11 daqiqada öqiladi

0 marta körilgan

Baxtsiz hodisa

(Hikoya)

Nega yana uni ön, yöq, aqalli beş daqiqagina kutib ötira olmading? Nega qöl siltading-da, muz ustiga tuşding? Naq yarim soat kutganingdan söng, kelmagaç, şartta muzsaroydan çiqib ketişing kerak edi. Çiqib ketmading. Sen yana kutding, kutding-da, ustki kiyimingni yeçib, qölingdagi guldastani uning ustiga qöyding. Muz ustida sirpanayotgan tört-beşta yigit-qizga qarab turding-da, pastga tuşding. Avvaliga ulardan ajralib turmaslik uçun asta oyoq ota ketding. Lekin qiziqib ketdingmi, atrofingdagi odamlarni unutding. Tezlikni oşirib bording. Oşir­ding, oşirding-da, havoda ikki marta ömbaloq oşding. Öşa lahza saroyni tutib ketgan hayqiriqlar, töxtovsiz qarsaklar ham özingga keltirmadi. Qaytaga avvaliga bittasining, söngra yana neçta odam­ning “Qoyil! Azamat Abbosovning özi-ku! Çempion! Özimizning çempion!”, deya hayqirişlaridan ruhlanib ketding. Ana şu hayqiriqlar tugamasdan kimdir şiming, tizzang ortidan tortayotganini sezib qolding. Kallangga bir fikr urildi: “Kelibdi. Keliboq muz ustiga otilibdi”. Sen tezlikni sekinlaştirişga urinib, orqangga qaramasdan şunday deding: “Zulya, senmi?” Ortingdan “Ha” degan ovoz eşitildi. “Qöyvor, yiqilasan!” deding, qizning şimingga qattiqroq yopişayotganidan ğaşing kelib. Şunda esingga qayerdandir uning naq yarim soat kuttirgani kelib qoldi va şimingni tepaga tortding. Ortingdan qizning dodlagani eşitildi. Keskin burilib, uning oldiga yetganingda, muzda çalqança yotgan qizni körding. Uning boşidan qon oqayotganini körib, asta, avaylab özingga qaratding. U… u Zulxumor emas edi. “Közingizni oçing. Sizga nima böldi?”, deya qizning peşonasidagi qonni arta boşlading. Artganing sari qon köpayardi. “Zulxumor, Zulya, senga nima böldi? Tuzukmisan?” Sen qizning yuz-közidan öpayotgan undan ikki-uç yoşi kattaroqqa öxşaydigan boşqa bir qizga, atroflarini örayotgan odamlarga qaragança angrayib qolding. U qiz Zulxumor deganining qon sizib çiqayotgan peşonasiga römolça bosar ekan, kimdir seni turtdi: “Nega uni siltab taşlading? Qiz şörlikni qizil qoniga böyading-ku! Hayf senga çempionlik!” Quloqlaringni uzib-uzib olayotgan bu şanğillagan ovozni boşqa tovuşlar bosib ketdi: “Bularning burni kötarilib ketgan! Yaxşilab muzga işqaş kerak. Ana şunda osmondan tuşib qolar!”, “Tez yordam” nima dedi? Yölga çiqibdimi?”, “Tumonat odamning köz öngida şunday qilsa, kimsasiz joyda istagan odamini çavaqlab ketadi”, “Mi­litsiyaga xabar beriş kerak, militsiyaga! Qöliga kişan solib, opçiqib ketişganda, qulluğini aytib qolar…” Sen endi bu gaplarga quloqla­ringni kar qilib olding. Kimdir hamon sizib çiqayotgan qonni töxtatiş uçun qizning peşonasiga römolini boğladi. Şunda bu ayolga minnatdorlik bildirging keldi: “Boringizga şukur. Baqirib-çaqirayotganlarga faqat tomoşa kerak!” Sen qizni avaylab kötarding-da, muz ustiga tuşiladigan eşikçani oçding. “Qizni zambilga yotqizing, oyoğingizdagi çanğini yeçmabsiz, uni yiqitib yubormang tağin!” Sen zambil kötargan kökiş kiyimli ikki yigitga ilkis qarading-da, qizni zambilga yotqizding. Avaylab. Va tezda çanğini yeçib olib, zambil kötargan yigitlar ortidan ergaşding. Ular köçaga çiqib, zambilni orqa eşigi oçiq “Tez yordam” maşinasiga asta surib kiritişar ekan, qizning yuragiga quloq solib, qöl tomirini tekşirayotgan, körinişidan vraç ayoldan qimtinibgina sörading: “Tuzukmi?” Ayol savolga savol bilan javob berdi: “Siz kim bölasiz?” Savolni eşitar ekansan, özingça ğudurlading: “Men… Heç kim!” Kimdir seni eşik oldidan itarib taşladi. U maşinaga çiqar ekan, taniding. Haligi “Zulya, Zulxumor, senga nima böldi?” degan qiz. “U heç kim! Men opasi bölaman. U… singlimning qonini oqizgan rahmsiz jallod!”

