8 daqiqada öqiladi

271 marta körilgan

Isteʼdod va intellekt uyğunlaşsa

Saʼdulla Quronov

Hurmatli Nargiza Odinayeva, yaqinda “Tört tomon” kitobingizni öqib çiqdim. Töplamdagi aksar şeʼrlar menga yoqdi. Şeʼrlaringiz oxirgi paytlarda özim uçun qilgan katta ijodiy kaşfiyotlarimdan böldi, desam mubolağa emas.

Ijodingiz bilan 2013-yili “Şarq yulduzi”ining 1-sonini naşrga tayyorlaş jarayonida tanişgan edim. Esimda, tahririyatga şeʼr­laringizni Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim olib kelgan va şeʼrlaringiz haqida iliq fikr bildirgan edi. Mana, hozir qölimga kitobingizni olib, ustoz şoirning öşa kezlardagi hayajoni bejiz bölmaganini his qilib turibman. Şeʼrlaringiz benazir demoqçi emasman, albatta. Bugungi yoş avlod şoirlaridagi baʼzi kamçiliklar sizning ijodingizga ham yot emas. Ammo keling, ğoyi­bona suhbatimizni yaxşi gaplardan boşlaylik.

Nargiza, menga şeʼrlaringizning badiiy jozibasi köproq manzur böldi. Aslida, sanʼat asarlaridan birinçi galda talab etiladigani ham badiiyatdir. Menimça, siz topgan gözal taşbehlar, öziga xos obrazlar şeʼriyatga qöyiladigan öşa talabga javob beradi. Masalan, quyidagi misralarni olaylik:

Tun oyoq qoqmaydi

Özidan çöçib,

Uyğongan osmonga tikiladi soy.

Közimda çayqalgan daryoni keçib,

Oltin beşigini axtaradi oy.

Şoir uçun tabiat manzarasini söz bilan çizib körsatiş ança murakkab. Zero, bunda şoir his-tuyğuning ifodasini bevosita söz bilan emas, balki manzaraning yorqin tasviri vositasida berişga majbur. Bunday şeʼrni öqiyotgan şeʼrxon ham asarda çizilayotgan manzarani köz öngida gavdalantirişi, özi körayotgan tasvirdan taʼsirlanişi kerak böladi. Özbek şeʼriyatida Oybek, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Şavkat Rahmon, Xurşid Davron, Faxriyor kabi qator musavvir-şoirlar borki, ularning manzara tasviriga bağiş­langan şeʼrlarini öqiganda rangtasvir asari namunalarini körganday zavq oladi kişi. Sizning kitobingizga kiritilgan qator şeʼrlarda ham ana şunday zavqni tuyiş mumkin. “Yöllar qiçqiradi şom quçoğida” misralari bilan boşlanuvçi şeʼringizdan olingan yuqoridagi parçada ham şom pallasining yorqin körinişlari tasvirlangan. “Közimda çayqalgan daryoni keçib, Oltin beşigini axtaradi oy” misralari lirik qahramon his-tuyğularini tabiat manzarasining körinişlari bilan qoriştirib yuboradi. Bu esa öquvçiga manzarani kuzata turib şoir hislarini tuyiş imkonini beradi. Yana bir şeʼriy parçani olib qaraylik:

Tölqinlanib öynaydi şamollar – beboş,

Nafasi entikib qöyar darçaning.

Boşini kuydirib ötadi quyoş

Islari eskirib ketgan arçaning.

Tuş körgan toğlarning köylagi ğijim,

Zamin çayqaladi – qölning soyasi. ???

Yöllar etagidan uzoqlaşar jim

Odamga öxşagan daraxt soyasi…

Şeʼrda manzara tasviri ramzlarga aylanib ketgan. Yaʼni manzaraning har bir körinişi muayyan ramzni ifodalab, öquvçini şoiraning badiiy ğoyasiga yaqinlaştirib boradi. Bu örinda öquvçini manzara tasviri emas, balki ramzlar tili öziga köproq rom etadi.

