2 daqiqada öqiladi

170 marta körilgan

Maftuna Şodiyeva. Bedor köngil

Adabiyot butun mohiyati bilan insonni bedorlikka undaydi. Tiriklik puçmoqlaridan, olamning eng oddiy manzaralaridan, holatlaridan ham maʼno izlamoqqa çorlaydi. Zotan, tiriklikning mohiyati har doim ham şaklda emas, maʼnoda zohir bölib kelgan.

Ijod yöliga qadam qöygan inson borki, hayot mohiyatini anglaşga intiladi. Ijod – bu dunyodagi barça ilmlar va barça sanʼatlarni birlaştiradigan muştarak maqsaddir. Mana şu maqsad ijodkorni kuzatuvçiga aylantiradi. Uni hayotiy manzaralar, zamondoş insonlar, zamona evrilişlari ortidan soyadek ergaştiradi. Zotan, ijodkor kuzatuvçi bölmasa, unda ziyrak nigohlar, ulkan qalb, toza tuyğular bölmasa, uning yuragi samimiyatdan xoli bölsa, qalamni sekingina stolga qöyib qöyaversin… Bu badiiy ijodning qatʼiy talabi.

Sözning taʼsir kuçi uning haqqoniyligi va samimiyatidadir. Haqiqiy ijodkor köproq özi körgan voqealar, özi his etgan tuyğular haqida yozişga urinadi. Qoğoz bilan çin maʼnoda sirlaşa oladigan, ilhom parisining şivirlarini öz vaqtida tinglay oladigan ijodkorgina omad quşini qölga kiritişi mumkin.

Ijod – özni va özlikni anglaş. Özlikni ang­laş masalasi esa inson qalbi bilan boğliq mavzular orasida karvonboşilik qiladi. Misol uçun, Alişer Navoiy ğazallarida özlikni anglaş masalasiga juda keng örin berilgan.

Tarixdan maʼlumki, xalqning ruhiyatini, kön­gil mulkini boyitişga xizmat qiladigan eng sara asarlar yaratilgan davrlarda Şarq madaniyati, falsafasi va adabiyoti eng yuksak darajaga kö­tarilgan. Demak, insonning özligi masalasi daho ijodkorlar tilida butun bir millatning qayğusi bölib yangragan.

Navoiy – bir ğazalida şunday yozadi: “Yöq ajab, gar barçaning dardiça bölsa menda dard”.

Garçi bu örinda şoir mubolağa sanʼatini qöl­lagan bölsa-da, şubha yöqki, uning yuragidagi dard rostdan ham ulkan bölgan. Şu bois adabiyotşunoslar “Navoiy şeʼriyatida bir şoir va butun boşli xalq yaşaydi” degan fikrlarida sobit turadilar.

Ijodkor bedor köngil sohibidir. Dunyo adabiyotida şunday asarlar borki, ularni öqiy turib, köz oldingizda hayotning mangu haqiqatlari, tiriklik sahnasining ayovsiz manzaralari paydo böladi. Ularning har biri öz ijodkorining hissiyotga töliq qalbidan bir parça, desak ham mubolağa bölmaydi. Zero, ijodkor har bir asariga yurak qörini, hayo­tining bir bölagini tuhfa etadi. Tabiat manzaralarida turfa xil ranglar hukmron bölganidek, har bir asar zamirida ham anvoyi tuyğular, bir-birini takrorlamaydigan manzaralar pinhon. Bu köngil atalmiş sirli xilqat içra lahza sayin yangi bir tuyğular dunyoga kelişidan darakdir.

Çinakam iztirobdan, haqiqiy maşaqqatdan dun­yoga kelgan asarlar ijodkorning suyukli farzandi kabidir. Çunki ijodkor söz orqali umrining bir bölagini, özi yaşagan lahzalar suvratini tasvirlaydi.

Darhaqiqat, söz faqat şakl va maʼno uy­ğun­ligidan iborat emas. Uning zamirida yuksak maʼrifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy quvvat manbayi bor. Şuning uçun ham sözni qadrlab yaşagan ijodkor yuksala boradi. Söz osmonining çaqnoq yulduziga aylanadi.

Maftuna Şodiyeva – 1990-yilda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tuğilgan. Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi. Maqolalari respublika naşrlarida eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)