(Hikoya)
Çoşgoh mahali polk komandiri bilan uyezd kengaşi raisi – mahalliy işçi kadrlardan çiqqan Doan hujum operatsiyasini muhokama qilişmoqda edi.
Reja barça ikir-çikirlarigaça körib çiqilgaç, polk komandiri savol taşladi:
– Örtoq Doan, duşmanning tayanç punkti qayerda joylaşganini yaxşi biladigan yölboşlovçi topib berolmaysizmi? Öşa yerni körgan odam topilsa, yanayam soz bölardi.
– Nimayam qilardik, qidirib köramiz-da, – dedi Doan biroz öylanib, keyin asta örnidan qözğaldi.
Oqşom payti qorovul hamrohligida qoraça, örtaböy çol qarorgoh çaylasida paydo bölganida komandirlar manqal atrofida ötirişardi. Egnidagi kiyimiga qaraganda, möysafid toğlikka öxşardi.
– Meni örtoq Doan yubordi, – dedi çol, ötirganlar bilan salomlaşarkan.
– E-e, hayriyat, – degança quvonçga tölib javob qaytardi polk komandiri. – Keling, keling. Qani, olovga yaqinroq ötiring, birodar.
Odamlar çolga gulxan atrofidan joy böşatib nari surilişdi.
– Qaysi qişloqdan bölasiz? – deb söradi komandir.
– Naxandan.
– Iye, bu qişloq şundoqqina qörğonning yonginasida-ku.
Qariya tasdiq maʼnosida boş irğadi.
– Farangilar nima qilişyapti? Qişloqda nima gaplar?
Qariya yelkasini qisdi-da, şunday dedi:
– Hozirça tinçlik. Bir marta tösatdan bostirib kelişdi. Uçta çöçqani tortib olişgani mayli-ku-ya, yigirmata kattakon şişada asal topib ber, deb tiqilinç qilişganini aytmaysizmi.
– Ayting-çi, duşman heç narsadan gumonsiramayaptimi? Balki mudofaani kuçaytirgandir?
Qariya javob bermay boş çayqadi, şundan biliş mumkin ediki, heç qanday xavotir sezilmagan. Suhbatga polk razvedka boşliği suqildi:
– Birodar, yollanma askarlar orasida heç qanday tanişingiz yöqmi? Aytmoqçi, ular qişloqdan jönaganingizni bilişadimi?
Qariya diqqat bilan razvedka boşliğiga tikildi-da, savol haqida öylayotganday, yuzini bujmaytirib közlarini qisdi, keyin istar-istamas javob berdi:
– Ketganimni bilişadi… Faqat men ularga Thathega betob qizimni körib kelgani ketyapman, beş kunlardan söng qaytaman, dedim. Gapimga işonib postlardan ötkazib yuborişdi.
Uyezd kengaşi raisi kulib qöydi.
– E, beş kundan söng ular narigi dunyoda yurişadi.
Bu gapdan çayladagilar “gurr” etib kulib yuborişdi.
Qariya qöllarini olovda isitgança jim ötirardi. Laxça çöğ bölgan kömirning şuʼlalari uning sertomir qöllarida öynar, mehnatda toblangan barmoqlarini yoritar edi.
– Naxanlik uç-tört yigit farangilarga ötib ketganmiş, şu rostmi? – deb sörab qoldi uyezd kengaşi raisi. – Aytişlariça, farangilarga xizmat qilayotganmişlar.
Çol çöçib tuşib, raisga “yalt” etib qaradi. Qizargan yuzlarida ğazab, iztirob aks etdi.
– Ha, ikkitasi! – deb javob qaytardi u. – Ikkita it! – degança baqirib yuborayozdi. – Ikkita yaramas! Farangilarni qişloqqa boşlab kelişgan, uylarni tintib, qarindoşlarini öldirtirgan, qondoş opa-singillarining nomusini bulğatgan şu sotqinlar-da…
Polk komandiri çömiçda suv qaynatib, çoy damladi. Dölçaga quyib, keksa dehqonga hurmat bilan uzatdi. Qalin soqolli komandirning çehrasiga qatʼiyat, keskinlik dahşatli tus berar, holbuki butun qiyofasi kattakon va köngilçan ayiqni eslatar edi.