Ammo mazkur şeʼrda “kiçik” mantiqsizlikka yöl qöygansiz. Tasvirda tabiatdagi hodisalarning mutanosibligi buzilgan. Siz “Boşini kuydirib ötadi quyoş” misrasidan söng boşqa bir bandda “Baxt taʼmini bilar tong havosida” deya yozasiz. Körinadiki, oftobning arçalar ustidan kuydirib ötişi ertalab sodir bölmoqda. Lekin tong quyoşi kuydira olmasligi barçamizga ayon-ku.

Şeʼrlaringizda noyob taşbehlar, topilmalar köp. Ulardan baʼzilarini misol tariqasida keltirib ötişni joiz bildim: “Umrimning labiga toşdi uçuqlar”, “Ayvondagi musiçaning közlarida jimlik bor”, “Daraxtlar qorovul qişning yölida”, “Dunyoning tönini keng biçing”, “Suluvning soçida adaşgan şamol”, “Bilaman, sukutda tilni söz tilar”, “Közlaring bor edi osmon çömilgan”, “Şomda ufq aylanar qizil qirğoqqa”, “Eng katta hasratim siğmadi şeʼrga”.

Kitobingizni öqirkanman, ijodingizdagi yana bir jihat diqqatimni tortdi – şeʼrlaringizda Vatan, milliy urf-odat va qadriyatlarning gözal badiiy ifodasini köriş mumkin ekan. Sözimning isboti sifatida “Vatan siyrati” şeʼringizdan baʼzi bandlarni eslaymiz:

“Singlimning ösmasi oqmasin”,

Yuziga termulib turaman.

“Akamga közim tik boqmasin”,

Yuragim egilib turaman.

Şeʼr ana şunday öziga xos misralar bilan boşlanadi. Albatta, Vatan judayam keng tuşunça. Şeʼr sarlavhasidan körinib turibdi – siz Vatanni sirtdan emas, içdan kuzatgansiz, ona tuproqning siz uçun eng taʼsirli, eng gözal çizgilarini yodga olgansiz:

Eng gözal izlarni çizadi

Tuproqqa sudralgan etaklar.

Ruhida jannatlar kezadi,

Isitib qöyadi ertaklar.

Bobomning yuzida kun tiği

Qoldirgan yöllarni söng bildim.

Momomning zarang, tol urçuği

Aylangan izlarga qoqildim.

Şeʼrni öqirkan, kişi siyratga qarab şönğib boradi. U özi hali eʼtibor qaratmagan manzaralarda ham Vatan taftini tuyiş mumkinligini his eta boşlaydi.

Onam sut pişirib har sahar,

Zuhroni eng avval köradi.

Otamning yelkasi bir şahar,

Biz qurgan orzular turadi.

Bizni dunyoga keltirgan, maşaqqat bilan voyaga yetkazgan ota-onalarimiz siyratiga bundan-da yorqin çizgilarni tortiş muşkul. Onalarimizning kundalik hayotidagi birgina lavha ularning ONALIK, otalarimizning bolalar kelajagi, iqboli uçun yelkasiga olgan oğir yuki ularning OTALIK siyratini butun nozik va murakkab jihatlari bilan ifodalaydi.

Otam, inim, köz, qoşim – Vatan,

Havom, yerim, quyoşim – Vatan!

Bir umrni söngsiz gullayman,

Oxirlarim va boşim Vatan!

Vatan haqida samimiy yoza oliş hamma şoirning ham qölidan kelavermaydi. Şuning uçun bölsa kerak, Vatan haqida taʼsirli, yodda qolarli şeʼrlarni judayam kam uçratamiz. Bilʼaks, Vatan haqida yozganda judayam “jöşib”, “hayajonlanib” balandparvoz sözlarni bot-bot takrorlovçi şoirlar köp. Bunday şeʼrlarni öqirkan, kişi Vatanga bölgan çin muhabbatni his qilolmaydi. Ammo sizning taşbehlaringizdan taʼsirlandim. Ular yuragimdagi hislarni uyğota oldi. Göyo köz öngimda Vatanning gözal qiyofasi gavdalandi.