“Tez yordam”ning orqa eşigi yopilib, aytmoqçi bölgan sözing oğzingda qoldi. Ma­şinangni tez öt oldirding-da, çinqiragança yöl böşatişlarini talab qilib borayotgan “Tez yordam” ortidan yölga tuşding…

Bemorxonaga kirib, zambil kötargan yi­gitlar ortidan boraverding. Yigitlar jonlantiriş bölimiga kirib ketişdi. Ular qaytib çiqişganda, yoşi kattaroğini asta çetga tortding: “Oğayni, u… u öziga keldimi?” “Yöq, lekin siz xavotir bölmang, Zulfiya opaning özlari qarayaptilar. Opa undan oğirroq bemorlarni tuzatib yuborganlar”. Köngling biroz taskin topayotganda kimdir qattiq turtdi. Qarasang, Zulxumorning opasi. “Ha, Heç kim, nega betta turibsiz? Yo Zulyani ölgan-ölmaganini bilmoqçimisiz? Qani, qorangizni öçiring!”

Sen bir söz demasdan turaverding. Jonlantiriş bölimi eşigi oçilib, vraç ayol körindi. Zulxumorning opasi u tomon ketdi. Sen nariroq borib, vraçning qizga tasalli berayotganini kuzatib turding. Ayol qiz bilan gaplaşib bölib, sen tomonga yurdi. Uning qaysi eşikka kirib ketişini kuzatib turding. Birpas kutding-da, öşa eşikni taqillatding. Içkaridan “marhamat, kiravering”, degan ovozni eşitib, eşik oçding. Haligi yigit ta’riflagan Zulfiya degan bu vraç ayoldan Zulxumorning ahvolini sörading. “Qonni töxtatdik. Lekin qizning baxti bor ekan. Faqat çakkasi yorilibdi. Boşiga heç narsa qilmaganga öxşaydi”. “Unda nega huşidan ketdi?”, deya sörading ovo­zingni özing zörğa eşitib. “Menimça, miyasi çayqalgan körinadi. Lekin hali apparatlarda tekşirib körganimizdan söng unga nima bölgani aniqlanadi”. “Opajon, men sizning ta’rifingizni eşitdim. U qizni tuzatib bering. Hamma xarajatlari menga tan”, deding şoşgança yon çöntagingga qöl tiqib. “Şoşmay turing. Ha, aytganday, meni ta’riflaganlar pul oladi, deyişdimi?” Sen dovdirab qolding. Vraç ayol ga­pingni boşqaça tuşunişini kutmagan eding. “Opajon, unday demoqçi emasdim. Sizning eng oğir bemorlarni ham tuzatib yuborganingizni aytişgandi”, deya Zulfiya degan ayolning kompyuterdan köz uzmay turganini körib, örningdan turding. “Ha, ketyapsizmi? Ertaga xabar olarsiz”, dedi Zulfiya boşini kötarmasdan. “Mayli, opa, yaxşi qo­ling”, deding-da, eşikni orqasidan yopding.

