yana kimdir “xabarni boşqalar aytar”, deb işonadi. Şu yösinda, bölibturişsa ham, heç kim masʼuliyatni zimmasiga olmaydi. Markes şu orqali jamiyatdagi umumiy loqaydlikka işora qiladi. Santyagoga urilgan piçoq ikki kişining qölida emas, butun şaharning qölida edi, demoqçi böladi.

Asarni öqir ekansiz, voqealarni töxtatişga, özgartirişga urinasiz. Unday qilsa bölardi-ku, bunday qiliş mumkin edi-ku, degan köplab savollarni özingizga berasiz. Aslida ham şunday, biz hayotda ham köp işlarni qilmoqçi bölamiz, lekin negadir qöl urmaymiz…

Mixail Bulgakov. “Ityurak”

Qissa 1925-yili yozilgan. Lekin tanqidiy ğoyalari sabab sovet senzurasi tomonidan uzoq yillar naşr ettirilmagan. Asar saksoninçi yillarga kelib, qayta quriş davrida öquvçilar qöliga yetib borgan.

Asarning boş qahramoni – professor Filipp Filippoviç. U Moskvada yaşaydi, inson organlari ustida tajribalar olib boradi. Uning asosiy maqsadi – inson xususiyatlarini sunʼiy yöl bilan özgartiriş va yangilaş.

Professor bir kuni köçada oç va abgor holatda qolgan it – Şarikni uyiga olib keladi. Köppakka rahm-şafqat körsatib, ovqatlantiradi, parvarişlaydi. Biroq professorning niyati yaxşi emasdi – u Şarikni insonga aylantiriş uçun ğalati tajribasini olib borişga qaror qiladi.

Şarikning gipofizi va boşqa aʼzolari köçada ölgan daydi odamning organlari bilan almaştiriladi. Bu organlar itning taşqi körinişi, nutqi va odatlarini belgilaydi. Professor tajribalarini olib boriş davomida bu ğalati maxluqning yangi ovozi va harakatlari atrofdagilarda hayrat, qörquv uyğotadi. Natijada, it asta-sekin insonga aylana boşlaydi. Undan Poligraf Poligrafoviç Şarikov degan yangi “inson” paydo böladi.

Biroq möjiza sodir bölmaydi. Şarikov madaniyatsiz, dağal va tarbiyasiz bölib çiqadi. Uning nutqi, odatlari va xatti-harakatlari hayvonga xos bölib qoladi. Endi Şarikovda inson huquqi bor, lekin uning qöpolligi va be­parvoligi atrofdagilarni qiynaydi.

Şarikov turli idoralarda işlaydi, uydagi xizmatçilar va hamkasblar bilan kelişa olmaydi, xatti-harakatlari köpinça nizo va tuşunmovçilikka sabab böladi. U hatto professorning hayoti va odob-axloqiga aralaşadi, talablar qöya boşlaydi.

Professor tajribasini ortga qaytarişga majbur böladi. Şarikov yana itga aylantiriladi. “Ityurak” – bu faqat ğalati tajriba haqidagi qissa emas. U jamiyatdagi tajribasiz rahbarlar, bilimsiz “yangi odamlar” va inson tabiatining murakkabligi haqidagi falsafiy satira. Asar sizni inson va jamiyat haqida fikr yuritişga undaydi, bilim va maʼnaviyatning ahamiyatini tu­şuntirib beradi.

Frans Kafka. “Evriliş”

Asarning asosiy qahramoni – Gregor Zamza. U kundalik mehnat bilan oilasini boqadigan inson. Bir kuni u ulkan haşarotga – allambalo körinişga ega, şoxli, gapira olmaydigan, qiynalib yuradigan jonzotga aylangan holda uyğonadi.

Kafka bu “qilmiş”iga izoh berib ötirmaydi. Nega odam hayvonga aylanadi, bölişi mumkin emas, deyolmaysiz. Şunçaki voqealar rivojiga “böysunasiz”.

