“Til dardiga tib topmoqqa…”
Özbek tili bayrami. Quloqqa qanday xuş yoqadi. Öz tiling qayta eʼzoz topgan kunni bayram qiliş qanday yaxşi. Uning ravnaqi uçun yangi imkoniyatlar yaratilayotgani qanday soz…
Biroq yaqinda ijtimoiy tarmoqda körganim – xorijda istiqomat qilayotgan özbek ziyolisining bir mulohazasi meni öylantirib qöydi: “Bayram qiliş yaxşi, lekin faqat bayramlar bilan özbek tilini yuksaltirib bölmaydi…”
Bir muddat viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida işlaşimga töğri kelgan (matbuot xizmatida). Öşanda tilşunos professor döstimni özbek tili bayrami bilan tabriklay turib, mana bu satrlarni ilova qilgan ekanman:
Siz Til bilan, biz Tib bilan band, ovora,
Til dardiga tib topmoqqa bormi çora?..
Ha, bugun tilimiz masalasida ğurur-u iftixorga loyiq jihatlarimiz möl. Ammo oğriqlarimiz ham yetarli…
“…Ham…”
“Özbek tili kambağal emas, balki özbek tilini kambağal deguvçilarning özi kambağal. Ular öz nodonliklarini özbek tiliga tönkamasinlar”. Abdulla Qodiriy bobomizning bu ögitlarini bugun har kuni, har qadamda qayta-qayta uqtirsak arziydi…
Kitoblik taniqli jurnalist Maqsud Hamroyev bir gapni aytib qoldi:
– “Ötkan kunlar” filmida Yusufbek hojining maşhur iborasi bor: “Marğilonda şunday kelinimiz bor ekan, biz bilmay yurgan ekanmiz-da…”. Eʼtibor berganmisiz, şu yerda jiddiy bir xato bor. Qodiriy asarda bunday deb yozmagan. Biz bilgan Qodiriy aslo bunday demasdi ham…
Esladim. Söng, asarni topib, tekşirib ham kördim. Mana, “biz bilgan Qodiriy” Kumuşbibining Toşkentda hoji xonadonida kutib olinişi lavhalarini qanday tasvirlagan:
“– Qani, bek otasi, körmanani bering-çi! – dedi Özbekoyim Kumuşni imlab.
Kumuş uyalib zörğağina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniğa kelib böyin egdi. Hoji qöli bilan Kumuşning yelkasiga qoqib suydi va Kumuşning manglayiğa tegizib olğan öz qölini öpdi:
– Bizning Marğilonda ham şunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurğan ekanmiz-da, – deb tevaragiga qarab kulindi va qölini duoğa oçdi. – Bizni şunçalik siylab kelibsizlar, bu yaxşiliqlaringiz bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin. Olloh taolo yoşlarğa tinç va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo…
Hamma duoğa yuz siypaşdilar. Söngra Yusufbek hoji Kumuş bilan Zaynabka qaradi:
– Men sizlarning körişib turğanlaringizni körib juda quvondim, – dedi. – Mundan söng ham şu yösunda bir-birlaringizga egaçi-singildek bölmoqlaringizni tilayman, – dedi va Özbekoyimğa: – Qani, mehmonlarni içkariga olinglar, – deb özi taşqariğa burildi”.
Vaziyatga bir diqqat qiling-a. Özbekona lutf, andişa, muomala, madaniyatni öz xonadonida qatʼiy nizomga aylantirgan Yusufbek hojidek odam marğilonlik kelinini alqaş uçun unga peşvoz çiqqanlar safida hammaning xatti-harakati-yu gap-sözini kundoşlarga xos ançayin kek, gina va alamzadalik bilan sinçiklab kuzatib turgan Zaynabning dilini oğritişga jazm eta olarmidi?
Qolaversa, undan tili qisiqlik joyi ham yöq emas (bu yoqda öğli “uning qarşisida meni jonsiz bir haykal deb biling”, deb turgan bölsa). Şu boisdan hoji “Marğilonda ham…”, deydi. Yaʼni uning lutfida “Toşkandda ham şunday kelinimiz bor…” degan maʼno ham zohir edi.
