6 daqiqada öqiladi

41 marta körilgan

Tasavvur – eng katta boylik

* * *

Yozuvçi özi his qilmagan narsa töğrisida yozsa, buni öqigan öquvçi ham heç narsani his qilolmaydi. Demak, kuydiriş uçun kuyiş, ardoqlaş uçun ardoqlaniş şart. His qilinmasdan yozilgan narsa qoğozdan yasalgan gulga öxşaydi.

* * *

Haqiqiy adabiyotning, sanʼat asarining qudrati şundaki, ijodkor hayotga öxşatib, hayotning öxşaşini, tasvirini yaratib, qodir tabiatga tenglaşişga intiladi. Bu esa tabiiy, tuğma isteʼdod qudratiga boğliqdir.

 

* * *

Xayoli çeklangan, tasavvuri qaşşoq odamlar xayolga boy asarlarni hazm qilolmaydilar.

* * *

Agar insoniyat aql-zakovati kaşf etgan noyob möjiza – kitob bölmaganida odamlarning özlariyam, işlariyam yöqlikka yuz tutardi. Şu möjiza tufayli odamlarning hayoti sönmaydi, asrlardan asrlarga ötib, abadiy davom etadi.

* * *

Badiiy ijod mangudir. Çunki zamonlar, davrlar ötadi, biz köpinça ana şu zamonlar, davrlarning hayotini, qiyofasini, asosan, bizgaça yetib kelgan sanʼat asarlariga qarab tasavvur qilamiz.

* * *

Aslida, yozuvçi, şoirlarning asarlari insonlarni gözallikka, nafosatga oşno qiliş bilan ayni vaqtda maʼrifiy jihatdan, bilim beriş jihatidan ham ğoyat ahamiyatli ekanini kim inkor qila oladi?

* * *

Sanʼatkor mehnatiga, badiiy ijodga turli-tuman, qarama-qarşi, nigilistik qaraşlarning mavjudligiga asosiy sabablardan biri badiiy ijod tabiatining nihoyatda murakkabligi va bu sohaning kam örganilganligidir.

* * *

Inson hamişa moddiy olam sirlarini bilişga intilganday, ruhiy olam sirlarini bilişga ham doim intilaveradi. Ammo bu oson maşğulot emas. Çunki yaralganidan beri qançadan-qança tabiat hodisalarining sirlari oçildi; har bir insonning maʼnaviy dunyosini esa adiblar hanuz yangidan oçişi va oça borişi kerak. Badiiy ijodni örganiş inson maʼnaviy dunyosi sirlarini örganayotgan ijodkorning sirlarini örganişdir.

* * *

Ijod qilişga örgatadigan maktab bormi? Ha, bor. Lekin bölğusi ijodkor bu maktabga qaçon kirganini va uni qaçon tugallaganini bilmaydi. Bu maktabni, umuman, tugallaş mumkin emas. Bu – hayot maktabi.

* * *

Ijodkorni ijodkor qilgan omillardan biri – nozik hissiyot, ikkinçisi – kuzatuvçanlik, uçinçisi – xotira kuçi, törtinçisi – ijodiy tasavvur va hokazolar. Bu xislatlarni ijodkor isteʼdodining kuçini, darajasini körsatuvçi asosiy mezonlar deyiş mumkin.

* * *

Ijodkorning tasavvuri uning eng katta boyligidir.

* * *

Ijodkor özining nozik hissiyoti, öta taʼsirçanligi tufayli “har qanday” odamlar payqamagan hodisalarni boşqalardan avvalroq payqaydi va mohiyatini çuqurroq tuşunadi.

* * *

Badiiy isteʼdod tuğmami yoki tarbiya mahsulimi, degan savol tuğilişi tabiiydir. Dadil aytiş mumkinki, badiiy isteʼdod köp jihatdan insonning tuğma xislatlariga boğliq, lekin u hayot davomida kamol topadi. Çunki odamning tabiatida nazokat, nafosat, gözal hissiyot bölmasa, uni neça instutlarda öqitsa, örgatsa ham undan şoir yoki yozuvçi çiqmaydi.

* * *

Inson har tomonlama, töla kamol topadigan jamiyatda barça odamlar isteʼdodli bölişi, bunday jamiyatda rassomlik, haykaltaroşlik bilan hamma istalgan vaqtida şuğullanişi haqidagi fikrlar ham töğri emas. Çunki heç qaçon hamma birdaniga Beruniy yoki Leonardo bölolmaydi. Ayrim serqirra isteʼdodlarning maydonga kelişi esa ularning tuğma, tabiiy xislatlariga boğliq.

* * *

Haqiqiy sanʼatkor hamişa hayotga taşna boqadi, köproq körsam, bilsam deydi. Hamişa narsaga sinçkov nazar bilan qaraydi, voqea-hodisalarning mağzini çaqişga urinadi. Yaʼni sanʼatkor tasvirlaydigan voqealarini, qahramonlarini, asar syujetini hayotning özidan, real prototiplardan oladi.

