Keç bahorning bu tuni qop-qoronği bölsa-da, könglimda özim ham tuşunib bölmaydigan sirli surur hukmron edi. Taşqarida şovullab yomğir yoğar, men deraza oldida turgança katta-kiçik tomçilarning oynaga urilib-çertilib pastga oqib tuşişini yoş boladek zavqlanib tomoşa qilardim. Çiroq yoruğida akslanib, jilvalanayotgan deraza oynasini öksib-öksib köz yoş tökayotgan sohibjamol bir qizga öxşatib, azboroyi könglimga ötirganidan bu mengzaşimni yon daftarimga yozib qöyişni öylab qöydim.
Xizmat safari bilan avvallari ham bu mehmonxonaga bir neça bor kelgan edim va har gal bu yerdagi sirli bir osudalik meni öziga tortardi. Şahar şovqini va işdagi odatiy holatlardan bezib, tinçlikni qömsaganim uçun bu gal ham ana şu qönalğani özimga makon qilib tanladim. Men xotirjam körinar edim, ammo xayolimda bu tun, bu keça butun hayotimni özgartirib yuboradigan nimadir sodir böladigandek tuyulardi.
Birpasdan keyin yomğir töxtadi, borliqqa farahli bir sukunat çökdi. Dumalab-dumalab tuşayotgan oxirgi tomçilarni kuzata turib, beixtiyor deraza oynasida parişon bir holda turgan ÖZIMni körib qoldim. Oynada soçlari ança-munça tökilgan, keng peşonada uç-törtta ajin uzun va çuqur çiziq tortgan, yuz-köziga mulohazali kişi nuqsi urgan MEN turar edim. Avvaliga hayrat, keyin esa vahima aralaş oynadagi özimga tikildim, afsus çekkan kişi böldim, keyin esa hammasini birdan esladim.
…199… yilning avgust oyining issiq bir kunida “dars berişi juda yaxşi” deb maqtalgan qöşni tumandagi maktab-internetga yöl oldik. Men öşanda endi beşinçi sinfni tugatgan edim. Uydan köp çiqmaganim uçun avvaliga olis bir joyda öqiş juda qiziqarli va ayni paytda ğaroyib bölib tuyuldi, şuning uçun bölsa kerak, yölda ketişda har bir narsani zavq bilan tomoşa qilib bordim. Ammo akam bilan hujjatlarni topşirib bölgaç, direktorning gaplarini eşitib birdan şaştim söndi, gapning oçiği, meni umidsizlik aralaş vahima bosdi. Çunki bu yerda kamida bir oy uyga bormasdan, yotoqxonada yotib öqişga majbur ekanman. Köz oldimga hovlining toşdevoriga suyangança daraxtlarga qarab turgan otam, tandir oldida kuymalanib yurgan enam, opa-akalarim, uyimiz, qişloqdoşlarim, oşnalarim, hatto soyada boşini kötarmasdan faqat uxlaydigan oqtöş itimizgaça körinib ketdi, hujjatlarimni şunday olib qaytib ketgim keldi. Lekin sinfdoşlarimga kuni keça şaharda öqimoqçi bölib maqtanganimni, endi qaytib boriş uyat ekanini öylab indamasdan akamga ergaşdim.
Odam yöqligi tufayli tumanimizga ketadigan avtobusning jönaşini ança kutişga töğri keldi. Zerika boşladim. Bir payt bu yerga qora-qura bola-çaqalarini ergaştirib beş-oltita löli ayol kelib qoldi. Ular öz tillarida çuğur-çuğur qilişib, bizdan bitta nari örindiqqa ötirişdi. Qiziq, ulardan biri, qölida çaqaloği bor yoşgina kelinçak sal fursat ötmasdan biz tomonga tez-tez köz taşlab qöya boşladi. Yoşi kattaroq qişloqdoşlarimizning “Löli xalqi kaşmiri böladi, aldab-suldab odamlarning borini qoqib oladi” degan gapini eslab huşyorroq bölişga harakat qildim, akamni ham ogohlantirmoqçi bölganday turtib qöydim.