“Yigirma va öttizimning orasida” şeʼringiz ham menga juda yoqdi. Örta yoşga qadam qöyayotgan lirik qahramon keçinmalari gözal tarzda ifodalangan. Özim ham yigirma va öttizning orasidaman. Balki şuning uçun sizni tuşunişim, his qilişim oson keçgandir.

Yukim ortdi, etagimga yulduz terib,

Yupun jonning savdosiga xato keldim.

Ot öynatgan dunyosiga salom berib,

Qiş tökildim, yoz tökildim, kuz tökildim…

Yoşlik orzulari yulduzga öxşatilgan. Orzularga intilib vaqtni boy bergan qahramon holati birgina şu obraz vositasida oçiladi. Albatta, şeʼrga ortiqça pessimistik kayfiyat yuklaş niyatida emasman. Lekin öttiz yoşni qoralab qolganlarning qaysisida ana şunday tuğyonlar keçmagan deysiz. Yaqindagina orzular oğuşida ötgan umri endi çinakam, jiddiy hayotni qarşi olmoqda. Ortga nazar taşlarkan, qator xatolarni ham köradi, bir muddat tuşkun kayfiyat bilan yaşaydi:

Tuşlar, sizga keçagidak yiğlolmayman,

Közlarimga qarab bering, tinçlikmikan?

Soqov aytgan nolalarsiz yaşolmayman,

Içimdagi arazkaşim tirikmikan?

Yaqinda ustoz şoir Anvar Obidjonga “Şeʼr qanday bölişi kerak?” degan savol bilan murojaat etdim. U kişi şeʼrni şeʼr qiladigan bir qança omillarni sanar ekan, “Öquvçi şeʼrni öqiganda muayyan bilimni ham egallasin”, deb qoldilar. Negadir şu omil menga boşqalaridan köra köproq yoqdi, köproq ahamiyatli tuyildi. Albatta, nazmda ayni şu jihat birlamçi bölişi kerak, demoqçi emasman. Lekin şusiz şeʼrning saviyasi tuşişini yaxşi bilaman. Yaxşi şoir, kezi kelganda, tarixçi, ruhiyatşunos, faylasuf, geograf, sanʼatşunos va boşqa köplab sohalarning çuqur bilimdoni bölişi şart. Şundagina uning ijodi rangba-rang, taʼbir joiz bölsa, yaşovçan böladi.

Bilasizmi, kasb taqozosiga köra şeʼriyatimiz darğalari bilan köp suhbatda bölganman. Ulardagi intellekt, ulardagi bilim va izlanuvçanlik biz yoşlarnikidan yer bilan osmonçalik farq qiladi. Soddagina qilib aytsak, ular öqigan. Öqiganda ham juda köp va xöp öqişgan. Afsuski, bugungi yoş qalamkaşlarga ana şu intellekt, bilim yetişmayapti. Qöpolroq aytganda, ular his bilan hisni, tuyğu bilan tuyğuni uriştirib, jimjimador şeʼrlar yozişdan nariga öta olmayotganday tuyiladi menga. Tengdoşlar ijodida ijtimoy, tarixiy va falsafiy asarlarni deyarli uçratmaymiz. Buning bari köp öqimaslikdan. Xafa bölmaysiz, sizning şeʼrlaringizda ham bilimning kamligi körinib qoladi. Albatta, öziga xos yönalişni izlayotganingiz, gözal taşbehlaringiz qaysidir maʼnoda yangilik bölişi mumkin. Lekin bu umumşeʼriyatimiz uçun yangilik emas. Aytmoqçimanki, misralaringiz yaqin ötimişimizdagi şoirlar dil izhorining boşqaçaroq körinişiga, öxöaydi. Afsuski, bunday şeʼrlar uzoq yaşamasligi mumkin.

