11 daqiqada öqiladi

86 marta körilgan

Sirk kelganda

(hikoya)

Bir kuni şaharçamizning öntami, ön ikkitami yoki ön törttami çorrahasida birvarakayiga yorqin böyoqlar bilan işlangan nihoyatda gözal afişalar paydo bölib qoldi, deng. Ular bundan bir yarim yil ilgari Yepiskop oliy hazratlarining nasroniy ibodat marosimlari yuzasidan taşrifi şarafiga uyuştiriladigan muhim tadbirdan xabar berardi. Yaʼni şaharçaga Katta Meksika sirki kelar emiş! Uning tarkibida yonib turgan maşʼalani yutib, Angliya, Fransiya va Yevropa xalqlarini birdek lol qoldirgan maşhur hind olovyutarlari, tişlari bilan yetmiş kiloli toşlarni kötara oladigan dunyodagi eng kuçli ayol Gerkulina; bahaybat Braziliya fili hamda öz isteʼdodlari uçun şaxsan Zoti oliylari – Ispaniya qirolining qölidan oltin medal olişga muayassar bölgan “Barno yigitlar” nomi bilan dong taratgan aka-uka zanji masxarabozlar ham bor emiş.

Sirk! Sirk! Sirk! Uşbu söz şaharçadagi har bir uyga, ulardan çiqib, Sagua la Çika daryosining narigi betidagi şakar zavodiga ham, hatto sohil böyidagi sopolçanoq pişiruvçilar yaşaydigan qişloqqa ham yetib borgandi. Şaharçada ham, zavodda ham, hatto haligi aytganimiz – çekka qişloqda ham uşbu sehrli sözlar quvnoq bir ohangda jaranglab, bu yerdagi almisoqdan qolgan ğiybat-u miş-mişlarni, bir muddat bölsa-da, tamoman ortga surib, yuzlab bolakaylar qalbidagi qiziqiş va hayajon tölqinini ön çandon oşirib yuborgandi.

Ha, bolajonlar uşbu tarixiy voqeaning har bir lahzasidan, unda sodir böladigan barça tafsilotlardan tom maʼnoda bahra olişlari kerak. Sirkçilar truppasining aravalari şaharçaga qanday kirib kelişini ham, çerkov maydoniga ularning ulkan çodiri qanday tikilişini ham, öşa kuni keçqurun uyuştiriladigan eng oldingi saflarida akkordeon, guiro hamda litavraçilar[1]  ijrosidagi ajoyib kuy-qöşiqlarni va eng oxirgi safda qarib, katta söyloq tişlari ham sinib tuşgan ulkan Braziliya fili vazmin qadam taşlab boradigan dabdabali paradni ham aslo ötkazib yuborib bölmaydi. Bunday ğaroyib tomoşadan quruq qolmaslik uçun har narsa qilsa arziydi. Şu bois bolalar bu borada turli şumliklarni öylab topişadi. Kimdir tomoşaga çiptasiz, öğrinça kiriş yöllarini izlab topadi. Boşqalari esa, örtoqlari bilan özaro kelişgan holda, ayni dars boşlaniş vaqtida katta köçaga çi­qişga harakat qilişadi. Kitoblarini köylaklari içiga tiqib olgan bolalar Enkrusixada yöli qöşilib ketadigan asosiy köçada artistlar körsatadigan tomoşalarni körişlari mumkin edi. Bolalar içidagi eng jasurlari esa mahalliy çerkov ruhoniysi köçadan topib olib, öz tarbiyasiga olgan yetim Barakutey boşçiligida töppa-töğri Oxo del Aguaga, yaʼni dovon ortida joylaşgan San Xuan de los Remidios qişloqçasining boşlaniş qismidagi yölning ayriliş joyiga qadar borişardi.