Beixtiyor hayratga tuşasiz. Qarang, birgina “ham…”da şunça mazmun mujassam bölsa, butun boşli maqollarimiz, dostonlarimiz, mumtoz adabiyotimiz xazinalari sinoatlarini, ona tilimizning asl jozibasini qaçon va qanday kaşf etar ekanmiz?
Buyuk arxeologning ğazabi
Meni hayratga solgan bu voqea töqsoninçi yillarning oxirlarida yuz bergandi. Tahririyat topşiriği bilan qadimiy Yerqörğon xarobalarida qaziş işlarini olib borayotgan arxeologlar haqida maqola tayyorlaş uçun fotomuxbirimiz bilan yölga tuşdik.
Maşinani poyonsiz tepaliklar bilan tutaşgan fermerning şiyponida qoldiradigan böldik. Fotomuxbirimiz bilan yaxşi taniş bölgan fermer bizni bir tilikdan qovun bilan siyladi. Şoşib turganimiz bois fermer bilan tezob xayrlaşib, poyi piyoda yölga tuşdik. Saraton quyoşi şundoqqina tepamizda olov purkar, tepaliklarning qoq bağrini yorib ötgan temir yöl şpallaridan badböy hovur kötarilardi…
Şunday jaziramada işlayotgan arxeologlar bilan uzoq suhbatlaşdik. Qaziş jarayonlarini suratga oldik. Ular qazişma işlarini olib borayotgan joydagi öçoq, sopol buyumlar, antiqa tarxga ega inşootlar xarobalari olis ötmişdan söylardi…
Şogirdlari ekspeditsiya rahbari, taniqli arxeolog, tarix fanlari doktori, professor Rustam Sulaymonovning bazaga ketganini aytişdi. Baza deganlari esa bu yerdan ançagina olisda ekan. Yana bir neça tepalik oşib, qişloq içidagi qarovsiz boğça binosidagi yarim xaroba “baza”ni topib bordik.
Xonaga kirib borar ekanmiz, hayratimiz ön karra ortdi. Nahotki, şunday uluğ insonlar mana şunday rasvo şaroitda oylab yaşaşmoqda?..
Ajoyib inson ekan Rustam aka… U kişining Yerqörğonda Qarşining uç ming yillik tarixi mujassam ekanligi, yurtimiz hududidagi eng qadimiy şaharsozlik anʼanalari şu manzilda şakllangani haqidagi ğaroyib hikoyalari bizni sehrlab qöydi. Fotomuxbirimiz bilan u kişini soqol olişga, urinib qolgan kiyimlarini almaştirişga arang köndirib, suratga oldik.
Söng, Rustam aka bizni bir piyola çoyga taklif etdi. Alyumin sarxumda termosdan çoy quyib berib, qotib qolgan buxanka burdalariga manzirat qildi…
Şu payt eşik oçilib… bizga qovun bergan boyagi fermer “Assalomu alaykum!” deb kirib keldi. Yonidagi hamrohi kattagina qöyning göştini butunligiça kötarib kirib, şaloği çiqqan stol ustiga qöydi. Bir dunyo meva-çeva…
Rustam akaning qovoği uyildi.
– Özing çiqib ketasanmi, çiqarib qöyaymi? – deya dabdurustdan ğazab bilan ödağayladi fermerga. – Meni sotib ololmaysan…
– Aka, men uzr sörab keldim, tavba qildim, aka… – degança fermer qölini köksiga qöyib yalina ketdi. – Baribir şunça yer böş yotuvdi…
– Men onasini oyoqosti qilgan odamni keçirmayman! – Rustam aka şunday dedi-da, yana stol ustidagi narsalarga işora qildi. – Opçiqib ketasanmi-yöqmi?
