8 daqiqada öqiladi

77 marta körilgan

Ğoliblik – eʼtirof

Öğiljayron Xoldurdiyeva

unga öqiş, izlaniş yölidan boriladi

Doston tinglab ulğaydim

Men beş farzandning uçinçisiman. Oilamizda birin-ketin qiz tuğilaverganidan momom menga Öğiljayron deb ism qöygan. Qiziq-da, keyin ukam tuğilgan ekan. Otam kenja farzand. Bobom vafot etganida, yoş bölişiga qaramay rözğor taşvişlarini yelkasiga olgan. Oila taşvişlari bilan otamning oliy maʼlumotli bölişi armonga aylangaç, biz farzandla­rining ziyoli bölişimizni istagan. Bu borada baholi qudrat şaroit yaratib berib kelmoqda. Momomning aytişiça, öz vaqtida bobom bolalariga sovğa olib kelgan çoğlarda doim otamga kitob sovğa qilar ekan. Otam kitobga mehr qöyib ulğayganidanmi, bizga ham bu xislat ötganiga guvohmiz. Yaxşi eslayman, uyimizda katta kitob javoni bölardi: “Göröğli” va “Alpomiş” dostonlari turkumi jild-jild taxlanib turardi. Momojonimni Alloh rahmatiga olgan bölsin, kitob öqişga qiziqardi, ayniqsa, bolaligimizdan bizga şu dostonlarni öqib berardi. Bundan ilhomlanib biz nevaralar dostonlardagi şeʼriy qismlarni yodlab olib, aytib berib, u kişini quvontirardik. Ana şunday oilada tarbiyalanib voyaga yetganman. Ota-onam özlarining armonlari tufayli barçamizni oliy maʼlumotli qilişga bor kuç va mehnatlarini sarflab kelmoqda. Hozirda katta opam Özbekiston davlat jahon tillari universitetining ikkinçi bosqiç ma­gistranti, ikkinçi opam esa Çirçiq davlat pedagogika universiteti bitiruvçisi. 

Uydagilarimning aytişiça, tabiatan şoşqaloqroq feʼlli qizça bölgan ekanman: içingda bir narsa yonayotganday, bir daqiqa ham tinç ötirolmaysan, deyişardi. Tinib-tinçimas öquvçilik davrimdayoq rassomlik yönalişida ham tanlovlarda qatnaşganman, şuningdek, şohmot va sportning gandbol yönalişida ham muso­baqalarda iştirok etganman. Xususan, kitob­xonlikka keladigan bölsak – özbek, turkman, qoraqalpoq tillarida oilaviy kitobxonlik qilardik. Bu esa kengroq fikr yuritiş imkoniyatimni oşirdi. Birgina misol, öninçi sinfda öqib yurgan kezlarimdayoq “Yoş kitobxon”  tanlovida qatnaşib, Respublika bosqiçida iştirok etişga muvaffaq böldim.

