Şu desangiz, köngil bir ğaroyib hikoyalar öqişni tusadi. Amaliyot bahonasida “Yoşlik” jurnali tahririyatiga borgandik. Şu yergaça kelib quruq ketamanmi, degan öyda jurnalning yillik sonlarini jamlab olib kelgandim. Zap iş bölgan ekan. Mutolaani boşlab yubordim.
“Yoşlik”ning 2024-yil 2-sonidan joy olgan fransuz adibi Prosper Merimening “Matteo Falkone” nomli hikoyasini öqidim-u, xayolning uçqur oti meni uzoqlarga olib ketdi. Tarjima juda ajoyib çiqqan. Mutarjimi kimsan, Ozod Şarafiddinov böladi-yu, ajoyib bölmasmidi. Tili ravon, uslubi ğoyat sodda. Hikoyani xatm qildim. Öylanib qoldim, bu hikoyaning syujet liniyasi atoqli adibimiz Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidagi “Qoçoq” nomli hikoya syujetiga juda-juda öxşarkan. Faqat yeçimlar, qaraşlar har xil. Keling, uşbu hikoyalar va ularning qahramonlari haqida birga fikr yuritsak.
Avvalo, şuni aytib ötişim kerakki, mening nazdimda, Şarq adabiyoti har jihatdan Ğarb adabiyotidan köra oğirroq toş bosadiganday tuyiladi.
Ota. Köz öngimizda ğururli, mustahkam irodali, jismonan kuçli, metinday qatʼiyatli, mehrli, jonkuyar, kezi kelganda qahrli, vajohatli inson gavdalanadi. Otaning fitrati millat, elat, yurt tanlamaydi. Har qaysi odam otani mana şunday sifatlar bilan tasavvur qiladi. Bunday tasavvur qilişimizga, avvalo, hayot, undan söng esa adabiyot vositadir. Aytiş mumkinki, bu barça fazilatlarni bir ota özida tölaqonli mujassam eta olişi muşkul. Baʼzi otalarda muruvvat çeksiz bölsa, baʼzilarida qahr ortiqça.
“Ufq”dagi Ikromjon – özida muruvvatli otalar siymosini gavdalantirgan qahramon. Uning ayoliga va arzanda öğli Tursunboyga bölgan otalik muhabbati bu dunyodagi eng oğir gunohlardan biri – Vatanga xiyonatning bahridan ötişiga sabab böldi. Şu örinda unga qiyosan kelayotgan qahramon Matteo Falkone qanday ota? Matteo yuragida zarraça mehr-şafqat bölmagan, har işni aql tarozisiga soladigan, qahr oğuşiga çökkan kezlari hatto aqliga ham quloq osmaydigan, na ayoliga, na farzandiga muruvvat körsatolmagan ota edi. Uning mehrsizligi va erkakman deya kibrga berilgan holati quyidagi jumlalarda öz ifodasini topgan: “…söqmoq burilişida, tösatdan, Matteo bilan xotini paydo böldi. Xotini kaştan yonğoqlari solingan katta qanorning oğirligidan egilib zörğa qadam bosar, eri esa qölida bitta miltiqdan boşqa yuki yöq – yengil va şaxdam yurib kelar edi. Erkak kişiga quroldan boşqa yuk nomunosib-da!” Bir erkak ayolni bunday vaziyatga solişi uçun iymondan mosuvo, vijdondan benasib bölmoği kerak!
Ikromjon Tursunboyni avaylab, yelkasida kötarib katta qilgan bölsa, Tursunboy bunday mehr evaziga faqat özini öylovçi bir manqurt bölib ulğaydi. Mana bu holatga qarang: “Nahotki, ölgan bölsa? Endi uning holi nima keçadi? Endi unga kim ovqat olib keladi? Ona unga faqat kiydiriş, yediriş uçun ona edi, xolos. Ona uning firoqida, dardida ado böldi. Bolasi esa bu töğrida öylamasdi”. Bu holat Tursunboyning qançalar tuban va çirkin kimsaligini yaqqol körsatgan. Töğri, balki qörquv uni şu köyga solgandir. Biroq arzanda bolasi uçun soğliğidan keçib, özini öylamay, dalada erta-yu keç ğimirlab, heç kimsaga körsatmay, pana-pastqamda ovqat pişirib, özidan keçgan ona uçun bunday taqdir hayotning hazilimi yo şafqatsizligi? Jannat aya bir ona farzand uçun nima qila olsa, şuni ortiği bilan bajardi. Ammo ne-ne umid va orzularda östirgan, özi yemay yedirib, özi içmay içirib voyaga yetkazgan, oq yuvib, oq taragan bolasi tobutini kötarişga yaramasa, tobutkaşlarni uzoqdan sassiz, hissiz kuzatsa, menimça, bunday insonga ölim ham mukofot. Xöş, bu ikki asardagi otani qon qilgan, tubi körinmas afsus, alam va ğazab oğuşiga ayamay otgan ikki öğil qanday edi?
Fortunato va Tursunboyning öxşaş va farqli tomonlariga nazar taşlasak: Tursunboy yigirma yoşni qoralagan, nafsi uçun heç narsadan tap tortmaydigan, xudbin, mayib böliş yo ölişdan qörqib jang maydonini taşlab qoçgan vatan xoini.
Fortunato ön yoşli aqlli va ziyrak, manfaatlar töqnaşganda ayyor va muğombir, dunyo moliga aldanib, bir öğri, muttaham Janetto Sanperomanning yaşiringan joyini (aslida, Fortunatoning özi Janettoni beş frankli tanga evaziga piçan ğarami orasiga yaşirib qöygan edi, keyin mirşab taklif qilgan kumuş soat evaziga Janettoning joyini aytib beradi) mirşabga aytib beradi. Otasi Matteo nazarida, keçirib bölmas iş qilgan sotqin bola.
