Suhrob Ziyo: – Kumuş, bilasizmi, siz bilan suhbat qilişni rejalaştirganimda adabiyotimizdagi xotin-qizlar ijodida köpçilikka körinmaydigan jihatlar haqida fikrlaşişni közlagandim. Ijodda turli jins vakillarining tutumlari turliça bölişi ularning tabiati bilan emas, asosan, hayot tarzi, turmuş va adabiyotga bölgan munosabati bilan köproq boğliq emasmi, deb öylab qoldim. Erkak yoki ayol adibning ijodi uçun birdek taalluqli bölgan tösiq va qiyinçiliklar ham borki, bu masalani alohida körib çiqiş kerak.
Biz, vaqt tanqisligi sindromi bilan oğriganlar uçun bu – muammo. Suhbatimizni ayollar ijodidagi faqat ulargagina xos bölgan jihatlar bilan birga, umumadabiyot talablariga javob beriş masalasi bilan boşlasak, nima deysiz?
Kumuş Abdusalomova: – Ayol ijodkorlar örtasidagi raqobat, ularning erkak ijodkorlar bilan katta adabiyot maydonida uloq çopişi tur içida kuraş, turlararo kuraş, degan gaplarni esga soladi.
Tanamiz – biz kiyib yurgan libos, xolos. Şunday ekan, ijod tananing emas, ruhning hayqiriği. Şoirlarni hadeb jinsga ajratişsa, ğaşim keladi. Halima Xudoyberdiyevaning “Qança qoning bölsa, Vatan uçun tök. Qança şoning bölsa, Vatanni kötar”, satrlarini öqiganda muallifning jinsi mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi. Uvaysiyning “Nozik” radifli ğazalini öqiganda bu ğazalni erkak kişi yozgan, degan xulosaga keliş mumkin. Çunki bizning jamiyatda ayol aytişi mumkin bölmagan gaplar bor. Şunday qoliplar bor.
Aslida, bizning jamiyatda ayoldan köra erkakning zimmasiga köproq masʼuliyat yuklangan. U öz ota-onasi va tuğişganlari uçun ham qayğurişga majbur. Ayol ijodkor işlamasligi, uyda ijod bilan şuğullanişi mumkindir. Ammo erkak ijodkorning işlamasligini qabul qilişmaydi. Mudom taʼminotçi sifatida köriladigan jins vakilining köngil işi unga qimmatroqqa tuşadi, nazarimda. Abdulla Oripovning şu mavzudagi “Turmuş taşvişlari” sarlavhali şeʼri bor. Şoir “Biz sendan balandroq tura olsaydik, Balki önğayardi dunyo işlari”, deya orzu qiladi.
Öylaşimça, hayot heç bir ijodkorga, ayolmi, erkakmi, “mana yozuv stoli, seni heç kim bezovta qilmaydi, faqat yozsang böldi”, degan taklifni bermagan. Har kim özi uçun, öz ijodi uçun kuraşişga, özini özi qurişga, şu bilan birga, dunyoning şartlarini ham bajarişga mahkum.
Suhrob Ziyo: – Adabiyotda ayol ijodkor qiyofasini bizda qanday tasavvur qilişadi? Asosiy stereotip – Zulfiya. Ammo bunda şoiraning ijodidan köra şaxsiyati köproq urğulanadi, nazarimda.
Bugun ham şaxsiyati, ham ijodi bilan qizlarga ilhom beradigan, singillarini izidan ergaştira oladigan tengdoşlarimiz ham yöq emas. Masalan, Mehrinoz Abbosovaning ijtimoiy faoliyati ham adabiyot uçun katta xizmat, deyiş mumkin. Lekin yillar ötib, elak kötarilganda, baribir Mehrinozning ham ijodi asosiy öringa çiqadi.
Men “ayollar şeʼriyati” degan atamaning ilmiy-adabiy jarayonda qöllanilişi tarafdoriman. Çunki hali ham adabiyotdagi ayol obrazlarining asosiy qismi erkak adiblar tomonidan yaratilgan. Adabiyotşunoslikda ayollar ijodining ayol psixologiyasidan kelib çiqib örganilgan tadqiqotlar katta hodisa böladi.
Mana, özingizdan misol. Kumuş Abdusalomova olti-yetti yil ilgari qanday şeʼrlar yozardi? Sizni “Yurt kelajagi” tanlovida taniganimdagi yozganlaringiz bilan hozirgi şeʼriyatingizdagi farq juda katta!
