24 daqiqada öqiladi

2 472 marta körilgan

Öğri. Detektiv hikoya

Ravşan Yöldoş

Ekspertlar guruhiga tegişli “Gazel” mikroavtobusi yonida maşinani töxtatdim. Eşikni oçişim bilan bahorning tonggi namxuş şamoli içkariga suqilib, yuzlarimni silab ötdi. Maşinadan tuşdim. Kalit ulangan moslama tugmaçasini bosgandim, qulf eşikni mahkamlaganini minnat qilgan misol taraqlagan tovuş çiqardi. Yapaloq papkamni qöltiğimga qistirib, zangori böyoq urilgan temir darvoza tomonga odimladim. Darvoza biqiniga temir eşik örnatilgan, eşikka quturgan itning rasmi yopiştirilgan bölib, rasm ostiga “Beruxsat kirilmasin! Içkarida jahldor it bor” deb yozilgandi. Darvozaga yaqinlaşdim, eşikni qöriqlayotgan serjant bilan qöl olişdim, qisqaça hol-ahvol söraşgan böldim, ammo hovlidan badjahl it tugul, kuçukning vangillaşi ham eşitilgani yöq.

– Pöpisa qiliş uçun ilib qöyibdimi deyman? – söradim ogohlantiruvçi yozuvga işora qilib.

– Hovlida çindan ham  it bor, – dedi serjant. – Gavdasi mundayroq eşakça keladi. 

– Töpponçang yoningdami?

Serjant miyiğida kulib qöydi. Eşikni oçdim. Hovliga kirişim bilan boğloğliq turgan itga közim tuşdi. Köppak menga sovuq qadalib oyoqqa turganida ogohlantiruvçi yozuv behudaga ilib qöyilmaganiga amin böldim. It, çindan ham, eşakka aylaniş arafasida turgan xötikça kelar, yalonğoçlangan söyloq tişlari gavdasiga mos, böşalib ketsa ğajib taşlaydigan raftor bilan irillab turardi. Har qança jahl qilmasin, böynidagi zanjirni uzolmasligiga işonç hosil qilganimdan söng uyga razm soldim. Eşik temir, derazalarga temir panjara örnatilgan, tepada temir aralaşmasidan tayyorlangan tom. Hovli sathiga, tomorqa, oğil tomonga eltadigan yölaklarga beton qu­­yilgan, uyning orqa tomoniga eltuvçi yölakka itning loyga belangan panja izlari tuşib qolgandi.

Uy eşigiga yönaldim. Zinaga qadam qöygan paytim eşik oçilib, bölimimiz boşliği – mayor Nazarov körindi.

– Örtoq mayor, kapitan Akbarov…

– Juda yaxşi yetib kelgan bölsangiz, – sözimni böldi mayor. – Bu yerda qanday jinoyat sodir etilganidan xabaringiz bormi?

– Navbatçidan   fuqaro  Nurmat   Normatovga  oğir  tan   jarohati  yetkazilganini eşitdim.

– Normatovni kasalxonaga olib ketişdi. Endi gap  bunday, kapitan. Bu  iş  katta leytenant Aliyevga topşirilgan…

– Mumkinmi, örtoq mayor…

– Mumkin emas. Sizning boşqa işlaringiz ham borligini bilaman. Ammo Aliyev hali yoş, unga tajribali maslahatçi kerak. Tergov-qidiruv işlarida katta leytenantga yordam berasiz. Savollar bormi? – oğiz oçgunimça bölmay, mayor özining savoliga özi javob berib qöya qoldi. – Demak, savol yöq. Işga kirişing!

Nazarovni unçalik ham yuqori bölmagan kayfiyatda kuzatib qöyib, uyga kirdim. Ayvondagi jihozlar uy egasining puldor odam ekanidan dalolat berardi. Oyoq ostida salkam tört barmoq qalinligidagi gilamlar, mundayroq maşina bahosiga teng bölgan ulkan uy kinoteat­ri, bahaybat qandil ostidagi divan, örindiği pardek yumşoq kreslolar… Röparadagi devorga 60-65 yoşlardagi erkak bilan ayolning birga tuşgan surati ilingandi. Oçiq yuzli ayol obyektivga öyçan tikilgança qotib qolgan, erkak esa xuddi boşqalar yeb özi quruq qolgandek xömrayib turardi.

– Normatov degani şu odam bölsa kerak, – öyladim eşiklardan biriga yaqinlaşarkanman. Oçiq turgan eşik örtaça kattalikdagi xonaga tegişli edi. Xonaga stol bilan uç-törtta kursi qöyilgan, kursilardan birini qirra burni ostidagi qönğiz möylovi öziga umuman yaraşmagan 28-30 yoşlardagi yigit – katta leytenant Aliyev band qilgandi. Devor ostiga qöyilgan divanda 35-40 yoşlarni qoralagan çözinçoq yuzli odam bilan ozğindan kelgan ayol ötiribdi. Çözinçoq yuzlining mallatus möylovi ham öziga yaraşmaganini özimça eʼtirof etib, tomoq qirib qöydim. Böğzimdan yulingan beöxşov tovuşni eşitgan Aliyev örnidan kötarildi.

– Salomatlik tilayman, örtoq kapitan! – past pardada xitob qildi xonadan çiqib eşikni yoparkan.

– Sizga ham, leytenant! Rasmiyatçilikni yiğiştirib, maqsadga ötamiz.

– Demak, bunday, Farrux aka. Jabrlanuvçi – Normatov Nurmat. 70 yoşda. Xotini bundan uç yil oldin olamdan ötgan. Bola-çaqasi yöq, yolğiz özi yaşarkan. Tunda kimdir uxlab yotgan Normatovga oğir tan jarohati yetkazgan. Yuring.

