(Hikoya)
Yoşligini Makedoniyada[1] ötkazgan
eski bir zobitning xotira daftaridan
21-yanvar, 1319 (1904), Babina[2] .
Ön kundirki, aylanib yuribmiz. Kuzdan sarğaygan xarob örmonlarni kezib çiqdik… Ovqat pişiriş uçun yoqilgan olovning kulidan boşqa bir narsa yöq. Ğolibo, qiş kelgani uçun hamma narsa ğoyib bölgan. Nihoyat, qömondon qurol qidirişga buyruq berdi. Ikki-uç qişloqdan nasihat va tazyiq-la yuz elliktaça qurol topdik. Bular markazga yuborildi. Men öz bölinmam bilan qoldim. Balki bu taraflarda isyonçilar[3] bordir. Juda sovuq. Çodirda jon saqlaş imkoni yöq. Askarlarga kengroq yerni tayin etdim. Özim esa qişloqning yagona savdogari, yaʼni baqqoli, attori, mayxonaçisi, xullas, hamma narsasi bölgan bulğor dökoni yonidagi buzilgan uyga joylaşdim. Bu qadar iflos! Ey Xudoyim, bunça irkit bölmasa!
Yotadigan xonamning birgina derazasi bor. Peçka öçoği, şifti xuddi kömirdan qilingandek qop-qora… Eşigiga qöl tekkizişga hazar qilasiz. Çiroq yöq. Sassiq, yoğli bir qurum bosgan tunuka qandil sariq va söniq nur taratadi. Vujudim, zehnim horğin… Tuşunolmayman. Pastda uy egasining çöçqalari bor: ora-sira şunday xunuk çinqiradiki… Xuddi ostimda birovni böğayotgandek, böğizlayotgandek böladi. Qörquvdan közlarimni yumib olaman. Xayolimda hamma yoqqa saçragan qon tomçilari yuzimga tegib ketadigandek. Peşonamning çap burçagidan quloğim tomon anglab bölmas bir harorat yoyilib boradi. Bir sas… Ha, bir ayol tovuşi! Yozuvlarimni yiğiştirib quloğimni ding qilaman. Unça uzoqda emas. Lekin havo qanday xuş, qançalar osuda, farahbaxş…
Yanvar, 1319 (1904).
Erta tongda turdim. Havo muzdek. Şinelimni kiydim. Pastdan hali olov keltirib, öçoqqa öt qalanmagan. Yordamçim “tayyor böliş” xabarini keltirdi. U çiqqunça isinmoq uçun tor xonaning içida borib kela boşladim. Öçoqdan derazaga, derazadan öçoqqa borib kelaman. Boşim töntarilgan çöyan hovonçadek oğir, qop-qoronği, böm-böş. Olti oy yaşaganim – sevimli Istanbul jonimni, Feneryölidagi oydinlikni, toza, ozoda, rohatbaxş köşkimizni öylardim-u, lekin köz oldimga keltirolmasdim.
Ajabo, batalyon markaziga poçta keldimikin? Neça hafta böldi, onamdan xat olmayman. Bu yerning sutidan sarimsoq hidi keladi. Nonuştaga hammasidan qoqlangan nonni xuş köraman. …Taşqarida şovqin kötarildi. Qaradim. Pastak bir devor bilan ajratilgan qöşni boğçada eşik oçilib, uning ustuniga suyab qöyilgan taxtalar qulab tuşdi. Şu qişloqlik ekaniga közlarimning işonişi mumkin bölmagan bir qiz. Gavdalikkina, qönğirsoç, çiroyli, quvvatli bir qiz. Ustunning çap tomonidagi maydonçadan qarab turibdi… Meni kördi. Qoçmadi. Hatto tikilib-tikilib qaradi. Olti oydan buyon bunday gözalga birinçi marta duç kelib turibman. Lekin naqadar tiniq, jonli, toza, sof bir gözallik. Töyib-töyib boqmoqdaman. Va şu xotiralarni yozyapman.
Fevral, 1319 (1904).