– Ellik-ellik ikkinçi yillari Binzya qişloğiga borişimga töğri kelib qolgandi. Öşa vaqtda farangilar rosa quturişgandi-da!
– Siz Binzyada bölganmisiz? – degança qariyaning közlari çaraqlab ketdi. – Örtoq Long Khang bir kuni menikiga kelgandi. Unga piça sabr qiling, deb neça marta ötingandim, yöq, u quloq solmay, Pionde orqali jönab qolgandi. U yerda tutib olişipti. Attang, şunday yaxşi odam nobud böp ketdi-ya…
– Siz örtoq Long Khangni tanirmidingiz? – deya savol taşladi uyezd kengaşi raisi.
– Öşanda bir uçratib qoluvdim.
Komandirlardan bir neçtasi xarita ustiga egilib, bölajak harbiy operatsiyani muhokama qila ketdilar.
Kömir çirsillab yonardi. Uyezd kengaşi raisi olov öçib qolmasligi uçun gulxanga şox-şabba taşladi. Çayla ortida, örmonda sovuq şamol guvillardi. Qariya birdan örnidan dik etib turib, raisga tikilgança söradi:
– Ayting-çi, duşmanlarga sotilgan öşa ablahlarni agar tirik tutadigan bölsak, qanday çora köriladi? Nahotki, gunohidan keçib, ozod qilib yuborsak?
– Ozod qilsak qilaveramiz-da. Bultur Bonkunda yigirma törtta yollanma askarni asir olgandik, köpçiligi yarador ekan. Şunda, hammasini qöyvorgandik.
– Agar xalq ularning sotqinligini keçirmasa, ölguday nafratlansa-çi, unda nima qilamiz?
– U holda xalqning özi hal qiladi. Kim qanday jinoyat qilgan bölsa, şunga yaraşa jazosini tortadi-da.
Çol qahr bilan boş çayqadi.
– Yöq, keçirmaymiz! Şaxsan men keçirolmayman!
Raisning yuzida taajjub paydo böldi. Qariya boşini egdi, göyo u alamini, nafratini kişilardan yaşirmoqçi bölayotganday edi.
Oğir sukunatni çolga murojaat qilib qolgan polk komandiri buzdi:
– Otaxon, qörğon devori yaqinidagi istehkom yonida nima taxlangan? Uzoqdan heç aniqlab bölmayapti.
Keksa dehqon peşonasini tiriştirgança eslaşga harakat qildi:
– Nimayam bor edi u yerda? E, ha, guruç töldirilgan qoplar! Omborlar band-da, saqlaşga joy yöq, şuning uçun ham ularni devor atrofiga uyib taşlaşgan.
Polk komandiri negadir iljayib qöydi, dehqon esa gapida davom etdi:
– Mana, siz keça borib qörğonni kuzatibsiz. Hamma yoq iz bölib ketipti. Axir, kim ariq yoqalab yuradi, u yerda izlar darrov közga taşlanadi-ku! Bu yöldan yurib bölmaydi: sezib qolişlari mumkin.
Polk komandiri duşman qalʼasi joylaşgan joy çizmasi tuşirilgan qoğozlarni olib keldi. Boşqa komandirlar ularni örab çolning fikrini muhokama qila ketişdi. Sxema qoğozini körsatarkan, polk komandiri qöşib qöydi:
– Uzoqdan qaragan paytda köp narsa aniq körinmaydi. Qaniydi baʼzi masalalarni, masalan, relyefni, tayanç punktining içki tuzilişini, unga yaqinlaşiş yölini aniqlay olsak edi. Otaxon, hamma umidimiz sizdan.
Çol çayla içi yoruğroq bölişi uçun gulxanga şox-şabba taşladi, bambuk tutantiriqni öt oldirib, qoğozlarni közdan keçira boşladi. Söngra şunday dedi:
– Örtoqlar, bemalol sörayveringlar, bilganimni aytib beraman. Yaxşisi, ertaga sizlarni qalʼa yoniga obora qolay, öşa yerda turib atrofni yetarliça örganamiz. Men duşman bexabar qolgan yölni körsataman.