Katta leytenantga ergaşdim. Yotoqxonaga kirdik. Ulkan qandil ostiga ikki odamlik yoğoç karovot qöyilgan, karavot ustidagi körpaning yarmi polga osilib yotardi. Içkariga kirişim bilan devorga tirab qöyilgan rasmga közim tuşdi. Kiyikka taşlanişga şaylanayotgan yölbarsning rasmi. Ammo rassom nönoqroq ekanmi, ötxör jonivor kiyikdan köra köproq eşakka, yölbars esa jahli çiqqan muşukka öxşab ketardi. Bir  yarim  metrça  teparoqda devor orasiga kiçkina  seyf  örnatilgan. Seyfning  eşigi  lang oçiq. Rasm yonida töladan kelgan odam çök tuşib ötiribdi. Janob Asqarov. Ekspertlar guruhining boşliği. Yotoqxonada izğib yurgan yigitlar unga qaraşli, qayerda jinoyatçining barmoq izlari qolişi mumkin bölsa, öşa joylarni sinçiklab közdan keçirişyapti. Bizga qarab qöyganlari ham yöq. Biz ham ularga eʼtibor bermay derazaga yaqinlaşdik.

– Jinoyat quroli.

Aliyevning işorasidan söng deraza raxida turgan haykalçaga qaradim. Aniqroği, bu matoh haykalça emas, Normatovning gipsdan yasalgan kiçkina byusti edi. Töğri, başarasi jabrlanuvçining yuziga unçalik ham öxşamaydi, ammo haykaltaroş rassomga qaraganda mohirroq ekan, burnini öxşatibdi. Byustning boş qismi qonga belangandi.

– Normatovga özining byusti bilan jarohat yetkazibdi, yaramas! – dedi Asqarov bizga yaqinlaşarkan. – Salom, Farrux. Seniyam bu işga jalb qilişdimi?

– Yöq, – pönğilladim uning qölini olib. – Qiladigan boşqa işim bölmagani uçun özim keldim!

– Har doimgidek tiling zahar!

– Sen esa har doimgidek bemaʼni savol beryapsan! Suyuntirasanmi?

Ekspert boş çayqadi.

– Jinoyatçining barmoq izlari topilmadi. Qölqop kiyib işlagan körinadi. Mana bunga qara.

Asqarov byust yonida turgan yelim xaltaçani oldi. Xaltaça içida tugma  bor edi.

– Normatovning kaftidan topildi. Çamasi, erkaklarning yengil kurtkasiga tegişli.

– Kaftidan topildi, deganingga aniqlik kiritaylik, – dedim tugmaga qarab qöyib. – Çangak bölgan barmoqlarining orasidan oldingmi yoki…

– Yoki! Jabrlanuvçi bu tugmani jinoyatçining kiyimidan yulib olgan, deyişga asosim yöq. Tugma oçiq kaftida yotgandi.

– Öylaşimça, bu bilan heç nima demoqçi emassan? Şundaymi?

– Töğri öylabsan.

– Taşqari eşik qulfiga köz taşladingmi?

– Qulf   buzilmagan,  izquvar, kalit  bilan oçilgan.

Seyfga işora qildim.

– Seyf eşigi raqamli, – dedi ekspert. – Oltita raqam töğri terilsagina kalit tiqiladigan teşik qopqoği oçiladi. Raqamlar töğri terilmasa, seyf kalitini öğirlaşdan maʼni  yöq.

– Demak…

– Sen ham töğri öylading! – Aliyevning  sözini  böldi  Asqarov. – Jinoyatçi qaysi raqamlar terilsa, seyf eşigi oçilişini bilgan! Bunga işonçim komil. Çunki doktorlar yetib kelgunça jabrlanuvçini bir qur közdan keçirgandim. Tanasida qiynoqqa solinganini oşkor qiladigan belgilar yöq edi. Taxminimça, jinoyatçi uy eşigini kalit bilan oçib ayvonga, ayvondan yotoqqa kirgan, uxlab yotgan Normatovning boşiga özining byusti bilan zarb tuşurgan-u, seyfni şipşiydam qilib, ğoyib bölgan!

– Mana bu rasmda…

– Rasmda ham barmoq izlari yöq, Aliyev. Sinçiklab tekşirdim. Normatov devorga örnatilgan seyf eşigini pana qiliş uçun ilib qöygan bu bemaʼni rasmni. Özing qara, yölbarsmi şu? It talagan muşukka öxşab ketyapti-ku?!

Ekspertning sözlariga eʼtibor berganim yöq. Parket polda yotgan uç-törtta kulrang-qoramtir narsa eʼtiborimni öziga jalb qilgandi. Narsalar uy siçqonining axlatiga öxşab ketardi. Oyoq ustiga çök tuşdim. Katta leytenant bilan ekspert darrov mening harakatimni takrorlaşdi.

– Nosmi?

Ekspertning savoliga javob qilmay, polga engaşdim. Karavot oyoği yonida yana uç-törtta nos donaçalari yotardi.

– Asqarov!

Ekspert darrov yelim xaltaça uzatdi. Nos donaçalarini yelim xaltaçaga joylab, örnimdan turdim.

– Nosni nima qilmoqçisiz? – söradi Aliyev avval yelim xaltaçaga, keyin menga qarab qöyarkan. Javobni hayallatib yotoqxonaga diqqat bilan razm soldim. Nihoyatda orasta, supurib-sidirilgan, parket pol yarqirab turibdi, heç qayerda çang-ğubor körinmaydi.

– Bu haqda keyin. Boyagi erkak bilan ayol  kim?

– Normatovning eski tanişlari. Uy işlariga yordamlaşib yurişadi. Er-xotin – Tohir va Şirin Maşaripovlar.

