(Qissa)
Gunohning ofati – tavba.
Hikmat
1
Dunyo xaritasida belgisi bölmasa ham, Kamarsoy degan qişloq bor, desam, gapimga işonavering. Töy-tomoşa bahonasida kelib qolganingizda, top-toza toğ havosidan simirib, zilol buloqlaridan çanqovbosdi qilib, sölim tabiat qöynida olaçadan qavilgan körpaçalarda ötirib çalob simirib, qatiq içib, pidina barak, göja deysizmi, dumba yoğiga dimlangan qöy göşti, qovurdoq yoki bölmasam, özimizning soydagi xonbaliqlarda çöğga kömib pişirilgan xilma-xil taomlarni gazak qilgan çoğlaringiz yodga tuşdimi? Eslasangiz, qança tortganingiz bilan sira kayfingiz oşmagan, anov ariq çetidagi öntaça böş şişaga qarab, şunçani biz içdikmi, içayotganimiz şarobmi, suvmi, degandingiz hayrat bilan. Keyin mezbon bolalar sizni eşaklarga mindirib, hov anov Qoraquş çöqqisi etaklariga ravoçxörlikka olib borişgandi. Qaytişda uyga olib ketaman deb, xurjunlarga ravoç töldirgandingiz, lola uzib yon çöntagingizga solib olgandingiz. Toğ bağriga oqşom çökkaç, qaldirğoç uyada ğiç-ğiç qilayotgan ayvondagi töşakka, muzdek havoda körpa orasiga kirib, şiftdagi mayda-çuyda aşyolarga bir-bir köz yugurtirib çiqib, bu yer menga yoqyapti, xotin bilan maslahatlaşib, biror ortiqça yer bölsa, sotib olib, jamğarma dastmoyamdan işlatib şu yerdan dala-hovli qursam, yoz oylarida oilaviy köçib kelib yaşab ketsam ham bölarkan, bolalarim havo almaştirib, toblanib, yayrab ketişardi, deb öylagandingiz.
Siz öşa kelganingizda bu serdaraxt qönalğada ikki yuzga yaqin oila yaşaydi, degan gapimizni eşitganingiz bor, yakkam-dukkam, şiferli-şifersiz, katta-kiçik uylar atrofi qir-qiyaliklar bilan öralgan keng, nişab kamarda joylaşgan. Örtadan yozda ora-sira qurib qoladigan soy suvi oqib ötadi. Şunga bu qişloqning nomi Kamarsoy deb ataladi, deb tuşuntirib berganmiz.
Ey voh, vasf-maqtovlarimizga arziydigan ajoyib qişloğimiz haqida tarqalgan köngilsiz xabar, yanayam aniqroği, şumxabar sizning-da yuragingizga ğaşlik soladi, dilingizni xufton qiladi, desam, adaşmayman. Siz kelganingizda peşvoz çiqib kutib olgan mehribon kişilarni eslaganda, ularning boşiga tuşgan körgiliklarni köz oldingizga keltirib xafa bölişingiz turgan gap. Lekin bu makondan yer sotib olib, dala-hovli qurmoqçi bölgan öyingiz amalga oşmaganidan, sal bölsa-da, quvonib, tuflab tukkan sarmoyangizni behuda yelga uçirmaganingizdan yengil tortib, çuqur xörsinib qöyarsiz.
2
Sodir bölişi kutilayotgan dahşatli hodisani tasavvur qiliş qiyin. Bilsangiz, ip qança uzun bölmasin, baribir uçi topiladi, deganlaridek, Turdi muallimning köçib ketişi bilan şumxabar bir zumda qişloqqa tarqadi. Köç-köç boşlanişi ortidan uşbu xabarning quyruği oçilib qoldi.