Öşa tuni tonggaça mijja qoqmay çiqding. Xuddi kimdir töşagingga bitta-bittalab tikan qadab çiqqanday edi. “Nega u qiz savolimga “Ha” deganida aqalli bir martagina ortimga qarab olmadim? Nega uni meni kuttira-kuttira, endi erkalanib şimimga yopişgan öşa Zulya deb öyladim? Yöq, aslida, u bölganida ham siltab taşlamasligim kerak edi. Nega haligi tomoşatalab odamlarning gapini takrorlayapman? Men uni siltaganim yöq. Şunçaki tösatdan yopişib olganiga ğaşim kelib, şimimni baland kötardim, xolos. Yöq, nega özimni oqlayapman? Şimimni sekinroq balandga tortişim mumkin edi-ku. Balki… unda qiz yiqilmagan bölardi. Şim qölidan çiqib ketgaç, asta-asta tezligi pasayardi va töxtab qolardi. Şunday kuçli tezlikda uçib borar ekanman, şimni baland kötariş de­gani nima-yu, siltab taşlaş nima? Bu işimni qanday atamayin, baribir u qiz qöli şimimdan çiqib ketgaç, özini önglolmayin, muzga boşi bilan urilib… Böldi-böldi!” Sen butun vujudingga tikanlar botayotgan töşakdan yov quvganday sakrab turding-da, qoq gilam­ga uzala tuşding. Lekin gilam senga panoh bermadi. Çumolilarmi, kanalarmi, ayovsiz çaqa boşladi. “Agar… agar u qiz huşiga kelmasa… bir umr majruh bölib qolsa! Unda… unda uçragan har bir odam menga öqrayib ötadi, qölini bigiz qilgança mana şu berahm ön gulidan bir guli oçilmagan qizni şu ahvolga solgan, deydi. Yöq, Zulya, Zulxumor, sen emas, men bir umr majruh bölib qolaman. Men… ablahman, ablah! Nega faqat yomon xayollarga boryapman? Balki u Zulfiya aytganiday tez tuzalib ketar… Lekin… toğ toğ bilan emas, odam odam bilan uçraşadi, deydilar, bordi-yu, uning köziga közim tuşib qolsa… U közlardagi nafratga, iç-bağrimni uzib oluvçi ayovsiz söroqlarga çiday olarmikanman? Men şimimni kötarganim yöq, u qizni, meni bir köriş orzusida bölgan muxlisimni siltab taşladim! Qonga böyadim!.. Qaçon tong otadi? Qaçon?!”

Tong yorişi bilanoq bemorxonaga yetib kelding. Jonlantiriş bölimi oldida keçagi qiz bilan bir erkak va ayolni körding. Erkak u yoq-bu yoqqa yurar, ayol qizning yelkasiga boş qöygan edi. Sen töğri erkak tomon yurding. Salom berding-da, Zulxumorning ahvolini sörading. “Xudoyimga şukur. Tahlillar yaxşi çiqipti. Lekin haligaça huşiga kelgani yöq. Töxtang, siz kim bölasiz özi?” dedi közlari qi­zarib ketgan erkak. “Zilola, dadang bilan gaplaşayotgan kim?” Ortingga qarab, ayol qizining yelkasidan boş kötarganini va senga qarab işora qilayotganini körding. “Umi? Zulyani…” Zilola sözini tugatmasdan ayol örnidan turasolib sen tomon otildi. Betingni yumdalab taşladi. Eri oldingni tösmaganda yaxşi bölardi. Balki öşanda içingni yondirayotgan öt biroz pasayarmidi!

“Özingni bos, onasi! Bu yigit ataylab qilmagan ekan-ku!”

“Qoçing! Men unga begunoh qizni qonga böyaş qanaqa bölişini körsatib qöyaman!”

“Ana, boşqalarga işonmasang, Zilola ham Zulyaning özi bu yigitning şimini uşlab, osilib olganini aytdi-ku!”

“Şuning uçun uni toşdan qattiq muzga uloqtirişi kerakmidi? Qoçing, alamimni olay!”

Zilola alamidan titrayotgan onasini quçoqlagança haligi ötirgan joylari tomon sudragudek olib ketdi.

Sen betingizni artib oling, deb römolça tutgan erkakka, aslida, şimiga yopişgan qizning hozir huşidan ketib yotgan Zulxumor emas, boşqa Zulya deb öylaganingni aytmoq­çi bölding. Lekin tezda fikringdan qaytding. Nega bu odamning qizi örnida Zulya huşidan ketgança yotişi kerak edi? Na bu Zulyani, na u Zulyani bu köyga solişga haqqing yöq edi!

Sen çöçigança qizning otasi közlariga qarading. Uning közlarida xotini va Zilolaning közlaridagi kabi nafrat yöq edi.

“Amaki, meni keçiringlar, odam degani bir lahza ham aqlini yöqotmasligi, jahl quliga aylanmasligi kerak ekan (sen hali oradan ança vaqt ötgaç, bu gaplar qayerdan tilingga kelganini öylab, öyingga yetmaysan). Men qizingizning tuzalişi uçun nima desangiz, beraman!”