– Yur-çi.

Yotoqdan çiqib guvohlar ötirgan xonaga kirdik. Er-xotin Maşaripovlar bizni örinlaridan turib kutib olişdi.

– Kapitan Akbarov. – Meni taniştirdi Aliyev kursilarga joylaşganimizdan söng. – Davom etamiz.

– Hali aytganimdek, – tilga kirdi Şirin ötirgan joyida bir qözğalib, – tongi soat 6 da xöjayinning uyiga keldik…

– Qayerda yaşaysizlar? – uning sözini böldim. Maşaripova uy manzilini aytgaç, hikoyasini davom ettirdi.

– Har safar biz kelgunimizça  xöjayin  Qoplonni boğlab, hovli eşikni oçib qöyardi. Bugun kelsak, eşik berk. Qönğiroqni qayta-qayta bosganimga qaramay, içkaridan javob bölmadi. Erim Nurmat akaning uxlab yotganini tusmolladi, men eʼtiroz bildirdim. Çunki xöjayin tong oqarib-oqarmay töşakni tark qilardi. Hovliga qarab köring, negadir könglim ğaş, dedim erimga. Darvozaga tirmaşgan erim içkariga bir qur nazar taşlab, uyning eşigi oçiq turganini aytdi. Keyin xöjayinning ismini aytib çaqira boşladi. Tağin javob qaytgani yöq. Yuragimga ğulğula tuşdi…

– Nima uçun? – söradi Aliyev.

– Nurmat akaning yuragi xasta, uç kundan beri sançib oğriyotganidan noliyotgandi. Kasali xuruj qilib yotib qolgan bölsa kerak, degan öyga borgandim…

– Xotinim tiqilinç qilavergaç, – ilib ketdi Tohir. – Darvozadan oşib ötib, eşikni oçdim. Şirin uyga şoşildi, men esa oğil tomonga yönaldim. Nurmat aka hökiz boqişga işqiboz, barvaqt turib hökizlari bilan andarmon böladigan odati bor edi. Birdan uydan xotinimning çinqirgani eşitildi…

– Nurmat akaning qonga belanib yotganini körib esim çiqib ketdi. Qanday qilib uydan otilib çiqqanimni özim ham bilmayman. Erim yuzimga suv sepganidan keyingina özimga keldim. Keyin sizlarga xabar berdik. Bori şu…

– Köpdan Normatovning uy işlariga yordamlaşasizmi?

– Ön yildan beri. Xotinim oş-ovqat, kir-çirga qaraydi, Nurmat akaning hökizlari bilan boği mening gardanimda.

– Demak, yil ön ikki oy şu yerdasizlar? – navbatdagi savolni yölladi katta leytenant qoğozdan boşini kötarmay.

– Men ora-sira Toşkentga, qurilişda işlagani  borib  turaman. Keça  poytaxtdan qaytdim. Bugun esa bu körgilik…

Maşaripov sölğin tin oldi. Aliyevga nazar taşladim. Katta leytenant hamon qoğoz qoralaş bilan ovora edi. Uning bu qiliği yoqmadi menga. Söroqqa tutilayotgan odamning közlariga qadalib javob talab qiliş kerak, illo, köz – köngil oynasi, til yaşirganni közlar sotib qöyişi mumkin.

Xuddi mening öylarimni uqqan misol, hamkasbim  qoğozdan boşini kötardi.

– Normatovning qarindoş-uruği bormi?

– Bor. Rahmatli opasidan ikkita, ukasidan bitta öğil qolgan. Qodir, Şokir va Rustam. Qodir bilan Şokir… – deya sözini davom ettirişga çoğlangan Tohir biqinidan turtki yedi çoği, darrov ohangi özgardi. Uçovi ham yaxşi odamlar…

Maşaripovga qattiq tikildim.

–  Normatovning jiyanlarini yoqtirmaysizmi?

– Nega  yoqtirmas ekanman, örtoq kapitan? Uçalasining ham xizmatini  qilganman, nonini yeganman. Endi, yegan oğiz uyalar, deganlaridek… – çözib nafas çiqargan Tohir xotiniga qaradi. – Meni turtma. Barini aytişimiz şart, onasi…

– Aytsak… – kalovlandi Şirin. Bizdan xafa bölişmasmikin, dadasi?

– Aytmasak… bular bizni xafa qilişadi…

– Bu yoğiyam bor… Böpti, özim aytaman. Gapning indallosi, Qodir bilan Şokir öta bemehr, nontepki, ğirt yaramas odam! Rustamjon esa juda bamaʼni, köngilçan yigit. Xöjayin topgan-tutganini teng uçga bölib şu jiyanlariga vasiyat qilgandi. Faqat…

– Nima “faqat?”

–  Nurmat aka Rustamjonni merosdan mahrum qilmoqçi edi…

– Nima uçun?

– Bilmayman. Keça keçki payt Qodir bilan Şokir uyga kelgandi. Xöjayin bilan jiqillaşib qoldilar. Oşxonada kuymalanib yurganim uçun janjalga nima sabab bölganini aniq aytolmayman. Pul söraşdi, çamamda. Nurmat aka bermadi, çoği, Qodir baqira boşladi…

– Nima deb baqirdi?