Köçsa köçibdi-da, nima böpti, töğri kelsa, biror sabab bilan odam köç-köronini yuk maşinasiga ortib, qöni-qöşnilari bilan xayrlaşib, bir joydan boşqa joyga köçib ketaveradi-da, dersiz. Illo, uy-joyini sotmasdan, biror-bir kişiga qarab tur, deb tayinlamasdan, tomorqasidagi ekinlari hosilini töla yiğiştirib ulgurmasdan, heç bir qarindoşiga, qöşnisiga biror söz aytmasdan, birdaniga, uyidan ilon çiqqanday, tuyqusdan köçib ketgan odamni körganmisiz? Dikkayma quloqlar eşitgan miş-mişlarga qaraganda, fizika muallimi Turdi tuşdan keyin, maktabda odam siyrak payti direktorning oldiga kirgan-da, işdan böşaş töğrisidagi arizasini bergan. Direktor buni öqib, ötirgan joyida hayratda qolgan, keyin muallimga yuzlanib:
– Nima böldi, aka? – deb söragan, rang-röyi bözdek oqarib.
Turdi muallim avvaliga kalovlanib turgan, söngra özini tutib:
– Köçmoqçiman, – degan.
– Köçmoqçisiz? Qayoqqa?
– Bekobodga. Oğaynilarimning oldiga.
Muallimning asli yurti Bekobod, oliy taʼlim olib, uylanganidan keyin beş-olti yil allaqayerda işlab, Kamarsoy maktabiga kelgan edi. Qişloq unga maʼqul bölib, sayhonlikdan uy solgan, oilasini köçirib kelgan, tup qöyib, palak otgan. Şuning uçun direktorning könglidan, kelgindi baribiram kelgindi ekan-da, degan gap ötgan.
– Mayli-ku, – degan u, muallimni avraşga urinib, – öquv yili boşlanib qoldi, örningizga boşqa odam topgunimça işlab turolmaysizmi? Juda bölmasa, Yangi yilgaça?
– Iloji yöq, hoziroq mehat daftarçamni bering, men kuni ertaga köçyapman, – deb Turdi joyida betoqatlanavergan.
– Bunça tiqilinç? – deb söragan direktor. – Bekobodda tinçlikmi? Qarindoş-uruğlar…
– Tinçlik, tinçlik, mehnat daftarçamni bering, iltimos.
– Biror gap ötdimi? Menga aytavering. Yo birov xafa qildimi? Hal qilamiz.
Alqissa, muallim öşa kunning özidayoq direktordan mehnat daftarçasini, sinf rahbarlaridan bolalarining hujjatlarini olgan. Idorada stol ğaladonlaridagi u-bu hujjat-qoğozlarini çala-çulpa yiğiştirib, fizika xonasidagi yillar mobaynida özi yasab, sotib olib keltirgan körgazmali, körsatmali öquv-qurollari, jihozlariga umuman qöl tekkizmay, olib ketiş haqida gapirmasdan zinğillagança maktabdan çiqib ketgan. Direktor uning ortidan qaqqaygan köyi kuzatib qolavergan.
Ertasi kuni şahardan katta yuk maşinasi kelib muallimning fariştasi qoçgan uyi yonida töxtagan. Köçni ortişda hamsoyalardan bir neça kişi, muallimlardan yolğiz Jöraqul qatnaşgan. Qolgan muallimlar bu işlardan bexabarliklari vajidan qatnaşişmagan. Yordamçilar laş-luş, taqir-tuqirlarni indamaygina taşib ögraga yuklaşar, Turdining tund başarasi, öta tuşkun kayfiyatidan heç kim yaqiniga yaqinlaşolmas, yurak yutib biror savol qotmas edi.
