***
Şoirlik kasb emas, şeʼr ham botmon-botmon yozilavermaydi, yoziliş sababi bor, vaqti-soati bor. Şeʼr buyuk sevinçdan yoki buyuk fojiadan dunyoga keladi, tanholikda yaraladi, tanholikda öqiladi.
***
Başar fojiasini, millat fojiasini öz fojiasi deb bilib örtangan şoir haqiqiy şeʼr baxtiga muyassar böladi. Şeʼr yoziş esa ölim bilan yuzma-yuz turib gaplaşgan bilan barobardir.
***
Işq boşqa, havas boşqa. Dard boşqa, oğriq boşqa. Işqsizlarga işqingizdan gapirmang, dardsizlarga dardingizdan gapirmang. Foydasi yöq.
***
Eng avvalo, ötmişdagi ötmiş fojialari kölamini aniqlaylik, qolaversa, millatimizga qiladigan xizmatlarimiz jamlanadigan faoliyat dasturimizda aks etadigan himmatimiz kölamini aniqlaylik. Keyin uşbu buyuk vazifani eʼtiqodli, vatanparvar birodarlarimizga qöşqöllab topşiraylik. Zero, har qanday jamiyatni eʼtiqodlilar tuzadi, eʼtiqodsizlar buzadi. Har qanday siyosatni yuksaltiradigan ham, yer bilan yakson qiladigan ham odam ekanini unutmaylik. Eʼtiqodli, imonli kişilarimizni asrab-avaylaşni örganaylik.
***
Millatparvarlik baland ğoyadir va bu ğoya bugungi adabiyotning yetakçi mavzusiga aylanmoği, har bir vatandoşimizda millatparvarlik tuyğusini uyğotmoği zarur.
***
Şoir böliş yaxşidir-u, ammo şoir sifatida tirikçilik qiliş nihoyatda qiyin.
***
Şoir tirgoviç sözlarga, oddiy maqtovlarga muhtoj emas. Şoir har kuni özligini insoniyat poyiga gulday taşlaydigan fidoyi kimsa. Agar maqtovga muhtoj bölsa, demak şoir fidoyiligi soxta, ruhi yolğon va zulmat qorişmasidan töralgan toşlarga band.
***
Har qanday inqilob, agar u maʼnaviyat rivojiga xizmat etmasa, zararlidir. Bu – insonparvarlikdan boşqa biror mafkuraning qonli etaklarini uşlamagan şeʼriyatning şioridir.
***
Faqat mangulikka xizmat qiladigan, adolatga xizmat qiladigan baland şeʼriyat borligini, qolajagini bilaman.
***
Adabiyot millatning işi. Unda mahalliyçilik, tasodifiy hodisalar bölmaydi.
***
Birgina bemaʼni kitobning zarari millat uçun yuz yillarga tatiguvlik fojiaga aylanişi mumkin.
***
Xotirasiz odam – telba. Ammo ixtiyoriy ravişda xotirasizlar qiladigan işni qilmoq jinoyat, manqurtlik.
***
Xotirasiz odamlarning qadami yetgan joylar poymol böladi, qilmişlaridan dod-faryod qoladi, umum xotirasiga haqorat saçraydi.
***
Bir şoirning boşi egilsa egilsin, ammo xalqning boşi egilmasin.
***
Daholar faqat bolalarda va yoki bola tabiatli odamlarda yaşaydi. Demak, biz uluğlardan emas, bolalardan örganişimiz kerak.
***
Qaniydi, iloji bölsa, biz hammamiz faqat gul, bulbul haqida yozsak, yozaversak, boşqa gap bölmasa. Dunyoni qarang, qanaqa çiroyli, şu dunyoga yomonlik yaraşadimi?
***
Mustaqillik sovğa qilinmaydi, iltimos bilan olinmaydi, balki azob-uqubatli kuraş bilan olinadi.
***
Agar mustaqillikni qurol bilan himoya qiliş zarur bölsa, men köngilli bölib jangga jönayman… Öğlim ham boradi… Sizlar ham borasizlar… Hamma borişi kerak…
***
Katta maqsad yölida beğaraz böla biliş hammaning qölidan kelavermaydi.
***
Şeʼrlarimni oppoq tonglarga, devorlarga, şiftlarga yozib qöyganman… qiziq, havoga yozib qöyilgan şeʼr ham öçib ketmas ekan…
Şavkat RAHMON
2025/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