Ertasi kuni tong-sahardan to şomgaça yölboşlovçi bir guruh komandirlar bilan faranglar qalʼasi atrofini burçak-burçaklarigaça kezib çiqdi. Havo quruq, jazirama edi. Barça, hatto yoşlar ham nihoyat darajada çarçadi. Qariyaga odamning rahmi kelar, u hammadan ham köproq holdan toygan edi. Axir, har bir komandirga qalʼaga qayerdan yaşirin kiriş mumkinligini körsatiş, hujum dastalariga[1] hamla uçun qulayroq joylarni aniqlab beriş, polk artilleriyasini qayerga joylaştiriş kerakligini tuşuntiriş uning zimmasida edi-da. Har bir komandir va boşliq sörab-suriştiraverardi. Bir qarasangiz, artilleriya boşliği uning oldiga odam jönatgan, bir qarasangiz, ştab boşliği. Şörlik çolning şu qadar sillasi quridiki, toğ söqmoqlarida zör-bazör oyoğini sudrab bosardi. Nafas rostlab oliş uçun tez-tez ötirib dam olardi. Hamrohlari taşvişlana boşlaşsa, u faqat bir gapni takrorlayverardi: “Heçqisi yöq, hozir ötib ketadi. Bugun mazam yöqroq özi…”
Şoşiliş kerak edi. Razvedka uçun faqat bir kungina ajratilgandi, xolos. Keçga yaqingina çol polk komandiri va boşqa bir qança komandirlarni uzun dara orqali ğorga olib kirdi. Ular zulmatni yorib, tor yölakda paypaslana-paypaslana, nihoyat yer ostidagi bir burçi yorişib turgan joyga yetib keldilar. Yölboşlovçi öşa joyni şeriklariga körsatdi. Polk komandiri va uning hamrohlari nur tuşib turgan teşik tomon tirmaşa boşladilar. Tösatdan ular oldida kenglik oçildi, nariroqda bir qoyadan quyoş nurlarida yarqirab şarillab jilğa oqib yotardi. Çamasi, yuz metrlar uzoqlikdagi qoyada esa duşman qalʼasi joylaşgan edi!.. Bu yerda farang askarlari yarim yalanğoç, bemalol yurardi. Ularning ovozlari aniq-tiniq eşitila boşladi.
Yölboşlovçi qörğonni kuzatarkan, közlari kimnidir qidirardi. Peşonasidagi tomirlar börtdi va közlari zöriqqanidan qizarib ketdi. Komandirlar qörğonning qanday joylaşganini, qurilişi-yu devorlarining mustahkamligini hamda istehkom atrofini diqqat bilan kuzata boşladi. Ular göyo yölboşlovçini unutib qöyganga öxşardi. Şu vaqt polk komandiriga çoldan nimanidir sörab, aniqlab oliş kerak bölib qoldi. Yaqin-atrofda esa çol körinmasdi. Yölboşlovçi toşga suyanib yotar, közlari olayib, zörğa-zörğa nafas olar edi.
Komandir xavotirlanib tezda uning yoniga keldi.
– Sizga nima böldi, otaxon? Nima böldi?
Keksa dehqon örnidan qözğaldi, göyo qandaydir azob-iztirobni yengmoqçiday tirişar, heçqisi yöq, deganday qölini silkitar edi.
– Parvo qilmanglar, örtoqlar. Qörğonni obdan örganaveringlar. Menga baloyam urmaydi, biroz tobim qoçib turipti, xolos.
Ular orqaga qaytişganda çol yana oldinga ötib oldi. Ammo polk joylaşgan yerga yetib borganlaridan keyin qariya çaylaga kirdi-da, burçakka ötib çözildi. Hamma bu keksa dehqonning tobi qoçib qoldi, deb öylab, dori içirişdi, mehribonçilik qilib ustini qalin körpa bilan örab qöyişdi.