Tabiiyki, özbek köçganida uning qaqir-quqirlari heç qaçon bitta yuk maşinasiga joy bölolmaydi, albatta, ortib qoladi. Şuning uçun u yuk maşinasini yana qaytarib olib kelişga majbur, biroq Turdi bu işni qilmay anʼanani qöpol ravişda buzdi. Hozir ham borib qarasangiz, hovli-sahnidagi ityaloq, tovuqqönoqdagi suvkosa, dontovoqlar, yerda qoqilgan temirqoziqlar, oğilxonadagi egar-jabduq, ip-tasma, töğa-nöxtalar, teşik paqir, toğoralarni qöya turaylik, suv solişga möljallab ariq çetida joylaştirilgan ikkita katta-katta temir boçka, parabola antennasining tovoği, narvonlar, butun-butun etik-boşmoqlar, işlatişga yaraydigan ğaltak, ğişt qolip va şu kabi aşqol-daşqollarga közingiz tuşadi. Xonalarga kirsangiz, undan ham battar – eski şkaf, bir neça butun stol-stullar, taxtadan yasalgan kiyim ilgiçlar, burçakda bus-butun temirpeç, gultuvaklar, dahlizdagi devorga öyib örnatilgan şifoner oynasi, yana bir qança latta-putta, köhna kiyim-keçaklar ham taşqariga çiqarilib, maşinaga ortilmagan. Qaznoqqa qarasangiz, xaltalarda omuxta yem, yelpiştovoq, qutida kunjara, motosiklning zaxira qismlari… Ötinxonada bir qişga yetgulik ötin-taraşa, tappi-tezak, çalmalar, xalta-xalta qiy, oşxonada un solinadigan ulkan çoyquti, kuv-pişkak, çiptalar, taxta tokçalar, turli hajm, şakl-şamoyildagi suyuqlik idişlari, şişa bonkalar, tandirxonada tandir oğzini bekitişga işlatiladigan katta alyumin toğora, kosov, taxta tokça ham joy-joyida turibdi. Garçi qişloqda qöli egrilar bir neçta bölsa ham, Turdining narsalaridan ömarişga hali heç qaysisi hafsala qilmaganga öxşaydi. Balki allaqaçon kirib irimini qilib ketişgandir, kim biladi deysiz.
Bulardan şunday xulosa kelib çiqadiki, Turdi yuk maşinasiga eng zarur jihozlarinigina ortgan, iloji boriça vaqtliroq qişloqni tark etişni öylagan. Şu bir tödagina qişloqdoşlari bilan irimiga, yengil-yelpi xayr-xöşlaşgaç, kabinaga osilgan-u, maşina yurib ketgan. Biroq sal nariga borib maşina töxtagan. Turdi kabinadan tuşib kelayotib birdan höngrab yiğlab yuborgan. Erkak kişining bunday yiğlaganini heç körmagan xotin-xalaj çöçib, bir qadam ortga tislangan. Töğri, ular erkaklarning taʼziyalarda bökirib turişganini köp körişgan, ammo u yiği yolğon, şayton yiğisi, urfiy zarurat talabidan, yöligagina ekanligini bilib parvo qilmasdilar. Manavinisi esa çippa-çin ekanligi hayratlarini oşirib, beçoralarni şoşirib qöygan-da. Turdi qöşni erkaklarni birma-bir quçib bötaday bözlar ekan, orada:
– Meni keçiringlar, rozi bölinglar, – deb qöyardi. – Sizlardan heç qaçon yomonlik körmaganman, oldingizda men nomardman, nonkörman. Men noşukrni sökinglar, uringlar, orqamga tepinglar, kallamga toş-kesak otinglar…
Boşqalar-da – erkak-ayol sababini özlari ham bilmay, Turdiga qöşilib biroz azabozlik qilib olişdi.
Quçoqlaş navbati Jöraqulga kelganida yanayam boşqaça, taʼsirli yiğlardi Turdi. Közyoşlarini ulfatining betiga surtib taşladi. Xuddi boquvdagi yetti yaşar novvosi ilon yoki boşqa gazanda çaqib, kutilmaganda, birpasda harom qotgan şörlikdek iç-içidan öksib, bözlab, siqilib-siqilib yiğlardi, rozilik sörardi. Keyin şalviragan köyi borib yana kabinaga çiqdi. Maşina yurib ketdi.