– Baribir bizga qoladi-ku, yo opangizning farzandlaridan ukangizning yaramas öğli azizroq böldimi, deganini eşitdim. Baqir-çaqir ustiga Rustamjon kelib qoldi. Avval Qodirni, söng Şokirni giribonidan olib, taşqariga uloqtirdi. Keyin amaki-jiyan xöjayinning xonasiga qamalib oldilar. Xonaga çoy olib kirganimda Nurmat akaning jahl zöridan kökarib ketgani, Rustamjonning boş egib ötirganini kördim. Çoynakni qöyib, xonadan çiqdim. Eşikni yopgan paytim xöjayinning sen ahmoqni merosdan mahrum qilaman, ertagayoq advokatni çaqirib yangitdan vasiyat bitaman, deb baqirgani eşitildi. Keyin Rustamjon qizarib-bözarib uydan çiqib ketdi. Mening bilganim şu…

Örnimdan turib xonadan çiqdim-da, Normatovning yotoğiga kirdim. Ekspert yigitlar işni tugatişgan, yotoqxonada Asqarovdan boşqa odam  körinmasdi.

– Biz tugatdik, – dedi ekspert deraza raxida turgan byustga qöl çözarkan. – Tuşlikdan keyin senga yozma ravişda axborot beraman.

– Qoğoz qoralamangni mengamas, Aliyevga topşirasan, – dedim unga yaqinlaşib. – Bu iş unga topşirilgan. Men oddiy kuzatuvçiman, hisobi. Jabrlanuvçining kaftidan topilgan tugma qani?

– Oddiy kuzatuvçi bölsang, senga tugmaning nima keragi bor?

– Esdalik uçun kostyumimga qadamoqçiman!

– Qaysi  ahmoq  kurtkaning tugmasini kostyum­­ga  qadaydi?! – pönğilladi Asqarov tugma solingan yelim  xaltaçani  uzatarkan. – Bölimga  qaytganingdan  söng  şaxsan  menga topşirasan! Tuşundingmi?

Tuşunganimni boş irğaş bilan oşkor qilib, guvohlar ötirgan xonaga qaytdim.

– Mana şu tugma sizlarga tanişmi?

Maşaripov xaltaçaga qöl çözdi.

– Rustamjonning kurtkasida körgandim şunaqa tugmani. Misdan yasalgan, yarqirab turadi. Yo adaşyapmanmi, onasi?

– Adaşmayapsiz, – dedi Şirin xaltaçani erining qölidan olib. – Qarang, tugmaga burgutning tasviri tuşurilgan. Rustamjonning kiyimida ham qanotlarini yoyib turgan burgutning rasmi bor.

– Rustam nos çekadimi?

– Çekadi. Qodir bilan Şokir ham noskaş. Erim ham şu zaharning sassiqligiga işqiboz…

Derazaga yaqinlaşdim. Turli taxminlar miyamda ğujğon aylanib, haqiqat daʼvo qila boşladi. Guvohlarning körsatmalari muayyan fikrga kelişga undardi. Biroq xulosa çiqarişga emas!

– Normatovning boşiga tuşgan körgilikdan qarindoşlari xabar topmagan körinadi, – dedim yelim xaltaçani çöntagimga solarkanman. – Örtoq katta leytenant, merosxörlarning uyiga odam yuborsak, qanday bölarkan?

– Men ham şu haqda öylayotgandim – Aliyev örnidan kötarildi. – Xodimlarimizga ta­­yinlayman, ularni içki işlar bölimiga olib borişadi.

– Yöq, – boşini old oyoqlari ustiga qöyib mudrayotgan itga nazar taşladim. – Boşlanişiga şu yerda tergov qilganimiz maʼqul. Serjantga tayinlang, merosxörlarni bitta-bittadan içkariga kiritsin!

* * *

Oradan yarim soatça vaqt ötgaç, hovli eşikda qirq yoşlardagi uzun böyli, taraşadek ozğin, tepakal kimsa körindi. Eşikni oçişga oçdi, biroq içkariga kirgani yöq, böynini çözib itga qörquv bilan qarab qöydi. Uning tepakal boşi mudrab yotgan Qoplonga yoqmadi, çoği, sakrab oyoqqa turib, eşik tomonga intildi. Ammo zanjir tepakal kimsaga yaqinlaşişga izn bermadi. Battar ğazabi qözigan it tirnoqlari bilan yerni tirnab, vovullay boşladi.

– Qodir deganim şu odam, – uy eşigi tomonga pildiragan tepakalni taniştirdi Tohir. – Ğirt bölmağur tijoratçi. Ikki marta firma oçib, ikki martasidayam xonavayron bölişga ulgurgan. Derazani  oçib  qöysak,  yaxşi  bölardi, örtoq kapitan…

Ayvonda qadam tovuşi eşitilgaç, Maşaripov nima uçun derazani oçib qöyişni söraganini tuşundim. Xonaga tepakaldan oldin araq  bilan  sarimsoq  piyozning  qölansa hidi yopirildi. Zum ötmay özi ham yopirilib kirdi-da, körinmas devorga urilganday taqqa töxtadi.

– Kim?! – xitob qildi xonaning havosini yanada köproq bulğab. – Kim bu işni qildi?!

– Ötiring!

– Xöp böladi!

Qodir darrov divanga çökdi. Çökdi-yu, orqasi örindiqqa tegar-tegmas, yana oyoqqa qalqdi.

– Keçirasizlar, özimni tanitmadim. Men Botirovman. Tijoratçi Qodir Botirov. Katta dargohlarda taniş-bilişlarim…

– Bizni taniş-bilişlaringiz emas, – uning sözini böldi Aliyev. – Toğangiz Normatov bilan munosabatingiz qandayligi köproq qiziqtiradi!

– Toğam bilanmi? Juda yax… – degan Qodirning şaşti söngani sezildi. – Töğri, ora-sira jiqillaşib turganimiz rost. Lekin bu degani…

– Keça ham janjallaşib qolgan ekansiz, töğrimi? – yana uning sözini böldi katta  leytenant.