“Hayot uyqu bölsa, işq uning röyosidur!” Mana – eng buyuk haqiqat. Esim ketdi, ğamim ham ketdi. Jonlandim. Iştaham oçildi. Kezmoq, tomoşa qilmoq istayman. Bugun çiqib qişloqdagi turkça bilgan bulğorlar bilan gaplaşaman. Inşaalloh, meni bu yerdan olib ketmasalar kerak. Markazga yozdim. “Meni qözğatmang!” – dedim. Endi bekor vaqtlarimni – zotan, tamom bekorman – deraza yonida ötkazaman. Ğolibo, devorlardagi yozuvlarga bir neça satr ilova qilaman. Lekin bu na bir şikoyat, na bir oh böladi! Totli, toza, osuda bir xotira… Maydonçadagi gözal, başang, kelişgan qiz bilan uzoqdan bir sevişiş! Uning ismini ham bilmayman. Dökon egasidan ham, xizmatkoridan ham söramadim. Söraşdan nima foyda? Uni bilmasam, faqat yozuvlarimgina meni unga boğlab qöydi. Harbiya maktabining ikkinçi sinfida “Jazo qonuni”ni öqitgan bir öqituvçimiz bölardi.
– Fazilatli bölmoq insonning qölida emas. Lekin istasa, nomusli böla oladi, bu ixtiyoriy narsadir, – derdi.
Uning fikriça, kim yaşirin qilgan işini köpçilik bilib qolgan hisoblab, jazo qonunnomasining moddalarini xotiriga olsa, nomussiz bölişdan qutuladi. Lekin fazilat içdan keladigan bir narsa. Bunga zörlik bilan erişmoqqa uriniş riyokorlik bölar edi. Bir kişida fazilat yo bor, yo yöq. Orzu bilan, iroda bilan unga erişib bölmaydi. Men uşbu deraza oldida, dökonçining isqirt qöy pöstagi ustida çordana qurgança, ruhimni tahlil etarkanman, heç fazilat egasi bölmaganimni iztirob bilan his etdim. Çunki… Ha, qanday yomon fikrlar kelmaydi xayolimga! Bu qizni majburan olib qoçmoq! U bilan birga qoçmoq! Amriqoga… qayta dunyoga kelgandek, boşqa manzara va boşqa hayotni xayol qilardim! Ortiq na onam, na otam, na uyim, na vatanim qoladi! Demak, men bir daydiman! Butun orzum qoçmoq, bandilikdan qutulmoq, vatanni, oilani abadiy tark etmoq. Notaniş olislarda birgina muhabbat bilan yaşamoq! Lekin ustozimning tavsiyasiga amal qilib, iştiyoqlarning orzudan amalga aylanişini jazo qonuni moddalari bilan soliştirib çiqsam, özimdan uyalib ketaman. Taşvişga kömilib yotgan zavolli davlatning boşiga bir bulğor qizini olib qoçib, yangi muşkulot ortmoq! Iş beradigan, vatanga xizmat qiladigan çoğimda qöşinni tark etmoq, jangdan, töqnaşuvdan, harbdan qoçmoq! Tabiiy bir öqqa uçib qulamoq yoxud bir pastkaş kabi kasalxonalarda surinmoq, tahqirga uçramaslik uçun mamlakatimga ham qaytmaslik. Sevikli onam köz yoşlariga ğarq bölib, mening xayolim bilan öladi. Otam yaqinlari, döstlari oldida mening xiyonatimdan yuzi şuvut. Heç kimning betiga qarolmaydi. Bularni öylarkanman, közimni maydonçadan olaman. Qop-qora öçoq içida çirsillab yonayotgan olov xayolimni öz oğuşiga tortadi.