Barakutey deganlari – şaytonning xuddi özginasi. Nihoyatda abjir, çapdast va topqir bola. U biroz dağal bölsa-da, rohib ota örgatgan lotin tilidagi duolarni öqib, katoliklarning ibodat marosimlarini ötkazişda yordam be­­rişga hamişa şay turardi. Munisipalitetning keksa aʼzosiga tegişli uniqib ketgan mundiri­­ga palma poxolidan töqilgan arqonçani boğlab qöyiş, agar birorta oila boşqa uyga köçib ötadigan bölsa-yu, rözğorboşi uyda bölmasa, köç-köronni taşişga yordam beriş, şakar zavodidagi maxsus çarxpalakni aylantirib turadigan, bu qişloqdagi yakka-yu yagona xitoylik işdan qaytayotganda uning uzun qilib örilgan soçlaridan tortib qoçiş kabi işlar Barakuteyga sira çöt emasdi. Heç kim u kabi kokos daraxtiga tirmaşib tez çiqolmas, yo bölmasa, botqoqqa botib qolgan aravaga qöşilgan buqaning burnidagi töğasidan tortib çiqarişni eplolmas, kana­reykalarni çapdastlik bilan tutolmas, yaşnab turgan barglari-yu, ğarq pişgan mevalari köça devorlaridan taşqariga osilib turgan daraxtlarni bemalol şip-şiydam qiliş uçun köçadagi çiroqlarni çözma bilan bir boşdan sindirib çiqişni uddalolmas yoinki qişloq oralab ötadigan ariqning eng keng joyidan bir hatlab ötolmasdi.

Özining ana şu qobiliyatlari tufayli Barakutey qişloqdagi kalta iştonli mişiqi bolakaylarning qahramoni edi. U dösti, şakar zavodining xöjayini asrab olgan Migel bilan birgalikda hammaga boş-qoş bölardi. Migel qaysidir maʼnoda uning raqibi, dösti, mahalliy itlarga qirğin keltiriş borasida adyutanti, yaʼni birinçi yordamçisi ham edi.

Bu ikki şumtaka tobora yaqinlaşayotgan sirk aravalarining kelişini kutib, azbaroyi xursandliklaridan turgan yerlarida sakraşar, şataloq otib yugurişar, xullas, özlarida yöq şodumon edilar. Hozirça esa ular bu yerda, yaʼni Oxo del Aguada. Ular obrösidan foydalangan holda, mişiqi bolalar tödasiga iş taqsimlaş – imkoni boriça mevali daraxtlardan köproq meva terib keliş, tomorqalardan batat, yaʼni şirin kartoşka kavlab oliş, şuningdek, quş uyalaridan tuxum öğirlaş mumkin bölgan joylarga jönatiş bilan ovora edilar.

Işlar çala qoldi, negaki, köça tarafdan uzoq kutilgan sirkçilarga tegişli xaçirlar tuyoğining dupuri hamda aravalarning ğiçir-ğiçiri eşitildi.

– Balki bu gvardiyaçilar patrulidir? – deya savol beradi, bunday tadbirlarni ilgari heç ham körmagan juldurvoqilar orasidagi eng kiçik bolakay.

– Nimalar deyapsan? Bu aravalarning ğiçirlaşi-ku, – deya işonç bilan javob beradi Barakutey. Şu asnoda, Migel bilan zimdan köz uriştirib, bu fikrini undan ham tasdiqlatib oladi.

– Şunday, bu aravalarning tovuşi, – deya uning gapini maʼqullaydi Migel ham. Keyin kutilmaganda sevinçi içiga siğmasdan, şodon ovozda: – Akrobatlar! – deya hayqirib yuboradi.

– Akrobatlar! – deya hammalari jör bölib, böğizlari yirtilgudek hayqirişadi.

Bolalar orasida eng jasoratlilari esa Barakuteyga qöşilib, söqmoqdagi aravalar ötaverib çuqur qilib taşlagan bir juft iz böylab sirkçilarning qiyşayib, ğiçirlab kelayotgan aravalari tomon oyoqlarini qöliga olib yugurişadi.

Tuş payti sirkçilar qişloqqa kirib keladi. Ularning yuklari uçta aravaga joylangan. Har bir aravaga ikkitadan xaçir qöşilgan. Beçora jonivorlarning sağrisida aravakaşlarning bigizli xalaçöpi bilan berilgan sanoqsiz zarbalardan qolgan qontalaş yaralar közga taşlanadi.