Şoir yangilikka intilmoği zarur. Uning ijodi zamondoşlar kayfiyati uçun oyna bölmoği kerak. Nargiza, men şeʼrlaringizdan bugungi kun kişilarini topmadim. Hozirgi global dunyoda şoşib, ming xil taşviş, ming xil orzu-umidlar bilan yaşayotgan zamondoşning keçinmalari bilan qiziqib körmadingizmi? Menimça, ularning tuyğulari ötgan asrning 70-yillari şeʼriyatiga xos ritmga tuşmaydi. Yangiça kayfiyatni beriş uçun, albatta, yangiça uslub, yangiça şakllardan foydalaniş kerak böladi. Yöq, men sizga modernist böling demoqçi emasman! Lekin bir vaqtlar ustoz şoirlarimiz yaratib ketgan qoliplardan çiqing, bugungi kişilarga mos şeʼriyatni izlab toping, demoqçiman.

Aslida, şoirning izlanuvçanligi, yangilik yaratiş qobiliyati ham bilimi bilan boğliq. Izlanuvçan şoir nafaqat özbek şeʼriyati, balki zamonaviy jahon şeʼriyati, umuman, adabiyoti bilan tanişib boradi. Bundan taşqari, zamonaviy ilm-fan yutuqlari, falsafa, sanʼatşunoslik, sotsiologiya sohalaridagi yangi oqim va yönalişlarni yaxşilab örganadi. Şu tariqa uning şeʼrlarida yangilikning kurtaklari paydo böla boşlaydi. Adabiyotimizning 70–80-yillar avlodi vakillarida ana şunday fazilatni köriş mumkin. Şuning uçun ham ular özbek nasri va nazmida inqilobiy özgarişlarni sodir etdilar.

Nargiza, şeʼrlaringizni neça qayta körib çiqasiz? Yöq, men sizni bir ötirişda yozganini eʼlon qiladigan şoirga öxşatmadim. Körinib turibdi, matn ustida jiddiy işlaysiz. Ammo baʼzi şeʼrlarda ğalizlikni, obrazlar tizimida buzilişni kuzatdim. Hatto baʼzi misralaringizdan heç nimani anglay olmadim:

Tuproq gapirmaydi, havo – muallaq,

Suvlar suv böldi va toşlar toş böldi.

Yerning atrofida közlarim halak,

Oqu qora içra rang taloş böldi.

Albatta, bu parça umumiy kontekstdan uzib olindi (katta hajmli şeʼrni töla keltirişning imkoni yöq). Ammo muayyan bandda ham mustaqil, yakuniy mazmun bölişi lozimligidan kelib çiqib tahlil qilib körsak böladi. Avvalo, tuproqning gapirmasligi va havoning muallaqligi mantiqan yaqin obrazlar emas. Agar tuproq soqov bölsa, havo kar bölişi kerak edi. Şundagina obrazlardagi mantiqiy boğlanişni his qiliş mumkin. Yana bir qator, xususan, “Bunça şoşib ketmoqda quyoş”, “Osmonni ikkiga bölib yubordim”, “Tik turib böynimga olganman barin” misralari bilan boşlanuvçi hamda “Yöl” şeʼringizda ham yuqoridagi kabi holatlarni uçratdim.

Nargiza, öylaymanki, gaplarimni töğri qabul qilasiz. Men sanagan kamçilik­larni tuzatiş sizga qiyin emas, albatta. Eng muhimi, sizda şoirona dardni kördim. Faqat, yaxşi şoir böliş uçun isteʼdodning özi kamlik qilişini unutmasligingizni istardim. Sizga yaxşi şeʼrlaringiz uçun rahmat aytaman va yana xayrli asarlar yozişingizni tilab qolaman.

Saʼdulla QURONOV

1989-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Ifoda va ifodaviylik” kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)