Rafiqalik va onalik vazifasi ijodga bevosita taʼsir qilişi bor gap. Bu taʼsirdan haqiqiy isteʼdod oziqlanadi, nisbatan kuçsiz, asosan, hissiyot yösinida qalam tebratib yurganlar esa yozişdan töxtaydi. Bu davrni ayol ijodkorlar uçun isteʼdodini sinovdan ötkazib beruvçi filtr deb atasam, nima deysiz? Menimça, siz bu filtrdan muvaffaqiyat bilan ötyapsiz. Bir paytlar Başorat Otajonova ijodi haqida “Yoşlik” jurnalida berilgan maqolamda ayni şu haqda aytgandim. Oila qurgandan keyin ham badiiy ijodga qayta olgan şoiralar oxirigaça boradi.
Kumuş Abdusalomova: – Zulfiyaxonimni yodga oldingiz, yil boşida ustozning nomi bilan ataladigan mukofot sohibalarining birinçi hisobot yiğilişi ötkazildi. Mana şunda ğalvir suvdan kötarildi. Şu çoqqaça bir yuz bir nafar qiz adabiyot yönalişida taqdirlangan ekan. Şularning bor-yöği öttiz nafari faol ijod bilan maşğul. Ustoz Ibrohim Ğafurov şulardan ön nafarini eʼtirof etdi, Uluğbek Hamdam esa öz maʼruzasida ikki nafar ayol ijodkorning nomini tilga oldi, xolos. Mana şu raqamlarda aniq vaziyat aks etib turibdi. Oila qurgan, farzandli bölgan köplab qizlarning ijodni taşlab qöyişi rost gap.
Suhrob Ziyo: – Adabiy davra degan gap bor, yigitlar örtasida hozir bunday davralar köp. buni ulfatçilik davralari emas, adabiy qur degim keladi. Çunki bu davralarda suhbat xamirturuşi adabiyot böladi. Undagi suhbatlar nuqul tirikçilik uçun yurmaganimizni eslatib turadi. “Asosiy missiya” haqida xotirlatadigan “qur” adabiyot xonimlariga ham begona bölmasa kerak…
Kumuş Abdusalomova: – Biz ellik nafardan oşiq ijodkorlar “Ijodkor ayol-qizlar klubi” degan guruhga birlaşganmiz. Asosan, şu guruhda gurunglaşamiz. Kim yaxşi narsa yozsa, şu guruhga ulaşib, eʼtirof etamiz. Bu virtual birlaşuv, xolos. Ammo yuzma-yuz suhbatlarga uzoği bilan ön nafar ijodkorgina kela oladi. Iş, oila, farzand taşvişlari barchani birdek adabiy suhbatlar qurişiga yöl bermaydi. Ammo qizlarning özaro kiçik-kiçik guruhlari ham borki, bu meni faqat xursand qiladi. Ular bir-birini qöllaşini, anglaşini körib, yayrab ketaman. Axir jamiyatda ayol ayolni qöllaşi ajoyib hodisa-ku.
Köp fikrlarimiz qarama-qarşi kelsa-da, Nodirabegim Ibrohimova bilan gurunglaşaman. Yozganlarimni jönatib, fikr sörayman. Nodira opaning adabiy mehnatkaşligi, xalqaro adabiy jarayonlardan xabardorligiga havasim keladi. Şohsanam Nişonova bilan adabiy missiya haqida köp gaplaşamiz. Şunday vaqtlar böldiki, umuman yozmadim. Öz uyim bölmagunça yozolmasam kerak, deb öylagandim. Işga şönğib ketgandim. Şu paytlarda Şohsanam: “Yozing, Kumuş! Hali qasrlar bitadi peşonangizga. Ammo bu tuyğular qaytib kelmaydi”, – deb ruhlantirardi.
Suhrob Ziyo: – Şu kunlarda turkiy dunyo adabiyoti bilan tanişişga harakat qilyapman. Köryapmanki, biz tengi ijodkorlarni taqqoslaganda, qardoş ölkadan köra Özbekistondagi adabiy tölqin kuçliroq. Bu esa haqli savol paydo qiladi: nega endi biz dunyoga ovozimizni bildirmasligimiz kerak?! Nima uçun biz moyana orzusida kunimizni ötkazişimiz, mayda taşvişlarga aldanib, katta daʼvolardan özimizni tiyişimiz kerak?!