– Rustam aka… – fermer bir narsa deyişga çoğlangandi, keksa olim stoldagi göştni uşladi-yu, quloçkaşlab eşik tomonga otdi. Eşik şaraqlab oçilib, kattagina şirvozning tanasi yerga gursillab tuşdi…
Çaqirilmagan “mehmon”lar ketganidan söng xonaga oğir sukunat çökdi. Bu kutilmagan voqeaga guvoh bölganimizdan önğaysizlanib, biz ham ketişga şaylandik. Boşlarini çangallab ötirgan Rustam aka nihoyat qaddini rostladi-yu, ğazabnok tarzda şunday dedi:
– Hali javobini beradi… Bu Yerqörğonning bir çetini haydatib, mollariga makka ekibdi… Kömilib yotgan tariximizning ustiga… Onasining mozorini oyoqosti qilişdan nima farqi bor buning?!
Bugun tariximizga va tilimizga nopisand munosabatni körganimda Rustam akaning öşa vajohati köz öngimga kelaveradi…
“Sök oşi”ga örganganlar
Latifanamo bir voqea xususida öqigandim. Yozuvçi Mark Tven juda köp sökinarkan. Bu qiliğidan bezor bölgan xotini unga har sökinganidan söng oğziga bittadan mayda toş solib qöyişni maslahat beribdi. Keçqurun yozuvçi uyiga… oğzi, siqimlari töla toş bilan qaytibdi. Toşlarni oğzidan olgaç, “Qolganini ortimdan aravada olib kelişyapti”, dermiş…
Nima deb öylaysiz, nega özaro gurunglarimizdan, muloqotlarimizdan avvalgi fayz qoçgan? Nega köça-köyda, har qadamda qöpol sözi bilan dil oğritadiganlarga duç kelaveramiz?
Yoşligidan uyida bedilxonlik, navoiyxonlik, qodiriyxonlik davralarida tonggaça ertaklar, dostonlar aytilgan gurunglarda quloqlariga ezgu ohanglar singgan odamlar oramizda köp. Har gapini maqol-u rivoyat, uluğlarning hikmati va ögiti bilan ziynatlaydigan fayzli insonlar bölardi öşa gurunglarda. Köpçilik bugun öşa davralarni entikib, soğinib eslaşadi. Afsuski, endi köpgina xonadonlarda ularning örnini “serialxonlik”, “qartaxonlik”, “nardaxonlik”, “telefonxonlik” egalladi.
Ilgarigi nafis suhbatlar qayoqda, televizorga yopişgan ayollar serialdagi qaynonanimi, kelinnimi bor “mahorat”larini işga solganlariça, “kiftini keliştirib” qarğab ötiradilar. Qöşni xonada kap-katta erkaklar baqirib-çaqirib sökingança qarta uradilar. Atroflarida esa bolalar… Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda uçrayotgan haqoratli va beparda sözlardan ayrimlar seskanmay ham qöygan.
Mahallamizdagi töyda bir hamqişloğimiz yoniga pul sörab suykalib kelgan öğilçasining yelkasiga qoqib maqtandi:
– Bizdi polvon “mujik”! Gapti “sindirib” taşaydi.
Şundan söng şirakayf közlari suzilib, çöntagidan beş yuztalik çiqarib bolaga tutqazdi-da, buyurdi:
– Qani, ota öğil, “davay”, manovi amakingdi bir sök…
“Ota öğil” buyruqni ortiği bilan ado etdi. Qöşni stoldagi xotin-qizlar bezovtalanib qolişdi. Yo tavba deysiz, muştdek bolaning oğzidan çiqayotgan gapga ilon pöst taşlaydi-ya!
Ota bölsa ermaktalablarga qöşilib pinak buzmay xandon otadi:
– Yaşşa, polvon, gap yöq, uyda onasiniyam ros-s-sa boplaydi-da bu. Endi bunisini…
Oxiri öğilning ham toqati toq böldi şekilli, otasiga qarab öşqirdi:
– Böldi-da, onangni…
Taksidagi özaro gurungda hamrohimiz – yoşgina, köhlikkina ayol qöqqisdan… qöpol gap aytib yubordi.