“Nima dedi? Sening sadaqang kerakmas bizga!”

Erkak xotini tomon öqrayib turganini kuzatib turding va özingni yana yomon körib ketding.

“Uka, siz yomon yigitga öxşamaysiz. Men tuşunib turibman, aslida, öşa muzxonada baxtsiz hodisa yuz bergan. Tasodif. Şunday bölsa-da, közlaringizdan puşaymonlik yoğilib turipti. Faqat sizga nasihatim – har qanday vaziyatda jahlni bosişni örganing! Jahl – odamning duşmani. Bilaman, siz siltab taşlaganmisiz-boşqami, qizimning şimingizni qöyvorişini istagansiz. Aslo muzga boşi bilan urilib, huşidan ketişini emas…”

“Siz… huşsiz yotgan qizingizni öylamay, uni şu köyga solgan manovi ablahning yonini olyapsizmi?”

Sen erining sözini bölgan ayolga minnatdor tikilding. Xuddi şu payt telefoning musiqa çaldi. Ustozingdan boşqa odam bölganda, javob bermasding. Haligaça nimalardir deyotgan ayolga ortiq e’tibor bermading-da, çetga çiqding.

“Azamat, qayerda qolib ketding? Tez yetib kel!”

Sen javob bermasingdan, ustozing gapni qisqa qildi. Endi maşq qilişga bormasang bölmaydi. Ustozni kuttiriş yaxşi emas. Sen baribir ikkilangança ortingga qarading. Zilola yoniga kelib ötirgan onasini nimalardir degança yupatar, otasi boşini devorga bosgança turar edi. Sen ular tomon yurding. Ayol örnidan turib, qölini muştlagança yaqinlaşar ekan, qizi uning yölini tösib, quçoqlab oldi. Sen huşidan ketib yotgan Zulxumorning oldi­ga kirib, undan keçirim söraşni istarding. Huşiga kelgan-kelmagan bölsa ham! Lekin yölingda onasi köndalang turar, u yoqda heç narsadan bexabar ustozing seni kutayotgan edi… Şu paytgaça maşqlarga heç qaçon keçikmagan şogirdini.

Mana, muz saroyi tomon boryapsan. Köpi bilan ön daqiqadan söng u yerga yetib borasan. Ustozing seni koyiydi-da, rosa bir oydan söng qit’a birinçiligi boşlanişini aytib, qattiq tayyorgarlik köriş zarurligini, buning uçun maşqlarni kuçaytiriş şartligini aytadi. Aynan şartligini! Lekin bemorxonada u qiz huşiga kelmay yotsa, sen qanday bemalol, xotirjam maşq qila olasan? U butunlay huşiga kelmasa-çi? Vraç ayol şunçaki köng­lingni xotirjam qiliş uçun uning oğir jarohat olmaganini aytgan bölsa-çi? Lekin bugun qizning otasi ham tahlillar yaxşi çiqqanini aytdi-ku!.. Ammo Zulxumorning hamon huşsiz yotgani-çi!

Sen saroyga kirding, kiyimingni almaştirding-da, qadaming tortib-tortmay muz ustidagi ikki yigitga nimalarnidir uqtirayotgan ustozingga yaqinlaşding.

“Eşitdim. Hammasini eşitdim. Sen özingni ayblamagin. Agar u qiz etagingga, ha-ya, şimingga yopişib olmaganida, bu hodisa yuz berarmidi? Aslida, bu muxlis degan toifani tuşunib bölmaydi. Eşikdan çiqar-çiqmasingdan, qöl qöyib bering yo rasmga tuşaylik, deb yölingni tösişadi. Uyingdan çiqişingni poylab, ostonangga yotvolişadi. Mayli, muxlis bölişsin, lekin anovi qizday jinni bölişmasin…”

“Ustoz”, deding uning gapini bölişga qan­day jur’at topganing uçun özingga işonib-işon­may.