Ha, nomusli bölmoq insonning öz qölida! Mana men ham na qizni olib qoçaman, na uning ismini bilişga harakat qilaman. Hatto yuziga boqmayman! Lekin bularning hammasini öylab ötirmay, muhokamasiz qilolsam edi. Nega menda axloqning asosi bölgan fazilat yöq? Neçun doimo urmoq, majaqlamoq, parçalamoq, qoçmoq, qarşi bormoq, öldirmoq, isyon etmoq istagiga moyillik bilan yaşayman? Ilk tarbiyam taʼsirimi? Çunki bolaligim tartibsiz keçdi. Salkam yöltösarlar bölgan bir töda odamlar içida ösib ulğaydim. Istanbul, oh, bu qadar sevganim gözal Istanbul, maktablar, boy kibor aqrabolarning nazokatlari borliğimga ğoyat katta kuç va quvvat baxş etgan! Arkoni harb tabaqasiga qöşilib ketişimning sababi ham qattiqqölligim… Bir döstimni ölasi qilib urganman. Aybdorligim maʼlum bölib qoldi. Qamoqda yotib çiqdim. Axloqim tamom böldi. Butun umidlarim böşga çiqdi. Lekin mana bu gözal xonim unga qaramaganimga, orqamni ögirib olganimga jahl qilyapti. Meni deraza oldida körişi bilan ovozi boriça qöşiq aytib qiçqiradi:
Nash, nash,
Çarigrat nash.
Raz-dva-tri…
Fevral, 1319 (1904).
Men… qaroqçi uşlaydigan, qaroqçilarga doir xabarlar töplaşga masʼul yoş zobit nimalarni öylab, nimalar bilan şuğullanib, nimalarni yozib yuribman. Ha, maydonçadagi qiz bilan işni gullatib yubordik. Men ortiq sovuqqa, izğiringa parvo qilmadim. Derazaning oynasini oçib qöydim. Qiz yayrab ketdi… Menga ğalati-ğalati qarab kula boşladi. Qöli bilan men maʼnosini tuşunmagan işoratlar qilardi…
Fevral, 1319 (1904).
Aytgan qöşiği naqadar fuzun, qançalar ğalayonli! Şubhasiz, bir işq qöşiği! Men birgina naqarotining sözlarini örgana oldim:
Nash, nash,
Çarigrat nash…
Moviy otaş közlarini menga tikkança bu naqarotni takrorlar ekan, qölidagi ilmaklarini töqiyotgan paypoği içiga soldi-da, ingiçka barmoqlari bilan, göyo körinmas bir qalbni siqmoqçi bölib, şaylanib turgan yarim yumilgan kuçli ayol barmoqlarini qöşiq ohangiga moslab maydon panjarasiga urardi:
Nash, nash,
Çarigrat nash…
“Nash”lar şunçalar ehtirosli, şunçalar jonli, şunçalar oşiqona, şunçalar qizğin ediki… Ular göyo ruhdan ham teranroq bir yerdan kelar edi. Göyo koinot qaʼrida aks sado topgandek. Kim bilsin, bu “Nash” nima degani? Menga tikilib takrorlaşiga qaraganda, bir xitob bölişi kerak. “Seni juda sevaman, sen uçun jonimni beraman!” – degani bölsa kerak. Yo bölmasa, şularga yaqin bir narsa! Neça marta bölinmamdagi bulğorça biladigan iştillik Husni önboşini çaqirib söraş aqlimga keldi. Lekin bu önboşi – şaytoni laʼinning özginasi… Unga işqiy qöşiqni tarjima qildirsam, tamom, haddidan oşadi. U yoği nima böladi? Bu hayajonli qöşiqning men yodlamagan boşqa bandlaridan, quloğimga unça begona bölmagan, “Bolqon, Şipka, Maritsa” sözlari eşitildi. Har holda rus yoki italyan musiqasidan olingan bir narsa bölmasa kerak. Qöşiqni xayolimda taxminan şunday tarjima qilaman:
Seni juda sevaman,
Seni juda sevaman.
Bolqonlardan, Şipkadan
Oşib keldim yoningga.
Kör, Maritsa bölolmas
Tösiq mening yölimga.
Seni juda sevaman,
Seni juda sevaman.