Bu voqea oldida qişloq miqyosidagi boşqa kundalik oldi-qoçdi yangiliklar, ermak miş-mişlar, kaşmiri ivir-şivirlar heç narsa bölmay qoldi. Turdining bexosdan köçib ketişiga sabab qilib xilma-xil taxminlar örtaga taşlanardi. Başarti, qişloq poçtaçisi bu tuşunmovçilikni biroz oydinlaştiradigan daliliy aşyodan oğiz oçib qolmaganida, kim biladi, bu hol yana qança davom etardi. Poçtaçi xotinning aytişiça, diydagiryon Turdi köçib ketmasidan ikki-uç kun muqaddam unga bir telegramma kelgan ekan. Telegramma örisça, ustiga ustak, köp yozuvlari kod-raqamlardan iboratligi uçun ayol mazmuniga unça tuşunmagan, sal-pal tuşungan, çuqurlaştirilgan suriştirişlardan ayon böldiki, poçtaçi umuman heç vaqoga tuşunmagan. Har kalladan har aql çiqadi, bittasi Jöraqulga uçraşiş kerak, deb qoldi. Jöraqul Turdi bilan apoq-çapoq, birga işlardi, uyam asli ixtisosligi fizik, bir zamonlar dars talaşib bir-birining burnini qonatişgaça borişgan, söngra örtaga tuşgan may-şarobning şarofati bilan yaraşib ajralmas ulfat, sirdoş jöraga aylanişgan. Şu Jöraqul dovdir bir narsani biladi. Şaxsan özim izlab uni maktab ustaxonasidan topdim. Uçburçak egov bilan dastarra ötkirlayotgan ekan. Telegrammadan gap oçganimda, qöli arra tişiga yugurib ketib barmoğini qonatib oldi. Nimadandir xabari borligini sezdirib qöydi.
– Qölingni tuproqqa bos, – dedim. – Tuproq eng yaxşi malham, qonni darrov töxtatadi.
U şunday qildi. Ustidan latta bilan boğlab qöyayotganimda, u:
– Uyga borganimda dori qöyib, bint bilan qayta boğlayman, – dedi.
– Şartmas, – dedim. – Salgina tilindi. Qaytaga oçib yursang, tezroq tuzaladi.
– Gazak olib, maddalab ketsa, nima qilaman?
– Gazak olmaydi. Hozir sunbula oyi, mezonda gazak oladi.
– Mezongaça tuzalib ketarmikan?
– Tuzalib ketadi, yuraging yorilmasin.
– Agar tuzalib ketmasa-çi?
– Heç narsa qilmaydi. Tuzalib ketmasa, irib ketar, – dedim nihoyat asabim qözib. – Döxtir barmoğingni tubidan şirt qirqib taşlaydi, böldi. Parvo qilma, bu yoqda yana töqqiztasi bor.
Jöraqul ovsar gapimdan hayron bölib, çippa-çiniga angrayib qoldi. Şunaqa merovligi uçun ham bir paytlar direktor undan “fizika”ni tortib olib, Bekoboddan kelgan Turdiga bergan. Unga esa “mehnat”ni bergan. Ilgari öquvçilar Jöraqulni fizika darsida sariq çaqaga olmagan bölsa, endi ustaxonada ermak qilişadi.
– Undan köra bugun uyga borganimda dori qöyib bint bilan qayta boğlab olsam-çi? – dedi bemaʼni öjarligi tutib.
– Mayli, bilganingdan qolma, – dedim, darhol unga yon berib.
Xayriyat, şu gapdan söng u menga qarab iljaydi. Tişlari kurakdek, rangi sap-sariq.
– Uka, bu gaplarni qöyaylik, yaşirmay aytaver, telegrammada nima yozilgandi? – deb söradim qatʼiy.
U boşini quyi egib, ötirib qöygan bolaga öxşab qoldi. Qölidagi egov bilan yerda bir narsalar çiza boşladi.
– Hey bola, oğzingda qatiq ivityapsanmi? – dedim sabrim sinib.
– Turdi aka heç kimga aytmay tur, degan, – deya ğöldiradi u.