“Töxta! Sen meni eşit. Sen qizni ataylab uloqtirib taşlagan emassan-ku! U bir köngilsiz… deydilarmi, ha, favqulodda, baxtsiz bir hodisa. Bu dunyoda baxtsiz hodisalar kammi? Qaysi bir maşinaning oldidan şoşgan yölovçi yugurib çiqadi. Buni sira kutmagan haydovçi maşinani töxtatişga ulgurolmay, uni urib yuboradi. Kim aybdor? Haydovçimi? Bu bir baxtsiz hodisa ekanini kim kimga tu­şuntiradi? Yana neçta misol keltiray? Ayt! Yana takrorlayman: sen özingni ayblama! Közguga qaradingmi, közlaring kirtayib ketipti. Tuni bilan uxlamadingmi deyman! Erkaksan, özingni qölga ol! Qani, böl, muzga tuş!”

Sen muzga qadam qöyganing zahoti közlaringni yumib olasan. Asta-sekin tezlikni oşirib borar ekansan, yölingni çalqança yotgan bir qiz tösib oladi. Közingni oçasan. Nima u? Nima?! Muz qip-qizilmi? Sen qon halqobi örtasida töxtab qolasan. Halqob avval töpiğinggaça, söng boldiringgaça çiqadi. Borgan sari balandlaşaveradi. Atrofga termilib najot söraysan. Halqobdan qiynala-qiynala oyoq uzganingda, kimlardir ğala-ğovur köta­rib, uning örtasiga itarişadi. Kimdir baralla qah-qahlab kuladi: “Ha, çempion, çidolma­yapsanmi? Bu… bu baxtsiz hodisa!”

Ustozing yelkangdan silkitgandagina özingga kelasan.

“Azamat, nima böldi senga? Issiğing yöqmi? Yur, tepaga çiqa qol!”

Tepaga çiqib, yonma-yon örindiqlarga ötirasizlar va ustozing suv uzatadi.

“Iç. Mayli, bugunça maşq qilmay turasan”.

“Ustoz, men endi muz ustida… maşq qilolmasam kerak”.

“Azamat, men seni şunçalik böşang deb öylamagandim. Bor, bugun uyingga borib, damingni olgin-da, ertaga vaqtliroq kel”.

“Ustoz, men birinçilikka ham borolmasam kerak…”

“Nima? Öylab gapiryapsanmi?”

“Şavkat bor-ku! Men uning çempion bölişiga işonaman!”

“Ikkoving ham borasan. Oltin ham, kumuş ham bizniki böladi. Bilib qöy, senga butun mamlakat köz tikib turipti. Sen yana… muxlislaring işonçini ham oqlaşing kerak. Öşa şimingga yopişib olgan qizning işonçini ham! Tuşundingmi? Hamma narsaning davosi – vaqt. Erta-indin muzni soğinasan”.

Sen muz saroyidan çiqib, avvaliga bemorxonaga bormoqçi bölding. Lekin maşina örnidan siljişi bilan fikringdan qaytding. Yolğiz qolişni istading. Maşinangni şahar çetidagi boğ tomon haydading. Boğ sayr qiluvçilarga töla edi. Ovloq joy qidirding. Boğ çekkasidan oquvçi anhor böyidagi rangi öçgan taxta örindiqqa ötir­ding-da, sokin oqayotgan suvga termilding. Tösatdan suvda peşonasi boğlangan qiz paydo böldi. “Aka, köp öylanmang. U bir baxtsiz hodisa edi. Baxtsiz hodisa!” Endi köngling yorişayotganda, şirin xayolingni şaraqlagan kulgi buzdi. Sen tomon bir-birining pinjiga kirib ketguday yigit-qiz kelişardi. Sen qaramaslikka urinsang-da, ular tomon közing tuşdi. Böynida katta, oltinmi, brilliantmi zanjir osgan yigit qizni öziga qaratdi-da, bağriga bosdi. “Nima qilyapsiz, odamlar körib qoladi”. Quloğing şanğillab ketdi. Ovozni tanimasang, yaxşi bölardi. Lekin tani­ding. Nozlangança yigit bağriga yopişib ketayotgan qiz – Zulya edi. Bemorxonada huşsiz yotgan Zulxumor emas, oddiygina bir Zulya edi.

Örinboy USMON

 1951-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Safo çiğiriği” qissasi, “Ta’qib” romani, “Muqaddas”, “Qari qiz”, “Osmondan tuşgan odam” (“Qulf”) dramalari muallifi. “Spitamen qotili”, “Sinçli uy”, “Körgilik”, “Anqo­ning uruği”, “Daraxtga döngan odam”, “Lahzaning lahzalari”, “Qişdan oldingi fasl” nomli kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnali 2025-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…