Bulğorçani rostdan biladigandek, sözlarini birma-bir turkçaga tarjima qilganim kabi içimda bir işonç bor. U bulğorça:
Nash, nash,
Çarigrat nash…
deya çaqirmoqqa boşlarkan, men ham taxminan qilgan tarjimamni uning ohangiga moslab, ğönğillayman. Bu qanday totli, qanday ehtirosli oşiqlik böldi. Uzoqdan uzoqqa…
8-mart, 1319 (1904).
Bugun Pirbeliçega qaytmoq uçun batalyon qömondonligidan buyruq oldim. Kelgan poçta maʼlumotlaridan bildimki, monastirga ketyapmiz. Alvido, ey, hanuz ismini bilmaganim, lekin ruhini anglaganim gözal qiz! Bir oy bu qadar tez ötdi. Heç bölmaganda uzoqdan, mayli, u xayoliy bir işq bölsin, sezmaganlar naqadar badbaxtdirlar! Hayot aççiq bir dori… Işq unga aralaştirilgan bir şakar! Bu dorini şakarsiz içmoqçi bölganlarning holiga voy! Ikki oydirki, najotsiz tölğonaman. Olis kelajak orzulari dimoğimni töldiradi, rohatimni oladi. Ön beş metrlik bir masofadan durbinim bilan eng nozik nuqtalarigaça kuzatganim bu jonli haykal ruhimda qiyomatlar yasadi. Kunlarning, soatlarning qanday ötganini sezmagan edim. Endi bu yerga keça kelgandekman. Bir oy davomida uç martagina taşqari çiqdim. Bu ham askarlarga oziq-ovqat oliş uçun. Qaysi xonada bölmay, kasalimga bahona topardim. Yordamçimga oqşom tanbeh berib:
– Keçasi yotganda derazangizni yaxşilab berkiting. Şamollab qolasiz. Bir marta derazani oçgandim, mana endi tumov-puçqoqdan böşamayapman!
Yolğon gapirmoqda edim. Bir oy davomida kunduzlari derazani heç bir berkitmadim. Xona içida şinelimni kiyib ötirdim.
Ertaga tuşlik oldidan yölga çiqamiz. Yordamçimga tayyorgarlik körişni buyurdim. Bu oxirgi keça… Mendan oldin kelib-ketganlarning devordagi yozuvlariga men ham bir narsalar ilova qilarman. Ammo nimani? Buni hali bilmayman.
“Nash, nash,
Çarigrat nash…”
Bu satrlarni qoğozga tuşirarkanman, u gözal maʼsum muhabbatimizning muştarak nağmasini takror etardi. Ajabo, mening ertaga ketişimni, uni abadiyan körmaydigan bölib ketişimni bilsa… Bir oydir, bu işq faryodini, bu toğlarning pokiza şamollari singari kuçli va muazzam faryodini barobar tingladik. …Erta ketiş oldidan unga bir yodgor qoldirmoq istayman. Jomadanimda oçilmagan kiçkina bir şişa atir bor. Şuni berib yuboraman. Lekin kim orqali? Uy egasi mayxonaçi nihoyatda mutaassib! Balki xizmatkorini köndirarman. Yölga çiqişdan ön daqiqa oldin berib yuboraman. Qişloqdan çiqqanimda, yo bölmasa, çiqqanimdan söng hadyani oladi. Na qaytarib yubora oladi, na taşakkur… Devorga lotin harflari bilan bir oydan buyon birgalikda aytayotgan qöşiğimizning naqarotini yozdim. Bir kuni men kabi bu yozuvlarni öqiydiganlar içida biror bulğorça biladigani bölsa, bu yerda işq mojarosi yotganini anglar. Zotan, boşqa nima yozmay, ruhimning sarguzaştini uşbu tört sözday ifoda etolmas:
“Nash, nash,
Çarigrat nash…”
11-mart, 1319 (1904), Pirbeliçe.
Babinadan erta tongda otlandik. Askarlarni yöqlama qildim. Ovqatlarini yedirdim. Soat törtda hammani yölga çiqardim.
– Sekin-sekin boravering. Men orqangizdan yetib olaman, – dedim.