– Endi biznikining aybi yöq, – dedi u xijolat ham tortmasdan. – Quriliş firmasida buğaltirmiz, ellikta erkak bilan işlaymiz. Şefimizdan tortib qorovulgaça onani qöşmasdan gapirmaydi. Majlislar ham şunday ötadi. Örganib ketganmiz…
Eşitganmisiz-yöqmi, etnografiya va tilşunoslikda “tabu” degan ibora bor. Özbekiston Milliy ensiklopediyasida keltirilişiça, tabu (polinezça – taqiqlaş) – ibtidoiy jamiyat bosqiçidagi xalqlarda tarqalgan taqiqlaş tizimi. Tilşunoslikda esa muayyan sözlar, iboralar yoki otlarni qöllaşni taqiqlaş, man etiş “tabu” deyiladi.
Ibtidoiy davrlarda tabiat hodisalarining sirini bilolmagan inson qörquv uyğotadigan sehrli va zararli yovuz kuçlardan, jin, arvohlardan, ofatli kasallik va yirtqiç hayvonlardan saqlanişning yagona çorasi ularning nomini atamaslik deb tuşungan.
Masalan, “çayon” sözi özbek şevalarida jondor, benom, gazanda, ayriquyruq, beşböğin va boşqa nomlar bilan atalgan. Hozirgi tillarda ölim, oğir kasallik haqida töğridan-töğri gapirmaslik, yoqimsiz, noxuş narsalarni eslaş, eslatişdan qoçiş odatini ham tabuga kiritiş mumkin. Şuningdek, sökinişda işlatilayotgan sözlar ham tabu hisoblanadi.
Ming taassuf va taajjubki, ibtidoiy odamning aqli yetgan narsaga “sök oşi”ga örgangan ayrim zamondoşlarimiz rioya qilmay, “çiqindi” titib yuradilar. Ularga uluğ bobomiz Yusuf Xos Hojibning (ha, siz-u biz ana şunday buyuk söz zargarlarining avlodimiz!) maşhur baytlarini yana bir karra eslatgim keladi:
Tilingni avayla, omondir boşing,
Sözingni avayla, ulğayar yoşing.
“Lolazor”
Bir paytlar tahririyatimizda Ergaş aka Şoyqulov degan keksa musahhihimiz bölardi. Rahmatlining bir gaplari heç yodimdan çiqmaydi: “Gazetada xato ketgan bitta nuqta boşingga toş bölib yoğiladi, bitta undov kaltak bölib tuşadi…”
Murakkab taqdir egasi, Milliy Uyğoniş davri Samarqand adabiy muhitining isteʼdodli vakillaridan biri Hoji Muin Mehriyning umri aynan mana şu “toş” va “tayoq”lar ostida zavol topgan.
1917-yilning mayida, Fevral özgarişidan söng, Rossiya örmonlaridagi mardikorlikdan ona yurtiga qaytgan Hoji Muin matbuot işlariga şönğib ketadi. Fitrat taşqil qilgan “Hurriyat” gazetasida işlaydi. “Mehnatkaşlar tovuşi” gazetasini yölga qöyadi. Unga ilova sifatida “Tayoq” nomli hajviy jurnal çiqaradi. “Zarafşon” gazetasi tahririyatida işlaydi. Keyinroq unga qöşimça bölib çiqqan “Maşrab” hajviy jurnaliga asos soladi. 1926-yili “Ovozi tojik” gazetasiga adabiy xodim va musahhih bölib işga ötadi. Şu orada adibning musahhihlik faoliyati bilan boğliq bir texnik xato yuz beradi-yu, uning taqdiri alğov-dalğov bölib ketadi.
Mazkur xatoga siyosiy tus beriladi. Aksilşöraviylikda ayblangan Hoji Muin Sibirga surgun qilinadi.