Zamonaviy adabiyot tarixi bir neça davrga bölinadi. Jadidlar özlarini ham, ijodini ham xalq maʼnaviyatini yuksaltiriş, erkini tanitiş yölida qurbon qildi. Ulardan keyin yurak oldirgan avlod ulkan isteʼdodlarini sovet mafkurasi qöliga topşirdi. Sof adabiyot daʼvosi bilan qurga qöşilgan oltmişinçi yillar avlodi ham “Ikki daryo oraliğida qolib ketdi mening öşa ovozim” (Abdulla Oripov satri), deya afsuslanib ötişdi. Yetmişinçi yillar avlodi öz missiyasini töğri anglab, ham adabiyot uçun, ham millat uçun xizmat qila oldi, mustaqillik uçun katta uluş qöşdi. Lekin dunyo adabiyotiga çiqiş ular uçun ham bir bahyalik yölligiça qoldi.
Xöş, endi bizga navbat, nimani qoyillatamiz? Xatolarni aynan takrorlaşimiz şartmi? Yangi yöllar topişga qaçon haddimiz siğadi?!
Kumuş Abdusalomova: – Ayol ijodkorlar içida öz ovozi ikki daryo oraliğida qolib ketmasligi uçun tizimli harakat qilayotgani – Xosiyat Rustamova, menimça. Xosiyat opaning xorijiy tillarni örganib, öz ijodini dunyoga olib çiqişga urinişi tahsinga sazovor. Bu – barça ayol ijodkorlar uçun yaxşi namuna. Ijodni dunyoga tanitişga qaysidir taşkilot yoki uyuşma emas, har bir ijodkorning özi masʼul.
Suhrob Ziyo: – Biz mansub adabiy jarayonning yana bir taşvişi haqida gapirmasam bölmaydi. Bugungi kitob bozorini kuzatib turgan odam sifatida aytamanki, şeʼriy kitoblar savdosi juda yomon. Odamlarga şeʼr qiziq emasdek. Şu sabab ham kitob dökonlarida yangi şeʼriy kitoblar kam. Ana şu holatda ham ijod qilişni öz burçi deb biladiganlar borligi – şaxsan men uçun katta hodisa, jasorat.
Kumuş Abdusalomova: – Heç qanday moddiy manfaatsiz yozayotgan va çop etayotgan bir avlodning şakllangani gözal hodisa. Şeʼrning bu dunyo toş-tarozisi bilan hisoblaşmasligi, qalbni junbişga keltirib, yozişga majbur qilişi kişini hayratga soladi.
Ammo sözlarni qofiyaga solib, olqiş olib yurganlar ham yöq emas. Asl adabiyotni avloddan avlodga ötkaziş mumkin. Navoiy yaşagan davrda köçadagi halvofuruş ham şoir bölgan ekan. Biz hozir öşa halvofuruşlarni ham, ularning yozganlarini ham bilmaymiz. Ammo Navoiyni bilamiz.
Suhrob Ziyo: – Hozirgi yoşlar ijodiga adabiyotşunosligimiz yetarliça eʼtibor bermayotgani haqiqat. Ustoz adabiyotşunoslarimiz uçun bir töp “mişiqi”ning yozganlari eʼtiborga molik emasdek tuyilsa, ne ajab. Ulardan ranjiymiz-u, özimiz ham özimizni tuzuk-quruq öqimaymiz. Atrofimizdagi isteʼdodlarga yetarliça baho berilmagan hali. Mansur Jumayevdek yetuk şoir biz bilan bir davralarda yurdi, şeʼrlar yozdi, adabiyot xizmatida böldi. Ketganidan keyin tösatdan uning katta şoir ekanini hamma “bilib qoldi”.