Avtobusning jönaşini kutib yana ança ötirdik. Bu orada haligi löli kelinçak biz tomonga kamida ön-ön beş marta qaradi, keyin esa tösatdan irğib örnidan turdi va töğri mening oldimga keldi. U, biz kutganimizdek, sadaqa söramadi, baxtimdan fol oçişini aytib, közimga qarab turaverdi. Akam ham menga öxşab löli ayoldan şubhalangani uçun qörs ohangda uni haydaganday böldi, u unayvermagaç, oxiri döq-pöpisa ham qildi. Löli kelinçak bu gaplarning birortasiga ham parvo qilmasdan közimga tikilgança bir muddat turdi, keyin esa deyarli piçirlagan ohangda “U sening hayotingga özing bilib-bilmagan holda kirib keladi, hayotingdan çiqib ketişda ham xuddi şunday böladi” dedi va şu gaplarni aytgaç, şartta burilib şeriklarining oldiga qaytdi. Men hayronu lol edim, akam esa yupatmoqçi bölgandek: “E, bu aytaveradi”, deb qöydi.
Endi öylasam… U, çindan ham, hayotimga özim bilib-bilmagan holda kirib keldi. Qaçon, qaysi paytda kirib keldi, buni vaqti bilan aytolmayman, ammo şunisi aniqki, U juda tez fursatda eng yaqin hamrohimga, sirdoşimu dildoşimga aylandi. U doimo xursand yurar, hamma narsaga beğuborlik közi bilan boqar, meni ham heç qaçon xafa qilib qöymaslikka intilar, bu bilan hayotga mehr-muhabbatimni yanada oşirardi. Hamişa men bilan birga bölib orzu-havaslarimga qanot berar, intilişlarimni qöllab-quvvatlardi. Ayrim paytlari notöğri iş qilganimda yonimdagilar aybni unga tönkaşganda jimgina indamasdan böyniga olardi. Hozirgina aytganimdek, U doimo menga dalda berardi, buni men yetmiş ikki tomirimda ham his qilardim va ruhlanib, osmon-osmon orzular bilan yurardim.
Talabalik yillarida ham U bilan eng şirin, eng yodda qolarli damlarni boşdan keçirdik. Men baʼzan darslarga bormagan paytlarimda yoki saboqdoşlarim bilan ulfatçilik qilganimda, ayniqsa, kursimizdagi çiroyli qizlardan biri bilan köproq gaplaşib qolganimda U mendan arazlagan kişi bölar, yolğiz qolgan paytlarim “qadrimga yetmayapsan” deganga öxşaş iddaoli gaplarni aytib qolar, “Ha, endi davringizda öynab-kulib turaylik”, degan hazil aralaş kinoyali sözlarni aytganimdan söng negadir maqtovdan eribmi yo bölmasa öziga maftun bölibmi, bilmayman, labiga tabassum yugurib, yuz-közi porlab ketar va darhol murosaga kelardi. Örtamizdagi bunday gina-kudrat, umuman olganda, köpga bormas, bir-birimizni keçirib, darrov inoqlaşib ketardik.
U bilan oramizdagi yaqinlik, dilkaşu dardkaşlik uylangunimga qadar davom etdi. Töğri, U töydan keyin ham meni yolğiz taşlab qöymadi, vaqtimni topdi degunça men bilan hamnafas bölişga intildi. Lekin, endi öylab qarasam, turmuş va hayot taşvişlariga öralaşib, avvalo, men Uni unutib, esdan ham çiqara boşlagan ekanman. Tirikçilik bilan boğliq muammolarim meni Undan, Uni esa mendan yiroqlaştirdi, biz borgan sari bir-birimizdan begonalaşib, uzoqlaşib ketdik.
Öttiz yoşga tölganda tuğilgan kunimni qadrdon oğaynilarim bilan nişonlaganda U bilan yana bir esda qolarli holat yuz berdi. Öşa kun tökin dasturxon atrofida, tabiiyki, şaʼnimga iliq gaplar aytildi, qadahlar kötarildi. Men, albatta, yaqinlarim davrasida bunday ötirganimdan juda xursand edim. Biroq ayni damda neça yillar davomida menga dildoşu sirdoşlik qilgan Uning ham yonimda bölişini qattiq qömsayotgandim. Bir payt gurungimiz öz-özidan talabalik yillaridagi voqealarga borib taqaldi, birimiz qöyib, birimiz olib, öşa damlarni xursandçilik va soğiniş bilan esladik. Men uçun juda quvonarli bölgani şuki, bu eslaşlarda U ham köz oldimda borligiça namoyon böldi, xotiramda bölsa-da Uni qayta topganimdan juda-juda suyundim.