Minadigan va körpa-töşagim, jomadonim yuklangan ot bilan mayxona röparasiga keldim. Xizmatçi bilan otlarga qaraydigan qurolli bir kişidan bölak heç kim qolmagan. Mayxonaçi bilan hisob-kitobni qildim. Derazaga keldim. Maydonçada qiz yöq edi.
– Nash, nash,
Çarigrat nash… –
deb huştak çala boşladim, körinmadi. Bu naqarotni ön martaça takrorlagandirman. Mayxonaçining yugurdagi içkari kirdi. Pastdan xöjayin yuboribdi, yordam beriş uçun… Jomadonim bilan körpa-töşagimni yelkasiga ortdim.
– Yana kel! – dedim.
Atirni olib qöygandim. Bola kelişi bilan qölidan tutdim. Derazaning çetiga boşladim. Kelib-ketgan askarlar bilan oldi-berdi qilaverib, turkçani biroz tuşunadigan bölib qolgan edi. Maydonçali uyni körsatdim, şunday deb söradim:
– Şu yerda bir qiz bor, bilasanmi?
Bola çözinçoq, yoğ bosgan soçli boşini tebratdi.
– Rada, – deb kuldi.
– Radami?
– Ha.
– Barakalla, mana senga bitta çoraktalik! Bilasan, men ketyapman. Unga köpdan-köp salom ayt. Manavi şişani berib qöy.
– Xöp-xöp…
– Lekin, töğrisini ayt. Keyin bermaganingni bilsam, seni çatoq qilaman.
– Yöq, beraman.
– Yaxşi, albatta ber.
Meni xotirjam qilmoq uçun oriq qöllari bilan bir xoç çiqardi.
– Albatta beraman, – deya boşini yana bir silkitib qöydi-da, çiqib ketdi.
Egilib etiklarimga poşnalik taqardim. Tasodifan xayrlaşuv rasmini ado qilmoq fikri bilan keksa mayxonaçi içkari kirdi. Bir oydan buyon xonamga birinçi marta kirişi. Men tik turgan edim, öçoqning çetiga betakalluf çökdi. Mendan juda mamnun edi. U bilan muomalamiz özi qiziq edi. Şunçaki gapni ulaş uçun söradim:
– Soat neççi?
– Beşdan ötyapti.
– Yuklar ortildimi? Men tayyorman.
– Lekin havo yomon.
– Nima qilamiz, buyruq şu, xöjayin.
Rada bilan vidolaşiş uçun ortiq qololmasdim. Butunlay ketadigan kunim bunday yöqolib qolişi ğalati edi.
Takror söradim:
– Taqsir, bugun biror bayram bormi?
– Yöq.
Ajabo, qayoqqa ketgan bölsa? Quloqlarimda qöşiğining naqaroti sado beradi. Xayolan tarjima etganim bu öynoqi ism naşidasining sözlarini ketayotgan paytim şu qariyaga tarjima ettirmoq fikri birdan miyamga urildi. Mayxona xöjayini bir vaqtlar şaharda turgani uçun turkçani bilar edi. Uşbu qöşiqning bulğorçasi bilan turkçasini daftarimga bir xotira sifatida yozib olmoqçi böldim.
– “Nash, nash, Çarigrat nash…” nima degani, xöjayin?
Çolning nafas olişi tezlaşdi. Kiçik, söniq közlari porladi. Kirlanib ketgan bir taxta parçasiga öxşagan kir qölini bir narsaga eʼtiroz bildirayotgandek havoga kötardi:
– Xudo saqlasin, – dedi, – bizning qişloğimizda heç kim bunday demaydi. Biz buni qabul etmaymiz.
Tuşunmadim. Takror söradim:
– Nega?
– Biz qabul qilmaymiz. Bu yerning barça aholisi insofli kişilar.
Yana anglamadim. Yirik bir muhabbat naşidasi deb öylaganim bu latif qöşiqning, ajabo, uyat, ayb, nomusga zid keluvçi yomon bir sözlari bormidi?
Derazaning taşqarisini körsatib:
– Şu qöşnining qizi qanday, xöjayin? – dedim.