Men yoşlar şeʼriyati böyiça tadqiqot qilişga qaror qilganimdan beri jiddiyroq mavzular bilan şuğullaniş böyiça “tavsiyalar” olaman. Yaʼni ilmiy jamoatçilik yoşlar ijodini hali ham nazarga ilmay qarayapti, Abulğozi Bahodirxon “öksuz öz kindigin özi kesar” degandek, özimiz özimiz haqimizda gapirişga majburmiz…
Kumuş Abdusalomova: – Isteʼdodni yoş bilan ölçaş mantiqsizlik. Deylik, duradgor yoki ustaning mahorati yillar ötgan sari oşib borişi bor gap. Ammo bu qoida söz bilan boğliq sanʼatlarda har doim ham işlamaydi. Ayniqsa, şoirlar eng “şedevr” asarlarini yoşlik paytida yaratişi ham köp kuzatilgan hodisa. Şeʼrning yozilişi uçun oppoq qoğoz kerak bölgani kabi, uning tuğilişi uçun pok qalb, toza vijdon ham kerak. Ammo inson yaşagani sari bu ikkisini birdek sof tutiş qiyinlaşa boradi. Axir Lorkaning ham, Yeseninning ham navqiron yoşda yozganlari qoldi adabiyotda. Özimizning Usmon Nosirda ham şu holat. Köpgina adabiyotşunoslarning yoşlar ijodiga jiddiy qaramasligi ularni ayaşidan bölişi mumkin. Köp bor eşitganman, “Özi eşitmasin-u, juda zör yozyapti”, deyişadi. Bu isteʼdodni asraş bölişi ham mumkin. Masalaning ikkinçi tomoni esa yoşlarning aksari bir porillab çiqib, yonib, tezda öçib qolişida, yozmay ketişida. Adabiyotşunoslar kelajagining buyukligidan başorat qilgan neça yozarmanlar tinib ketgan, axir.
Suhrob Ziyo: – Şuning uçun ham bir jihat qiziq menga. Adabiy başorat deymizmi, adabiy prognozlaştiriş deymizmi, umuman, isteʼdodning adabiyotda qolişini baholaş mumkin bölgan kategoriyalar bor, deb öylayman. Bu kategoriyalarni biror filologiya qöllanmasidan topiş muşkul. Ammo uluğ adiblarning yoşlar ijodi haqidagi fikrlari tanqidlari va xulosalari bilan tanişiş, bu fikrlarni bir sathda birlaştiriş muhim natijaga olib boradi. Misol uçun, Abdulla Qahhor yoşlar ijodi haqida fikr bildirar ekan, uç jihat ularni adabiy maydondan “supurib” taşlaşi mumkinligini aytadi: öz ustida işlamaslik, öziga haddan ortiq yuqori baho beriş va öz hayotini tartibga sololmaslik. Köz tegmasin (albatta, kinoya bu), bu kamçiliklar hozir ham bizga begona emas, afsuski…
Kumuş Abdusalomova: – Litseyda tahsil olayotgan paytlarim, Xudo rahmat qilsin, Nargiza opa degan adabiyot muallimamiz bölardi. Şeʼrlarni tahlil qilişidan sezganmanki, yozadi yoki bir paytlar yozgan. Özining aytişiça, vaqtida davrning ijod uçun beriladigan yuksak mukofotlarini olgan, Abdulla Oripov işonç bildirgan, eʼtirof etgan. Afsuski, butun umrini abituriyent tayyorlaşga sarflab yuborgan. Bu kabi holatlar köp uçraydi. Balki şuning uçun adabiyot sinçilari yoşlar ijodiga baho berişda şoşmaslikka, vaqt hukmiga quloq tutişga harakat qilsa kerak.
Ammo biz yoşlar bir-birimizni öqimasligimiz, bilmasligimiz katta xato. Bunga heç qanday bahona topib bölmaydi. Rus kumuş davri adabiyoti vakillari bir-biri haqida tinimsiz yozib, tarğib qilib, bir-birini tanitgani haqida öqiganman. Mana şu tajriba bugungi axborot öpqoni içida yaşayotgan davrimizda yanada köproq kerak.