Oşnolarimni kuzatib, uyga kirayotganimda Uning mendan borgan sari begonalaşib, uzoqlaşib borayotganini oğriniş bilan esladim, könglimdan “Hayot özi şunaqa-da, kerak paytda bir yöqlaring topilmay qoladi”, degan iddaoli fikr “yalt” etib ötdi. Keyin esa yomğir şivalab yoğayotgan qop-qora tunga tikilib turib U ning bundan buyoğiga heç qaçon qaytib kelmasligini, faqatgina qalbimda yaşaşini tuydim.
Adaşmagan ekanman, çindan ham, şunday böldi. U eslasa entiktiradigan xotiralar bilan könglimda yaşay boşladi. Baʼzan tuşlarimga kirar, yuz-közlarida hali-hanuz samimiylik va beğuborlik ufurib turardi. Biror marta ham Uni mahzun bir qiyofada körmadim. U şöx-şodon kular, şirin jilmayar, yengil va nafis harakatlar bilan özining gözalligini namoyon etar edi. Yaqinlaşmoqçi bölsam uzoqlaşar, uyqudan turgaç esa, soğinçli bir qömsaş bilan Uni eslar edim.
Bu eslaşlar, bu qömsaşlar meni bir qiz bilan taniştirib, uni yaqin qadrdon sirdoşimga aylantirdi. Bu qizni birinçi bor körganimdayoq çaqnab turgan qop-qora közlariga, qayrilma qoşlariga qarab beixtiyor Uni esladim va ayni öşa lahzalarda qalbimni özim ham tuşunib bölmaydigan nomaʼlum, ammo yoqimli bir his qoplab oldi. Öşa kuni bir oğiz ham gaplaşişning iloji bölmadi, könglim simillab işxonamga qaytdim. Ammo taqdirni qarangki, oradan ikki kun ötib haligi qizni işxonamiz katta zalida, yolğiz özi xayol surib ötirganida uçratib qoldim. Bir muddat jim qotdim, yonidan ötayotib beixtiyor eski tanişlardek “Yaxşimisiz?” deganday boş silkib qöydim va undan ham şu taxlitdagi işorali javobni olib yuragim gupurib ketdi. Keyingi kunlarda ham uni şu yerda uçratdim, bir martasida sal dadillik bilan “Yaxşimisiz?” dedim, u ham şirin jilmayib yaxşi ekanligini qönğiroqdek, nafis ovozi bilan menga bildirdi. Şu kuni biz u bilan yanada yaqindan tanişdik, keyin esa juda inoqlaşib ketdik. U ham menga “Sizni qayerdadir körganman”, dedi, men ham çin dildan şu gapni aytardim (aslida ham şunday edi), ikkalamiz ham bundan hayron qolardik, eslaşga urinib körardik, taajjublanardik, kulardik, izohini esa topolmasdik. Örtamizda muhabbat ham deb bölmas, ammo juda samimiy, iliq bir munosabat paydo böldiki, bora-bora biz bir-birimizga… örganib qola boşladik. Men oilali edim, könglimdan boşqa bir nomahramga joy berişga heç qanday haqqim yöqligini juda yaxşi anglardim, öz navbatida, uning ham hayotimga suqilib kiriş niyati yöq edi. Biz bir-birimizni sözsiz tuşunardik, qadrlardik, imkon darajasida yordam berib, tirgak bölişga harakat qilardik. Lekin baribir iç-içimizdan bir-birimizni yaxşi körişimizni sezib turardik.
Bir kun yarim tunda uyğonib ketdim. Xonada xira nur taratayotgan tungi çiroqqa bir muddat tikilib öylanib yotdim, uni ham xotirladim. Siqilib örnimdan turib, deraza oldiga bordim. Keça oydin, osmonda ön beş kunlik tölin oy suzib yurardi. Oyga qarab turib, yana uni esimga oldim, biroq bu köpga çözilmadi.
“Uyat, uyat, – dedi aqlga böysungan bir könglim. – Uç bolaning otasi bunday xayollarga berilib ötirişining özi uyat”.
“Nimasi uyat bölar ekan? – dedi ikkinçi könglim. – Ha, endi, hayotda böp turadi-da”.
“Ha, böp turadi, – dedi aqlim piçing bilan. – Bölib turadimiş. Oxiri nima bölişini esa men yaxşi bilaman. Özingni qölga olmasang, hayoting izdan çiqadi”.
Bu gaplardan keyin qalbimni umidsizlik egalladi, beozorgina, pişillab uxlab yotgan bolalarimga qarab bu gaplarda jon borligini sezdim.