– Tan olaman, şunaqa bölgandi. Janjal sababini ham aytaman. Bilasizmi, toğam puldor odam. Şaharda katta dökoni bilan restoroni bor. Yaʼni, bor edi. Ikki oy oldin dökon bilan restoronni sotib, tuşgan pulni seyfiga joyladi. Bankka qöying desam… Aytgança, seyf­dagi pullar joyida turibdimi?

Peşonam tirişganini his qildim. Toğasining tirik-ölikligini söragani ham yöq. Bu yaramasni faqat seyfdagi pullar qiziqtir­yapti!

– Normatovning seyfida qança pul bor edi? – söradi Aliyev unga noxuş nazar taşlab.

– Juda katta pul! – dedi er-xotin Maşaripovlarga şubha bilan qarab qöygan Qodir. – Guvohlarsiz özingizga aytaman. Pullar joyida turibdimi, işqilib?

– Nima uçun keça toğangiz bilan janjallaşib qoldingiz?

– Pul ustida. Ukam Şokir bilan yangitdan firma oçmoqçi edik. Toğam topgan-tutganini bizlarga vasiyat qilgani uçun oldindan uluşimizni berişini söradik. U esa bermayman, ölganimdan keyin…

Qilt etib yutingan merosxör bunaqa javob özini şubha ostiga qöyişi muqarrarligini angladi, çoği,  jimib qoldi.

– Toğangiz, ölganimdan keyin uluşingni olasan, dedi, şundaymi? Keça tunda qayerda edingiz?

– Keçami? Tunda… uyda edim. Rustam Şokir ikkalamizni taşqariga uloqtirgaç, ukamning uyiga borib, tungi soat  önlargaça  araq  içdik. Keyin  mening  uyimga  ötdik.  Yana içdik…

– Tunni uyimda ukam bilan ötkazdim, demoqçimisiz?

– Uydamas, hovlidagi oşxonada. Araqqa sarimsoq piyozni gazak qilganimiz uçun xotinim uyga qöymadi. Uning sarimsoq piyoz bilan mast… erkaklarga allergiyasi bor… Lekin aka-uka oşxonada uçib qolganimizni xotinim tasdiqlaşi mumkin!

Tasdiqlaş şart emasdi, bu yaramasning çöçqadek içgani şundoqqina sezilib turardi.

– Pullar… joyida turibdimi?

– Toğangiz-çi? – söradim örnimdan turib. – Toğangizning ahvoli sizni qiziqtirmaydimi?

– Qiziqtiradi. Hamkasbingiz toğamning tirikligini aytdi. Yo ölibdimi? Agar ölgan bölsa, vasiyat kuçga…

Keskin qöl siltaş bilan Qodirning damini öçirdim. Afsuski, bemehrlik, bezbetligu körnamaklik uçun jinoyat kodeksida jazo belgilanmagan, aks holda bu yaramasning umri panjara orqasida ötgan bölardi!

Derazaga yaqinlaşib, taşqariga nazar taşlagan paytim hovli eşikda ğöppa semiz, dum-dumaloq odam paydo böldi. Na böyin bor va na bel, turgan bitgani qorindan iborat. Qöl bilan oyoq yopiştirilgan meşning xuddi özi!

Baqaloq ham, xuddi Qodir kabi, hovliga dadil kirib kelgani yöq. Bösağada töxtadi, boğloğliq turgan Qoplonga bir qarab qöydi-da, uy eşigi tomonga dumaladi. It nihoyatda ğazabga tölgan, zanjirni uzmoqçi bölgan misol özini u yoqdan-bu yoqqa urardi. Oradan bir neça lahza ötgaç, xonani tutib ketgan araq aralaş sarimsoq piyozning sassiğiga ter hidi aralaşdi. 

– Şokir Botirovman, – özini  tanitdi  baqaloq  ğijimlangan römolçasini çiqarib, terlab ketgan böynini artarkan. – Çaqirtirgan ekansizlar?

Şokir ham toğasining ahvoli bilan qiziqqani yöq. Parovozdek pişillab özini Qodirning yoniga taşladi.

– Keça tunda qayerda edingiz? – tergovni davom ettirdi Aliyev ikkinçi merosxör haqidagi maʼlumotlarni qayd qilganidan söng.

– Qodir akam bilan birga  edik, – pişilladi  Şokir. – Alla-pallagaça  tijoratga tegişli hisob-kitob işlari bilan şuğullandik.

– Qayerda şuğullandinglar? Oşxonadami?

Savolimga javob qaytmadi. Yana derazadan taşqariga  qaradim. Hovliga  öttiz yoşlardagi örta böy, oçiq yuzli yigit kirib kelgandi. Yigit közlariga qon quyilgan itga eʼtibor bermay, uy eşigiga yönaldi. Haliyam tinçlanolmayotgan Qoplondan közimni  olib, kursiga çökkan paytim xona eşigida uçinçi merosxör körindi.

– Assalomu alaykum. Men Rustam Normatovman. Nurmat amakimning ahvoli yaxşimi?

Divanga işora qildim.

– Ötiring, Normatov.

– Xodimingiz töğri şu yerga olib keldi, – dedi Rustam taklifimni qabul qilmay. – Iltimos, amakimning holidan xabar olişga ruxsat bering. Keyin qança savolingiz bölsa, bariga javob beraman.

– Normatov jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Baribir sizni uning yoniga qöyişmaydi.  Ötiring.

Oğir xörsingan Rustam divanga ötirdi. Ötirdi-yu, qöllari bilan boşini çangallab oldi.

– Amakingiz sizni merosdan mahrum qilmoqçi bölgani rostmi? – yana ruçkaga qöl çözdi katta leytenant.