Fortunato va Tursunboyning yöllari faqat xoinlik masalasida kesişadi. Ammo ön yoşli bolaning aldanib qilgan işi qayoqda-yu, aql-huşi özida bölgan yigirma yoşli Tursunboyning qilgan işi qayoqda. Xöş, bu ikki sotqinning jinoyatini Ikromjon va Matteo Falkone qanday “mukofot” bilan siylaşadi?
Qalbida iymoni bor, Vatani uçun jonidan keçgan, farzandini butun borliği bilan yaxşi körgan, ona yurtiga sadoqati yakto bölgan Şarq otasi noqobil farzandini közi qiymagan, şunday bölsa-da, unga öq uzişga majbur bölgan Ikromjonning mana bu gapi öz dilbandining qotili bölişini heç xohlamagani öqiguvçi qalbiga orom beradi: “Xayriyat, tegmabdi…” Ikromjon Vatan xoini bölgan, el-yurt oldida qaddini dol qilgan şu öğli uçun, botqoq içidan çiqib, xalq orasida yaşaşi uçun bir çora qidirarkan, oçlikdan sillasi qurigan Tursunboy odamlardan uzoqdagi sovuq va zaxkaş çodiri içida manguga köz yumdi: “Çöl ustini asta qoronğilik bosib kelayotgan yoz oqşomida ota öz bolasini şonsiz, şarafsiz, marosimsiz qabrga qöydi. Loy aralaş tuproq tortdi”. Bir Şarq otasi uçun bundan oğir musibat bölmasa kerak.
Qahr-ğazabini jilovlay olmagan Matteo Falkone butun voqeani bilgaç: “Bu bola bizning uruğimizdan çiqqan birinçi sotqin ekan”, – deya Fortunatoni örmonga boşlaydi. Nima bölişini taxmin qilgan muştipar ona Matteoni töxtatişga harakat qiladi. Biroq Matteoni mana bu gapi Juzeppani biroz tinçlantirganday böladi: “Bas qil! Men uning otasiman!” Buni öqib beixtiyor könglingiz tin oladi. Miyangizni qoplab olgan qotillik haqidagi xayollar soyasi tarqala boşlaydi. Ammo hammani hayratda qoldirgan mudhiş iş yuz berdi. Falkone öz öğlining qotili böldi: “Matteo öq uzdi, bola jonsiz yiqildi. Matteo jasadga qayrilib ham qaramay, öğliga gör qazigani belkurak olib keliş uçun söqmoqdan uy tomonga yöl oldi”. Matteo qilgan işi töğriligiga, uruğini bir badbaxt sotqindan xalos etganiga, adolatni qaror toptirganiga işonardi. Ammo asar davomida Matteo Falkonedan nafratlanişingiz, Fortunatoga bunday ölimni ravo körmasligingiz, unga imkon berilişini istaşingiz aniq. Lekin Matteo (qanday mergan ekanligi novellada asos bilan keltirilgan) ön qadam narida turgan öğlini qöli bir marta ham qaltiramay xatosiz otib öldirdi. U yangliş öq uzişi imkonsiz edi. Bir ota şunçalik hissiz bölişi uçun umri davomida qanday yaşagan bölişi kerak?
Tursunboy bu dunyoni qanday tark etdi? Şonsiz, şarafsiz, kafansiz, hatto göri ham noodatiy usulda, yaʼni belkurakda emas, hassada qazildi. Bu holatni öylaş ham inson yuragining kulini kökka sovuradi. Ota bölmiş Ikromjonning holatini tasavvur qilişga va uni söz bilan ifodalaşga biz qodir emasmiz. Yozuvçi Prosper Merime öquvçini dahşatga solib bir otani farzand qotiliga aylantirdi, ammo Fortunatoni iymoni bilan tark etişi uçun imkon berdi. Ehtimol, Matteo “Men uning otasiman!” deganda aynan şuni nazarda tutgandir. Yaʼni men uning otasiman, uni ölimga hukm qilaman, lekin iymonsiz ketişiga yöl qöymayman, deya şama qilgandir.
Nima bölganda ham, musulmon xalqi bir otani farzand qotili qilib qöymaydi. Otaning qölini farzand qoniga belamaydi. Şu yerda Şarqning halimligini, bir inson joniga boşqa bir inson daxl qilolmasligini, Alloh bergan jonni faqat Alloh qaytarib oladi, degan aqidadan çetga çiqmasligini, Ğarbning esa şafqatsiz realizmga moyil ekanligini, adolatning teşik kosasini oqlaş uçun bir otaning öğlini öldirişgaça borganini körişimiz mumkin.
Oxirida aytadigan sözimiz şuki, dunyodagi insonlar qalbini boşqa bir insonlarning gözal harakatlari, iliq munosabatlari, köngilga xuş yoquvçi samimiy sözlari, mehrli közlari qutqaradi. Biroq mana şunday yaxşiliklarni köra olişimiz uçun ham, baʼzida qalblarni larzaga soladigan dahşatlar yuz berib turişini badiiyat bilan örab öquvçiga taqdim qiladigan yozuvçilar ham oramizda bölişi zarur. Zero, yaxşilikning yaxşi ekanligini yomonlikni körgaç bilasan, yomonlikning yomonligini ham yaxşilikni körgaçgina bilasan kişi.
Yuqoridagilar kaminaning xulosalari. Asarni, albatta, öqing, afsuslanmaysiz…
Iroda BOSIMOVA
2003-yili Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan. Hozirda Guliston davlat universiteti magistranti.
“Yoşlik” / 2025 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