Moddiy jihatdan evrilgan Gregorning qalbi hamon inson edi. Biroq uning körinişi nafaqat jamiyatda, balki eng yaqinlari – oilasida ham nafrat va rad etiş hissini uyğotadi.

Gregor avval, yaʼni inson ekanligida oilasining suyançiği edi. Qarzlarni u tölar, rözğor uçun tinmay mehnat qilar, bunday olib qaraganda, risoladagidek oila aʼzosi edi. Bir kunda, aynan bir kunda Gregor Zamza muammoga aylanadi. Oila aʼzolari avval undan qörqadi, keyin yuz ögiradi, ovqat berişmaydi, bora-bora uning yöq bölişini istay boşlaşadi.

Eng alamlisi, haşarotga aylangan yigit xorlikda vafot etadi va bu voqeadan söng oilasi yengil tortgandek böladi. Öşa kuni ular dam oliş uçun şaharga çiqişadi. Hatto kelajak rejalari haqida xursand holda suhbatlaşişadi. Haşarotga aylangan insonning ölimi heç kimni qayğuga solmaydi. Kafka aynan şu jihat orqali öquvçiga savol qöyadi: inson hayoti va qadri uning qançalik foyda keltirişi bilan ölçanadimi? Oilada şartlarsiz, talablarsiz mehr-muhabbat bölmaydimi?

Asarni bir nafasda öqib çiqasiz. Ammo voqealarini yillab tahlil qilib yurasiz. Zamza kim? Men Zamza bölib qolsam, oilam nima qilgan bölardi? Şu kabi savollarni, bir marta bölsin, özingizga, albatta, berib körasiz.

Agata Kristi. “Ular önta edi”

Roman ön nafar odamning orolga çaqirilişi bilan boşlanadi. Ular turli qatlam vakillari: sudya, harbiy, sobiq politsiyaçi, xizmatçi, şifokor va şu kabilar. Öylaşadiki, orolda ularni çiroyli hordiq, şohona munosabat yoki iş yuzasidan uçraşuv kutardi. Ammo voqealar umuman boşqaça tus oladi.

Orolga kelgan zahotiyoq mehmonlar devorga ilingan ğaroyib şeʼr bilan tanişadilar. Unda “önta negr bolasi” haqida gap boradi va har misrada bitta bola qandaydir sabab bilan halok bölib boradi. Uşbu şeʼrdagi voqelik tez orada hayotga köçadi.

Birinçi keçadayoq mehmonlardan biri ğalati tarzda ölim topadi. Qolganlar buni tasodif deb öylaydi, ammo keyingi kunlarda ham ölimlar davom etadi. Har bir ölim şeʼrdagi satrga mutanosib sodir böladi. Masalan, bir misrada bola mast holatda halok bölsa, orolda ham şu voqea takrorlanadi.

Mehmonlar orasida heç kimga işonç qolmaydi. Hamma bir-birini ayblay boşlaydi, çunki orolda boşqa odam yöq edi. Ularning orasida kimdir qotil ekani aniq. Maʼlum böladiki, orolga taklif etilganlarning barçasi ötmişda biror gunoh sodir etgan. Ular qonundan qoçib, jazodan qutulib qolişgan. Ammo vijdondan qoçiş mumkin emas. Qotil esa özini “adolat” qöli deb hisoblaydi va har biriga qilgan işi uçun jazo tayyorlaydi.

Qotil aniq şu ön kişining içida edi. U sud va jamiyat ojiz qolgan nuqtada harakatga keladi va hammani yöq qiladi. Özini ham. U bir vaqtning özida vijdonli, şu bilan birga qotil.

Asarni öqirkansiz, özingizga savol berasiz: men bu orolga tuşib qolsam, qaysi gunohim haqida öylardim? Vijdonim menga nimani eslatgan bölardi?

Isomiddin PÖLATOV

1985-yili Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. Samarqand davlat universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan. “Yigitning ori bölsin!” nomli

badiiy-publitsistik kitobi naşr etilgan.

 

2025/10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)