– Qaysi biri?
– Rada.
– Uni bilmayman, lekin otasi yaxşi odammas. Çerkovda pop edi. Bir kuni harbiyga ketib qoldi. Velmefçeda öldi…
Xayolimda:
Seni sevaman…
Seni sevaman…
deb tarjima qilganim “Nash, nash, Çarigrat nash…”ning maʼnosi, şunçalik uyatli edimi, bu odam nomusga zid hisoblayaptimi?
– Uyat söz bölsayam, ayting, azizim, zarari yöq, xöpmi? – dedim holi-joniga qöymay.
Qiziqişim ortib borar edi. Qariya önğaysizlanar, turkça söz topolmay qiynalardi.
– Ha, ayting, “Nash, nash” nima degani?
– Anaqa… afandim…
– Nima u?..
– “Bizniki bölajak, bizniki bölajak!” degani.
– Nima bizniki bölajak?
– Anavi…
– Nima narsa, azizim, ayt…, – deya qiziqdim.
Qariya qizarib-bözarib ketdi. Terlaganday bölib, peşonasini kaftining orqasi bilan artdi. Yerga qaragança tutila-tutila:
– Ça… Çarigrat! – dedi.
– Çarigrat nima?
– Istanbul.
– !..
Şunday yomon böldimki, heç narsa deyolmay qoldim. Is bosgan şiftga qaragança şinelimning tugmalarini ötkaza boşladim. Jahlim çiqib, oqarib ketganimni, muzlab borayotganimni körgan qariya ham ölim hukmini eşitayotgan gunohkordek qörqa-pisa örnidan turdi. Nima deyişimni ham, nima qilişimni ham bilmasdim.
Bizniki bölajak, bizniki bölajak,
Istanbul bizniki bölajak…
Yuragim yirtilib ketgudek zirqiraydi. Tizzalarim oğriydi. Bilaklarim ustida göyo çumolilar yuradi. Lablarim, yanoqlarim titray boşladi. Mayxonaçi qörqqanidan yuzimga qarolmaydi. Çayqalgança eşik tomon yurdim. Qoronği zinadan tuşarkanman, ruhimga, vijdonimga kutilmaganda kelib tekkan bir qamçining kişini nobud etuvçi şartillagan ovozini endi aniq-tiniq eşitayotgandek edim:
Nash, nash,
Çarigrat nash…
Ha, heç şubhasiz, u men ahmoq, özidan boşqa narsani öylamaydigan, tuşunmaydigan görsöxta yoş zobitning hadyasini olgan edi. U maydonçadan birgina menga emas, butun millatimga qaratilgan jasur, metin, azmkor kufri bilan taşakkur bildirardi.
Dökondan zörğa çiqdim. Mayxonaçining gaplari quloğimga kirmasdi. Havo juda buzuq edi. Töngdiruvçi, muzday kesuvçi bir şamol esardi. Boşim qizib, vujudim yonardi. Şinel va kitelimning tugmalarini yeçib yubordim. Boş kiyimimni orqaga taşladim. Tik yöllardan, tor jarlardan, sokin örmonlardan yurdim. Yuklarim ortda qolib ketdi. Bölinmaga yetişdim. Ulardan ham ötib ketdim. Oh, bu tanho, bu quş uçmas örmonlar içida koşki biror partizanga duç kelsam edi. Koşki, meni öldirsalar edi. Özimga bölgan nafratimdan, vijdon azobidan vujudim erib borar edi.
Umar SAYFIDDIN (1884–1920)
Atoqli turk adibi. “Tarix azaliy takrordir”, “Haram”, “Yefruz Bey”, “Qahramonlar”, “Bomba”, “Uzun poşnalar”, “Halollik”, “Yolğiz bahodir”, “Iskanja”, “Işq tölqini”, “Oq Lola”, “Sirli amaliyot”, “Forsa”, “Badal”, “Elçi”, “Puşti durli yoqa” kabi asarlari maşhur.
Begali QOSIMOV tarjimasi
2025/36
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