U öz vataniga 1932-yilda qaytib keladi. Yana gazetada işlaydi. Jumladan, 1934–1937-yillari “Qizil yulduz” nomli harbiy gazetada faoliyat körsatadi. Uning musahhihligi yana baxtsizlik olib keladi. “Otişga hukm etilgan xalq duşmani Muralov” deganning ism-şarifi şu yillarning dovruqli arbobi Molotov nomi bilan almaşib ketadi. Hoji Muinni bu işni ongli ravişda qilganlikda ayblaydilar. “Aksilşöraviy tarğibot bilan şuğullangani”, “josuslik, buzğunçilik faoliyati”, “ingliz razvedkasiga xizmat etganligi” uçun 10 yillik qamoqqa hukm qilinadi va 1942-yilda Perm viloyatida vafot etadi. Hoji Muinning pok nomi 1963-yilda oqlandi.
Bu aççiq qismat tafsilotini birgina imlo xatosining kasofatini töliqroq tasavvur qiliş uçun keltirdim…
Özim işlagan gazetada ham ötkazib yuborilgan birgina imlo xatosi uçun oylab iş haqidan jarima tölagan, mukofotlardan mahrum qilingan, hatto işdan haydalgan xodimlarni köp körganman…
– Yaqin ötmişda odamlar imloni gazetalarga qarab rostlab olişgan, – deydi matbuot faxriysi Norböta Ğoziyev. – Taʼbir joiz bölsa, gazetalar köpçilik uçun “Imlo luğati” vazifasini bajargan. Odamlar falon söz qanday yoziladi, deb tortişib qolişsa, ana, gazetada şunday berilgan, deya fikrini osongina isbotlab qöyişardi. Afsuski, bugun köpgina gazetalar imlo haqidagi tasavvurlarni ostin-ustin qilib taşlayotgani dilni juda oğritadi…
Ha… Bugun köpçiligimiz imlo xatolarimizdan uyalmaydigan darajaga yetib qoldik. Tahririyatga şeʼr keltirgan “şoirayi davron”ga “Bunça xato yozgansiz?” desangiz, aybni noşud kompyuterçiga ağdaradi-qöyadi. Maʼruzasini maqola deb keltirgan olimga “Harfning “dum” bilan “şapka”si qani?” desangiz, “Şuyam xatomi, özingiz qöyib olavering”, deyişdan tortinmaydi. Unisini qöyaturing, agar ona tili öqituvçisi qölida qizil qalam bilan ijtimoiy tarmoqlarni oralasa bormi, hatto maşhur-maşhur “alloma”larimizning ham “post”lari “lolazor”ga aylanib ketişi turgan gap…
Hozir taşkilotlarda telegram guruhlar orqali topşiriq beriş urfga kirgan. Bir rahbar kişining ovozli xabar orqali topşiriq berişini köp kuzatganman. Buning sababini uning bir postini tasodifan körib qolganimdan keyin anglaganman. Sakkiz qator postda öttizdan ortiq imlo xatosi bor edi.
Yana bir tanişim mendan imlo xatolari bois köp tanbeh eşitgani uçun ijtimoiy tarmoqda matn yozmaydigan böldi – aybini yaşiriş uçun nuqul ovozli xabar yuboradi…
Menga qolsa, davlat xizmatiga kirayotgan odamdan eng avvalo diktant olinişi şart.
Bir tasavvur qiling-a. “Ommaviy diktant” tadbirida barça idoralarda, katta-yu kiçik, rahbar-u xodim, barçamiz qatnaşib, qoğoz-ruçkada diktant yozsak… Qançamiz “beş” olarkanmiz? Avvalo, klaviatura “şiqir-şiqir”iga örgangan barmoqlarimiz qölyozmaga qovuşarmikan-a?! Qançamizda “husnixat” degan “osori atiqa” qolgan bölsa?! Qançamiz “Telefonda yozib, “Telegram”dan taşlasak bölmaydimi?”, deb sörar ekanmiz?
– Uyalib qolişimiz aniq, – deydi filologiya fanlari doktori, professor Xöjamurod Jabborov. – Nafaqat yoşlar, hatto katta yoşdagi köplab davlat xizmatçilarining özlari ham husnixat-u imloviy savodxonlikdan yiroqlaşib borayotgani juda taşvişlanarli hol. Köçalarimizdagi odam böyi harflarda yozilgan şiorlar-u yaltiroq peşlavhalardan tortib, mobil telefonda yozayotgan SMSlarimizgaça, xatolardan istihola qilmay qöydik.
