Vatanga arziysan
Toliqqanlar köksingda burgutlaring,
Öçib bölgan gurillagan ötlaring.
U çaqirsa… zumda çöğlana olsang,
Şunda, şunda sen Vatanga arziysan.
Şon bermoq-çun bir parça çöl, yo toqqa,
Jon bermoq-çun şu Vatanni olmoqqa,
U çaqirsa… zumda öqlana olsang,
Şunda, şunda sen Vatanga arziysan.
Bir kun qabrda yotsang hamki poymolsan,
U çaqirsa… zumda tiklana olsang,
Yersan, ammo uçib, köklana olsang,
Şunda, şunda sen Vatanga arziysan.
Beşik qoşida
Nabiram Mirzo Anvarga
Oyoq-qöli beşikka
Boğliq bolam, turgaysan.
Hali sening izmingda
Yurgay olam, turgaysan.
Sen yölga ketarsan deb,
Hozirlik körar karvon.
Osmonning peştoqiga
Sen deb qöyilar narvon.
Suyançiğim, toğliğim,
Zargarimsan, zarimsan.
Bugun yerda boğliğ-u,
Erta kök olarimsan.
Beşiging tik, qöşqanot,
Gullari öydim-öydim.
Isiriq solib bomdod,
Közmunçoq taqib qöydim.
Uyqungga nazar soldim,
Bolişing parqu parlar.
Botirlar ham jang oldi
Senday mizğib olarlar.
Mendan köngling rozimi?
Seni ming yildan buyon
Sevamanmi, bilmayman,
Çohu-çangalzorlardan birga ötgan sen bölding.
Ayolmi yo yuk ortgan tevamanmi, bilmayman,
Mendan oldin yuklarga yelka tutgan sen bölding
Biz bir-birimiz uçun tuşgan edik köklardan,
Egilmadingmi, jonim, yelkadagi yuklardan?!
Yaxşi xotin bölmadim,
Baʼzan qilmay ilojin
Boqsam, kiygan köylaging rusumdan çiqayozgan.
Köz yoşimdan suv sepib, supurgi qilib soçim
Yöllaring supurganim esimdan çiqayozgan.
Ruhingga kirmay özga olam bilan ovvora,
Bolam bilan ovvora, qalam bilan ovvora.
Esli xotin bölmadim,
Eslaringni oğdirdim,
Zör işlar qolib rözğor ikir-çikirlariga.
Bölar-bölmasga köz yoş jolalarim yoğdirdim,
Armonlar ketgan çiqar köngil çuqurlariga.
Toqatingga toş otsam, simlar qoqib işingga,
Unutgan ayollaring kirmadimi tuşingga?!
Yorijon-a, dengizda kemamizning sardori,
Mendan oldin gödaklar közlaringdan öpdimi?
Senga yurak dorisi topib qöydim, zör dori,
Uni avval men, keyin Sen içasan, böptimi?
Avval bir-birovga gul ilinardik. Gul payti,
Endi dori. Işqilib, ilinmay kun ötmaydi.
Men özimdan norozi. Sening köngling rozimi?
Ayt, ey könglimning yozi, sening köngling rozimi?
Senga aytar gapimni yoz desam qöllarimga,
Ming bir qaytarib yozdi. Mendan köngling rozimi?
Suyakni yorar ohim, mendan köngling rozimi,
Boşimdagi panohim, mendan köngling rozimi?
Barg tuşmadi yerlarga…
Onam öldi. Bor daryolar
Quriydi deb qörqdim men.
Butun olam qora kiydi,
Kök kiydi deb qörqdim men.
Har gullagan boğçayu boğ
Öt olgaydir men kirgan çoğ,
Ruh, vujudim boşdan-oyoq
Çöğ kiydi deb qörqdim men.
Toşlar sindirdi tanamni,
Ajal çopdi peşonamni.
Endi quşlar faqat ğamni
Çöqiydi deb qörqdim men.
Qaroliğlar şamni yengdi,
Tözğinliklar jamni yengdi.
Közim faqat ğamni endi
Öqiydi deb qörqdim men.
Ammo…
Yo ra-ab!
Gul-gul. Quş-quş –
Barg tuşmadi yerlarga
Men kezarman tanho, behuş
Tuşunmay bu sirlarga…
Onam öldi. Bor daryolar
Quriydi deb qörqdim men.
