Avvalo, kitob mutolaasi haqida ikki oğiz söz: men kitob öqiyotgan kişini dunyoni idrok etayotgan, qalbiga nazar taşlab özligini anglayotgan, umuman aytganda, ezgulik qasrining eşigini ohista qoqayotgan odamga öxşataman.
Muqaddas bitiklarda ham avvalo söz bino bölgan, deb aytiladi. Söz bu ilm olmoq, umrning mazmun-mohiyatini, dunyoning sir-asrorini maʼrifat bilan anglaşni bildiradi.
Ayniqsa, yoş ijodkor uçun kitob mutolaasi öta muhimdir. Çunki kitob öqiş, ilm oliş orqaligina adabiy tafakkur, did va qaraş şakllanadi. Haqiqiy adabiyot töğrisida töla tasavvurga ega bölmay turib, yaxşi asar yaratib bölmaydi.
“Alpomiş” dostoni
Dostonni har gal öqiganimda xalqimizning yuksak tafakkur tarzi, badiiy salohiyati, didi, zukko va oqilligi bilan birga tilimizning jozibasi, ohangi va qudratini his etaman. Aynan uşbu dostonni öqib turib, sözning taʼmini tatib körgandek bölaman.
Yana bir mulohaza: bugun yangiça badiiy tafakkur, yangi adabiyot haqida gapirganda, xalqimiz tomonidan yaratilgan doston, ertak, rivoyat, afsonalar bu borada öta muhim manba böladi, deb öylayman.
Mixail Bulgakov
(1891-1940)
“Usta va Margarita” romani
Insonning tabiiy yaşaş tarzini özga özanlarga burib yuboriş, eʼtiqodi va özligidan mahrum etiş, uning hayotida turli xil eksperimentlarni ötkaziş heç qaçon izsiz ketmagan, balki çeksiz fojea, körgiliklarni keltirib çiqargan.
Ayni şu holat Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” asarida yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlab berilgan. Bu asar öquvçilarni ana şunday fojealardan ogoh etib kelayotgani bilan qimmatlidir.
Xuan Rulfo
(1917-1986)
“Pedro Paramo” Qissasi
Xuan Rulfo özidan unçalik boy adabiy meros qoldirmagan: bitta qissa va önga yaqin hikoyalar muallifi.
Ammo şunga qaramay, “Pedro Parama” qissasi bilan nafaqat Lotin Amerikasi, balki dunyo adabiyotidan munosib örin egallagan.
Qissada muallif yovuzlik va mustabidlik hayot talʼatini qanday söndirib, insonni adoqsiz fojealarga giriftor etişini betakror uslubi bilan körsatib bergan.
Eng asosiysi, uşbu qissa öz davrida bugun biz hayrat bilan mutolaa qiladigan Lotin Amerikasi adabiyotining şakllanişiga kuçli turtki bergan.
Murod Muhammad Döst
“Daştu dalalarda” Hikoyasi
Bu hikoyani neça marta qayta öqiganimni hozir aniq aytolmayman, ammo uni har gal öqiganimda köngilda birdek zavq uyğonadi. Hikoya xuddi qadimiy va mungli qöşiqqa öxşaydi. Muallif hikoyani yuksak ohangda yaratgan. Ana şu betakror ohang öquvçi qalbini zabt etadi. Asarning qimmati, yozuvçining mahoratini şunda, deb bilaman.
Nazar Eşonqul
“Mendan “men”gaça” kitobi.
Bir paytlar biz universitetda adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti fanlaridan saboq olganmiz. Ammo bugun öşa saboqlardan yodimizda aytişga arzigulik heç narsa qolmagan. Buning sababini bizning uquvsiz talaba bölganimiz bilan emas, balki öşa paytdagi saboqlar, bu boradagi qöllanmalar haqiqiy adabiyot mohiyatidan yiroq, quruq va yuzaki tarzda yozilgani bilan izohlaş joiz.
“Mendan “men”gaça”ni öqib, rosti gap, quvondim. Eng avvalo, muallif erkin fikr yuritgan, yaʼni adabiyot, badiiy tafakkur haqida qanday öylasa, qanday his qilsa, şunday yozgan. Şu maʼnoda uşbu kitob mohiyat-eʼtibori bilan öquvçining badiiy tafakkuri, didi va qaraşini şakllantirişi, jahon adabiyotning közga köringan vakillarining ijodi haqida yorqin tasavvur uyğotişi bilan qimmatlidir.
Mazkur kitob, ayniqsa, bugun adabiyotga kirib kelayotgan yoş ijodkorlar uçun muhim manba böladi.
Şodiqul HAMRO
1965-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Suratdagi ayol”, “Qora kun”, “Karvon qönğiroği” nasriy töplamlari, “Qaqnus qanotidagi umr” qissasi naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