Tört yuzta kitob

Törtköl tumanining çekka bir maktabida öqiganim sababli, avvaliga Respublika “Yoş kitobxon” tanlovi töğrisida yetarli maʼlumotga ega bölmaganman. Keyinçalik tarğibot kuçayib borgan sayin bu haqda bildik. Rosti, tanlov haqida eşitmay turib, tabiiy holda kitobsevar bölganman. Şu sabab tanlovda qatnaşiş men uçun katta imkoniyat eşi­gidek tuyildi. Şuning uçun ota-onamga nihoyatda quvongan holda bu haqdagi xabarni yetkazdim. Maʼlum vaqtdan keyin tanlov uçun eʼlon qilingan kitoblar röyxatini opam topib kelib berdi. Oilamdagilar, maktabdagi ustozlarim birgalaşib bu röyxat böyiça kitoblarni yiğişga kirişib ketişdi. Hatto maktab direktorimiz ham yordamini ayamadi. Boşqa maktab direktorining örinbosari bölib işlayotgan Abdulla amakim bu işda menga yaqindan yordam berdi. Onajonim esa oiladagi barça yumuşlardan ozod etib, doim öqiş uçun şaroit yaratib be­rişga harakat qildi. Öqigan kitoblarimni oila davrasida birma-bir muhokama qilib borardik. Natija yomon bölmadi, birinçi urinişdayoq Respublika bosqiçiga yetib keldim. Şuni alohida eʼtirof etişim kerakki, oilaviy kitobxon bölganimiz juda qöl kelganiga guvoh böldim. Bu iştirokim men uçun katta bir hayotiy saboq böldi. Negaki, nuqul muvaffaqiyat uçun ilm örganmaslik kerakligini tuşunib yetdim. Aslida, kitob öqişni yaxşi köraman, ammo tanlov uçun tayyorgarlik jarayoni biroz boşqaça keçdi. Avvalo, kitoblar röyxati aniq va öqilgan kitob bayon qilinişida vaqt ham çegaralangani bois öziga xos bir reja asosida harakatlaniş talab qilinadi. Muhimi, birinçi yili tanlovda qatnaşganimda, garçi örin ololmagan bölsam-da, ön kun davomida butun mamlakatdan kelgan kitobxonlar bir joyda özaro fikrlaşib, yaxşigina tajriba, unutilmas taassurotlar oldim. Öşanda bu tanlovda yana iştirok etib, albatta, birinçi örin olişni maq­sad qilib qöygandim.

Keyingi yili esa tanlovning hududiy bosqiçida qolib ketdim. Buning sababi bor edi. Çunki oldimda bundan ham muhimroq bir tanlov turgandi. Maktab bitiruvçisi bölganim tufayli oliy öquv yurtiga kiriş öy-xayolimni egallab olgandi. Şu bois qisqa muddat oraliğida ingliz tili hamda özbek tili va adabiyoti fanidan imtihon topşirib, sertifikatni qölga kiritdim. Şu yili 186,6 ball bilan Özbekis­ton davlat jahon tillari universitetiga davlat granti asosida öqişga qabul qilindim. Öqişga kirganimdan keyin mustaqil hayot, boşqa muhit, oiladan uzoqda yaşaşga moslaşişim biroz qiyin keçdi. Tabiiyki, oliy taʼlim oliş sirasida eng yetuk mutaxassis böliş maqsadim özgargani yöq. Şu iştiyoq bilan öziga yaraşa yutuqlarga erişa boşladim. Barça imtihonlarni faqat “aʼlo”ga topşirib kelyapman. Şuning barobarida “Rektor stipendiyasi” tanlovida ğolib böldim. Talaba bölişim bilan ilmiy maqolalar yoziş maşqini olişimda esa ustozim Şahodat Usmonova har jabhada qöllab-quvvatlab kelmoqda. Birinçi bosqiçda ingliz tilidan xalqaro sertikat olişga jiddiy tayyorgarlik körganim tufayli kitobxonlik tanloviga iştirok etolmadim. Muhimi, öquv yili yakunida ingliz tili böyiça 7,5 darajali sertifikat olişga muvaffaq böldim. Çet tillarini yaxşiroq örganayotganim kitobxonlikda imkoniyat eşiklarining kengroq oçilişiga sabab böldi.

Şu örinda alohida taʼkidlaşimga töğri keladi. Öqigan kitoblarim sonini köp söraşadi. Buni özimça noörin savol hisoblasam-da, baribir javob berişim kerak ekan, degan töxtamga keldim. Hozirgaça öqigan kitoblarimning soni tört yuztaga yaqinlaşib qoldi. Aslini olganda, odam qança köp öqigan sayin şu qadar kitobga yanada ehtiyoji ortişini his etib boradi. Buni hayotiy misollar bilan ayta olaman.