* * *

Nurkamalak, albatta, yomğirdan söng paydo bölganiday, badiiy asar yoziş niyati tuğilişi uçun ijodkor qalbiga “hayot yomğiri” yoğişi kerak. Bu hayot hodisalari yomğirdir. “Hayotiy yomğir” uzoq yoğişi ham, bir lahza selpib ötişi ham mumkin. Odatda, şeʼriy ijod “yomğiri” şunday selpib ötadi. Baʼzan hayot turtkisi yomğir emas, balki bir daqiqalik çaqmoq tarzida ham yozuvçida asar yoziş niyatini uyğotişi mumkin.

* * *

Ijodkor mehnati köp jihatdan tadqiqotçi – olimning mehnatiga öxşaydi, lekin olimning mehnatidan yuz çandon murakkabroq. Çunki olim tabiat yoki jamiyat muammolaridan baʼzilarini, çunonçi, zoolog hayvonot dunyosini, biolog ösimliklar dunyosini, kimyogar va fizik jism xossalarini, huquqşunos jamiyat qonunlarini, faylasuf falsafiy qaraşlarni, tarixçi tarixiy faktlarni, iqtisodçi iqtisodiy munosabatlarni örgansa, sanʼatkor esa şularning hammasini bilişi kerak.

* * *

Yozuvçi hayotda özi bilgan, körgan har bir kiçik detalni ham asarga şunday örinli kiritadiki, natijada, öquvçi köz öngida tasvirlanayotgan joyning jonli manzarasigina emas, balki qahramon ruhiy olamining murakkab sirlari, sanʼatkorning tanqidiy tahlil bilan izohlaşi muşkul bölgan falsafasi körinadi.

* * *

Yozuvçi özi körgan, bilgan har bir odam haqida yozavermaydi. U “qahramon”likka möljallab yurgan odamning tabiatini, xatti-harakatlarini, odatda, uzoq örganadi. Öşa odamning boşidan keçgan köpgina voqea-hodisalardan eng xarakterlilarini izlab topadi. Goho izlaniş uzoq vaqtlarga çöziladi, goho aksinça, zarur voqeaning özi yalt etib, yaraqlab közga taşlanib qoladi. Şu jihatdan yozuvçini hayotdan ajoyib ranglar, böyoqlar izlovçi hassos rassomga öxşatiş mumkin.

* * *

Hayotda har kim özini yaxşi odam deb öylaydi. Yaxşi odam yaxşilik qilib, hurmat-obrö topişni istaydi. Lekin şu yaxşilikni har kim har xil tuşunadi. Hayotda şunday odamlar borki, har qanday imkoniyatdan foydalanib, boşqalarga yaxşilik qilayotganda ğarazli maqsadni öylamaydi. Lekin şunday odamlar ham borki, qölidan kelib tursa ham, birovga yaxşilik qilişdan qörqadi.

* * *

Qiyinçiliklardan qörqmay, yaxşi odamlarga yaxşilik qila oladigan odamgina mard odamdir.

* * *

Inson qalbini yaxşiroq tuşuniş uçun ön-yigirma yil öqiş şart emas. Gohida oliy savod olgan odam inson qalbini tuşunolmasligi, aksinça, savodsiz, ammo sezgir odam boşqalarning dard-taşvişlarini yaxşi bilişi mumkin.

* * *

Eng muhim, noyob, eng zarur kitoblarni tanlab öqilmasa, odamning umri yetmaydi. Aniqroq aytsak, men yoş döstlarimga (yoşlar, albatta, köp öqişi kerak) turli behayo, oldi-qoçdi kitoblarni, masalan, Ann va Serj Golonlarning “Anjelika va Iblis”, “Anjelika va sulton” kabi köp tomli asarlarini öqimaslikni maslahat berardim. Stefan Sveygni, Efraim Lessingning “Laokon yoxud Hamburg dramaturgiyasi” asarini, V.Belinskiy va N.G.Çernişevskiy asarlarini, Gogol, Turgenev, Dostoyevskiy asarlarini, M.Bulgakovning “Ityurak”, “Usta va Margarita”, “Kasofat tuxumlar” asarlarini, Çölpon, Fitrat, Qodiriy, Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim, Yovdat Ilyosov asarlarini köproq öqiş ruhingizni boyitadi.

* * *

Agar hayotimizni unumli ötkazsak, umrimiz davomida neça minglab ajoyib kitoblarni öqib, ilm-maʼrifat tufayli fozil odamlar bölib yetişardik, jamiyatda xudbin, loqayd, tamagir, yulğiç, şafqatsiz odamlar kamayar edi.

* * *

Özbekiston kitobxon ölkaga aylanişi uçun adiblar, şoirlar, olimlar, ustoz Abdulla Qahhor aytmoqçi, xalqning dilida, tilining uçida turgan, aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi, degan fikrlarini, orzu, havas, tilak, istaklarini bejab-böyamasdan, ayni vaqtda yuksak odob va madaniyat bilan badiiy baquvvat asarlarida ifodalab berişlari zarur. Naşriyotlar ham xalq talab-istaklari, ehtiyojlarini örganib, iloji boriça nodir maʼnaviyat durdonalarini çop etişga intilsalar, yaxşi bölur edi.

Mahkam MAHMUDOV (1940–2024)

“Yoşlik” / 2025 / 10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)