– Rost, – tağin xörsindi gumondor qöllarini tuşurarkan. – Bugun yangitdan vasiyat bitmoqçi edi…

– Nima uçun Normatov vasiyatini özgartirişga qaror qildi?

– Amakim pulni foyda keltirmaydigan işlarga sarflaganlarni yoqtirmaydi. Keça mana bularni haydab solganimdan söng, – Rustam ammavaççalariga noxuş nazar taşladi, – özimga tegadigan merosga nisbatan tuzgan rejalarim bilan qiziqdi. Men pullarning teng yarmini bolalar uyiga ötkazmoqçiligimni aytdim. Bu niyatim unga yoqmadi. Yo şunga rozi böling yoki meni merosdan mahrum qiling, dedim. Jahli çiqib ketgan amakim, senday ahmoqqa  qoldiradigan pulim yöq,  deb baqira boşladi…

– Keça tunda qayerda edingiz?

– Uyda edim. Xotinim öğilçamni olib onasinikiga ketgandi. Şunday ekan, tunda uydan çiqmaganimni tasdiqlaydigan guvoh yöq…

Endi gumondordan javob talab qiliş navbati menga kelgandi. Örnimdan turdim, çöntagimdan tugma solingan yelim xaltaçani olib, unga yaqinlaşdim.

– Tanişmi?

– Kurtkamniki, – darrov tan oldi Rustam. – Sizning qölingizga qanday tuşib qoldi?

– Tugma jinoyat joyidan topildi.

– Tuşunarli… Men… qamoqqa olindimmi?

Javob qilganim yöq. Barça dalillar unga qarşi edi. Qodir bilan Şokirning bit közlarida quvonçga monand ifoda paydo bölgandi. Ular tantana qilardilar! Nega xursand bölişmasin? Rustam amakisining joniga qasd qilişda ayblanib qamalsa, merosxörlar soni bittaga kamayadi, axir!

– Çekib olişlaring mumkin.

Çöntagimdan sigareta qutisini çiqardim. Biroq xonadagilarning heç biri qutiga qöl çözgani yöq.

– Biz nos çekamiz, – yana pişilladi Şokir. – Mumkinmi?

– Bemalol.

Zum ötmay, merosxörlar bilan guvohning qölida nos solingan xaltaçalar paydo böldi. Birin-ketin kaftlariga nos tökib, rosti-yolğon gapirişga odatlangan tillari ostiga irğitdilar. Eşikka yönaldim. Katta leytenant menga ergaşdi. 

– Xöş, örtoq katta leytenant, boşliqlarga qanday axborot beramiz? – rasmiy ohangni oldim Normatovning yotoqxonasiga kirganimizdan söng. – Kimdan köproq şubhalanyapsiz?

– Merosxörlarning uçalasidan ham şubhalaniş mumkin, örtoq kapitan, – Aliyev ham rasmiy ohangni oldi. – Biroq menga qolsa, aka-uka Botirovlarni heç ikkilanmay gumondan soqit qilgan bölardim.

– Nima uçun?

– Qodir Botirovning jurʼatsiz, irodasi sust odamligi şundoqqina sezilib turibdi. Bunaqa odamlar dunyoning bor boyligi vaʼda qilinsa ham, kimningdir joniga qasd qilişga jurʼat etolmaydilar. Qöşilasizmi, örtoq kapitan?

– Davom eting.

– Bu jinoyatni Şokir Botirov sodir etganiga işoniş esa Sahroyi Kabirda qum yöqligiga imon keltiriş bilan barobar. Uning jussasiga qarang! Bunday katta qorin kimgadir jarohat yetkazişgagina emas, qoqilib-netib yiqilgudek bölsa, örnidan turişga ham xalal beradi.

Katta leytenant sözlariga munosabat bildirişimni kutgan misol jimib qoldi. Men lom-lim deb oğiz oçganim yöq, uning gapida davom etişini kuta boşladim.

– Kim qolyapti? – bu savolga ham mendan javob qaytmasligini angladi, çoği, özi javob berib qöya qoldi: – Rustam Normatov. Undan jiddiy gumon qilişga yetarli dalillar bor. Bir kun oldin amakisi merosdan mahrum qilişini aytadi, tunda esa Normatovning joniga qasd qilinib, seyfidagi pullar öğirlanadi va jabrlanuvçining kaftidan Rustamning kiyimiga tegişli tugma topiladi! Qöşilasizmi, yo mum tişlab ötiraverasizmi, Farrux aka?

– Yuz foiz qöşilaman! – eşikka yönaldim. – Men bilan yur. Jinoyatçi qayerdan hovliga kirganini aniqlaymiz.

Tağin ayvonga, ayvondan taşqariga çiqdik. Uy eşigiga sakkiz poğonadan iborat zina olib çiqar, sönggi poğonaga Qoplonning loyga belangan panja izlari tuşib qolgandi.

– Jinoyatçi xalqi heç qaçon osonlikça gunohini böyniga olmaydi. Ularning aybini isbotlaş uçun inkor qilib bölmaydigan dalil-isbotga ega böliş kerak!

– Menimça, bizdagi  dalillar Rustam Normatovga ayb qöyişga yetadi.

– Qoplonning guvohligisiz jinoyatçini burçakka siqib qöyolmaysan. Jinoyatçini foş qilişda it bizga yordam beradi. Oyoqlaringni qimirlat, leytenant!

– Katta leytenant…

Aliyev menga ergaşdi. Beton yölakda qolgan it izlari böylab yurib, orqa tomondagi boğdevorga çiqdik.

– Endi nima qilamiz, örtoq kapitan? Boğdevordan oşib, qöşni hovliga ötamizmi?

– Yöq. Orqaga qaytamiz!

– Bir savol bersam mumkinmi?