Uslubiy xatolar-çi?! Eʼtibor berganmisiz, hozir radioda, televideniyeda ayrim muxbirlar biron korxonaga şunçaki borişmaydi, balki “taşrif buyurişadi”. Göyo ularning taşriflari kutib oluvçilarga şaraf bağişlayotganday. Biron tadbirga şunçaki taklif etib qöya qolişmaydi, “lutfan taşrif buyurişingiz”ni buyurişadi. Göyo siz, aslida, öşa tadbirga taklif etilişga arzimaysiz-u, lutf-u marhamat körsatib çaqirişyapti.
Suxandonlarimizning aytişlariça, qöşiq efirda şunçaki yangramaydi, balki “jarang soçadi”. Şunçaki rahmat aytişga tillari aylanmaydi ularning, “taşakkurlarimiz izhori”, deya ayyuhannos solişadi. Rahmatli Abdulla Qahhor tirilib kelganida har gapidan söng huştak çalarmidi?! Maşhur filmda Ivan Vasilyeviçning gapi yodingizdami: “Odamga öxşab gapirsang, tuşunaman-da…”.
Yaqinda nufuzli idorada işlaydigan bir kişi menga qönğiroq qilib qoldi. Aytişiça, davlat tilida iş yuritiş böyiça bir oylik öquv kurslariga çaqirişgan ekan-u, bu kişining bunaqa “mayda-çuyda”larga aslo vaqtlari yöq emiş.
Nima deydi deng?
Mana, eşiting:
– Rosa çalasavod deb öylaşadimi bizlarni, nima, men lotin tilini bilmaymanmi?!
“9izil 4opondaman…”
Mana şu sarlavhamizdan biron maʼno angladingizmi?
Yoşlarning ijtimoiy tarmoqdagi yozişmalaridan ekan bu “noyob” bitiklar…
Sizni qiynamasdan özim izohlab bera qolay: “TÖQ QIZIL ÇOPONDAMAN” degani ekan bu…
Bir yigit arizasida öz ismini “Wuxrat” deb yozganini körganman.
Ha, ming afsuski, köplab yoşlarimiz mana şunday ajabtovur “ijtimoiy tarmoq alifbosi”dan foydalanişga odatlanib qolişgan.
Darvoqe, sizga bir boşqotirma-savol. Özi 3 harfdan iborat sözni köpi bilan neça marta xato yoziş mumkin? Bir urinib körasizmi?
Universitetda tahrirdan dars bergan kezlarim talabalar bilan ijtimoiy tarmoqdagi guruhda köp yozişar edik. Lotin alifbosidagi “XÖP” sözini töğri yozilganini topolmasdan xunob bölardim. Haqiqiy “rekord”ning özginasi. Xato yoziş böyiça musobaqa ötkazilsa-yu, astoydil harakat qilsangiz ham, bunday ğaroyib natijaga erişişingiz muşkul. Işonasizmi, baraka topgurlar 3 harfli şu sözning 11 xil variantini yozişibdi-yu, içida töğrisi yöq (XOP, XUP, HOP, XÖP, HÖP, HOB, XÖB…) Kulasanmi, kuyasanmi?!
Bu mavzuda meni yana bir muammo taşvişga soladi. Yoşlarimiz ijtimoiy tarmoqlardagi yozişmalarda ixçamlikka, vaqtni tejaşga intilib, “emoji”lardan juda köp foydalanişmoqda. Buning oqibatlari haqida köpçiligimiz öylab ham körmayapmiz.
Bugungi ösmir öz kayfiyati, hayajoni, holati, tuyğularini ifodalaşga bisotidan söz izlab ovora bölib ötirmayapti. Bu yumuşni tarmoqlardagi beminnat “smaylik”lar, “gif”lar”, “mem”larga va boşqa şaklçalarga yuklab qöyyapti.