Birinçi aravaga qöşilgan xaçirlar­ning birida, aniqroği, öşa, sahnaga çiqib sanaşni bilişini körsatadigan xaçirning ustida qölidagi noğorani daranglatib Titiko borardi. Ha, bu öşa, hamişa boşqalardan ajralib turuvçi masxaraboz. Titiko yuziga bir botmon upa surtib olgan, egniga qalin matodan tikilgan jimjimador kötarma yoqali nimça kiyib olgan edi. Dabdabali safning oxirida qarib qirçanğiga aylangan, hamma joyi badburuş ajinga töla, bahaybat kulrang fil vazmin qadam taşlardi. Sirk karvonini şaharçaning mişiqi bolakaylari kuzatib borişardi, şu tobda ularga rahbarlik maqomidagi Barakutey hamda uning yordamçisi Migel bolalarni turli hazil-mazax bilan “siylab”, qirçanği filga tegajoğlik qili­şar, har xil şumliklarni öylab topişar edi.

Sirkçilar safi burçak hosil qilib, çerkovning ortiga buriladi. Bu yerga saharmardonlab yetib kelgan sirk xöjayini allaqaçon afişalarni kerakli joylarga yopiştirib, aqça evaziga bir hafta davomida çerkov maydonida tomoşa körsatiş uçun avliyo otaning roziligi­ni ham olib bölgan edi. Qolaversa, bu yerda ikki zanji allaqaçon çerkov maydonidagi yovvoyi öt-ölanlar, şuvoq va supurgiötlarni tozalaşga tuşib ketgandi. Aravalar ham yetib kelib töxtaşdi. Sirkçilar asta-sekin yuklarni tuşira boşlaşdi. Direktor, maxaraboz­lar-u dorbozlar, sirkning maxsus kiyimidagilarni-ku aytmay qöya qolaylik, bari-barisi birdek, bahamjihat işlaşdi. Asta-sekin tomoşatalab olomon yiğila boşladi: maydonga tölib ketgan kiçkina bolalar oğizlarini hayratdan lang oçgança, artistlarning tayyorgarlik işlarini kuzatadi; maydonning çekka-çekkalarida esa qişloqning uyatçang qizlari özlariga oro bergan holda havolanib turar, özlarini halitdanoq sevib qolişga tayyor turgan bu quvnoq, hazilkaş masxaraboz-u artistlar körsatadigan möjizalar haqida öylaşar edi; kampirlar esa qizlarni özlariça qöriqlab turişadi. Kampirlarning xuddi ilonning vişillaşidek eşitiladigan piçir-piçir, visir-visir gaplari, hatto şaharçada sodir bölayotgan şunday favqulodda voqea oldidan ham, bir lahza bölsin, tinay demaydi.

Mana, nihoyat, markaziy ustun uçun xandaq ham tayyor böldi. Işçilar lom va çökiçlar yordamida maydondagi ilgari kesilgan daraxtlarning tönkalarini qöporib taşlab, aylana qilib qoqilgan qoziqlarga temir xalqalar örnatib çiqişdi. Şundan söng ulkan çodirning brezenti oçilib, har tomonga tarang tortildi. Çipta sotuvçi uçun ham möjazgina uyça örnatildi. Amfiteatrni quriş uçun tartib bilan, birma-bir taxtalar saralab olinib, keyin arralarning “ğir-ğir”laşi, bolğalarning “taq-tuq”laşi eşitildi.

Migel asrab olgan valineʼmati – otasidan gap eşitişdan bir amallab qutulib qoliş umidida sekingina zavodga qaytib ketdi. Ba­­rakutey esa tomoşani bepul köriş imkoniyatini qölga kiritiş uçun yeng şimarib sirkçilarga yordam berişga, özining bu sanʼat ahliga xayrixoh ekanini namoyiş etib, ularning har qanday yumuşlarini sidqidildan, iştiyoq bilan ado etişga tuşib ketdi. Mana, hozirgina artistlarning xaçirlarini suğorib, fil uçun qayoqdandir bir quçoq şakarqamiş topib keldi. Hatto şaharçaning uç-törtta köçasini aylanib, ikki yuz, uç yuztaça “Sirk tomoşalari dasturi”ni tarqatib çiqdi.