– Nega bu yerga keldig-u, nima uçun orqaga qaytyapmiz, deb söramoqçi bölsang, indamay qöya qol. Ketdik!

Katta leytenant tağin menga ergaşdi. Hovliga qaytdik. Aliyevdan xonadagilarni ayvonga töplaşini sörab, darvoza yonida turgan serjantni yonimga çaqirdim.

– Sen şu yerda sergak tur, – dedim unga. – Uydan ayblanuvçi otilib çiqişi mumkin. Oldindan aytib qöyay, jinoyatçi baquvvat yigit. Yuzimni yerga qaratmaysanmi?

Serjant töpponçasining ğilofiga qölini qöydi.

– Bu yoğidan xotirjam böling, örtoq kapitan!

– Senga işonaman, – dedim uy eşigini oçarkanman. – Ammo ogohlantirib qöyay, u menga tiriklayin kerak!

Içkariga kirib ayvonga razm soldim. Qodir bilan Şokir kreslolarni band qilgandi. Rustam er-xotin Maşaripovlar bilan divanda ötiribdi. Katta leytenant Aliyev yotoqxona eşigi yonida tek qotgan. Sukutga çömgan gumondorlaru guvohlar tilga kirişimni kutyaptilar. Ularni köpam ilhaq qilişni istamay, divan tomonga odimladim. Qodir bilan Şokirning közlarida paydo bölgan tantana uçquni eʼtiborimdan çetda qolgani yöq. Divanga yaqinlaşganim sayin Rustamning boşi egila boşladi. Uning yoniga kelib yurişdan töxtadim. Boşini kötarib menga bir qarab qöygan gumondor tağin yerga qadalib oldi. Jinoyatçiga ayb qöyadigan vaqt kelgandi. Ortiqça çözişdan foyda yöq. Rustam Normatovning yelkasiga qölimni qöydim. Amakisining pullaridan mahrum böliş arafasida turgan kenja merosxör titrab ketdi.

– Siz fuqaro Nurmat Normatovga oğir tan jarohati yetkazganlik va katta miqdordagi pullarini öğirlaganlikda ayblanasiz, örtoq Maşaripov!

Tohir orqasiga bigiz sançilgandek, ötirgan joyida sapçib tuşdi, xotini çinqirib yubordi. Boşqalar taxtadek qotib qoldilar. Ularning közlaridagi ifoda! Ayvonga tirik dinozavr kirib kelganida ham bunçalik hayratga tuşmagan bölardilar! Hatto Aliyev ham angrayib qolgandi.

– Siz… siz… – duduqlandi zumda jiqqa terga botgan Maşaripov. – Hazillaşyapsizmi, örtoq kapitan?!

– Aslo!

– Meni ayblaş uçun dalil-isbotingiz bormi?

– Bor, – ötirgan jinoyatçining aybini tik turgan holda isbotlaşni istamay, Botirov tomonga odimladim. Şokir semiz jussasiga yaraşmagan çaqqonlik bilan zumda kresloni böşatdi. Yumşoq örindiqqa çökdim. – Xonada ötirganingizda sizlarga behudaga çekişni taklif qilganim yöq. Xaltaçangizni çiqarib kaftingizga bir çimdim nos töking!

Maşaripov imillab buyruğimni bajardi. Uning nosi dona-dona, uy siçqonining axlatiga öxşab ketardi.

– Mana bu esa, – çöntagimdan yelim xaltaçani oldim. Xaltaçaga Normatovning yotoğidan topilgan nos donaçalari solingandi, – jinoyat joyidan topildi.

– Nima bölibdi jinoyat joyidan topilgan bölsa? Qodir ham, Şokir ham, ana Rustam ham nos çekadi-ku?!

– Töğri, biroq ular mayda nos çekadilar. Bizning bozorlarda faqat kukun nos sotiladi. Sizning xaltaçangizdagi nos Toşkent tomonlarda yaşaydigan noskaşlarning ermagi. Siz esa keça Toşkentdan qaytgansiz.

Guvohdan gumondorga aylangan Maşaripov oğziyu közini  lang  oçib qotib qolgan xotiniga qarab qöydi. Bu holat mening töğri yöldan ketayotganimdan dalolat berardi.

– Şu narsa  menga ayb qöyişga asos böla oladi, deb öylaysizmi?

– Bu hali hammasimas. Katta leytenant Aliyev sizlarni tergov qilganida xotiningiz aytgan gaplar esingizdami? Agar xotirangizning lattasi çiqqan bölsa, esingizga solişim mumkin. Xotiningiz Normatovning tong saharlab töşakni tark qilişi, sizlar kelgunça itni boğlab, hovli eşikni oçib qöyişini aytgandi. Bugun esa bu işni siz qilgansiz, darvozadan içkariga oşib tuşib, eşikni oçgansiz.

Hamon ayvon yölagida qotib turgan Aliyevning öziga  umuman  yaraşmaydigan  möylovi qimirlab, peşonasi ğijimlanganini ilğadim. Katta leytenant şu harakat bilan heç baloga tuşunmayotganini oşkor qilgandi.

– Men atayin Normatovning merosxörlarini bitta-bittadan içkariga qöyişni buyurdim, – davom etdim çap tizzam ustiga öng oyoğimni olib. – Maqsadim itning ularga qanday munosabat bildirişini aniqlaş edi. Qoplon aka-uka Botirovlar va Rustam Normatovni sovuq vajohat bilan kutib oldi. Zanjirband bölmaganida ularni ğajib taşlagan bölardi. Ammo darvozadan oşib hovliga tuşganingizda it sizga taşlanmagan. Aks holda, hozir bu yerda emas, kasalxonada yotgan bölardingiz! Istasangiz, eʼtiroz bildirişingiz mumkin.