– Menga aytaver, tarang qilma, uka, – dedim. – Turdi nima gunoh iş qilib qöyganini bilgim kelyapti. Odamlardan yiğlab keçirim söraşi bejizmas. Bundan taşqari, – deb uni laqillatişga tuşdim, – Turdining hovlisini sotib olsammi degandim. Lekin bilişim kerak, balki u uyda ajina bordir, haligi… “domovoy”, “barabaşka” deyişadi-ku yoki dev doriganmi… egasi indamay ketvordi. Yo ketişiga telegramma sababmi, bilolmayapman-da. Men olsam, u yerni buldozer bilan tekislab taşlab, tölaligiça sarimsoq ekmoqçiman. Sarimsoq, sarimsoq, yegan odamning tani soğ. Sarimsoqni Koreya zör tortadi, boy bölmoqçiman.
– Sarimsoq ekmang, – deb maslahat berdi Jöraqul dadillanib, – sarimsoqqa qaraş qiyin, ötoği, çopiği bor, özagi çiqqanida har kuni uzib-yulib turişingiz kerak. U yerga nöxat eking. Işlov beriş şartmas, suğormaysiz. Nöxatni Turkiya zör tortadi.
Men “jiddiy” öylanib qoldim. Boşimniyam qaşidim. Töğri, deb kiroyi taklifga köndim.
– Lekin telegrammada nima yozilganini bilmayapman-da. Bilsam, Turdining boşiga tuşgan savdoni aniqlab olardim, şunga qarab hovlini savdolaşişim oson bölardi. Bekobod tomonlar tinçmikan, işqilib, qarindoş-uruğlari… Senga yorilgandir?
– Yorilmadi. Faqat, telegrammada nima deyilganini aytmay tur, degan-da, – deb xörsindi Jöraqul.
– Aytmay tur, deganmi?
– Ha.
– Tuşundim. Demak, aytmay tur, degan bölsa, piça vaqt ötganidan keyin ayt, degani böladi, bildingmi? Vaqt ötdi, endi aytsang bölaveradi.
Jöraqul oğzi oçilib, birpas angrayib qoldi, söngra örnidan turib eşikdan taşqariga boşini çiqardi, atrof-javonib, öng-söllarga qarab oldi, qaytib joyiga çökdi. Qölidagi egovi bilan dömbiradek burnining ustini qaşidi.
– Hovlisini sotib olmoqçi bölayotgan bölsangiz, mayli, aytay, – dedi u, nihoyat. – Lekin siz ham birovga aytmay turing, böptimi? – deb quloğimni pişitdi. – Buni hamma eşitsa, panika kötarilib ketişi mumkin. Panika kötargan odamga yomon, hukumat oldida javobi bor ekan, Turdi aka aytdi.
– Mayli, – dedim. – Heç kimga aytmayman. Hovlini özimniki qilib olsam bas, boşqasi bilan işim yöq.
Jöraqul tumşuğini men tomon çözib, köz qoraçiqlari kengayib, çaqnab, yuzi qizarinqirab, dömbira burnining kataklari töla oçilib, lablari pirpirab, iyagi qaltirab, yonoqlari uçib, qoşlari çimirilib, hatto quloqlariyam qimirlab:
– Aka, haligi… Şu yaqin ikki oy içida qişloğimizga osmondan meteor tuşarmiş, – dedi qaltiroq tovuşda.
Men mulohaza qilib kördim. “Meteor”, “meteorit” degan sözlarni ilgariyam eşitgandim, lekin uning osmondan tuşadigan narsaligini, töğrisi, bilmasdim. Sir boy bermay:
– Meteor? Qöysang-çi! – dedim közlarimni löq qilib.
– Meteor, aka, meteor. Öşa aytilgan ikki oyning ham ön beş kuni ötdi.
– Qanaqa meteor? Haligi, rangini sörayapman.
– Rangini kim biladi, aka, oğirligini sörang. Bir neça ön tonnalik. Töğri kelib bizning qişloğimizga tuşarmiş. Boşqa qişloqqamas. Telegrammada şular yozilgan ekan. Turdi aka ikkalamiz öqidik.
Boldirimdan qovoğari çaqqanday böldi, tağin muşohadaga kirişib, miyamda bir savol tuğildi. Jöraquldan:
– Öşa balo Turdining hovlisiga tuşarkanmi? – deb söradim vahimada.