“Seni ham tuşunaman, – dedi aqlim bir payt. – Sen hali ham Uni eslaysan, Uni qömsaysan. Uning endi sening oldingga heç qaçon qaytib kelmasligini ham juda yaxşi bilasan. Hozirgi munosabatlaring ham Uni qömsaş ekanini men ham juda yaxşi bilaman. Lekin tentak könglingning aytganlari bilan yursang, öhhu…Töğrisini aytsam, U bilan bu işlarni qilsang juda yaraşardi, lekin hozir kulgili holat. Şuning uçun esing borida etagingni yop”.
Men indamadim, sukut saqladim va aqlimning aytganlariga jimgina köndim. Keyin-keyin, “Nega şunday qildim?” deb özimni köp bora söroqqa tutdim, bu söroqning javobi esa har gal topilmasdan qolaverdi. Balki men öşanda, aqlim aytmoqçidek, hayotim izdan çiqib ketişidan juda qörqqandirman, balki xudbinlik qilgandirman, bunisi haligaça qoronği, lekin şunisi aniqki, men öşa tunda “Böldi, bundan bu yoğiga endi u bilan umuman gaplaşmayman, körişmayman ham” degan qatʼiy xulosaga kelgan edim va bu xulosam qizni yöqotiş bilan tugaşini aslo bilmagan edim. Gap şundaki, ertasi kun qizni zalda uçratmadim, bizdan bir qavat tepada joylaşgan işxonasiga ötib ham topolmadim. U yerdagilar men söragan qizni heç qaçon körmaganday yelka qisişib, tayinli bir gap aytişmadi. Mening könglim yana egasi taşlab ketgan eski uyday huvillab qoldi.
Şundan keyin ham öşa qiz haqida heç narsa eşitmadim. Söng bir psixolog döstim aytdiki, “Odam bir narsani qattiq soğinsa, qömsasa, xayolidagi narsa hayotdagidek jonlanişi mumkin. Bu fanda isbotlangan”. Bilmadim, bilmadim. Bu qiz ham farişta misol suvrati bilan yodimda bir umrga muhrlanib qoldi.
Hayot davom etaverar ekan. Turmuş, işim taşvişlari bilan band bölib, asta-sekin bu yöqotişga ham könika boşladim. Lekin Uni heç qaçon yodimdan çiqara olmadim, balki vaqt ötgan sari Uni yanada köproq eslaydigan böldim. Endi U tuşlarimga borgan sari köp kirar, yuz-közlarida hali-hanuz samimiylik va beğuborlik ufurib turardi. Biror marta ham Uni mahzun bir qiyofada körmadim. U şöx-şodon kular, şirin jilmayar, yengil va nafis harakatlar bilan özining gözalligini namoyon etar edi. Yaqinlaşmoqçi bölsam uzoqlaşar, uyqudan turgaç esa soğinçli bir qömsaş bilan Uni eslar edim…
Dumalab-dumalab tuşayotgan oxirgi tomçilarni kuzata turib, beixtiyor yana Uni esga oldim, xörsiniş bilan entikdim. Keyin esa karavotim yoniga borib, sumkamni oçdim va içidan suratlar solingan, doimo yonimda olib yuradigan fotoalbomni qölga oldim. Oxirgi paytlarda Uni yodga olganimda men rasmlarga termulib-termulib, qayta-qayta qaraydigan odat çiqargan edim. Hayotimning U bilan boğliq eng şirin, ortga qaytmas damlarini eslatuvçi bu rasmlar turli suratkaşlar tomonidan har xil holatlarda suratga olingan edi.
Mana, suratlarning birida oqquvadan kelgan, soçlari biroz hurpaygan, yuz-közlari çaqnab turgan navqiron yigit xiyol kulimsirab turibdi. Bu – menman, ön töqqiz-yigirma yoşning nari-berisidagi men. Rasmni tomoşa qila turib löli kelinçakning gaplarini yana bir bor esladim: “U sening hayotingga özing bilib-bilmagan holda kirib keladi, hayotingdan çiqib ketişda ham xuddi şunday böladi”.
Şunday ham böldi. Sen hayotimga özim bilib-bilmagan holda kirib kelding, Yoşligim! Endi esa istab-istamaganim holda meni taşlab, borgan sari uzoqlaşib borayapsan, Yoşligim! Seni juda-juda soğinaman, könglimda yaşayotgan bölsang-da juda-juda qömsayman, Yoşligim!
Sodiq NORBOYEV
1982-yili tuğilgan.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Adabiy-ilmiy maqolalari bilan matbuotda qatnaşib turadi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