Ertasi kuni polk duşmanga qarşi hujumga ötdi. Jang şiddatli va tez böldi. Xuddi polk artilleriyasi duşmanga öt oçgan paytda, qalʼa maydonida bayroq tikiş tantanasi ötkazilayotgan edi. Artilleriya hujumi natijasida safda tizilib turgan duşman askarlari va yollanma askarlar yer tişlab qolişdi. Şu payt hujum dastalari qalʼaga bostirib kirib qöl jangini boşlab yubordi.
Hujumçilar duşmanning tayanç qarorgohini barça kiriş, çiqiş yöllarini beş qölday bilgandek, şunday ildamlik bilan hamlaga ötib, duşmanni örab olib, ularning kuçini sindirib, çunonam parokanda qilib taşladilarki, heç kim qamalda qolgan qalʼadan çiqib ketolmadi. Bor-yöği qirq daqiqa içida duşman mağlub böldi. Qalʼadagi garnizon yöq qilinib, duşman askarlari asirga olindi.
Töpolonda polk komandiri ham, boşqalar ham keksa yölboşlovçini unutib qöygandi.
Keç kirdi. Qörğon alanga içida qoldi. Bino içlarida ham olov gurillar, tösinlar, devorlar qulab, havoga alanga uzun tilini çözar edi. Vodiy yöllarida maşʼala kötargança dehqonlar qalʼaga qarab kelardilar. Ular göyo çekka qişloqlardan bozorga kelayotganday, zavq-şavqqa tölib, baqir-çaqir qilib borardilar. Dehqonlar qalʼaga öz guruçlarini duşmandan qaytarib oliş maqsadida kelmoqda edilar.
Polk komandiri örtoq Doanni şundoq qörğon darvozasi oldida uçratdi.
– Xöş, Pan tirik uşlandimi, işqilib? – deya söradi nafas rostlar-rostlamas Doan.
– Qaysi Pan?
– Anavi Pan-çi, sizlarga yöl körsatib borgan çolning öğli-da.
Polk komandiri Doanga tuşunmay taajjub bilan nigoh taşladi, söngra birdan çolning nima uçun özini ğalati tutgani, sotqinlarga qanday çora körilişi haqidagi savollarining sababini tuşunganday böldi.
– Nahotki, uni körmagan bölsanglar? – deya yana çidolmay söradi Doan.
– Asirlar faqat farangilar. Lekin ularning orasida mahalliy aholidan birortasi ham yöq edi.
– Demak, öldirişipti-da.
Polk komandiri ham, Doan ham keksa yölboşlovçini eslab qolişdi.
– Çolgayam közingiz tuşmadimi? – deb yana savol berdi Doan.
– Yöq, heç qayerda körmadim.
– Lekin adaşmasam, u qalʼaga kirib ketgandi-ku.
Ular keksa yölboşlovçini askar va dehqonlarning serşovqin olomoni, yonayotgan binolar orasidan izlagani jönaşdi. Nihoyat, ular ombor yaqinidagi endigina öçirib bölingan yonğin atrofida bir töda odamlarni körib qolişdi. Töda yonib, başarasi tanib bölmaydigan bir holga tuşib qolgan murdani qurşab olgandi. Bular, asosan, Naxan qişloğining dehqonlari edi. Ular öldirilgan odamlarga laʼnatlar yoğdirişardi.
– Qilmiş-qidirmiş deydilar!
– Itga it ölimi!
– Hammang qurib, yöq bölib ket!
Yoşgina yigit yiğlar, hadeb murdaning oyoqlarini tepar edi.
Şu on olomon orasida polk komandirining közi çolga tuşib qoldi. Çol özini yöqotgan, gangigan holda qotib turar, yonib ketgan murdalarga qadalgan közlarida esa ğazab uçqunlanar edi…
Nguyen Din THI
(1924 – 2003)
Vyetnamlik yozuvçi. “Lo daryosi sohillarida” nomli hikoyalar töplami, “Olov içra” qissasi, “Qirğoqlar yemirilmoqda” roman-dilogiyasi
maşhur.
Maʼsuma AHMEDOVA tarjimasi
“Yoşlik” / 2025 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