– Yöq, aka. Umuman, qişloqqa tuşadi. Meteor nima ekanini bilasizmi özi? Uning qaysi hovliga tuşişining farqi yöq, udarniy volnasi yoyilib, butun qişloqni vayron qiladi, qöporib taşlaydi.
– Bömbaga öxşabmi?
– Bömbadan battar. Katta tezlikda şuvillab tuşadi.
– Hov nafasi sovuq, balkim öşa ofat boşqa qişloqqa tuşar, adaşayotgan bölmanglar tağin.
– Yöq, aka, toçna Kamarsoyga tuşarmiş. Telegrammada aniq qilib koordinatalariyam körsatilgan. Raqamlardagi kodlarni Turdi aka ikkov raşşifropka qildik.
Men çindan vahimaga tuşdim. Oyoğimning uçigaça muzlab ketdi. Sahroda böri ulisa, uydagi itning joni açiydi, deyişlari rost ekan. Iyagimga qöşilib kallamni ham qaltiroq tutdi. Nafas olişlarim bejo, notekis. Qölimni yon-verimga uzatib nimani uşlaşni, nigohlarimni qayoqqa qadaşni bilmasdim. Jöraqul-da, özi portlay-portlay deb yurganmikan, içidagini taşiga çiqarib, aftidan, ança yengillaşgan, çuqur-çuqur nafas olar, tinmay xörsinar edi.
Ikkimiz öz-özimiz bilan bölib turgan çoğda sal baland ovozda:
– Boşqa qişloq… – deganimni bilaman, mana, meteor tuşgandek, Jöraqul çöçib, joyida sakrab tuşdi. – Sen qörqma, Jöraqul, boşqa qişloqlargayam ziyon yetarmikan, deb söramoqçiydim.
– Yöq, aka, bu kometamas, meteor. Zarba qudrati kuçsizroq, faqat özimizning qişloqni vayron qiladi, xolos. Qöşni qişloqlarga ziyon yetkazolmaydi.
– Voy zaraza-yey, – dedim bunday nohaqlik, adolatsizlikdan aççiqlanib. – Qöşni qişloqlarning oyi bormikan? Yoki bölmasam, öşa meteor töğri hayot qaynab turgan qişloqqa tuşişi şartmikan?! Böş joylar köp-ku! Bir toğ bir kiyikni asray olmasmikan?! – dedim hissiyotlarim junbişga kelib. – Özi, heç tuşunmayapman, telegrammani Turdiga kim jönatgan?
– Unimi… Hozir aytaman, Turdi aka universitetni bitirgan yili Özbekistondagi bir rasadxonaga borib işlagan. Öşa yerda bitta öris yigit bilan birga işlab, birga maişat qilib, qalin jöra bölib ketişgan. Ismi Gena ekan. Turdi aka u yerda beş-olti yil işlab, işdan böşagan, keyin bizning maktabga kelgan. Gena ham işdan böşab, Rossiyaga ketgan. Öşa yoqda bir observatoriyaga işga kirgan. Haliyam öşa yerda işlaydi. Telegrammani Gena jönatgan, bildingizmi? Manba juda işonçli. Işlaydigan observatoriyasidagi apparatlar zör, hamma narsani toçniy ölçaydi.
– Öşa Gena rasadxonadan çiqib observatoriyaga işga kirganmi? Olaverişarkan-da?
– Ikkalasi bir xil idora. Rasadxona degani observatoriya degani, aka. Özbekçada rasadxona, örisçada…
– Bilaman, menga örgatma! – deb Jöraqulning unini öçirdim. Kim bölibdi u, menga aql örgatadi-ya…
(Davomini 2025-yil 5-sondan öqiysiz)
Isʼhoq ISMOILOV
1960-yili Jizzax viloyati, Ğallaorol tumani, Ögat qişloğida tuğilgan. Hikoya, qissa va badialari Respublika yetakçi naşrlarida yoritib kelinadi. “Jaydari kovboy” nomli bolalar uçun hikoyalar va ertaklar töplami naşrdan çiqqan.
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