Şu bois ham hozir köpgina ösmirlarga biron mavzuda esse yoki inşo yozişini sörasangiz, darrov “çat-ji-pi-ti”ga yopişadi… Şu bois ham bugun ayrimlarning til sandiği deyarli böş… Şu sababli ham telefonda onasiga yoxud opasiga tabrik yozsa ham, siyqasi çiqib ketgan, heç qanday “issiği” yöq tayyor “otkritka”larni yuborib qöya qoladi.
Vatan “yurakça” bilan sevilmaydi
“Kelinlar qözğoloni” filmida Farmonbibining maşhur iborasi bor: “Xörozqand çet elniki” desa, yotvolib yalaşadi-ya…”
Bir paytlar, şöro zamonida rus tilini bilganning yölida faqat “yaşil çiroq” yonib turardi. Endi uning yoniga boşqa tillar ham qöşilmoqda. Til bilganga nima yetsin, azizlar… Ammo…
– Bugun yuzlab saboqxonalarda yoşlarimiz tillarini burab, ming bir maşaqqat bilan ingliz, rus, nemis, koreys, xitoy, yapon… tillarini örganib yotişibdi, – deydi ğuzorlik özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Pirim Nuraliyev. – Ularga havasim keladi. Afsuski, ularning aksariyati özbek tilini (töğriroği, tilimizning oddiygina imlo qoidalarini) bilişmagani yomon. Yana ham yomoni, buning uçun aksariyat hollarda ularni heç kim aybsitmayapti.
Qayta-qayta taʼkidlaşdan sira çarçamayman, avvalo, öz ona tilida fikrini ravon ifodalaşni bilmagan odam çet tilida biron narsani qoyillatişiga işongim kelmaydi.
Anatomik jihatdan inson tanasining aʼzosi – til vositasida nutq ifoda etilgani uçun “til” sözi köçma maʼno kasb etgandir balki. Biroq bu tuşunçani, aslida, yurak bilan boğlaş örinliroq bölardi, menimça. Çunki “tilda” degani soxtalikka işora, “dilda” – bu endi boşqa gap… Biroq…
“I ♥ …” Bugun yurtimizning köplab hududlarida ulkan harflarda bitilgan şunday lavhaga közimiz tuşadi.
Ajab, qay bir inson tuğilib ösgan yurtiga muhabbatini izhor qilişda özga tilni vosita qiladi? “Vatan – ona”, deymiz, axir har bir kişi öz onasiga ona tilida murojaat qilmaydimi? Aslida, şunçaki “Men ona şahrimni sevaman” deyişning nimasi yomon?
“Turizm uçun kerak” – deya vaj körsatadi ayrim mutasaddilar. Unda nega qonun talablariga muvofiq, eng avvalo, özbekçasini yozmaymiz?
“Yurakça”ning avliyo Valentinga, yana allambalolarga aloqador ramz ekanligi haqida maʼnaviyatimiz peşvolari ommaviy axborot vositalarida yetarliça çiqişlar qilişgandi-ku…
Endi bir mulohaza qiling. Markaziy köçalarimizdagi ulkan “yurakça”lar yoşlarimizga nimani örgatadi?
Nima bölganda ham, isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor – ona Vatan allaqanday “yurakça”lar bilan emas, YURAK bilan seviladi! Ona tili ham!
Zero, Yevropaning rivojlangan davlatlarida “Mening tilim – mening Vatanim” degan ibora bor. Bori ham şu-da… Millat, yurt, xalqni tildan ayro tasavvur qilib böladimi?
Ikki oğizgina söngsöz
Maqolamiz avvalidagi mulohazaga qaytsak. Bayramga nima yetsin! Faqat bayramlar bilangina tilimizni yuksaltirib bölmaydi. Yana bir narsa kerak. Albatta, kerak!
Fidoyilik zarur, azizlar… Ona Vatan uçun, ona tilimiz uçun fidoyilik…
Nuriddin EGAMOV,
Qaşqadaryo viloyati hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi.
“Yoşlik” / 2025 / 10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