Özimni ruhan xotirjam his etganim tufaylimi, “Yoş kitobxon” tanloviga bu galgi tayyorgarlik jarayoni mutlaqo boşqaça tus oldi. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasiman. Şu bois, Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi “Kökça oqtepa” mahallasidan iştirok etdim. Boşqa tarafdan, har qanday qulay şaroitni muhayyo qiladigan oilamdan uzoqda, ijarada yaşayman. Boşida ançagina qiynalganim rost. Bitta yutuğim şu ediki, ötgan uç yil içida kitobxonlik heç xa­yolimdan ketgani yöq. Ğolib böliş könglim­ning tub-tubidagi katta orzularimdan biri bölib qolgan edi. Şuning uçun tanlovga tayyorla­nişga kirişar ekanman, özimdagi iştiyoqning sönmaganligini his etdim. Bu safar şu paytgaça orttirilgan tajribalarni qöllab, qöşimçasiga, xotira maşqlari kabi qulay va samarali usullardan foydalanişga harakat qildim. Eng muhimi, öqişda ham, bayon qilişda ham vaqt masalasini töğri taqsimlaşga erişa oldim. Bu jarayonda katta foyda keltirgan holat esa bu – internet va ijtimoiy tarmoqlardan butkul voz keça olganim böldi. Mana şunday qilib özimni özim çeklaşim ham ğoliblikka olib borgan omillardan biri bölgan, deb bemalol ayta olaman.

Poytaxtda kitoblarni topişim ança oson keçdi. Öquvçilik davrimda “Yoşlik” jur­nalini topişga juda qiynalgandim. Bu safar esa universitet kutubxonasida jurnalning barça sonlari borligidan rosa quvondim. Endi asosiy maqsad faqat ğoliblik emas, özimni şunça çeklaganim evaziga maʼrifat ziyosini közlab yondaşgandim. Heç şubhasiz, yutuqqa eri­şiş qöşimça kuç bağişlab turgani bor gap. Bizning eng quvo­nadiganimiz, şu ma­şina sovrinini yutsag-u, ota-onamizga sovğa qilsak.

Tanlovga Toşkent şahridan qatnaşa boşladim. Bosqiçma-bosqiç muvaffaqiyatli iştirok etib, Respublika bosqiçiga yetib bordim. Andijon şahrida bölib ötgan final bosqiçida bir hafta davomida ön törtta hudud vakillari birgalikda döstlaşib, asarlarni muhokama qilib, döstona ruhiyatda özaro bellaşdik. Qiziği, oxirgi şartga yetib borganimizdagina men birinçilikka kötarildim. Oxirigaça bosiqlik bilan hayajonlanmasdan borişim, tajriba töplaganim, mustaqil holda özimni rejali hayotga solganim şu yerda ança-munça qöl keldi.

Farzand yutuği tölaligiça ota-onanikidir

Tanlovning hal qiluvçi pallasi edi. Men birinçi öringa kötarilgan çoğim ota-onamning közlaridagi quvonçni körib, qançalik baxtiyor bölganimni söz bilan ifodalab berolmayman. Bu sözlarga siğmaydigan farzandlik tuyğusi bölsa kerak. Ertasi kuni taqdirlaş marosimida qölimda maşina kalitini uşlab turarkanman, ota-onam­ning közlaridagi yoşni körib, oçiği, kitobxonlarni uluğlagan şunday yurtda tuğilganimdan, şu yurtning farzandi ekanimdan, biz yoşlarga yaratilib berilgan imkoniyatlar uçun çeksiz minnatdor böldim. Hayotimdagi qahramonlarim – ota-onam timsolida bir narsani anglaganmanki, ota-ona­lar farzandidan mol-dunyo kutişmas ekan. Farzandlar kamoli – ota-onaning baxtiyorligi. Şu bois, “otangga rahmat”, “onangga rahmat”, degan eʼtiroflarni eşitiş hamişa oliy istaklarimdan bölib kelmoqda.

Öşa lahzalardagi otamning quvonçini aytdim, lekin u kişiga mahalladagi döst-birodarlari: “Ey Abajan oğa, kördingizmi, ilmga sarflagan sarmoyangiz birvarakayiga şodlik, ulkan şaraf, qolaversa, moddiy boylik bölib qaytdi”, deya eʼtirof etganlari çoğidagi huzurbaxş rohatni har bir ota-ona öziça tasavvur qilaversin.

Öşanda qalbimda jöş urgan öta hayajonli nuqtaga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. Bilasizmi, maydonda kuraşayotgan farzanddir, ammo köproq hayajonlanayotgan va taşviş çekayotgan zotlar – ota-onalar böladi, ular­ning keçinmalarini, his-hayajonli tuyğularini sözga siğdiriş muşkul. Uluğlarimiz aytganidek, har bir farzand yutuğini ham, mağlubiyatini ham ota-ona­largina ulardan köra köproq his etarkanlar. Şunday ekan, baralla – barça ota-onalarga ehtiromlarim bölsin deyman.

Iftixor

2024-yilning 24-aprel kuni “Silk Road Samarkand” maj­muasining Kongress markazida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov iştirokidagi tadbirda qatnaşdim. Ğolib kitobxon sifatida u yerda sözga çiqişimning özi, aslida, oddiy oilada voyaga yetgan qiz uçun ertakdek gap. Bu xabarni telefon orqali ota-onamga yetkazganimda, mendan köra ularning xursandçiligi çeksiz edi. Otam yana bir bora şunday deb taʼkidladilar: “Bularning barçasi kitob öqişning şarofati, endi bu yoğiga ham öqiş va izlanişdan töxtamasliging kerak”.

Şunday nufuzli davrada sözga çiqayotib hayajonlanar ekanman, kitobxonlar vakili sifatida nutq qilayotganim masʼuliyati menga kuç berib turdi. Sözga çiqarkanman, ikki davlat rahbarlari talaba qizga mehr bilan qarab turganini his etib, quvvat olib ança erkin gapira boşladim. Avvaliga davlatimiz tomonidan yoşlar uçun yaratib berilgan imkoniyatlar uçun özim va butun kitobxonlar nomidan minnatdorlik bildirdim. Bundan keyin ham yurtimizning ravnaqi uçun ilm olişdan sira töxtamayman, deb vaʼda berdim. Albatta, Prezidentimiz har bir gapimni maʼqullab, menga dalda berib turişlari ulkan quvvat va kelasi orzu-maqsadlarim uçun qanot böldi.

Hayajonlarimni yengib gapirar ekanman, sözimning orasida hurmatli mehmonga turkman tilida kitobxonlik tanlovi haqida qisqa maʼlumot aytib, otamga maşina kalitini berganimni, bunig uçun yurtboşimizdan çeksiz minnatdor ekanimizni bayon qildim. Sözlarim oxirida zaldagi mehmon-u mezbonlar örinlaridan turib qarsak bilan olqişladilar. Şunday nufuzli tadbirda ikki xalq tilida ona ti­limday fikrlarimni ifoda etganim iştirokçilarning zavqini oşirgan bölsa ehtimol.

Xulosa qilib şuni aytmoqçimanki, nimagaki erişgan bölsam, eng avvalo, bunga ota-onam sababçi. Otam doim “Ğoliblik bu – rizq, haqiqiy xazina esa sen olayotgan ilm”, deya uqtirib keladilar. Şu örinda, meni ğoliblik yölida köpçilik qöllab-quvvatlaganini, jumladan, qarindoş-uruğlarim, mahalladoşlarim, butun tumandoşlarim, Toşkenti azimda esa Kökça-Oqtepa mahallasi, şuningdek, universitetimiz ruhiy dalda bölib turganini eʼtirof etişim joiz. Barçalaridan minnatdorman.

Öğiljayron Xoldurdiyeva – 2006-yili Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida tuğilgan.

Respublika “Yoş kitobxon” tanlovi ğolibi (2024). Özbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.

Xolmuhammad KARIMIY tayyorladi.

2025/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)