Nihoyat, sirk tomoşalari uçun ulkan çodir ham tiklandi. Yonida yana bir kiçikroq çodir kötarilib, artistlar uçun pardozxona hamda turarjoy vazifasini ötaşga moslaştirildi. Markaziy ustunning tepasiga uçta rangdan iborat, örtasida qora burgut tasviri tuşirilgan hamda mazkur sirkka nom bergan mamalakat bayroği ilindi. Bayroq hilpiray boşlaganda, maxsus sirk kiyimidagi xodimlar eng sönggi tayyorgarlik işlarini bajarişga kirişadi; yaʼni ular ulkan çiroqlarni yermoyiga töldirib, tomoşagohni bezatişadi, arenaga tökib çiqilgan qirindilarga suv sepişadi. Bu paytda Barakutey allaqaçon sirkçilar guruhidagi eng xömraygan va odamovi artistning ham juda qadrdon döstiga, oşnasiga aylanib ulgurgan böladi. Uni endi hatto truppaning aʼzosi deyiş ham mumkin. Barakutey bundan nihoyatda ğururlanib, bolalarning oldida burni kötarilib, kibrlanib qoladi; hali u yoqqa, hali bu yoqqa ötib, duç kelgan işga tumşuğini tiqib korçalonlik qilişga tuşadi. Bu ham yetmagandek, taşqarida turgan bolalarga sirkning ajoyib tarzda jihozlangan kiçkina çodiri içida öz közi bilan körgan biri-biridan qiziq möjiza-yu hangomalarni sözlab, ularning içini qizdiradi.

– Bilasizlarmi, bizning kabalyero, yaʼnikim janob masxarabozimiz aqldan ozibdi, şekilli! Ahmoq! – deydi u. – Qilgan işini körib, angrayib qoldim… Bilasizlarmi, u xaçirini konserva bankasidagi sardina baliğini yemagani uçun çunonam kaltakladiki. Ölay agar, şörlik xaçirga rahmim kelib, jonim açişib ketdi!

– Bankadagi sardina baliği deysanmi? Nahotki, xaçirlar ham sardina baliğini yesa?

– Albatta, yeydi-da, kallavaram. Axir bu xaçir sanaşni biladigan aqlli xaçir-ku. Xuddi odamday gap. Mana, sizlarning orangizda hatto odam bölib ham, muallimlarning şunça urib-kaltaklaşlariga qaramay, haligaça sanaşni bilmaydiganlar topiladi-ku. Töğrimi?

– Hoy, Barakutey, ayt-çi, anavi dunyodagi eng kuçli ayol qanaqa ekan?

– Eh, uning bahaybat, naq buqadek keladigan gavdasiga gap yöq – “voh” devorasan!

– Juda baxtlisan-da, Barakutey! Hamma seni yaxşi köradi-ya!

Çindan ham şunday edi, ayniqsa, pahlavon ayol Barakuteyni judayam yoqtirib qoldi: ayol unga alohida homiylik körsatar, turli mayda-çuyda topşiriqlar berar edi. Misol uçun, dökondan ul-bul olib kelişni, yo bölmasa, poyabzallarini tozalab berişini sörardi. Buni eşitgan boşqa bolalar Barakuteyga havas qilişdi.

Soat keçki beşdan öttiz daqiqa ötganda sirk tomoşabinlarni kutib olişga deyarli tayyor edi. Biroq şunga qaramay, ayrim akrobatlar tomoşaga möljallangan salto otişni, trapetsiyadagi maşqlarini takrorlaşar, boşqalari esa dabdabali parad uçun eng çiroyli kiyimlarini kiyib, pardoz-andoz qili­şar edi. Ayni şu vaqtda sirkka kiraverişdagi maydonçada bir töda bola-baqra bilan Migel paydo böldi. U köz körib, quloq eşitmagan möjizalarni berkitib turgan keng, qip-qizil çit pardalarni körib hayratdan dong qotdi.