Nimadir deyişga çoğlangan Maşaripov tiliga kelganni içiga yutib, ayvon eşigiga qarab qöydi. Xuddi şu qiliqni  kutayotgandim undan!

– Buyam hali hammasimas. Qayerda yaşaşingizni söraganim esingizdami? Şuningdek, Normatovning boğiga suv quyilganini ham unutmagan bölsangiz kerak? Qoplon tunda boğda çopqillagan körinadi. Şuning uçun ham yölak­larga quyilgan beton sathida uning loyga belangan panja izlari qolgan. Biz katta leytenant bilan izlarni yoqalab yurib, orqa tomondagi boğdevorga çiqdik. Boğdevorga yetib ğoyib bölgan panja izlari orasida erkak kişining oyoq ki­­yimidan qolgan çangli iz yaqqol körinib turibdi. Siz boğdevor oşa Normatovning hovlisiga ötgansiz. Devorning narigi tomonidagi uy – sizniki!

Şunday deyişim bilan Maşaripov sakrab oyoqqa turdi. Kiyimiga çang solgan Rustamning qöllarini siltab taşlab, taşqari eşikka otildi. Aliyev uning orqasidan. Men joyimdan qimirlaganim ham yöq. Ayblanuvçining ayvonga qaytarilişini kuta boşladim. Kutganimdek böldi, katta leytenant lang oçiq qolgan eşikka yetib-yetmay taşqaridan ingragan tovuş eşitildi. Oradan bir neça lahza ötgaç, Aliyev bilan serjant Maşaripovni  ayvonga  olib  kirdilar. Laʼnatining qöliga urilgan kişan öziga juda yaraşib turardi! Örnimdan  turib,  ularga  yaqinlaşdim.

– Itni qölga örgatganingizni xöjayiningiz bilarmidi?

Tohir oğir xörsindi.

– Bilardi. Qoplonni kuçukligida özim olib kelgandim…

– Seyfning oçqiç raqamlarini ham bilarmidingiz?

– Xöjayin Rustamga aytayotganida tasodifan eşitib qolgandim…

Bir-biriga qarab qöygan Qodir bilan Şokir Rustamga yeb qöygudek qadaldilar. Garov öynaş­­ga tayyorman, ular Rustam jinoyatçi bölib çiqmagani uçun ming afsus qilardilar bu palla.

– Davom eting!

– Nurmat aka dökoni bilan restoranini sotib tuşgan pulni seyfiga joylaganini  eşitganimdan  keyin… şayton  yöldan urdi. Pullarni ömariş uçun qulay fursat kelişini kuta boşladim.

– Keça öylagan rejangizni amalga oşirib, suvdan quruq çiqiş uçun qulay fursat tuğildi, şundaymi?

– Şunday. Xöjayinning Rustamga baqirganini eşitgandim. Nurmat akaning pullarini ömarsam, militsiya uning merosxörlari bilan andarmon böladi, menga eʼtibor bermaydi, deb öyladim. Adaşgan ekanman…

– Nega amakimni öldirmoqçi böldingiz, Tohir aka? – söradi Rustam örnidan turib.

– Unga jarohat yetkaziş rejamda yöq edi. Xöjayin uyqu dorisiz uxlolmasligini bilganim uçun heç nimani sezmaydi, deb öylagandim. Kapitan aytganidek, boğdevordan oşib hovliga tuşdim. Qoplon boğda yurgan ekan, meni tanib yonimga keldi…

– Uy eşigini qanday oçdingiz?

– Kalit bilan. Eşik kalitidan nusxa olib, ustaga yasatgandim. Avval ayvonga, keyin yotoqxonaga kirdim. Xöjayin kirganimni sezgani yöq. Biroq, seyfga yaqinlaşgan paytim közlari “yarq” etib oçildi. Deraza raxida turgan haykalça bilan qanday qilib boşiga zarb tuşirganimni özim ham bilmayman…

– Rustam Normatovning tugmasini qayerdan olgandingiz? – tergovni davom ettirdi katta leytenant Aliyev.

– Keça Qodirni uydan sudrab çiqayotganida kurtkasidan uzilib tuşib qolgandi. Özimni butkul gumondan soqit qiliş uçun tugmani xöjayinning kaftiga qöydim. Çöntagimdan tugmani olayotgan paytim nos solingan xaltaçam tuşib ketdi. Nos donaçalari polga tökilganiga eʼtibor bermabman…

– Nima uçun…– ötirgan joyida beşikteb­ratarday tebranayotgan Şirin eriga qaradi. Şörlik ayolning közlari jiqqa yoşga tölgandi. – Nima uçun bu işni qildingiz, dadasi?

Javob qaytgani yöq.

–  Rustamjon bizga qança yaxşiliklar qildi. Agar u pul bermaganida haliyam ijara uyda yaşayotgan bölardik. Rustamjonning  yaxşiliklariga  tuhmat qiliş  bilan javob qaytarmoqçi böldingizmi, dadasi?.. Sizda insof bormi, dadasi?!!..

Tağin javob qaytgani yöq. Lotinçada bir ibora bor. Nullum crimen sine poena! Jinoyat jazosiz qolmaydi, degani. Mana isboti. Maşaripov har qança hiyla işlatgan bölmasin, jazodan qoçib qutulolmadi.

Eşikka yönaldim. Mayor Nazarov tergov-suriştiruv işlarida katta leytenant Aliyevga yordam berişimni buyurgandi. Buyruqni bajardim. Qolganini leytenantning özi eplaydi…

Ravşan YÖLDOŞ

1970-yili tuğilgan.

“Iblis uçun ik­ki vasiyat”,  “Qaltis öyin” kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…