Nobel mukofotini qabul qiliş marosimida sözlangan nutq
Biz ayni lahzada uruş va tinçlik, zöravonlik va hamjihatlik, irqçilik va insoniyat salobati, istibdod va özni çeklaş, ozodlik va inson huquqlari, qaşşoqlik va hurlikning orzu-istaklardan farqlari haqida söz yuritamiz.
Biz bu yerda millionlab aholining, ya’ni mohiyati faqat uruş, zöravonlik, irqçilik, mustamlakaçilik va odamlarni qaşşoqlaştirişdan iborat ijtimoiy tuzumga qarşi boş kötarişga jur’ati yetgan xalqning vakillari sifatida turibmiz.
Mamlakatimiz içkarisi va taşqarisidagi son-sanoqsiz birodarlarimiz heç bir şaxsiy manfaat közlamasdan, zulm va adolatsizlik yöliga töğanoq bölib turadigan ezgu qalbga ega edi. Ular şuni anglaşardiki, bir kişiga yetkazilgan aziyat bu – barçaga yetkazilgan aziyat, şu sababdan ham ular adolat, umuminsoniy axloq himoyasi uçun bir tan-u bir jon bölib harakat qilişdi.
Şunday ekan, bu ğalaba insoniyat tarixidagi ulkan bir qadam sifatida eslanadi hamda irqçilik qayerda uçramasin yoxud qay qiyofada böy körsatmasin, sayyoramizdagi odamlarning bu illatga qarşi kuraşişga içgan onti bölib xizmat qiladi.
Bu mukofotni pulga çaqib bölmaydi. Buni ajdodlarimiz izidan ergaşgança bosib yurganimiz – Afrika tuproğining qatlamlarida qolib ketgan nodir metallar va qimmatbaho toşlarning ulgurji bahosi deb tuşunmaslik kerak. Bu mukofotning qadri farzandlarimizning, har qanday jamiyatning eng zaif, ammo eng buyuk xazinasi bölmiş bolalarimizning kulgisi va salomatligi bilan ölçanadi. Bolalarimiz, heç bölmaganda, emin-erkin öynaşi, oçlik sançiqlaridan azob çekmasligi yoxud kasallik sabab halok bölmasligi, yoxud johillik, jinsiy tajovuz ofatlari bilan qörqitilmasligi va yoşiga mos kelmaydigan oğir mehnatga safarbar etilmasligi lozim.
Mazkur oliyjanob kişilar qarşisida turarkanmiz, yangi Janubiy Afrikaning Bolalar salomatligi, muhofazasi va rivojlanişi töğrisidagi Jahon Deklaratsiyasida keltirilgan maqsad va vazifalar ijrosini töxtovsiz amalga oşirib borişiga va’da beramiz.
Biz ta’kidlayotgan mukofotning qadr-qiymati öşa siyosiy yoki boşqa sabab bilan öğirlanişidan, öldirilişidan çöçimaydigan bolalarning ota-onalari ham xursand va salomat ekani bilan ölçanadi. Ular ham qalblarida oçlikdan, boşpanasizlikdan, işsizlikdan, noumidlikning oğir yukidan xalos bölişlari kerak.
Barça mazlumlarga berilgan uşbu sovğaning qiymati yurtimizdagi insonlarning, örtalariga tösiq bölgan ğayriinsoniy devorni butunlay qulatajak xalqning şodligi va sihat-salomatligi bilan belginlangay va şunday bölişi ham kerak aslida.
Mana şu ulkan jamoat kun kelib birovni xöjayin, boşqa birovni esa xizmatkor deb bilgan, birovini boşqasining vafoti evaziga kun keçiradigan yirtqiçga aylantirgan insoniy kibrning qabriga orqa ögirgan böladi.
Hamjihatlikda olgan mukofotimizning ahamiyati muzaffariyat qozonajak tinçligimiz bilan belgilanadi. Boisi, öşanda oq tanlini ham, qora tanlini ham bitta irqqa mansub deb hisoblaydigan odamlar bu kurrayi zaminda jannat farzandlari misol umr keçirişimiz mujdasini yetkazgan böladilar.
Şuning uçun ham yaşaymiz, çunki istiqbolda hamma teng tuğilişi, yaşaş, muvaffaqiyat qozoniş, inson huquqlaridan foydalaniş va yaxşi hukumatga ega böliş uçun har birimiz haqli ekanimizni anglaydigan jamiyat barpo etgan bölamiz. Bunday jamiyat na kimningdir fikriga çeklov qöyilişiga, na biron kişining insoniy haq-huquqi poymol etilişiga ortiq yöl qöymasligi kerak.
Lekin mamlakatimizda ba’zi bir insonlar borki, tinçlik va adolat qaror topişiga daqqiyunusdan qolgan, aslida, falokatdan boşqa narsani anglatmaydigan sarqitlarga yopişib oliş orqali öz hissamni qöşişim mumkin, deb öylaydilar.
Biz şunday umid bilan yaşaymizki, öz-özini qayta tiklaşga jon-jahdi bilan kuraşar ekan, Janubiy Afrika yangi dunyoning qayta tuğilişga urinayotgan mikrokosmosiga öxşab qoladi. Bu demokratiya va inson huquqlari qadrlanadigan, kişilar qaşşoqlik, oçlik, qaramlik va johiliyat vahimalaridan foriğ etilgan, fuqarolar uruşi xavfi va haddan ziyod tajovuzkorlik ofatidan holi, millionlab qoçoqlikka mahkum etilganlarning mudhiş fojiasidan betaşviş yaşaydigan dunyoga aylanadi.
Uşbu Tinçlik böyiça Nobel mukofoti biz boşdan ötkazgan, guvohi bölgan hodisalar uçun maqtov sifatida berilmayotganiga işonamiz.
Biz ayirmaçilik siyosatining oqibatini köra bilgan kişilarning butun borliq böylab taraladigan, barçalarining bizga xayrixoh talablaridan xabar beradigan ovozlariga quloq tutamiz. Biz ularning çaqiriqlarini anglaymiz – umrimizning qolganini mamlakatning yagona va oğriqli tajribasini, sirasini aytganda, inson farovon yaşaşi uçun normal şaroitni taşkil etadigan demokratiya, adolat, tinçlik, irqçilikdan va jinsiy tajovuzkorlikdan xolilik, barça uçun umumiy rivojlaniş, soğlom atrof-muhit, ijtimoiy tenglik, odamlar orasidagi birdamlikni namoyiş etişga bağişlaymiz.
Öşa talablardan harakatga kelib, qolaversa, siz yelkamizga yuklagan işonçdan ilhomlangan holda şuni böynimizga olamizki, biz ham dunyomizning yangilanişiga öz hissamizni qöşamiz, toki kelgusida heç kimsa “yerdagi bebaxt-u beçoralar” deya tasvirlanmasin! Bu jumlaning kelajak avlod tilidan aytilişiga yöl qöymaylik.
Yelkama-yelka harakat qilayotgan barça döstlar, keling, Martin Lyuter King “insoniyat endilikda irqçilik va uruşning yulduzsiz tuniga fojiali tarzda boğlanib qolmaydi”, degan çoğida haq bölganini isbotlaylik.
Yangi davr quyoşi porlasin!
Taşakkur!
Norvegiya, Oslo. 1993-yil
Nelson MANDELA,
(1918–2013)
Janubiy Afrika Respublikasining birinchi qora tanli prezidenti, davlat va siyosat arbobi, inson huquqlari himoyachisi. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi.
“Yoşlik” jurnali 2025-yil 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