Suhrob Ziyo: – Biroq jamiyatda şoirning mavqeyi degan gaplar ham bor. Şoirning ijtimoiy mavqeyi bugun bir bloger, artist, yumoristdan köra ortda ekani bor gap. Bugungi mediamakon şoulardan iborat, köngil kişilarining hayqiriği bu olamda körinmay ketadi…
Şu sabab ham adabiyot va ilm olami ana şu mediamakonga moslaşiş yölidan borişga majbur ekanini doim his qilaman. Saviya jihatdan emas, format jihatdan. Deylik, bir nosir özining kiçik sahna asarlari, badialari asosida “vayn” (bu ham bir janr bölib qoldi) olişi biz mardumlarga kulgili körinadi. Şeʼriyatni-ku aytmay qöya qolay. Birgina aktyor va didli ijodkor Erkin Bozorovning mediaolamdagi çiqişlari qançadan-qança insonlarni şeʼriyatga qayta yaqinlaştirdi…
Kumuş Abdusalomova: – Erkin Bozorov kabi ziyolilarning mediaolamda şeʼrni tarğib qilişi quvonarli hodisa. Ammo bu natijaga erişiş uçun aktyorimizning jamoasida neça kişi işlaşiga eʼtibor qarataylik. Mehnat va harakatga yaraşa natija. Şoir yoki yozuvçining bir özi bu missiyani tölaqonli uddalaşi muşkul vazifa. Aytganingizdek, “vaqt tanqisligi sindromi”ga çalingan biz yoşlar yozişga va mutolaaga bazör imkon topyapmiz. Xususan, yozuvçi akamiz Javlon Jovliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib boraman. Javlon aka tarmoqda faol edi. Ammo ijodiy özanlarida obunaçilaridan uzr sörab, yangi asar ustida işlayotganini, kanal vaqtinça faoliyatini töxtatişi haqida eʼlon berdi. Demak, biron jiddiy asar ustida işlayotganda, yozayotganda, tarmoqlar ijodkorni çalğitadi. Asosiy missiyani bajarişga xalaqit beradi. Ijodkor maʼlum muddat öziga çekinişga ehtiyoj sezadi.
Ustoz Usmon Azimga şu qabilida savol berilganda, “Men yozyapman, sizlar tarğib qilinglar…”, deb javob qaytargandi. Bu gapning zamirida ana şu haqiqat bor. Usmon Azimdan yangi-yangi şeʼrlar tuğilgani adabiyot uçun foydaliroq. Ammo bu gap katta avlod vakillariga, omonatgina yurgan ustozlarga yaraşadi. Biz kabi yoş ijodkorlarning bunday bahonasi kulgili tuyiladi.
Ijodkorlar özaro birlaşib, media uçun loyihalar qilişi eng maqbul yöl, nazarimda. Misol uçun, “Oçiq mikrofon” loyihasiga asos solinganda juda sevinganman. Ayniqsa, nosirlarning çiqişlari yangilik bölgandi. Xorijda yozuvçilar öz asarlarini öqib berişlarini, muxlislar sabr bilan tinglaşini eşitib, havas bilan qaraganman. Ammo bu loyiha ham maʼlum sabablarga köra töxtab qoldi. Lekin yaqinda mazkur loyiha asosçilari yangi “Söz” loyihasiga start berişdi. Mana şu kabi loyihalar orqali mediaolamda şeʼrning, şoirning mavqeyini kötarişga umid boğlaş mumkin. Tobora mobillaşib borayotgan hayotga moslaşişdan boşqa iloj yöq.
Suhrob Ziyo: – Kumuş, suhbatni davom ettiryapmiz-u, sizning ham, özimning ham fikrlarimni çetdan qarab körganda, biz baribir böyimizdan narini körolmayapmiz, deb öylayapman. Çunki sovuq aql bilan baho bersak, avlod degulik biror jiddiy asarni, biror amaliy işni maydonga taşlamadik. Tunov kuni döstimiz Şahriyor Şavkat yozib qoldi: “Biz özimizning isteʼdodimizga işonqiramay qaraymiz”. Rostdan şundaymikan? Nimalar qölimizdan kelişini, heç yöq özimiz bilişimiz uçun ham “maşinani eng yuqori tezlikka olib çiqiş” kerakmikan? Lekin boşqa tomondan qarasak, biz mansub avlod – 1990–2000-yillarda tuğilgan bolapaqirlar orasida roman darajasidagi (“Qörqma”, “Dardisar” kabi) jiddiy asarlar ham paydo böldi…
Kumuş Abdusalomova: – Biz mansub avlod hali “maşinani eng katta tezlikka olib çiqqani” yöq. “Qörqma”, “Dardisar” kabi romanlar mualliflar ijodining bir deboçasi, deb bilaman. Ulardan bundan ham yuksak asarlar kutaman. Masalan, qizlar orasida Mohira Eşpölatovaning roman yozgulik isteʼdodi bor. Qissalari, hikoyalari bilan tanişib, şu xulosaga keldim. Roman yoziş istagi borligi haqida özi ham suhbatlardan birida aytib ötgandi. Demoqçimanki, biz mansub avlodning ijodiy niyatlari juda yuksak. Bir-birini takrorlaşdan qoçayotgan, har biri alohida ijodiy izlanişdagi döstlarga qanday işonmaslik mumkin?
