116 marta körilgan

Qölimda bobomdan tuğ, Qiz boşimga mardona…

Nilufar Ergaşeva

* * *

Kuz edi, barglarga singdim sarğarib,

Kuz edi, xazonday tökildim çoği.

Kuz edi, yöllarim yölidan toygaç,

Kuz edi şamolga oçiq quçoğim.

Kuzgi osmonlarga boy berdim seni,

Tugadim. Boşlandi qiyomat-qoyim.

Qöllaringdan tutib qaytmoqçi edim,

Qöllarimni sensiz qöydi Xudoyim!

Kuz edi, men senga singmoqçi edim…

Metroda

Aprel hislariga hamohang bölib,

Böynimda römolçam raqs tuşayotir.

Hislarim yomğirdek közimga tölib,

Nigohim kimnidir, o, xuşlayotir.

U kimdir,

boşidan oyoği işq – may.

U kimdir, közimga sançib ötdi niş.

Hatto özi bilmay, özi ham sezmay

Könglimga muhabbat solgan notaniş!

Içimda ğalayon, savaş boşlandi,

Bu nima, koyişmi, urişmi, ohmi?

Bir bekat odamday yaşaş boşlandi,

Bir bekat odamday sevsam, gunohmi?

Bilmadim,

jim keldim,

qilolmadim ahd,

Sezmadi, közlarim yoşlanganini.

Bilmadi, yonida turganini baxt,

Bilmadi, bir bekat yaşaganimni…

* * *

Toğday qanot söradim,

Qanot bermadi quşlar.

Orzu bölib aldadi

Ertasi yoruğ tuşlar.

Men şamol bölmoqçiydim,

Men ohang bölmoqçiydim,

Labimga kulgu bosdim,

Yovmit zafarlar quçmay.

Yakun topdi bolalik,

Jimirlab ketar etim.

Men bilgan ertaklarda

Qullar ozod, hur edi.

Qaçon işonib qoldim,

Qaçon, kimlar avradi?

Malika bölmoqçiydim,

“Urtöqmoq”lar aldadi.

Faqat osmon özgarmas,

Birda yomğir, birda qor.

“Oq terakmi, kök terak”,

Dunyo degan savdo bor.

Şamol soçimdan tortar,

Çalğitadi öyimdan.

Endi qayga qoçaman,

Ilon çiqqan uyimdan.

Mayda-mayda taşvişlar,

Maydalaşib boraman.

Ovloqda sarkaş bilan

May talaşib boraman.

Qölimda bobomdan tuğ,

Qiz boşimga mardona.

Siz jim yoting, botirlar,

Men savaşib boraman.

Turon degan Vatanni

Men talaşib boraman!

“Sabbayi sayyor”ni öqib

(Turkum)

1.

Osmon –

Yiğisi qotgan bulut,

Oxiri körinmas sel.

Va bunda haydalgan Lut¹ –

Közlari boylangan el.

Bunda şam edi Yusuf,

Parvonadir Zulayho.

Ikkisi ikki xil yöl-u,

Biri – şoh, biri – gado.

Bir tanga siğmas işq-u,

Iztirob, sitam, davlat.

Nega sevding, Dilorom?

Davlat edi bu savlat.

Yoki Majnuniy işqdir,

Va lek yetmoqqa keç ham.

Axiysi yöq qavmning

Farruxi bölmas heçam.

Bunda kim qalb zargari,

Yana aytsin, kim qallob?

Har yonim yaltiroq söz,

Har yonimda Zayd Zahhob!

Nahot men anglamadim,

Sof deb bilgandim taxtni.

Xato qilmadimi el,

Podşoga mengzab baxtin?

2.

Osmon.

Yetim qiz. Köz yoş.

Toşlar yorilmaganmiş.

Hali ösmagan Barçin,

Tuğilmagan Alpomiş!

Hali yozilmagan şeʼr,

Surilmagan bir xayol.

Hali xastahol şoir,

Hali ölmagan ayol!

Barini unutgan qiz,

Baridan un kutgan qiz.

Közlarini jim yumib,

Baridan un yutgan qiz.

Ertakka işonganman,

Ertakning murodi bor.

Senga rahmim keladi,

Hali topilmagan yor.

Bitta qurbon men emas,

Axir, yelmagan yelmiz.

Quvonçi mayda-mayda,

Közyoşi butun elmiz.

Osmon.

Yiğisi qotgan bulut.

1 Lut alayhissalom qissasiga işora.

Nilufar Ergaşeva

2005-yili Farğona viloyatida tuğilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi. Özbekiston Milliy universiteti talabasi.

 

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.