Şu payt sirk içidan Barakutey çiqib keldi. Uning yuzi, rosmana sirk artistlarinikidek, takabburlik, kekkayişdan biroz şişinqiragan. Barakutey Migelni uzoqdan körib, xuddi muhim bir sirni biladigan odamdek, unga yaqinlaşdi.

– Hoy, bu yoqqa kelgin. Men senga bir narsa körsataman.

– Mana, keldim. Xöş, nima ekan u, köraylik-çi?

– Eh, juda ajoyib narsa-da. Endi işimiz yurişib ketadi, oşna!

– Nima, menga çipta topdingmi?!

– Yö-öq… undanam yaxşiroq gap bor!

– Pulmi?

– Undanam yaxşiroq!

Ikkovlon çerkov ortiga ötişdi. Barakutey çöntagidagi börtib turgan allaqanday dumaloq narsani şapatilab qöydi.

– Köryapsanmi?

– Xöş, nima bu?

– Xullas, bu… pahlavon ayolning siri. Men uni öğirlab oldim… Endi, döstim, sen ham tişing bilan yetmiş kilo yukni bemalol kötara olasan.

– Qanaqasiga?

– Bugun pahlavon ayol menga özining eski paxmoq köylagini tozalaşni buyurdi. Köylakni olişga bordim, ammo-lekin çodirga kirişdan oldin sekin bir tirqişdan möraladim. Lekin kirişga bo­tinmadim. Tirqişdan poylab turaverdim, közimni uzmadim. Şunda pahlavon ayol ertalab özi bilan olib kelgan jomadonidan kiçkinagina, xuddi hapdorilar solinadigan qutiga öxşaş bir qutiça bilan çötkaçani çiqardi. Keyin çötkaça bilan tişlarini rosa işqaladi. Ayol bu sirli işlarini bajarib bölgaç, haligi narsalarni qayoqqa qöyganini körib oldim. Köylagini olib kelib bergaç, qutiçani astagina çöntagimga solib qöydim.

– Ha, yaxşi. Qani, çiqar-çi. Nima ekan u?

– Mana, bir qara.

– Ey, jinni! Rosa qoyil qoldirding! Axir bu oddiy tiş yuvadigan kukun-ku, çötka bilan tiş yuviladi bunda!

– Nima?!

– Ha, şunaqa, eşitganing. Bu narsadan heç qaçon kuçing köpayib qolmaydi. Bizning zavoddagi xöjayin ayoldayam aynan şunaqasidan bor.

– Bekorlarni aytibsan… bor, yöqol… jin çalsin seni!

– Ha, aytyapman-ku senga, xomkalla! Bunaqa narsalardan madaniyatli odamlar tiş yuvişda foydalanişadi. Xöjayinim Karola xonim ham sirkçi artistlaringdan kam emas! Uning ham hamma narsasi bor. Karola xonim ham har kuni tişlarini yuvadi. Unga bunaqa narsalarni, qolaversa, xuşböy atirsovunlar deysanmi, xina deysanmi, hamma-hammasini Gavanadan yuborişadi.

Şu gaplardan söng ham Barakutey qölidagi qutiçani mahkam tutib, işonqiramay, dovdirab turaverdi. Migel qutini örtoğining qölidan yulqib oldi-da, heç bir eʼtirozga örin qoldirmaydigan ohangda şunday deydi:

– Mana, yaxşilab qara. Bunga yozib ham qöyilgan: “Tiş yuviş uçun”, deb. Xuddi mening bekam işlatadigan xilidan ekan.

Karlos LOVEYRA

(1882–1928)

 

Kubalik yozuvçi. “Badaxloq”, “Generallar va şifokorlar”, “Söqir”, “Sönggi saboq” kabi romanlari maşhur.

Muhiddin OMON tarjimasi

2025/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)