Suhrob Ziyo: – Kumuş, özingizning ijodiy konsepsiyangiz haqida ham töxtalsangiz, siz bu avlodning bir bölagi sifatida qaysi yönalişda rivojlanişni istaysiz kelgusida? Ijodiy ambitsiya degandek, qadamingiz qaygaça yetadi, qadam yetadigan manzilga közingiz yetadimi?
Kumuş Abdusalomova: – Tan olib aytiş kerakki, bugungi ayollar şeʼriyati hali Nodira va Uvaysiy darajasiga çiqa olgani yöq. Bu ikki ijodkorning darsliklardagi tört-beş ğazalidan boşqasini bilmaydiganlar fikrimga qöşilmasligi mumkin. Ammo ularning ijodi bilan yaqindan tanişib şunday xulosaga keldim. Men ijodda mana şu ikki adabiy figuraning darajasini közlayman. Asrlar davomida bostirilgan isteʼdod qonimizda kezib yuribdi. Qaynab çiqayotganida kömib yuborilgan buloqlar qança. Mana şular menga tinçlik bermaydi. Göyo öşalar uçun ham yozişim kerakdek tuyiladi.
Yuqorida aytdingizki, aksar ayollar obrazi erkak adiblar tomonidan yaratilgan. Bu xalq dostonlarini öqiganimda ham seziladi. Ayol qahramonlarni sanaganda mudom barmoqlarimiz ortib qoladi. Kitoblar qatida, tarixning nomaʼlum sahifalarida yotgan ayol qahramonlarni olib çiqişni istayman. Xudoyim umr bersa, sözdan qismasa, albatta! Hazrat Navoiy aytganidek, “Yöl yamon-u, yaxşisidin yema ğam. Bismilloh degil-u, qöygil qadam”.
Suhrob Ziyo: – Yana bir fikr bor: mustaqillik yillarida tuğilib, aqlini yigirma birinçi asrning ilk ön yilligida tanigan biz kabilarning fikrlaşi va mustaqillik arafasida köz oçib, asr boşida söz oçgan aka-opalar dunyoqaraşida farq seziladi menga. Asosan, keyingi yillardagi özgarişlar epkini vaqtida köp narsani anglab qolgan bizginalar andak omadlimizmi, deyman. Bu ijodiy matndagi dadillik va ijtimoiy mavzulardagi bitiklarning bisyorligida körinadi, çamamda.
Kumuş Abdusalomova: – Ijtimoiy mavzulardagi şeʼrlar çindan ham köp yozilayotir. Adabiyot kerakli vaqtda öz sözini aytgani yaxşi. Ammo vaqt ötib, bu muammolar hal bölganda, öşa şeʼrning qadri neçoğli böladi? Adabiyot uçun azaliy bölgan mavzulardan juda uzoqlab ketib bölmaydi. Asqad Muxtor “Tundaliklar”da yozgandi: “Ekzyuperining uçar samolyotlari allaqaçon urfdan qolgan, ammo Kiçkina Şahzodasi hamon yaşab yuribdi”. Ustoz göyo bu gap bilan har qanday zamonda ham inson va uning qalbi adabiyot uçun birlamçi ekanini eslatmoqçi böladi.
Suhrob Ziyo: – Gurungimizni hazrat Mir Alişer Navoiyning duo degulik misralari bilan yakunlagim keldi: “Umidim ulki, umidingga yetgil…” Har holda, umrimizni şu yölga tikkanmiz. Yöldan adaştirmasin!
Suhrob ZIYO
1996-yili tuğilgan. ÖzRFA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti. “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Ay suygulim”, “Köngil yelkani” va “Izlam” turkumi doirasida “Daryo” nomli şeʼriy kitoblari naşr etilgan.
Kumuş ABDUSALOMOVA
1996-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvçisi. “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Kuylamasam bölmaydi” va “Ikkinçi kitobim” turkumida “Özimning dostonim”, “Qanot” loyihasi doirasida “Çalğima” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.
2025/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