Taskin
Dunyo – ğirrom. Ammo halol
Döst bor. Topsang böladi.
Xuddi oftob, xuddi hilol
Söz bor. Öpsang böladi.
Dunyo biri kamligidan
Dod solmagin, birodar.
Ketar çoğ ham tobutingga
Böz bor. Yopsang böladi.
Mangu porlar öt
Said Ahmad va Saida Zunnunovaga
Saidaxon, Saidaxonim,
Sizni desam titraydi jonim.
Garçand nihon, közdan narisiz,
Qandoq malak, qandoq parisiz.
…Uzun hayot böldi köprik, qil,
Bir jononga berolmadi dil.
Tuşlarida sevib, iydirib,
Önglarida ötda kuydirib,
Bir erkakni etdingiz sarson!
Yuz yil kuydi Siz uçun bir jon.
Yana kimni –
Erkaklarning şöx, jononini –
Özbekiston Qahramonini!
Bular hazil, çindan kelaylik,
Uy körmadi boşqa bir qaylik.
Quvonç-ğami qöşu qöş böldi,
Yostiğining yarmi böş böldi.
Töldirguvçi, öldirguvçi işq
Uzun umr unga tuş böldi.
Saidaxon tunda u bilan,
Tongda uçib ketar quş böldi!
Omon bölsin, jufti haloli,
Undan yodgor Nodira – boli,
Deb bor umrin tikolgan Inson
Şul qadarli yuksalgan Inson!
… Yodga tuşar qaltis yillarni
Tiğda yurib ötkazganlari.
Yolğizlikning tunlarin toşda,
Mixda yurib ötkazganlari.
Ötdi, quvib ğam-şon ötdilar,
Har dovondan polvon ötdilar!
Ötdi, ammo bir oh ötmadi,
Yuragidan bir doğ ötmadi.
Şeʼr sahnidan boşqa bir sokin
Saidaday buloq ötmadi.
Bir zamonga, özing ayt, Alloh,
Bu ikki öt siğmadimi yo?!
Garçand hijron, garçand firoqsiz,
El ongida yongan çiroqsiz.
Mangu porlar öt – ikki jonim,
Said Ahmad, Saidaxonim!
Yiğladim
Aʼzam Öktam xotirasiga
Böydor bir döst ketdi,
Keldi böydor ğam,
Kuyundim. Bötaday bözlab yiğladim.
Ayriliq – yuk. Bosdi.
Ğiçirlab sindim,
Quyun içga urdi. Muzlab yiğladim.
Faqat oldga oqar daryo ekanmiz,
Qaytmas daryolarni izlab yiğladim.
Rözi mahşardami endi körişmoq…
Özim öz-özimga sözlab yiğladim.
Hazin-hazin nayning nolasi keldi,
Menam şul nolaga moslab yiğladim.
Bu keç tik terakka suyanganimça
Ketgan döstlarimni eslab yiğladim.
Xayol sursam…
Men xayollar sursam Laylivaş,
Terak qöllar, toğ ham qöllaydi.
Bir satrlar keladi jonbaxş,
Tiku qaddi dol ham qöllaydi.
Faqat baxtga yuzin burganmas,
Dil yarim, behol ham qöllaydi.
Faqat kökda uçib yurganmas,
Töşak tortgan şol ham qöllaydi.
Ummatimning rayhon isi deb,
Payğambari halol qöllaydi.
Bibi Fotimamning qizi deb,
Azonçi qul Bilol qöllaydi…
Men xayollar sursam Laylivaş,
Terak qöllar, tol ham qöllaydi…
Halima XUDOYBERDIYEVA,
Özbekiston xalq şoiri
1947-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Ilk muhabbat”, “Oq olmalar”, “Çaman”, “Suyanç toğlarim”, “Bobo quyoş”, “Issiq qor”, “Sadoqat”, “Muqaddas ayol”, “Yuragimning oğriq nuqtalari”, “Hurlik öti”, “Bu kunlarga yetganlar bor”, “Tömarisning aytgani”, “Saylanma”, “Buyuk quşlar” kabi kitoblari öquvçilarning köngil mulkiga aylangan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida