Özbekiston xalq rassomi Alişer MIRZO bilan suhbat
Rassomning “Toşkent tinçlik va döstlik şahri” nomli uçlik polotnosi Toşkent davlat sanʼat muzeyiga olingan. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Abdulla Qodiriy uy muzeyidagi asosiy tasviriy sanʼat asarlari muallifi. Uning beş yuzdan ortiq ijodiy işlari keng jamoatçilikka taqdim etilgan.
Musavvirning şaxsiy körgazmalari AQŞ, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Norvegiya, Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Hindiston, Janubiy Koreya, Litva kabi davlatlarda tasviriy sanʼat ixlosmandlarining yuksak eʼtirofiga sazovor bölgan.
Alişer Mirzoning “Kallaxonalik yigitça”, “Musavvir” va “Ziyolilar bazmi”, “Onaginam” asarlari çop etilgan.
– Alişer aka, ijod yölingiz haqidagi suhbatimiz qiziqarli keçadi, degan niyatdaman. Albatta, hayot yölingiz ham öziga xos. Keling, avvalo, bolalik davrlaringizni eslasangiz…
– Bolaligim biroz ğamgin keçgan. Ikkinçi jahon uruşi oqibatida abgor bölgan dunyo, qatağonlar, qiyinçilik içida ösib-ulğaydik. Şu sababdan ham bolalik xotiralarimning aksari oğriqli va armonli. Uç-tört yoşdagi bolalik çoğim bir umrga köz oldimda qolib ketgan. Öşanda tösatdan “qamoqqa olindi”, degan sovuqdan-sovuq bir ibora bölgan ekan. Tösatdan… afsuski, otam ham ana öşanday musibatga duçor böladi. Avvaliga hibsda uşlab turişgan, sudga olib kelişganida, albatta, hibsxonada “dil suhbat”lari bölgani tayin. Jöjabirday jon bölib uzoqdan kuzatib turibmiz. Örtamizda bir çuqurlik joy bor edi, hali bolaman deng. Avvaliga “ana otang”, deb onam qayta-qayta körsatavergan bölsa ham, men otamni tanimaganman. Yuzlari oydek, közlaridan mehr yoğilib turadigan odamni izlaganman-da. Ammo körsatilayotgan odam men uçun notaniş edi. Aslida, oraliq masofa unça uzoq bölmagan. Otam, garçi bola nigohim bilan körib turgan bölsam-da, maşinaga çiqar çoğ ögirilib bir qaraganida yuragim şiğ etib ketgandi.
Bir zamonlar, oila davrasida ötirganimizda, sandiq içidagi non uşoqlarini qitirlatayotgan siçqonlardan qörqib yiğlagan çoğlarim otam tançaning narigi tarafidan ötib kelib, meni dast kötarib soatning musiqasi bilan ovutganlari esimda qolgan. Men öşa mehribon otamni izlagan bölsam kerak. Oradan yarim yilça vaqt ötib Tovoqsoydagi hibsxonada uçraşuv böldi. Bu gal ham yana öşa manzara takrorlandi. Attangki, yuzi bözdek oqargan, juda ham befarq, hayajonsiz kişini körib turardim. Yana u kişi tez-tez devorda çiqillab turgan soatga qarab-qarab qöyardi. Uçraşuvga berilgan vaqt tez ötib ketmayaptimikan, degan xavotirda hisoblab ötirgan ekan-da. Şunday qilib, Tovoqsoyda ham otamni tanimaganman. Ammo uçraşuv vaqti tugab, ketar jafosi quçoqlab bağriga bosganlarida mehr körsatişidan, hididan otamni tanib qolgandim.
Ulğayganimdan keyin suriştirganman. Bobom bir yetim qizçani qaramoğiga olib östirgan ekan. Öşa ayolni “amma” deganmiz. Biz uçun uning ismi ham “amma” bölib qolgan. Öşa ammamning aytişiça, otam öqituvçi bölgan, dars payti millatimiz tarixi, milliy adabiyotimiz haqida muntazam bolalarga eslatib kelgan ekan. Şu voqea qamoqqa olinişiga sabab bölganmiş.
– Xotiralarni eslaşingiz bilan çaqimçilik haqida açinib gapiryapsiz. Ajablanarlisi, öşa yillardagi çaqimçilik, yumaloq xatlar, bir-birining ustidan yozib berişlar haqida birgina sizdan eşitayotganim yöq. Haqiqatan, iğvogarlik epidemiyaga öxşab keng tarqalib ketgan ekan-da. Öşa iğvo qilayotganlarning özi töğri iş qilyapman, degan öyda bölişgan, deyişadi. Hayronman, bu epidemiya viruslari hanuzgaça uçrab turgandek. Emin-erkin zamonda nima uçun bu hol davom etyapti?
– Çaqimçilik juda yomon illat. Buning öq ildizi madaniyatsizlikka borib taqaladi, degan tasavvurdaman. Şundaylar, asosan, mahalladan taşqari hayotni tasavvur qilolmaydigan dunyoqaraşi tor kimsalar. Saviya yetişmasa, kengroq fikrlolmasa, körib turganidan ham xulosa çiqarolmasa, özining aqli yetmaydigan fikrni eşitişi bilan çaqimçilik qiliş kerak, degan öyga boradi. Buning illat, qabih iş ekaniga, aslida, öşanday odamlarning aqli yetmaydi. Bilib turib nafsiga yengilganlar ham bor. Bu darddan qutulişning yagona yöli – köproq mutolaa qiliş, mahalladagi uluğlarning suhbatlariga qatnaşib turiş deb bilaman. Yoşlarimiz köproq eʼtiborli bölib, bu borada ota-onalar amaliy tarzda ibrat körsatişsa, yaxşi bölardi. Quş uyasida körganini qiladi, deyişadi. Bu kabi hikmatlarning mağzini çaqiş kerak.
– Tabiiyki, öquvçi uçun ijodiy jarayonning maşaqqatli yöli haqidagi voqealarni eşitiş muhim va zarur. Şunday ekan, ijodiy faoliyatingiz va ijod labaratoriyangiz haqida sözlab bersangiz…
– Sanʼatga qiziqişim bolalik yillarimdan boşlangan. Şu qiziqiş orqasidan tasviriy sanʼatga doir köplab maʼlumotlarni öqib-örganişimga töğri keldi. Albatta, vaqtim doimo ziq bölganidan hamma narsani hisobga olib, özimça muhim hisoblagan jahon adabiyoti asarlarini tanlab-tanlab öqiganman. Asr boşida Yevropa adabiyoti va sanʼatida keng qamrovli inqilobiy tajribalar öz yeçimi bilan körsatib berilgan bölsa, bu hol ötgan asrning oltmişinçi-yetmişinçi yillarida Lotin Amerikasida böy körsatdi. Eʼtirof etiş kerakki, barça davrlarga ham teran nazar solsangiz, madaniy kötarilişlar karvonboşisi sifatida tasviriy sanʼat vakillari turganiga guvoh bölasiz. Ön töqqizinçi asrning oxiriga borib jahon sanʼati va adabiyoti boşi berk köçaga kirib qoldi. Şu sababdan soha madaniy inqilobga ehtiyoj sezadi. Bu işni rassomlar boşlab beradi. Bunda meʼmorlar va boşqa sanʼat sohasi vakillari qöşilib katta bir kötarilişni paydo qiladi. Xuddi Şarq musulmon dunyosida ham miniatyuralar yuksak darajada rivojlangan davrlardagidek. Hatto turli sohadagi madaniyat ahli birgalikda yiğinlar ötkazadi. Parijda bunday uçraşuvlar tez-tez bölib turgan. Biz xuddi çoyxonada yiğilganimiz kabi ular ham Monmartr tepaligida, El Greko nomli qahvaxonada yiğilib, sanʼat haqidagi yangi fikrlarini bildiradilar. Ularning safida dunyoga maşhur yozuvçilar, rassomlar, meʼmorlar, şoirlar bölgan. David Sikeyros, Xose Klemente Orosko, Diyego Rivera, Rufino Tamayo singari yozuvçilar, katta-katta rassomlar Lotin Amerikasi madaniyatida ilğorlardan bölgan. Öşa devoriy suratlarda umuminsoniy muhim fikrlarni ifodalaydigan asarlar yarata boşlaydilar. Bu öziga xos yondaşuvlar natijasida adabiyotning ham yirik vakillari maydonga keladi. Xususan, Gabriel Garsia Markes, Xorxe Luis Borxes, Xulio Kortasarni tilga olsak böladi. Pablo Pikasso, Anri Matiss, Vasiliy Vasilyeviç Kandinskiy, Salvador Dali kabi uluğ ijodkorlar sanʼatda yirik özgarişlar qilişgan.
– Sizning ijodiy faoliyatingiz bilan tanişar çoğim adabiyotda ham salmoqli natijalarga erişganingizning guvohi böldim. Albatta, tahliliy tomondan baho beriş maqsadida emas, amalga oşirilgan işlarning kölami, zahmati, şu yölga bağişlangan umrni çamalab körgaç, şunday savol paydo böldi. Yaʼni tasviriy sanʼat bilan adabiyotda uyğun tarzda ijod qilişning öziga xos masʼuliyati-yu maşaqqatlarini his etgan, qisqa qilib aytsak, boşdan keçirgan tuyğularingiz bilan örtoqlaşsangiz.
– Özbek adabiyotining zabardast vakillari qadrdonlarim, ular bilan davradoş, qurdoş, qolaversa, fikrdoş bölganmiz. Tasviriy sanʼat böyiça ijodiy izlanişlarimni bevosita adabiyot bilan boğlamay iloji yöq. Mening baxtim nafaqat adabiyot, balki adabiyotning yirik vakillari bilan ham yaqinligimdir. Ular bilan muloqot qilganim sayin tasavvurlarim yanada boyigan, tuşunçalarim kengayib borgan. Ijodiy izlanişlarimni doimo qöllab-quvvatlagan qadrdonlarimdan Usmon Azim, Erkin Aʼzam, Xurşid Davron, Xurşid Döstmuhammad, Tilab Mahmudov, Dilbar Mahmudova kabi ijodkorlarning eʼtiroflari menga ruhan tetik holda ğayrat-şijoat, masʼuliyat bilan ijod qilişimga quvvat bağişlagan.
“Şarq yulduzi” jurnalida romanim eʼlon qilingaç, yilning eng yaxşi romani deb eʼtirof etildi. Mukofot topşiriş tadbirida iştirok etayotgan betakror ijodkor döstim Usmon Azimga ham kitobdan bir nusxa berdim, tadbir çiroyli ötdi. Tabiiyki, bu ijodkor döstim öz odatiga xilof iş qilmaydi. Aytişiça, kitobni olgaç, uyiga bora-borgunça, bu yoği, hoynahoy, çatoq böldi, deya yozğirib boradi. “Döstimiz juda çiroyli narsalarni gapirib berardi, u baribir usta rassom, yozuvçi emas, birinçi romani qanaqa çiqqan ekan? Menga maʼqul bölmasa, döstimdan ayrilib qoliş xavfi bor”, – deya xavotirga tuşadi. Özbek adabiyotining tom maʼnodagi yirik namoyandasi bunday holatda tinç ötirarmidi? Uyga yetib borişi bilan kitobni varaqlaşga tuşgan. Hartugul kitobni öqib xavotirlari tarqabdi. Hatto, “Ziyolilar bazmi” nomli kitobimga ön ikki sahifali kiriş sözi yozgan.
Keyingi asarlarim naşr etilgaç, jonga oro kirib qöllab-quvvatlovçilarimdan biri Ibrohim aka Ğafurov “Eski Toşkent haqida Oybek domlaning esdaliklaridan taşqari, heç kim Alişer Mirzo kabi yozgani yöq”, deya baho berdi. Mana şunaqa eʼtiroflar bilan qöllab-quvvatlab kelişmoqda.
– Demak, sizning ijodingizda tasviriy san’at va badiiy adabiyot ayro-ayro tuşunçalar emas?
– Şunday savol yuzaga çiqar ekan, buning hayotiy voqelik ekanini bir sidra anglatib ketay. “Ötkan kunlar” romaniga bağişlangan asarlarimni ruhan puxtalaş jarayonida ajoyib bir voqea sodir bölgan. Habibulla Qodiriy bilan uçraşganman. Habibulla akaning juda çörtkesarligi haqida eşitib u kişining oldiga hadik bilan borganman. Baxtimga, mehri jöşib, suhbatimiz jönaşib ketdi. U kişi fotomateriallarni taqdim etiş bilan birga boşdan keçirganlarini ham hikoya qilib bergandi.
Bu suhbatlar orasida oilasi, Qodir bobo haqida, otasining qanday ijod qilgani kabi voqealar, önqir-çönqir hovli, turli holatlargaça suratini çizişga töğri keldi. Bir-ikki yildan keyin Habibulla akaning dardlari zöraydi. Ketar jafosi öğillariga tayinlab: “Mendan keyin Alişer akangdan tez-tez xabar olib turinglar”, – degan ekan.
Xullas, uç yil davomida u kişining suhbatlaridan bahramand böldim. Şunday qilib, köplab maʼlumotlarni, yaʼni voqea-hodisalarning tafsilotlarigaça ularning özidan eşitganman. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy asarlari haqida juda qimmatli maʼlumotlar olganim batafsil tasviriy asarlar yaratişimda juda qöl kelgan.
U kişi bilan uçraşuvimning sababi ham “Ötkan kunlar” romani bölgan. Maktabni bitirib bilim yurtida öqib yurgan kezlarim “Ötkan kunlar”ning birinçi naşrini öqişga muvaffaq bölganman. Keyinçalik romanni qayta-qayta öqib çiqqanman. Bolalikdagidek yuzaki tuşunçalar emas, balki millatimizning taqdiri, davlatçilik masalalari, ijtimoiy-siyosiy voqealarning tasvirlariga qiziqişim ortgan. Habibulla akaga mualifning özi “Yusufbek hoji millatning ziyolilari obrazi, Otabek esa millatning navqiron yoşlari obrazi” deb aytganlarini eşitib juda xursand bölganman.
Taniqli adabiyotşunos olim Umarali Normatov “Ötkan kunlar” Alişer Navoiydan keyin millatning ijtimoiy, siyosiy, maişiy va madaniy hayotini keng qamrovli yoritgan asar”, deya eʼtirof etganini eşitib esa bu asarga mehrim yanada ortgan. Ungaça öquv dasturlariga muvofiq ğarb adabiyotini yetarliça öqib-örgandim. Bu ham Abdulla Qodiriy asarlarini keng qamrovli idrok etişimda juda qöl keldi. Şu asno Abdulla Qodiriyning yuz yilligi yubileyiga asosiy tasviriy asarlarimni tayyorlaganman.
– Uzoq yillik mehnatingiz singgan Toşkent Teatr va rassomlik sanʼati instituti haqida taassurotlaringizni ham bayon qilsangiz. Albatta, şunça yil ta’lim sohasida faoliyat yuritgan kişi bilan suhbat jarayonida har kim ham bu haqda bilişni istaydi-da, töğrimi?
– Örinli savol. Qariyb qirq yildan beri institutda yoş ijodkor-talabalarga saboq berib kelmoqdaman. Hozirgi kunga qadar milliy rangtasvir yönalişida ön-ön beş nafar zabardast va yetuk mutaxassislar yetişib çiqdi. Töğri, xalqaro miqyosda talabalarni öqitib kelayotgan fakultetning yonida milliy fakultet ham bölişi kerak. Aslida, bizning milliy sanʼatimiz ham juda boy qadriyatlarga ega, maşhur miniatyura sanʼatimiz bor: Kamoliddik Behzoddek zabardast ijodkorimizning özi bir institut, axir.
– Bir neça ziyolilarni tilga olib ötdingiz. Birortasi bilan ijodiy muloqot va hamkorligingizni misol tariqasida aytib bersangiz.
– Hamid Sulaymon adabiyot muzeyini taşkil qiliş jarayonida meni çaqirtirdi. Borsam, uzun stol yonida ötirgan gavdali, kelişgan, haybatli kişi örnidan turib quçoq oçib qarşiladi. Qiziq-da, men u paytlari talabaman, ajablandim. “Alişerbek, – deb quçoqlaşib söraşganlaridan battar ajablandim. – Çaqirtirganimning boisi, siz – Alişerbek xalqqa, vatanga xizmat qilişga tayyormisiz?”, deya savolga tutgan. Bir dam sukutdan keyin: “Tayyorman”, dedim. “Unda bir-ikki döstlaringiz bilan qadimiy sanʼatimizni, adabiy meʼrosimizni, Alpomişdan tortib Qodiriygaça bölgan jarayonni tiriltirib, tasvirlab berasizlar. Şu muzey uçun, şu xalq uçun”, – degandi. Bunday öktam gapirgan odamning gapidan ruhlanib işga kirişib ketganmiz. Bizga zudlik bilan joy ajratib berişdi. Samarqand-u Buxorolarning suratini çizişga kirişib ketdim. Rassom döstim Javlon Umarbekov Maşrabning qatl etilişini çizişga kirişdi. Ustoz tez-tez bizdan xabar olar, mavzular böyiça bizga kengroq tuşunçalar berar edi. Haqiqiy millat ziyolisi edi Hamid Sulaymon.
Şu taxlit işni köngildagidek uddaladik. Kutganimizdan ham ziyoda böldi. Mana, sizga uluğvorlik, millatimizning tanti va ziyoli farzandlari. U odam olamdan ötib ketgandan keyin töqson beş yilligida katta bir maqola yozdim. Şu maqolani öqib rosa xursand bölgan Fozila Sulaymonova uyiga çaqirib, ustoz bilan ötgan hayotini gapirib bergan.
Şular qatorida Çingiz Axmarov, Abdulxay Abdullayev singari ustozlarimizni eslab ötişni joiz deb bilaman. Hozir menda bir ğoya bor, şu yirik şaxslar, ziyoli odamlar bilan uçraşuv va suhbatlarimni alohida bir kitob qilib yozmoqçiman.
– Bugun kasb tanlaş arafasida turgan yoki tanlagan kasbining sir-asrorini örganayotgan yoşlarga kimlarni ibrat qilib körsatiş mumkin?
– Albatta, özimning hayotiy tajribamdan kelib çiqib fikrimni aytay. Köpinça tarixiy şaxslar bilib-bilmay tilga olinadi. Men aytamanki, yöq, keng jamoatçilik uçun haqiqiy insoniy mezon, haqiqatan, ziyoli olim, ijodkor bölişi lozim. Negaki, bular barça davrlarda ham hayot qiyinçiliklari, kuraşlar va boşqa jarayonlarda özligini yöqotmagan. Öz xalqiga katta-katta maʼnaviy asarlarni meros qilib qoldirib ketgan. Özlari birmunça odmi yaşaşsa-da, noçorlikni pisand qilmaydi, yaʼni bunday kişilar tabiatan tuğma maʼrifatli bölişadi. Elni, yurtni qadrlaydigan qalblari böladi ularning. Bularga ergaşmasdan, kimga ergaşiş kerak? Eng sof vijdonli insonlar ziyolilar deb bilaman. Ularning fitrati şunday yaralgan.
Suhbatdoş: Xolmuhammad KARIMIY
2025/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


